Umumiy ovqatlanish - xalq xoʻjaligining ilmiy gigiyenik talablar asosida taomlar tayyorlab sotadigan va isteʼmolchilarga xizmat koʻrsatadigan sohasi. Umumiy ovqatlanish sohasiga yarim fabrikat oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlaydigan fabrikalar, oshxonalar, restoranlar, choyxonalar, qahvaxonalar, bufetlar, yemakxonalar, gazakxonalar va boshqa kiradi. Ularning ayrimlari isteʼmolchilarga ish va oʻqish joylarida xizmat koʻrsatadi. Koʻpincha ularda isteʼmolchilarga imtiyozli (ovqat tayyorlash va xizmat koʻrsatish xarajatlarining bir qismini korxona yoki oʻquv yurti oʻz zimmasiga oladi) xizmat koʻrsatiladi. - Umumiy ovqatlanish - xalq xoʻjaligining ilmiy gigiyenik talablar asosida taomlar tayyorlab sotadigan va isteʼmolchilarga xizmat koʻrsatadigan sohasi. Umumiy ovqatlanish sohasiga yarim fabrikat oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlaydigan fabrikalar, oshxonalar, restoranlar, choyxonalar, qahvaxonalar, bufetlar, yemakxonalar, gazakxonalar va boshqa kiradi. Ularning ayrimlari isteʼmolchilarga ish va oʻqish joylarida xizmat koʻrsatadi. Koʻpincha ularda isteʼmolchilarga imtiyozli (ovqat tayyorlash va xizmat koʻrsatish xarajatlarining bir qismini korxona yoki oʻquv yurti oʻz zimmasiga oladi) xizmat koʻrsatiladi.
- Ovqatni uyda tayyorlashdan Umumiy ovqatlanish korxonalarida tayyorlashga oʻtish jarayonining oʻzidayoq mehnatni kooperatsiyalash yuzaga keladi, ilgʻor texnologiya va yuqori unumli jihozlarni qoʻllash tufayli mehnat unumdorligi bir necha barobar oshadi. Isteʼmolchilarning ovqat tayyorlash vaqtini tejash imkoniyatini yaratib, boʻsh vaqtni koʻpaytirishga xizmat qiladi.
- Sogʻlom ovqatlanish va bolangizning ishtahasi
- Siz farzandingiz yetarlicha ovqatlanyaptimi, yoʻqmi deb tashvishlanishingiz yoki meʼyoridan koʻp ovqat yeyishi va ortiqcha vazn orttirishidan xavotirlanishingiz mumkin.
Ota-ona sifatida siz farzandingizga sogʻlom taom va uni isteʼmol qilish imkoniyatini berasiz. Qancha yeyish yoki umuman yemaslikni farzandingizning oʻzi hal qilishi kerak. Bolaning ishtahasi kundan kunga oʻzgarib turishi odatiy hol. Baʼzida bola koʻp ovqat yeyishni xohlashi mumkin – faqat uni sogʻlom taom bilan toʻydirishingizga ishonch hosil qiling. Boshqa paytlarda esa ovqat yeyishni istamasligi mumkin. Xavotir olmaslikka harakat qiling, ehtimol, u buning oʻrnini keyingi taomda yoki ertasi kuni toʻldirar.
Do'stlaringiz bilan baham: |