ketishi qiyin ekan-da. – Shunaqa, domla, kasallik botmonlab kelib, misqollab
ketadi. – Tursunboy uning gapini ma’qulladi. – Rang ko`r-hol so`r deganlar.Qirq
kun yerga yopishib yotgan odamday rangingiz tamom bo`pti o`zi?!
- Shunaqa deysizu domla, dard kelganda darmon ketarkan-da, - dedi
Tursunboy salmoqlanib. – Kasallik filni pashsha qiladi, deganlari bejiz emas
ekan.
Bu nutqiy parchada maqollar orqali sinonimik qator hosil qilingan va
yozuvchi bunday so`z o`yinini san’atkorlik bilan hikoyada aks ettira olgan. Chunki
ularning barchasida kasal bo`lish bilan bog`liq bo`lgan maqollar ishtirok etgan.
Yozuvchining maqsadi, hikoyaning asosiy mazmunini maqollar orqali ochib
berishda bo`lgan. Va mana shu maqsadni amalga oshirish uchun maqollar asosiy
vazifani bajarib, original tarzdagi hikoya yaratilishiga sabab bo`lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |