72
Xulosa
Muammoni o‘rganishga bag‘ishlangan
adabiyotlar tahlili
o‘tkazilgan sinov-tajriba ishlari natijalarining miqdoriy va sifat tahlili
asosida quyidagi xulosalarni shakllantirish mumkin:
1.Har qanday faoliyat (o‘yin, ta’lim va mehnat) davomida u yoki bu
darajadagi zo‘riqishlar bo‘lishi mumkin.
2.Hissiy zo‘riqishlar – stress (jiddiylik), bezovtalanish, qo‘rquv,
hayajon, xavotirlik shaklida namoyon bo‘ladi.
3.O‘quv faoliyatiga xos hissiy zo‘riqishlar ob’ektiv (tashqi) va sub’ektiv
(ichki) omillar ta’sirida yuzaga keladi.
4.O‘smirlarning o‘quv faoliyatidagi hissiy zo‘riqishlar
uning
samaradorligiga ijobiy va salbiy ta’sir etishi mumkin.
5. O‘quv faoliyatiga xos zo‘riqishlar barcha o‘smirlar tomonidan bir xil
jadallik va davomiylikda ichdan kechirilmaydi.
6. Hissiy zo‘riqishlar o‘quv faoliyati motivatsiyasi, qiziqishlar va
o‘smirlarning psixologik tayyorgarligiga ko‘ra namoyon bo‘ladi.
Qanchalik ta’lim motivatsiyasi kuchli bo‘lsa, shunchalik hissiy
zo‘riqishlar kam bo‘lishi kuzatiladi.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib quyidagi
xulosaga kelish mumkin,
shaxsdagi charchoq, ruhiy tushkinlik, asab tizimining buzilishi,
psixosomatik
muammolar, uyqusizlik, atrofdagilarga loqayd qarash,
bajarilayotgan faoliyatga salbiy munosabatda bo‘lishlik, jahldorlik,
o‘ziga nisbatan yomon munosabatda bo‘lish
yoki ishonchsizlik,
havotirlanish holatlari, pessimist bo‘lish, bo‘layotgan voqealarga
befarqlik, aybdorlik hissi shaxsda ruhiy zo‘riqishni kelib chiqishiga
73
sabab bo‘ladi. Bularni bartaraf etish uchun
esa psixologik xizmatni
yanada takomillashtirish lozim. Psixologik xizmatning maqsadi-
shaxsning har tomonlama mukammal psixologik taraqqiyotini
ta’minlovchi oqilona, zarur shart-sharoitlar, omillar,
qulay vaziyat va
muhit yaratishdan iboratdir.
Ma’lumki umumta’lim va o‘rta maxsus ta’lim tizimida psixologik
xizmat yo‘lga qo‘yilgan shu bilan birga ta’lim tizimida faoliyat
yuritayotgan pedagog va rahbar xodimlarning malaka oshirish kurslari
jarayonida ham psixologik yordam ko‘rsatish ular faoliyatini yanada
mazmunli va samaralibo‘lishiga turtki bo‘ladi.
Agarda pedagog
kadrlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimida ham
psixologik xizmat yo‘lga qo‘yilsa, pedagog kadr va rahbarlarning
shaxsiy va kasbiy faoliyatidagi muammolar hal etiladi. Bu esa barqaror
taraqqiyotga erishishga asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi
Xulosa o‘rnida
shuni aytish mumkinki, inson o‘zida hayotga
muhabbatni, o‘z-o‘ziga ishonchni, o‘z individualligini ro‘yobga
chiqarishni, o‘z-o‘ziga bahoning realligini,
shaxslararo munosabatlarda
murosayu-madorani va eng muhimi insonlar psixologiyasini bilishi
lozim. U o‘zi va o‘zgalar psixologiyasini qanchalik chuqur bilsa uning
uchun stress holatini yengish shunchalik oson bo‘ladi.