1.3. Faol tinglash
Faol tinglash yordamida Siz eshitayotganlaringizni qanchalik to‘g‘ri tushunayotganligingizga ishonch hosil qilishingiz mumkin. Sizga nimani aytishni xohlayotganlarini haqiqatan ham tushunganligingizni qanday tekshirish mumkin? U yoki bu tanbeh boshqalar uchun qanday bo‘lsa, Siz uchun ham shunday mazmunni anglatishiga qanday ishonch hosil qilish mumkin?
Eng yaxshi usul suhbatdoshingizdan nimani nazarda tutganligini tushuntirib berishni so‘rash. "Bu bilan nima demoqchisiz?"- deb qaytarib so‘rang. Yoki oddiygina qilib "Kechirasiz, Sizni to‘la tushunmadim"- deb ayting. Suhbatdoshingiz nimani nazarda tutganligini tushuntirib erganidan so‘ng, haqiqatan ham to‘g‘ri tushunganligingizga ishonch hosil qilish uchun yana qayta so‘rashdan qo‘rqmang. hattoki, Sizda hech qanday tushunmovchilik bo‘lmasa ham bu Siz qanday tushungan bo‘lsangiz, shu degani emas. Parafrazdan foydalaning, ya’ni qanday tushunganligingizni o‘zingizning so‘zlaringiz bilan tasvirlang. Hozirgina eshitganlaringizni o‘zingiz tushungandek qilib so‘zlab bersangiz, suhbatdoshingiz hamma narsani to‘g‘ri ushundingizmi-yo‘qmi, aniqlashi oson bo‘ladi. Agar u qandaydir xatolarni payqasa, aynan siz noto‘g‘ri talqin qilgan joylarni tushuntirib beradi. Siz bu usulni suhbatdoshingiz aytgan narsani qanchalik tushunganligingizni ko‘rsatish uchun xo‘lagan paytda qo‘llashingiz mumkin. Bu usul yordamida Siz suhbatdoshingiz so‘zlayotgan narsaga haqiqatan ham qiziqayotganligingizni
ko‘rsatasiz. Bu sizning uni tushunish istagingizdan guvohlik beradi. Agar suhbatdoshingiz buni his qilsa, u ham o‘z navbatida sizni tushunishga harakat qiladi. Ba’zilar faol tinglash va arafrazni aytilganni mexanik qaytarish bilan adashtirishadi. Ular aytilganni boshqa so‘zlar bilan hundayicha takrorlashadi. So‘z almashtirish orqali bunday takrorlash dialog illyuziyasini tug’diradi, holos. Haqiqiy parafraz - suhbatdoshingizni uni tinglayotganingizga ishontirish uchun ilmoq yoki nayrang emas. u Sizga nimani aytishni xohlashayotganini haqiqatan ham tushunish
usulidir. Parafrazdan foydalanib siz suhbatdoshingizga u aytgan narsani qanday tushunganligingizni o‘z so‘zlaringiz bilan qaytarasiz. Shunday qilib suhbatdoshingizda aniqroq bayon qilish imkoniyati paydo bo‘ladi. Faol tinglash malakasini rivojlantirish uchun, qanday tushunganligingizni turlicha bayon qilishdan boshlang. o‘zingizga eng ma’qul parafrazlashtirish usulini tanlang. Qachonki kimdir sizning harakatlaringizni tanqid qila boshlasa yoki Sizdan jahli chiqsa, sizga nima demoqchi ekanliklarini to‘la tushunganingizni namoyish qilmaguncha shu texnikani qo‘llang. Bu suhbatdoshingizga qanday ta’sir qilarkin?
Do'stlaringiz bilan baham: |