- Kavkaz xalqlari etnogenezida Ozarbayjon (ozariy)larning kelib chiqishi sabablari ancha murakkab. 0 ‘tgan asrning 80-yillarida (asosan, o‘z respublikasida, qo‘shni Gruziya, Armaniston va Do- gMstonda) 6,3 mln.ga yaqin ozarbayjon yashagan boMsa, Shimoliy Eronda 5,6 mln. ozarbayjon borligi qayd etilgan. Miloddan avval- gi ikkinchi ming yilliklarda hozirgi Ozarbayjonning janubiy hudud- lari qadimgi eroniy tillarda gapiradigan aholiga ega Midiya davlatiga kirgan. Shimoliy qismi esa qadimgi kavkaz tillarida gapiruvchi turli qabilalardan iborat Albaniya davlati qaramogMda boMgan. 0 ‘sha davrlarda mazkur hududlarga bosib kirgan eroniy va turkiy tillarda gaplashuvchi kimmeriylar, skiflar, gunnlar, bul- g‘orlar, xazarlar, o‘g‘uzlar, pachanaklar mahalliy qabilalar bilan aralashib ketganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |