1. VIII asr oxiri – IX asr boshida xali falikni larzaga keltirgan og‘ir siyosiy vaziyat abbosiylarni Movarounnahr va Xurosonda olib borilayotgan siyosatni o‘zgartirishga majbur etdi. Mahalliy zodagonlar Movarounnahr va Xurosonni nafaqat o‘z tasarruflariga o‘tkazib oldilar, balki xalifalik markazida ham hokimiyatni boshqarishda tobora ko‘proq rol o‘ynaydigan bo‘lib qoldilar. ... Tohiriylar hokimiyatining barham topishi. Tohiriylar zamonida ham mehnat ahlining ahvoli nihoyatda og‘irligicha qolaverdi. Mulkdor dehqonlarning jabr-zulmidan, davlatning og‘ir soliqlaridan bezor bo‘lgan xalq qo‘zg‘olon ko‘taradi. Ularga “g‘oziylar” ham qo‘shiladilar. Qo‘zg‘olonga safforiy lar – miskar hunarmand aka-uka Ya’qub va Amr ibn Layslar boshchilik qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |