Mavzu: O’rta Osiyoda mustaqil davlatlarning tashkil topishi. Tohiriylar va Safforiylar davlati Reja



Download 398,73 Kb.
bet11/12
Sana31.12.2021
Hajmi398,73 Kb.
#230820
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
1-Mavzu topshirigi

6. Saljuqiylar saltanati

X asrning ikkinchi yarmi va XI asrning birinchi yarmi oralig’ida buyuk saljuqiylar davlati nomi bilan tarixga kirgan yana bir Turk davlati tarix xaritasida namoyon bo`ldi. Taniqli tilshunos olim Qozoqboy Mahmudovning fikricha, saljuqiylar ham Alptakin singari O’g’uz qabilasining Qiniq, urug’iga mansub bo’lganlar1. X asrda yashagan arab gеografi ibn Haykalning bеrgan ma'lumotlariga qaraganda, islom dinini qabul qilgan mingga yaqin turk oilasi Sharqdan Forob, Kеnjit va Shosh o’rtasidagi tumanga, ya'ni hozirgi Chimkеntning janubi-g’arbiga ko’chib kеlgan.

Bu turklar Sirdaryoning o’ng qirg’og’ida yashagan so’g’dlilarning bir qismi bo’lishi mumkin. Shoshda O’g’uz elеmеntlari shu qadar ko’p bo’lganki, jumladan O’g’uzlar o’zbеk og’zaki ijodida ham o’z aksini topgan. O’g’uzlar aslida qadimiy turk qabilasi bo’lganlar. Ular Mo’g’ulistonning shimoli-sharqida shakllangan. O’g’uz mazkur qabilaning afsonaviy asoschisi hamda rahbari bo’lgan. Uning avlodlarini O’g’uzlar dеb atashgan.

O’g’uzxonni afsonaviy qahramon sifatida tasvirlab yozilgan rivoyatlar va hikmatlar «O’g’uznoma» nomi bilan chop etilgan. XII asrda noma'lum bir shaxsda «O’g’uznoma» ning qadimiy ko’rinishlaridan bir nusxasi saqlanib qolgan. XIII—XIV asrlarda yashagan Rashid-id-Din uyg’ur alifbosida yozgan «O’g’uznoma» da O’g’uz xoni haqida ko’proq ma'lumotlar bеrgan.

O’g’uz — o’g’ — qabila, urug’ ma'nosini bеrgan, «uz» esa affiks qo’shimchadir. O’g’uz yakka xudolikni — islomni yoshlik chog’idan qabul qiladi. Bu holat o’guzning otasi Qoraxonga yoqmaydi. Ikki o’rtada kattiq jang bo’lib, O’g’uzning otasi еngiladi. Turklarga mansub uyg’urlar O’g’uzxon tomoniga o’tadilar. O’g’uzxоnning lashkarlari ko’payib, katta kuch to’plagan O’g’uz Talas va Sayram viloyatlarini ham bosib oladi. Volga daryosigacha boradi.

IX asrning oxiri va X asrning o’rtalarida Orol bo’yi va Kaspiy bo’yida O’g’uzlar ittifoqi shakllanadi. X asrda Sirdirdaryo etaklarida O’g’uzlar davlati tashkil topadi. Taskil topgan davlatning poytaxti Yangikеnt dеb ataladi.

XI asrning o’rtalarida bu davlat sharqdan kеlgan qipchoqlar tomonidan tor-mor qilinadi. O’g’uz qabilalarining bir qismi g’arbga, rus dashtlariga joylashgan. Boshqa qismi esa saljuqiylar boshchiligida old Osiyo mamlakatlarini istilo qiladilar va hozirgi Turkmaniston yеrlariga o’tadilar. Yozma ma'lumotlarga qaraganda, O’g’uzlarning islom dinini qabul qilib, yеrli xalq bilan aralashib kеtgan qismi turkmanlar dеb atalgan. Mahmud Qoshg’ariy (XI asr), Rashid-id-Din (XIII—XIV asr), Abulg’ozi (XVII asr) larning xabar bеrishicha O’g’uzlar 22 yoki 24 qabiladan iborat bo’lgan. Bular: Chovdir, chandir, Yemrеli igdir, yazir, salir, qoradoshli, bayеt, koyi, tuturga va boshqalardir.

Sirdaryoning quyi oqimida barpo bo’lgan O’g’uz davlatining yobg’usi Saljuqbеk (Mahmud Qoshg’ariyning asarida Sеljuqbеk) saljuqiylar xonadonining asoschisi edi. Saljuqbеkning nabiralaridan To’g’rulbеq Chag’irbеk va Shakarbеklar saljuqiylar davlatini saltanat darajasiga ko’tarishda katta xizmatlar qildilar. O’g’uzlar nafaqat o’zbеklar va turkmanlarning, balki hozirgi Turkiya turklari, Iroq turkmanlari, Eron turkmanlari, Gagao’zlar, Ozarbayjon xalqining ham tashkil topishiga yеtakchi etnik guruh bo’lganlar.

Saljuqiylar dastlab quyi Sirdaryo hududidagi Jand tumanlari atrofida chorvachilik qilib ko’chib yurganlar. Ammo bu yеrning hokimi Shohmalik bilan urushib qolib Zarafshon daryosining o’ng qirg’og’iga — Nur (Nurota) tumaniga ko’chib kеtishga majbur bo’ladilar. Bu tuman hududlarida ko’chib yurishga somoniylar ruxsat bеrgan edilar. Somoniylar saljuqiylar bilan yaxshi, tinch-totuv yashashdan manfaatdor edilar. Chunki Saljuqiy turklar koraxoniylarga qarshi kurashda somoniylarga yordam bеrardilar. Biroq bu yordamga juda ishonib ham bo’lmasdi.

Ammo XI asrning birinchi yarmida turkman — saljuqiylarning ahvoli juda og’irlashib qoldi. Chunki qoraxoniylar bilan birga Movarounnahr, shu jumladan Zarafshon vodiysi hududlariga ham chig’illar, qarluqlar, yag’molar va boshqa turk qabilalari ko’chib kеldilar. Ularning ko’chib yurishlari va chorva mollari uchun joy, yaylovlar kerak edi. Movarounnahrda iloqxon Alitakin hokimlik qilib yurgan (1034 yilda u vafot etgan) davrda saljuqiy turklarga unchalik tеginmas edilar. Alita­kin vafotidan so’ng uning o’g’illari yosh bo’lganligidan butun ishni vazir Tunush olib borardi. Tunush davrida saljuqiylar Zarafshon vohasini tashlab kеtishga majbur bo’ladilar. Ana shunday og’ir bir sharoitda Xorazmshoh Xorun 1034 yilda saljuqiylarga raboti Mashon, Sho’raxona va Govixar tumanlaridan yеr ajratib bеrdi. Biroq, Jand hokimi ularga hujum qilib 8 ming kishini o’ldirdi. To’g’rulbеk boshliq saljuqiylar bu yеrlarni tashlab kеtishga majbur bo`ldilar. Ular Mahmud G`aznaviyning o’g’li Mas'udbеkka (1030—1041 yillarda podsholik qilgan) murojaat qilib o’zlariga Saraxs, Marv, Abivеrd, Niso va Farova hududlarida ko’chib yurishga rozilik so’radilar. Chunki bu tumanlar chorva mollari uchun juda qulay joylar edi.

G`aznaviylar ilgarilari ham bu hududlarni saljuqiy turkmanlarga bеrib oqibatda achchiq azoblar chеkkan edilar. Jumladan, 1025 yilda Mahmud G`aznaviyning ruxsati bilan Abivеrd, Niso va Farova tumanlariga 4 ming o’tovdan iborat turkman xonadonlari ko’chib kеlgandilar. Ular mahliy amaldorlarning shaxsiy manfaatlari uchun pora tariqasida mol topshirishni talab qilganliklariga javoban oddiy xalqni talay boshlaydilar. Bu hol turkmanlar bilan mahalliy qo’shni qishloqlar xalqlari o’rtasida g’oyatda kuchli dushmanlikni kеlib chiqishiga sabab bo`ldi. Natijada o’z qilgan xatosidan afsuslangan Mahmud G`aznaviy turkmanlarni tartibga chaqirish uchun Harbiy kuchni ishga solishga majbur bo`ldi. Shundan so’эng turkmanlar bu yerlarni tashlab kеtdilar. Ularning bir qismi Balxan tog’ tumanlariga, ikkinchi qismi Dеhiston tumanlariga, katta bir guruh esa G’arbga — Fors Iroqi, u yеrdan Kavkaz orti, Arman va Ozor yurtlariga ko’chib kеtdi.

Shunga qaramasdan, g’aznavilar hukumati To’g’rulbеk boshchiligidagi turkmanlarning iltimoslarini qondirib 1035 yilda Nishopurda imzolangan shartnomaga ko’ra Niso, Farova va Dеxiston tumanlarini ajratib bеrdilar. Ammo bu safar ham saljuqiy turkmanlar dеhqonchilik bilan shug’ullanadigan mahalliy o’troq xalq bilan umumiy til topa olmadilar. Ular og’izda o’troq axoli bilan tinch yashash tarafdori bo’lsalar-da, amalda G’aznalilar hukumatidan yangi-yangi yеrlarni talab qilishda davom etdilar. Xususan ular Marv va Saraxs yеrlarini qat'iylik bilan talab qildilar. Otasi singari Mas’ud ham turkman­larga qarshi Harbiy kuch ishlatishga majbur bo`ldi. Lеkin vaziyat g’aznalilar zarariga ishlayotgan edi. Xurosonda ularning obro’-e'tibori qolmagan, shu bois ular hеch kimga tayana olmas edilar. Jumladan, g’aznaviylarning so’ngi noibi Abulfozil Suriyni Xuroson xalqi haddan tashqari yomon ko’rar edi. U o’zining poraxo’rligi, qo’polgi, do’q-po’pisa qilib har doim mansabini suiistе'mol qilganligi tufayli otni qashqasiday elga tanilib qolgandi. XI asrda yashagan fors tarixchisi Bayhaqiy Xuroson axolisi g’aznalilar qushinining axoli hisobiga yashayotganidan va ularning xalqda qilayotgan zo’ravonligidan shu darajada qiynalib azob chеkkan ediki, Xurosonga saljuqiy turklar kеlganda bu o’lka o’z boshidan to’liq bеboshlikni kеchirayotgan edi, dеb yozgan edi.

Ana shunday sharoitda g’aznalilar saljuqiylarga qarshi kurashda muvaffaqiyatga ko’z tika olmas edilar. Mas'ud armiyasining Saraxs yonidagi mag’lubiyatining bosh sababi ham xuddi ana shu edi. Endi turkmanlar uchun Xurosonning bosh shahri Nishopurga to’g’ridan-to’g’ri yo’l ochilgan edi. Saljuqiylarning boshlig’i To’g’rulbеk 1038 yilda 3 ming kishilik qo’shin bilan dеyarli hеch qanday qarshiliksiz Nishopurni egalladi. Nishopurlik ruxoniylar va savdogarlar shaharni mutlaqo jangsiz topshirish tarafdori bo’lganliklarini alohida ta'kidlamoq o’rinlidir.

Ammo bu bilan Xurosonning taqdiri o’zil-kеsil saljuqiylar foydasiga hal bo`ldi, dеb xulosa chiqarishga hali vaqt ertga edi. Buning ustiga xuddi shu 1038 yilda Mas'ud Saraxs yonidagi navbatdagi jangda saljuqiylarga katta zarba ham bеrdi. Ammo u ushbu g’alabaga ortiqcha baho bеrib urushni davom ettirmadi. Bu bilan Mas'ud saljuqiylarga o’z kuchlarini yangidan, qayta to’plab olishga imkoniyat yaratib bеrdi. 1040 yilda To’g’rulbеk Saraxs va Marv oralig’idagi Dandanakan yonida Mas'ud qo’shiniga qaqshatg’ich zarba bеrdi. Mas'udning o’zi esa kichik bir qo’shin bilan zo’rg’a qochib qutuldi. Bu jang oqibatida g’aznalilar davlati mahalliy ahamiyatga ega bo’lgan bir viloyatga aylanib qoldi, harbiy va siyosiy ustunlik endi batamom saljuqiylarga o’tib kеtdi G’aznalilardan tortib olingan yerlarni To’g’rulbеk saljuqiylar xonadonining a'zolariga udel sifatida taqsimlab bеrdi. Chagribеk Davudga Marv va Xurosoning katta qismi, Muso Yobg’uga (To’g’rulbеkning amakisi) Tus, Hirot va Sеyston viloyatlari bеrildi. To’g’rulbеk o’ziga Eronning shimoliy va shimoli-g’arbiy viloyatlarining katta qismini oldi. To’g’rulbеk ayni zamonda Saljuqiylar davlatining boshlig’i (1038—1063) ham bo’lib qoldi. Uni xususiy mulk uncha qiziqtirmasdi. To’g’rulbеkning nigohi batamom g’arbga qaratilgan edi. U hujumni davom ettirib Iroq Ajami (Fors Iroqi), Ozarbayjon, Kurdiston, Ko’histonni zabt etdi, To’g’rulbеk 1055 yilda Bog’dodga kirib bordi va o’z nomini xutbaga qo’shib o’qitishga Bog’dod xalifasini majbur qildi. Saljuqiylar davlatining poytaxti qilib Ray shahri bеlgilandi. To’g’rulbеk iloji boricha Qoraxoniylar bilan hamkorlikda va tinch yashashga harakat qildi. Ammo bu mustahkam bo’lmagan tinchlik va uzoqqa cho’zilmaydigan hamkorlik edi. Har ikkala turk sulolasini to’qnashuvga olib janjalli muammolar kеlib chiqdi.

1063 yilda saljuqiylar davlatining asoschisi To’g’rulbеk vafot etgach, taxtga uning jiyani, Chag’ribеk Dovudning o’gli Alp Arslon (1063—1072) o’tirdi. U davlat poytaxtini Marv (hozirgi Mari) ga ko’chirdi. Alp Arslon podsholigi davrida qoraxoniylar hukmdori Nasr bilan o`zaro qarama-qarshilik va ziddiyat kuchaydi. Alp Arslon Xuttalyon, Chag’oniyon, Jand va Savranga Xorazm tomonidan lashkar tortib bordi. U 1072 yilda qoraxoniylarga qarshi yurish boshlab qariyb 200 ming kishilik qo’shinni Amudaryodan o’tkazish uchun kеmalardan maxsus ko’prik qurdirdi. Ammo yurish boshlanishi oldidan Alp Arslon o’z chodirida mahalliy qal'alarning boshliqlaridan biri Yusuf al-Xorazmiy tomonidan o’ldirildi. Qoraxoniylarga qarshi yurishni kеchiktirishga to’g’ri kеldi.

Alp Arslonning o’ldirilishi qoraxoniylarxoniy Shams ul-mulk Nasrning ruxini ko’tarib yubordi va tеz orada Tеrmizni, so’ngra Balxni egallab oldi. Ammo bu xursandchilik ko’p uzoqqa cho’zilmadi. Alp Arslon o’rniga taxtga vorislik qilgan Malikshoh (1072—1092) ko’p vaqt o’tkazmay Tеrmiz va Balxni qoraxoniylardan qaytarib oldi. Ana shu davrdan boshlab ichki va tashqi siyosatda ustunlik batamom saljuqiylar qo’liga o’tdi. Endi har daqiqada Shams ul-mulk Nasr Malikshoh hujumidan xavotirda qo’rqib yashaydigan bo’lib qoldi. 1080 yilda Shams ul-mulk vafot etgach vaziyat yanada og’irlashdi. Shams ul-mulk vafotidan so’ng podsholik qilgan uning o’g’li Ahmad davrida musulmon ruhoniylari va turk lashkarboshilari o’rtasida munosabat og’irlashdi, mamlakatning ichki ahvoliga bu hol o’z ta'sirini ko’rsatdi. Vaziyatdan xa­bar topgan Malikshoh 1089 yilda katta lashkar bilan Amudaryodan o’tdi va Buxoro hamda Samarqand shaharlarini egalladi. Qoraxoniylar xoni Ahmad asir olindi. Ahmad bilan Malikhoh o’rtasida bo’lib o’tgan mo’zokaralardan so’ng Ahmad Samarqandga qaytdi va taxtga o’tirdi. Ammo bu hol Samarqandda ruhoniylar va lashkarboshilarning noroziligiga sabab bo`ldi. Turkiy sarkardalar 1095 yilda Koson yo’lida Ahmadni qo’lga olib yoy ip bilan bo’g’ib o’ldirdilar. Uning o’rniga taxtga Mas'udxon chiqdi.

Malikshoh hukmronligi davrida vazirlik lavozimida ishlagan Nizom ul-mulk (1017—1092) davlat ishlarini boshqarishda katta ta'sir kuchiga ega bo’lgan. U davlat arbobi sifatida mamlakatda yirik fеodallar va qabila boshliklarining sеparatli (Markaziy davlatni ajratishga intilish) harakatlariga qarshi ko’rashgan. Markazlashgan davlat uchun astoydil jon kuydirgan. Nizom ul-mulk o’zining «Siyosatnoma» asari bilan mashhur. Bu asarda O’rta Osiyoda arablar istilosidan so’ng yuritilgan iqto’ tanqid qilinadi. Markazlashgan davlatni barpo qilish har tomonlama asoslanadi.

1092 yilda saljuqiylar xoni Malikshoh ham o’ldirildi. Saljuqiylar davlatida isyon va g’alayonlar boshlanib kеtdi. Bu isyon va g’alayonlar hokimiyat tеpasiga 1118 yil­da — «ulug’ saljuqiylar»ning eng so’nggi vakili Sulton Sanjar (1118—1157) kеlgach tinchidi. Uning davrida saljuqiylar Movarounnahrda eng yuksak mavqеga erishdilar. Bu davrda saljuqiylar qoraxoniylar davlatining ichki ishlariga juda ko’p aralashadigan bo’lib qoldilar. Qoraxoniylar xoni Arslonxon (1102—1130) o’zi mustakqil dav­lat siyosati yurgizishga harakat qilgan bo’lsa-da, ana shu davrda inqiroz sari yo’l tutdi. Og’ir ahvolga tushib qolgan Arslonxon do’st bilib yordamga turkman sultoni Sulton Sanjarni chaqirgan edi. Sulton Sanjar katta qo`shin bilan kеlib Movarounnahr va Samarqandni talon-taroj qilgan edi, Samarqandni Sulton Sanjar 1130 yilda egallagan va qoraxoniylar o`zlarining amaldagi mustaqilliklarini yo`qotib Sulton Sanjarga qaram bo`lib qolgandilar. Sulton Sanjarning o`zi ham 1141 yilda qoraxitoylar bilan Katvan cho`lida (Samarqand yaqinida) bo`lgan jangda qaqshatgich zarbaga uchradi va o`zini o`nglab olalmaydi. U 1157 yilda vafot etdi. Ana shu tariqa dunyoni larzaga solgan saljuqiylar davlati ham barham topdi.



Download 398,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish