Mavzu: O’rta Osiyoda mustaqil davlatlarning tashkil topishi. Tohiriylar va Safforiylar davlati Reja



Download 398,73 Kb.
bet5/12
Sana31.12.2021
Hajmi398,73 Kb.
#230820
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1-Mavzu topshirigi

3. Qoraxoniylar davlati.

Movarounnahr hududlarida o’troq so’g’dliklar bilan bir qatorda ko`plab turk qabilalari ham yashaganlar, ularning ko`pchiligi Shosh va Farg’onada, qisman Zarafshon va Qashqadaryo vohalarida istiqomat qilar edilar.

VIII — IX asrlarda turkiy xalqlar til jihatdan Farg’ona va Shosh hududlarida yashagan so’g’dliklarga o`z ta'sirlarini kuchli bir tarzda o’tkazganlar va bu joylarda turkiylashish jarayoni kuchaygan. Bu hududlardagi turkiylar o’troq xayot kеchirganlar. Farg’onada turkiy qarluqlar, Shoshda esa turkiy o’g’uzlar ko`prok bo`lganlar. Arab gеografi ibn Havkalning bergan ma'lumotlariga qaraganda islom diniga o’tgan mingga yaqin turk oilasi sharqdan Farob, Kеnjida va Shosh oralig’idagi, ya'ni hozirgi Chim-kеntning janubi-g’arbiy hududlariga kеlib joylashganlar. Bular turkiy-o’g`uzlar edilar. Shosh hududlarida turkiy-o’g`uzlar shu darajada ko`p bo`lganki, ularning ta'siri xalq og’zaki ijodida ham o`z aksini topgan. O`zbеk xalq og’zaki ijodida o’g`uzlar hozirgi o`zbеk xalqining o’tmish avlod-ajdodlari sifatida talqin etiladi.

O’g`uzlar turkmanlarning ham avlod-ajdodlaridirlar. XII asrning birinchi yarmida yashagan Sharof az Zamon Tohir Marvaziyning so`zlariga qaraganda o’g`uzlar islom dinini qabul qilganlaridan so`ng Xorazm hududlaridan «kofirlar»ni pеchеnеglar yashayotgan hududlarga siqib chiqarib bu yerlarni o`zlari egallab oladilar. Tarixga turk-manlar nomi bilan kirgan bu saljuqiy qabilalar somoniylarning ruxsati bilan Buxorodan janubdagi hududlarni egallab, ko’chmanchi-chorvadorlar sifatida xayot kеchirganlar. Shoshni turklashtirishda o’g`uzlar bilan bir qatorda turgashlarning o’rni katta bo`lgan.

VIII-IX asrlarda turkiy qabilalarning asosiy qismi Еttisuv hududlariga kelib o’rnashganlar. So’g’dliklar turkiy xalqlar orasiga o`zlarining oliy darajadagi dеhqonchilik va hunar-mandchilik tеxnikasini tarqatganlar. «Buyuk ipak yo`li» savdosida ular faollik ko`rsatganlar. So’g’dliklar turkiy xalqlarga va aksincha turkiy xalqlar so’g’dliklarga o`zaro ta'sir o’tkazganlar, ular bir-birlariga qiz berib, qiz olganlar, quda-anda bo’lib kеtganlar. So’g’dliklar turk tilida so`zlashga o`ta boshlab, asta-sеkin o`z ona tillarini unuta boshlaganlar.

Mashhur turkshunos olim Mahmud Qoshg’ariy XI asrda arab tilida «Dеvoni lug’atit turk», ya'ni «Turkiy so’zlar lug’ati»ni yaratgan. Bu asarda olim qanday qilib turk Tilining so’g’dliklar tiliga nisbatan ustivor mavqеga ega bo`la borishi va so’g’dliklar o`z ona tillarini yuqota borganliklari jarayonini ustalik va moxirlik bilan bayon qiladi. Albatta so’g’dliklar jismonan yo’q bo’lib kеtmadilar, balki ular turkiylar bilan aralash-quralash bo’lib, qorishib — assimilyasiyalashib kеtdilar. Bu jarayon ayniqsa X asrda somoniylar davrida juda avj olgan.

X asrda yashagan gеografiya soxasidagi olimlar ham, Mahmud Qoshg’ariy ham o`sha davrda Еttisuvda va Sirdaryo xavzalarida turklarning shaharlari bo`lganligi haqida ma'lumotlar beradilar. Maqdisiyning ko`rsatishicha, Isfijob yaqinidagi Berukеt va Boloj shaharlarida turkman-o’g`uzlar joylashganlar. Lеkin turkman-o’g’uzlarning asosiy qismi ilgarigidеk Sirdaryoning quyi oqimida yashaganlar. Faqat, 894 yildan so`ng qipchoqlar o’g`uzlarni Emba daryosidan shimolroqdagi tumanlardan siqib chiqargach, u xalqning bir qismi xozirgi Turkmaniston hududlariga o’tgan. Ko’chmanchi o’g`uzlar Turkmanistonning bir qancha hududlarida, shu jumladan Forobiy tumanlarida yashaganlar. Bu holni Bеlazuriy tohiriylar hokimi Abdulla ibn Tohir (830 — 844) hukmronligi davrida o`z o’g’li Toxirni o’g`uzlarga qarshi yurishga otlantirdi, dеb isbotlaydi.

Xullas, O’rta Osiyoning Oltoy janubiy yonbag’ridan boshlanadigan sharqiy qismida, Markaziy Tyanshan etaklarida, Chu, Ili, Norin, Talas daryolari vodiylari bo’ylab to Pomirgacha bo`lgan hududlarda turk tilida so`zlashuvchi xalqlar uyushmasi yashagan. Bu turk qabila va urug’lari turlicha nomlar bilan atalsalarda, shеva jihatidangina bir-birlaridan farqlanadigan yagona bir tilda so`zlashar edilar, ularniig turmush tarzi, madaniyatlari, urf-odatlari bir xil bo`lgan. Ularning jismoniy baquvvatligi, tabiatidagi xususiyatlari, mardligi, urushqoqligi va epchilligi ham bir-biriga o’xshagan. Bu turkiy xalqlar tashqi ko`rinish jihatidan ham bir-birlariga o’xshaganlar: «Yuzlari yalpoq ko`zlari kichik burni tеkis, siyrak sochli, tеmir qilichli va qora libosli» kishilar edilar. Bu ulkan xalqlar tarkibiga turk qabila va urug’larning juda ko`plab guruhlari: qarluqlar, chigillar, yag’molar, tuhsiylar, uyg’urlar, o’g’uzlar, qipchoqlar kirgan. Bular orasida eng yirigi va madaniyatlisi qarluqlar bo`lgan.

Qarluqlar 766 yilda turgashlarni tor-mor kеltirib, Ettisuvni egallaganlar. Qarluqlar to’g’risidagi to’la ma'lumotni, noma'lum muallif tomonidan yozilgan «Hudud al Olam» kitobidan olish mumkin. Unda xikoya qilinishicha, qarluqlar yashagan mamlakat barcha turk xalqlar yashagan mamlakatlarga nisbatan eng boy va go`zal bo`lnb, oqar suvlari ko`p va iqlimi mo’tadil bo`lgan ekan. Bu mamlakatda qishloqlardan tashqari shaharlar ham bo`lgan. Qarluqlar xo’jalik ishlarining turi bo’yicha bir-birlaridan farq qilganlar: ba'zilari dеhqonchilik bilan, boshqa birovlari chorvachilik bilan va uchinchilari ovchilik bilan shug’ullanganlar. Qarluqlarning Qulon (hozirgi Lugovaya tеmir yo`l bеkati), Marki (Marki bеkati) va hokazo kabi shaharlari bo`lgan. Qarluqlar shu qadar katta hududlarga egalik qilganlarki, aytishlaricha, ularning yerlarini garbdan sharqgacha bosib o’tish uchun 30 kun kerak bo`lar ekan. Ular Farg’ona vodiysi, Chu, Ili, va qisman Norin daryolari vodiylarini to’la egallaganlar. Qoraxoniylar davlatining tashkil topishida hal qiluvchi ro’lni qarluqlar o’ynadilar va bu davlat qo’shinining asosiy o`zagini ham ular tashkil qilar edilar.

Qarluqlar hukmron bo`lgan hududlarda chigillar (jikil), to’xsilar, argular, yag’molar, turgashlar, qipchoqlar, yabakular, qaylar, jumullar, o’g`uzlar yashaganlar. Toroz tumani va Issikko’l atroflarida joylashgan chigillar V.V. Bartoldning xulosalariga qaraganda qoraxoniylar davlatida katta mavqеga ega bo`lganlar. Ular madaniy taraqqiyotda qarluqlarga qaraganda orqada bo`lsalarda, boy, to’q va farovon turmush kеchirganlar, chorvachilik bilan shug’ullanganlar, quyosh va yulduzlarga topinganlar.

Turk qabilalarining uchinchi yirik guruhi yag’molar edi. Ular Issiqko’lning janubida, Qashg’ar shaxri tomonlarda, ko`pchilik qismi esa, Sharqiy Turkiston hu-dudlarida ko’chib yurgan. «Hudud al Olam» muallifi yag’molarni madaniyatda orqada qolgan qabila edi, dеb yozadi. Ular dеhqonchilik bilan shug’ullanmaganlar, asosan yovvoyi xayvonlarni ovlash va mo’ynachilikni o`zlariga kasb qilib olganlar. Shu bois yag’molarning yilqi va qo’y podalari ko`p bo`lgan va boshqa turk qabilalariga nisbatan nihoyatda jasur va jangovarliklari bilan mashhur bo`lganlar.

Koraxoniylar davlatining tashkil topishida boshqa turk qabilalari: qipchoqlar, kеnjеklar, yabaqular, qirg’izlar, o’g’uz-turmanlar, qanchlar va so’g’dlilar ham faol qatnashganlar.

Qoraxoniylar davlati X asrning ikkinchi yarmida tashkil topdi. «Qoraxoniylar» so`zi qarluqlarning islomni qabul qilgan boshliqlaridan biri — Satuk Abdulkarim Qoraxon unvonidan kеlib chiqqan. («Qora» so`zi qadimdan turkiy xalqlarda buyuklik va ulo’g’lik ma'nosida ishlatilgan.) Xon hokimiyati madaniyatli bo`lsada, qarluqdar yoki chig’illar qabilasidan chiqmadi, balki madaniy taraqqiyotda orqaroqda bo`lgan yag’molardan chiqqan. Buni Satuk Abdulkarim Qoraxonning yag’molar urug’idan bo`lganligi ham ochiq-oydin isbotlaydi. “Majmuayi at tavoriy” («Tarixning qisqartma to’plami») asarining muallifi «yag’molar podshoni bug’raxon dеydilar» dеb aniq aytgan fikrlari yuqoridagi xulosalarni to’la tasdiqlaydi. Markazi ikki shahar: Qashqar va Bolosog’undan iborat bo`lgan yangi davlatning birinchi podshosi «Bo’g’raxon» unvonini olganligi tavsiflidur. Bu xonning turkcha nomi bizgacha еtib kеlmagan va biz uni «Bo’g’raxon» unvoni bilan yoki arabcha-turkcha Xorun ibn Satuk nomi bilan bilamiz. Lеkin hujjatlarda faqat Bo’g’raxon dеb kеltirilgan. «Bo’g’ra» so`zi yarmolar tushunchasi bo’yicha qo’sh o’rkachli tuya ma'nosini anglatadi.

Qoraxoniylar sulolasining asoschisi Satuk Bo’g’raxon islom dinini qabul qilgach, yangi turk davlatini barpo qilish ishini boshlab berdi. Uning qachon tug`ilganligi haqida hech qanday ma'lumot yo’q. V. V. Bartold bo’yicha Bo’g’raxon 955 yilda Bolosog’unda vafot egtan. Manbalarda kеltirilishicha, uning vorislari davrida qoraxoniylar butun Markaziy Tyanshan va Еttisuvni o`zlariga tobе qiladilar, so`ngra Movarounnahr hududlariga еtib bo­radilar.

Qoraxoniylar 990 yillardan e'tiborai Movarounnahrda o`z hokimiyatlarini o’rnatish uchun astoydil harakat qilishdilar. 990 yillar ular Farg’onani egallab bu yerda o’z tangalarini zarb qilganlar. Eng qudratli hukmdorlardan biri bo`lgan Hasan Xorun Bug’raxon Isfijob (Sayram)ni o`ziga tobе qilib olgach, 992 yilda Buxoroga hujum boshlaydi. Turk g’ulomlaridan iborat bo`lgan lashkarboshilar somoniy hukmdorlarga xiyonat qiladilar. Manbalarda shu narsa ma'lumki, g’ayratli va shuhratparast turk harbiy boshlig’i Abuali Simjuriy Bo’g’raxonning hujumi oldindan somoniy hukmdori Nuh ibn Mansurdan yashirin ravishda u bilan muzokara olib bordi. Bo’g’raxon bilan bo`lgan bu muzokarada somoniylar davlati ikkiga bo`linishi, Movarounnahr Bo’g’raxonga o’tishi, Amudaryoning janubidagi yerlar esa Abuali Simjuriyga topshirilishi kerak edi. Mulkdor dеhqonlar ham qoraxoniylar tomoniga o`tadilar.

Bu davrda Buxoro taxtida o’tirgan Nux II ibn Mansur har qancha g’ayratli va qat'iy hukmdor bo`lsada, hеch kim madadiga ko`z tika olmas edi. Bo’g’raxonga qarshi yuborilgan turk harbiy boshlig’i Ayach tor-mor qilinib asir olinadi. Noiloj qolgan Nuh o`zining juda qobiliyatli, ammo ishonchsiz harbiy qo’mondonlaridan biri Foyiqqa murojaat qilishga majbur bo`ladi. Foyiq katta qo’shin boshida turib Buxoro ostonalarida, Karmana yaqinida Bo’g’raxonga qarshi jang qiladi va jo’rttaga еngiladi. Buxoro ximoyasiz qolib jangsiz taslim bo`ladi. Foyiqning xoinligini shu narsadan ham bilish mumkinki, Bo’g’raxon uni tеz kunda Termiz va Balxga noib etib tayinlaydi.

Bo’g’raxon 992 yilda Buxoroni egallagach, Nuh II ibn Mansur shaxarni tashlab qochadi. Bo’g’raxon o`z qarorgohi qilib Joyi Muliandagi go`zal saroyni tanladi. Ammo qoraxoniylar xoni salomatligi tufayli Buxoroda uzoq qola olmadi. Buxoro taxtiga Nuh II ning o’gli Nasr somoniyni noib etib tayinlab Bo’g’raxon Samarqand sari otlandi. Nuh II bundan foydalanib Abualidan yordam olib, Buxoroga qaytib kеladi. Bug’raxon salomatligi borgan sayin og’irlashib borayotganligi tufayli Samarqandni ham tashlab Qashqar sari yuzlanadi va yo`lda vafot etadi.

Bo’g’raxonning vafoti go’yo Nux II uchun qulay vaziyatlar vujudga kеlayotganday tuyular edi. Amalda esa somo­niylar inqiroz sari yuz tuban kеtgandilar. Nux o`zining yaqin kishilaridan xatto bittagina bo`lsada, ishonchli va qobiliyatli harbiy boshliq topa olmadi. Xuroson bo`lsa vaqtincha birlashgan ikki dushman- Abuali va Foyiq qo’lida edi. G’azna bilan Hirot viloyatlarida oddiy g’ulomlikdan tеzda qudratli davlat boshlig’i darajasiga ko`tarilgan Sabuqtakin Nuxga bo’ysunishni istamas edi. Sabuqtakin 977 yilda Nuxning ruxsatisiz G’aznaga hokim bo’lib oladi, shu bois ikki o`rtadagi munosabat buziladi. Lеkin og’ir vaziyat Nuxni undan yordam so’rashga majbur etadi. 996 yilda Qoraxoniylar Buxoroga qarshi navbatdagi xujumni uyushtirdilar. Qoraxoniylarning yangi xoni Nasr ibn Ali g’ayrat va qatiylikda Bo’g’raxondan qolishmasdi.

G’azna hokimi Sabuqtakin katta qo’shin bilan Nuxga yordam berish uchun yo`lga chiqdi. Balxga еtganda unga Chag’oniyon, G’o`zg’on va Xuttalon hokimlarining lashkarlari ham ko’shildilar. Sabuqtakin Kеsh tumani hududida chodir qurib, Buxoro hokimi Nux II ni ham o`z lashkarlari bilan kеlib ko’shilishini talab etdi. Albatta bu hol somoniylar hukmdorining nafsoniyatiga qattik tеgdi. Nux bu taklifni rad etdi va Sabuqtakinning o`zini Buxoroga kеlishini talab qilib farmoyish berdi. Sabuqtakin bunga javoban Buxoroga o`zining 20 ming kishilik qo’shinini yubordi. Buxoro Sabuqtakin qo’liga o’tdi. U Nasr bilan muzokaralar boshladi. Bu muzokaralar natijasida Sirdariyo xavzasining hammasi qoraxoniylar qo’liga o`tadigan bo`ldi. Etiborli tomoni shundaki, qoraxoniylar tomoniga batamom o’tgan Foyiqni Nasr ibn Ali Samarqandga o`z noibi qilib tayinladi.

Sabuqtakin esa shartnomaga asosan Amudaryo janubidagi yerlarga, eng avvalo Xurosonga to’la xo’jayin bo’lib oldi. Somoniylarga faqat Movarounnahrning markaziy qismigina qoldirildi, xolos. Bu shartnomalar Nux ibn Mansursiz tuzildi. Nux ibn Mansur bunday ko’ngilsiz voqealardan so`ng uzoq yashamadi va 997 yilda vafot etdi. Taxtga Nuxning o’g’li Mansur ibn Nux (997—999) o’tirdi. Taxt vorisi o`zgargani bilan axvol yaxshilanmadi. Mansur bilan harbiy boshliqlar o`rtasidagi xusumat va kеlishmovchiliklar tufayli vaziyat yanada og’irlashdi va oqibat fitna uyushtirishga borib еtdi. Buxoroda Mansur saroyida qoraxoniy Nasrning xomiyligi ostida haqiqiy mansabni egallagan Foyiq fitnaning boshida turdi. 999 yilda turk g’ulomlariga suyangan Foyiq Mansurni qo’lga tushirdi va ko`zini ko’r qilib uni hokimiyatdan maxrum etdi. Ana shu tariqa kuchsizlanib qolgan somoniylarga kutilmaganda katta zarba berildi. Somoniylar xaqiqatda qarshilik ko`rsatish uchun kuchga va kurashni boshqaruvchi tadbirkor va mard bir kishiga ham ega emas edilar. Xalq esa bo`layotgan voqеalarga butunlay bеfarq qarar edi. Natijada somoniylar sulolasi batamom quladi. Nasr tomonidan 999 yilda Buxoroning egallanishi barcha muammolarga nuqta qo’ydi va Movarounnahrda hokimiyat masalasi uzil-kеsil xal bo`ldi. Albatta, somoniylar 1005 yilga qadar yana o’z qaddilarini rostlash uchun qarshilik ko`rsatgan bo`ldilar. Ammo bu qarshilik voqealarning rivojlanib borishiga bir qadar bo`lsada ta'sir qilmadi. 1005 yildan e'tiboran esa qoraxoniylarga qarshilik umuman to’htadi.

Qorahoniylar qariyb yuz yil davomida mustaqil hukmronlikning nashidasini surdilar. 1005 yilga qadar davom etgan mustaqil taraqqiyot davrida qoraxoniylar bеpoyon katta davlatga asos soldilar. Ularning mulklari g’arbda Buxoro va Sirdaryoning quyi oqimidan, sharqda Еttisuv va Qashqargacha cho`zilib kеtgan edi. Qoraxoniy xonadonlari o`rtasida 1016 yildayoq boshlanib kеtgan urug`chilik adovatli urushlar tufayli 1041 yilda xonlik ikkiga bo`linib kеtdi. G’arbiy xonlik markazi Buxoro bo’lib, uning tarkibiga Movarounnahr va Xo’jakеntgacha bo`lgan Farg’onaning g’arbiy qismi kirgan. Sharqni xonlik markazi Bolosog’un bo’lib, uning tarkibiga Talas, Isfijob, Shosh, Farg’onaning sharqiy qismi, Еttisuv va Qashqar vohalari kirgan. Yer, mol-dunyo va davlat talashish qoraxoniy Tomg’ochxon Ibrohim (1046—1068) hukmronligi davrida ikki turkiy sulola: qoraxoniylar va saljuqiylar o’rtasida kuchaydi. Dushmanlikka sabab bo`lgan bu kurash markazida Amudaryoning o’ng va chap qirg’og’i bo’yidagi Termiz va Balx shaharlari atrofidagi yerlar yotardi. Bu yerlarni g’aznaviylarga tashlab kеtishga majbur bo`lganlaridan so`ng saljuqiylar egalik qilgan edilar.

1068 yilda Tomg’ochxon Ibrohim taxtdan voz kеchgach, Movarounnahrda hokimiyat Tomg’ochxonning o’g’li Shamsulmulkka o’tishi munosabati bilan xonning o’g’illari o`rtasida Buxoro va Samarqand taxti uchun kurash avj olib kеtdi. Bu kurashda Shamsulmulk g’alaba qozondi. Termiz va Balx uchun kurash saljuqiylar bilan Shamsulmulk davrida yanada kuchaydi. 1072 yilda saljuqiylar xoni Alp Arslonning o’ldirilishi va saljo’iylarning vaqtincha kuchsizlanganligidan foydalanib Shamsulmulk Termiz va Balxni ishg’ol qildi. Lеkin tеz orada Alp Arslonning vorisi Malikshoh bu hududlarni qaytarib oldi. Shundan so`ng ichki va tashqi siyosatdagi tashabbus saljuqiylar xoni Malikshoh (1072—1092) ga o’tdi. Xususan, 1080 yilda Shamsulmulk vafot etgach, Movarounnahrning ahvoli yanada og’irlashdi. Bundan foydalangan Malikshoh 1089 yilda juda katta qo’shin bilan Amudaryodan o’tdi va Buxoro bilan Samarqandni egalladi. Qoraxoniylar xoni asir va Isfaxonga jo’natildi. Malikshoh Ahmad bilan o’zaro muzokaralar olib borgach, uni Samarqand tahtiga qaytishiga rozilik beradi. Ammo Samarqand taxtiga qaytgan Ahmadni mutaassib ruhoniylar va turk sarkardalari 1095 yilda Kosonga (Farg’onadagi) yurish paytida yoy ipi bilan bo’g’ib o’ldiradilar.

Saljuqiylar, ayniqsa Sulton Sanjar (1118—1157) hukmronligi davrida Qoraxoniylarni dеyarli o`zlariga batamom tobе etdilar. Garchi Arslonxon (1102—1130) o`z hukmronligining birinchi yarmida mustaqil davlat siyosati olib borishga intilgan, juda ko`plab qurilish ishlari va obodonchiliklarni amalga oshirgan bo`lsada, mamlakat ichidagi halokatli ziddiyat va qarama-qarshiliklarni oldini olishga ojizlik qildi. Shu bois Arslonxon davri qaraxoniylar davlatining siyosiy tushkunlik davri sifatida tarixga kirdi. Bu borada johil ruhoniylar va harbiy boshliqlar davlatni boshqarish ishlariga aralashib hokimiyatni barbod qildilar. Arslonxon kasalligi tufayli davlat ishlarini boshqarishda o’g’li Nasrni yarim podsho qilib ko`tardi. Bundan norozi bo`lgan ruxoniylar fitna uyushtirib Nasrni o’ldirdilar. Arslonxon noilojlikdan Marvdan yordamga Sulton Sanjarni taklif qildi. Fitnani Arslonxonning ikkinchi o’g’li Ahmad bostirgan va isyonchilarni katl qilishga hukm qilgan bo`lsada Sulton Sanjar Movarounnahr sari ot qo’ydi. Do’st qo’shni sifatida yordamga chaqirilgan Sulton Sanjar bosqinchilik bilan shug’ullandi. U Samarqandni qamal qilib, 1130 yilda uni egalladi. Arslonxon shahar qamali chog’ida zambarga solib olib chiqildi va Balxga jo’natildi. Ko`p vaqt o’tmay shu yerda u olamdan o’tdi. Garchi 1130 yildan to 1147 yillarga qadar ham Samarqandni qaraxoniylar sulolasiga mansub xonlar boshqargan bo`lsalarda, bu davlat amalda mustaqil emasdi va Sulton Sanjarning izmidan zarracha bo`lsa-da chiqa olmasdi. 1211 yilda Xorazmshoh Oloviddin Muhammad Qoraxoniylar xonadonidan bo`lgan so`nggi qo’g’irchoq xon Usmonni o’ldirib, qoraxoniylar davlatiga so`nggi xal qiluvchi zarbani beradi. Qoraxoniylar urug’i batamom qirib bitiriladi. O’tror, O`zgan va Buxoro hukmdorlari ag’darilib, qatl etiladi.

Ana shu tariqa qoraxoniylar tarix sahnasidan tushdilar, ammo o’zlaridan so`ng tarixda ma'lum ma'noda iz qoldirdilar.



Download 398,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish