Mavzu: O'rta Osiyoda milliy hududiy chegaralanishning amalga oshirilishi. Milliy siyosat va davlat qurilishi masalalari. Reja


-masala: Oʻrta osiyoda milliy-hududiy chegaralanish



Download 70,34 Kb.
bet2/4
Sana11.06.2022
Hajmi70,34 Kb.
#655282
1   2   3   4
Bog'liq
Hududiy chegaralanish

2-masala:
Oʻrta osiyoda milliy-hududiy chegaralanish — mustabid sovet rejimi tomonidan Turkiston xalqlarining "milliy davlatlarini tashkil qilish" niqobi ostida ularni ajratib tashlash maqsadida amalga oshirilgan siyosiy tadbir (1924—25). Turkiston mintaqasi azaldan turkiy xalqlarning yagona maskani va umumiy vatani boʻlgan. 1918—24 yillarda mavjud boʻlgan Turkiston ASSR, BXSR, XXSRning tub xalqlari asrlar davomida turmush tarzi va anʼanalari jihatidan bir-birlariga juda yaqin boʻlishgan. Turkistondagi turli davlatlarning har birida turkiy xalklar: oʻzbeklar, turkmanlar, qoraqalpoqlar, qozoqlar, qirgʻizlar, shuningdek, tojik xalqi azaldan yashaganligi tarixan tarkib topgan hodisa edi. Turkiston mintaqasining xalqlari shu tuproqni, Turonzaminni qadimdan oʻzlarining asl Vatani deb bilganlar.
Mustabid sovet rejimi va bolsheviklar uchun esa Turkiston oʻlkasini boʻlib tashlab, uni idora qilish qulay edi. Xususan, bu jarayon Turkistonda sovet rejimiga qarshi qurolli harakat 1924-yilda, asosan, magʻlubiyatga uchraganidan keyin oʻzining soʻnggi bosqichiga qadam qoʻydi. 1924-yil fevral iyun oylarida SSSRdagi markaziy organlar, Turkiston, Buxoro, Xorazm kommunistik partiyalari va RKP(b) MK Oʻrta Osiyo byurosi milliy chegaralanish masalalari yuzasidan zoʻr berib ish olib borishdi. Turkiston va Buxoro Kompartiyalari MKlari huzurida maxsus, keyinchalik hududiy va boshqalar maxsus komissiyalar tuziddi.
1924-yil 12iyunda RKP(b)MK Siyosiy byurosi Oʻ.Oʻrta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanishh.ch. toʻgʻrisida maxsus qaror qabul qilgach, 15-iyulda RKP(b)MK Oʻrta Osiyo byurosi yangi tashkil etiladigan milliy respublikalar va oblastlarning muvaqqat byurosini tashkil etdi. Hududiy komissiya tarkibiga F.Xoʻjayev, A. Rahimboyev, S. Xoʻjanov, Q.Otaboyev, R.Islomov, N.Aytoqov, yilAbdurahmonov, I. Aydarbekov, I. Vareykis, D.Manjara, I.Mejlauk, X.SaxatMuratov va boshqalar siyosiy arboblar kirgan edi.
1924-yil 16-sentabrda Turkiston ASSR ning navbatdan tashqari sessiyasi, 20-sentabrda Butun Buxoro xalq vakillarining 5qurultoyi, 2-oktabrda Butun Xorazm xalq vakillarining 5qurultoyi bu masalani koʻrib chiqib, Oʻrta Osiyoning milliyhududiy chegaralanishi toʻgʻrisida qaror qabul qildilar. Mazkur qarorlarda oʻzbek va turkman xalqlariga Oʻzbekiston SSR va Turkmaniston SSR tuzish huquqi, Turkiston ASSR ning qirgʻiz (aslida qozoq) viloyatlarini 1920-yilda tashkil qilingan Qirgʻiziston ASSR (aslida Qozogʻiston ASSR) bilan birlashtirish maqsadida qirgʻiz (aslida qozoq) xalqiga Turkiston ASSRdan chiqish huquqi, qora qirgʻiz (aslida qirgʻiz) xalqiga Turkiston ASSRdan chiqish huquqi va Qora Qirgʻiz (aslida Qirgʻiz) avtonom oblastini tashkil etish huquqi, tojik xalqiga ham Turkiston ASSRdan chiqib, Tojikiston avtonom oblastini tashkil etish huquqi berilishi kerakligi taʼkidlandi.
RSFSR (Butun Rossiya) Markaziy Ijroiya Komitetining 2sessiyasi (1924-yil 14-oktabr) Oʻrta Osiyodagi Turkiston ASSR, Buxoro va Xorazm respublikalari oʻrnida Oʻzbekiston SSR (OʻzSSR) va Turkmaniston SSR, shuningdek, Tojikiston ASSR (Oʻz SSRtarkibida), Qoraqalpoq va QoraQirgʻiz (Qirgʻiz) avtonom oblastlari tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.
1924-yil 18-noyabrda Turkiston ASSR, Buxoro SSR va Xorazm SSR MIKlari maxsus qoʻshma qaror qabul qildilar va shu qarorga binoan oʻz vakolatlarini Oʻzbekiston SSR sovetlarining taʼsis qurultoyiga qadar ish koʻruvchi F.Xoʻjayev raisligida 31-oktabrda tashkil qilingan Oʻzbekiston SSR Muvaqqat inqilobiy komitetiga topshirdilar. Bu komitet Oʻzbekiston SSR tuzilishini boshqarib bordi.
1925-yil 13-fevralda Buxoroda maxsus qurilgan Xalq uyida Oʻzbekiston SSR sovetlarining 1qurultoyi ochildi. Qurultoy 17-fevralda "[[Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasini tashkil etish toʻgʻrisida deklaratsiya" qabul qildi. OʻzSSR oradan koʻp oʻtmay SSSR tarkibiga qabul qilingan (1925-yil 13-may). OʻzSSR tarkibida 1929-yilgacha Tojikiston ASSR ham boʻlgan (yana q. [[Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi).
Qoraqalpoq avtonom oblasti (1925-yil 16-fevraldan) tuzilib, u dastlab Qozogʻiston ASSR tarkibiga kirgan. Keyinchalik Qoraqalpoq avtonom oblasti (1932-yil RSFSR tarkibiga, 1936-yildan Oʻzbekiston SSR tarkibida) Qoraqalpogʻiston ASSR qilib qayta tuzildi (yana q. Qoraqalpogʻiston Respublikasi).
Oʻrta Osiyo xalqlari uchun bu chegaralanish va tashkil etilgan yangi "milliy davlatchilik" ularning bundan keyingi taraqqiyotiga yangi nozik farqlarni olib kirdi.
Oʻzbekiston SSRning tuzilishi "oʻzbek xalqining milliy davlatchiligi tashkil qilindi", degan fikrni anglatmaydi. SSSR tarkibidagi OʻzSSR amalda hech qanday suverenitet va mustaqillikka ega emas edi. OʻzSSR tashkil etilayotgan vaqtlardayoq uning oldiga, asosan, Markazning manfaatlariga xizmat qilish, SSSRning markaziy r-nlariga xom ashyo yetishtirib berish kabi vazifalar qoʻyilgan edi. SSSR inqirozga yuz tutgan va parchalangan paytgacha bu vazifalar oʻz kuchini yoʻqotmadi.







Xalqlarni milliy chegaralash g'oyalarini amalga oshirish bolsheviklarning taktik ustamonligi bilan muvaffaqiyatli ro'yobga chiqarildi, Avvalo, bu g'oyaning dastlabki vazifasi hal etildi - turkiylar birligj raafkurasiga va amaliyotiga sezilarli zarba berildi. Milliy tuzilmalar tashkil etilishi, ularga «milliy davlatchilik» maqomi berilishi bilan Markaz mintaqa xalqlarining diqqatini tashqi dushmandan (ular uchun tashqi dushman Markazning o'zi edi) ichki muammolarga yo'naltirishga muvaffaq bo'ldi.
Lekin bu eng asosiysi bo'lib, bolsheviklar bu harakat bilan o'zlarining strategik niyatlarida ham muhim yutuqlarni qo'lga kiritdilar. RSFSRning Turkiston Avtonom Respublikasi bilan bir qatorda milliy-hududiy chegaralanishiga huquqiy jihatdan mustaqil Buxoro va Xorazra respublikalarining ham jalb qilinishi, ularning qismlarga bo'linishi va uiar asosida yangi milliy tuzilmalarning tashkil topishi, ularning SSSR tarkibiga kiritilishi natijasida O'rta Osiyoning bu ikki qadimgi davlati dunyoning siyosiy xaritasidan butunlay yo'q qilindi.
Shu davrdan boshlab qadimiy Turkiston hududi bolsheviklar davlatining ikki g'ildirakli aravasiga mustahkam bog'lab qo'yildi.
O'rta Osiyo davlatchiligining ming yillik rivojlanish tarixiga putur yetkazikli. Hukmron sulolalarning tez-tez almashishiga, makon-hudud mezonlarining o'zgarishiga qaramay, O'rta Osiyo davlatchiligining asosini tashkil qilgan muhit - uning aholisi tarixan turli etnik guruhlardan tashkil topganligi va uning tarqoq holda joylashganligi, uning o'ziga xos bo'lgan xo'jalik, maishiy, diniy, ma'naviy-madaniy hayotining mushtarakligi o'zgarmay qolaverardi. Har bir etnik guruh o'zining muayyan joyiga ega bo'lgani holda bu mushtaraklikning tarkibiy, o'zgarmas teng qiymatga ega bo'lgan qismi bo'lib turaverardi. Endi esa, ittifoqdosh, muxtor respublikalar va viloyatlarning tashkil topishi bilan millatlarni farqlash, tabaqalash joriy etildi.
Shunday qilib, millatning bir qismi o'z ota-bobolari yerida yashab, mehnat qilsada, rasmiy ta'rifga ko'ra, «oz sonli millat»ga aylanib qolgan edi, bu esa ularning ongiga ta'sir qilmasdan qolmasdi, o'z huquqlarining qandaydir poymol qilinganligida deb tushunardilar.
Aslida, bolsheviklar andozasidagi milliy-hududiy chegaralanish O'rta Osiyo xalqlari o'rtasidagi bo'lajak millatlararo munosabatlar jarayonlafl ostiga ma'lum vaqtda portlaydigan mina qo'yish degan gap edi, ular favqulodda vaziyatlarda portlab, turli nizolar va keskin holatlar keltirib chiqarishi muqarrar edi.
Shu bilan birga, yangi tuzilmalarni O'rta Osiyo xalqlarining «milliy (javlatchiligi» tashkil etilganligi sifatida baholash ham to'g'ri bo'lmasa kerak. Chunki SSSR tarkibiga kirish va SSSRning tashkil topganligi haqidagi Shartnomaning imzolanishi, bu yerda RKP(b) MK O'rta Osiyo byurosining, O'rta Osiyo Iqtisodiy Kengashining va boshqa shunga o'xshash butunittifoq idoralarining saqlanib qolishi bilan davlatga xos bo'lgan hokimiyat vazifalari va vakolatlarning barchasi Markaz ixtiyorida bo'lib qoldi. O'zbekiston Respublikasi I Prezidenti I.A.Karimovning jonli iborasi bilan aytganda, O'rta Osiyoda tashkil qilingan bu tuzilmalar davlat bo'lib shakllanmagan (davlatga o'xshash) tuzilmalar edi.» Mazkur tuzilmalar suverenitet va rnustaqillikdan batamom mahrum edilar, ular aslida SSSRning ma'muriy-iqtisodiy rayonlari darajasiga tushirilgan bo'lib, tashkil etilayotgan vaqtlaridayoq ularga asosan Markazning manfatlariga xizmat qilish, xom ashyo yetishtirish kabi vazifalar aniq qilib belgilab berilgan edi.
Ma’lumki, O`rta Osiyo hududida qadim-qadimdan tili, dini, tarixi, madaniyati, an’analari bir-biriga juda yaqin, mushtarak qardosh va qondosh xalqlar yashab kelganlar. Bu yerda istiqomat qilgan o‘zbeklar, turkmanlar, tojiklar, qozoqlar, qirg‘izlar, qoraqalpoqlarning xo‘jalik hayoti, turmush tarzi, udumlari ham o‘xshash bo‘lib, shu muqaddas ona zaminni o‘zlarining asl Vatanlari deb bilganlar. “Biz ildizi, tomirlari bir xil xalqmiz”, degan g‘oya azaldan avloddan-avlodga o‘tib keladi. Bu g‘oya doimo hudud yaxlitligi, birligiga xavf tug‘ilganda kuchli, yengilmas tushunchaga aylangan, xalqlarning bir-biridan ajralib, uzoqlashib ketishiga yo‘l qo‘ymagan. Biroq, afsuslar bo‘lsinki, pixini yorgan sovet hokimiyati arboblari qondosh va jondosh, tarixan bir hududda yashab kelgan birodar xalqlarni bir-biridan ajratib tashlash, ularning birlashib davlat tuzishlariga izn bermaslik ushun butun choralarni ishga solib borganlar. Bundan kuzatilgan bosh maqsad o‘lka xalqlarining birlashuviga, o‘z istiqlolini va istiqbolini birgalikda bunyod etishiga yo‘l qo‘ymaslik va shu asosda Markazning bu yerdagi hukmronligiga, sotsialistik qayta qurish jarayonining avj olishiga keng maydon yaratish edi. Shu maqsadda Turkistonni milliy o‘ziga xoslik, til birligi asosida bo‘lib tashlash g‘oyasi ilgari surildi.
Markazning hukmronlik irodasini bajarishga da’vat etilgan Turkiston ishlari bo‘yicha maxsus komissiya – Turkkomissiya zimmasiga o‘lkada milliy-hududiy chegaralanishni o‘tkazish va shu asosda bu hududda bir qator sovet respublikalarini tashkil qilish vazifasi yuklangan edi. RKP(b) Markazqo‘mi kotibi Ya.Rudzutak bu tadbirga bosh mutasaddi qilib belgilangan edi. Markaz mo‘ljallayotgan milliy siyosat mazmuni, mohiyatidan xabardor bo‘lgan Turkistonning ilg‘or ziyolilari o‘lka birligini zo‘r berib himoya qilishga urindilar. Biroq o‘lka jilovini qo‘lda mahkam tutgan bo‘lshevik mutasaddilar ularning haqqoniy fikrlarini hisobga olmadilar. Yagona va mustaqil Turkiston g‘oyasi uchun kurashgan vatanparvar kuchlar, milliy ziyolilar millatchilikda, turkparastlikda, islomparastlikda va sovet hokimiyatiga qarshilikda ayblandilar va qoralandilar. Shunday qilib, O`rta Osiyoni milliy-hududiy jihatdan alohida respublikalarga bo‘lib tashlash masalasi bir necha bor Markazda, Turkiston, Buxoro, Xorazm respublikalarida, ularning kompartiyalari plenumlarida, RKP(b) MQning O`rta Osiyo byurosi plenumlarida muhokama etilib, mahalliy xalqqa ta’sir va tazyiqlar o‘tkazilib borildi. O`rta O`siyo respublikalarida milliy-hududiy chegaralanish loyihasini tayyorlovchi maxsus komissiya tuzildi. Loyiha RKP(b) MQ O`rta Osiyo byurosining 1924-yil 2-iyundagi yig‘ilishida muhokama etilib, asosan ma’qullandi. Bundan norozi bo‘lgan mahalliy aholi vakillari, xususan, Xorazm respublikasining bir guruh mas’ul xodimlari, chunonchi, XKP MQ kotibi Odinayev, ichki ishlar noziri Abdusalomov, Yoqubov; Turkiston va Buxoro vakillari Sultonbek Xojanov, Sanjar Asfandiyorov va boshqalar yagona Turkistonni bo‘lib tashlash maqsadga muvofiq emas, deb e’tiroz bildirdilar. Ular Turkiston xalqlari birligini saqlab qolishga qaratilgan “O`rta Osiyo Federatsiyasini tuzish to‘g‘risida” taklif kiritdilar. Shuningdek, 1924-yil 8-mayda RKP(b) MQga “Xorazmda milliy masalani hal etish to‘g‘risida xat” kelib tushadi. Bu xatda ham Xorazm respublikasini bo‘lib yuborish maqsadga muvofiq emas, deyilgan edi. Biroq mahalliy xalqlarning talab va takliflari inobatga olinmadi. Aksincha, 1924-yil 12-iyunda RKP(b) MQ Siyosiy byurosi “O`rta Osiyo respublikalarini milliy-hududiy chegaralash to‘g‘risida”gi masalaga yana qaytib, uni o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Munozaralar tobora qizib borganligi sababli vaqtincha Xorazm respublikasida milliy-hududiy chegaralanishni to‘xtatib turishga qaror qilindi. Bu borada Xorazm Kompartiyasi va hukumati rahbarlariga har tomonlama ta’sir o‘tkazib borildi. Ularning ko‘pchiligi vazifasidan olinadi, qolganlari partiya qaroriga qo‘shilishga majbur bo‘ladi. Oqibatda 1924-yil 26-iyunda Xorazm Respublikasi rahbarlari Xorazm uchun ham milliy chegaralanishning zarurligini “e’tirof” etadilar. Shundan so‘ng, 1924-yil 15-iyulda O`rta Osiyo byurosi milliy chegaralanish loyihasini tayyorlash va 1924-yil oktabr oyida uni o‘tkazish zarur, degan xulosaga keldi. Bu qaror 1924-yil 14-oktabrda SSSR BMIQ tomonidan ham ma’qullanadi. Shu tariqa, sovet hukumati va uning joylardagi mahalliy tashkilotlarining 1920–1924-yillar davomida O`rta Osiyoda olib borgan, xalqqa yolg‘on va’dalar berishni ko‘zda tutgan “lenincha milliy siyosat”ni hayotga tatbiq etish bobidagi amaliy ishlari yakun topdi. Buning orqasida o‘lkaning tarixan tarkib topgan o‘ziga xos milliy xususiyatlari, hududiy yaxlitligi zavol topdi. Uning hududlarini kichik-kichik milliy bo‘laklarga bo‘lish ishlari yakuniga 1924-yil 24-oktabrda RKP(b) MQ plenumi so‘nggi nuqtani qo‘ydi.
Shunday qilib, hukmron Markaz zo‘ravonlarining bir necha yillik sa’y-harakatlari orqasida O`rta Osiyoning siyosiy jo‘g‘rofiyasi sun’iy ravishda o‘zgartirildi. Bu hududdagi ko‘p asrlik milliy davlatchilik tarixi an’analariga chek qo‘yildi. Buning yorqin ifodasi xususan Buxoro va Xorazm davlatlarining zo‘ravonlik yo‘li bilan tugatilganligida namoyon bo‘ladi. O`rta Osiyo hududida shu davrga qadar hukm surib kelgan uch davlat: Turkiston ASSR, Buxoro va Xorazm respublikalari o‘rnida endilikda O`zbekiston SSR, Turkmaniston SSR, shuningdek, O`zbekiston SSR tarkibida Tojikiston ASSR tuzildi. Qirg‘izlar yashagan huddudlar Qoraqirg‘iz (Qirg‘iziston) muxtor viloyatiga birlashtirilib RSFSR tarkibiga, Turkistonning qozoqlar yashaydigan tumanlari Qozog‘iston ASSR ixtiyoriga berildi. Qoraqalpoqlar yashaydigan hududlar Qoraqalpoq muxtor viloyatiga birlashtirilib Qozog‘iston ASSR tarkibiga kiritildi. O`lkada beshta milliy davlat birlashmalari tashkil etildi. Natijada, yagona Turkiston xalqlari bir-biridan sun’iy ravishda uzoqlashtirildi. Bu hol sovetlarga o‘lkada o‘z hokimiyatini mustahkamlash ushun katta imkoniyatlar yaratib berdi.
Oʻrta osiyoda milliy hududiy chegaralanish mustabid sovet rejimi tomonidan Turkiston xalqlarining "milliy davlatlarini tashkil qilish" niqobi ostida ularni ajratib tashlash maqsadida amalga oshirilgan siyosiy tadbir bo’lib, bu tadbir 1924-1925–yillarda o’tqazilgan. Turkiston mintaqasi azaldan turkiy xalqlarning yagona maskani va umumiy vatani boʻlgan. 1918—24 yillarda mavjud boʻlgan Turkiston ASSR, BXSR, XXSRning tub xalqlari asrlar davomida turmush tarzi va anʼanalari jihatidan bir-birlariga juda yaqin boʻlishgan. Turkistondagi turli davlatlarning har birida turkiy xalklar: oʻzbeklar, turkmanlar, qoraqalpoqlar, qozoqlar, qirgʻizlar, shuningdek, tojik xalqi azaldan yashaganligi tarixan tarkib topgan hodisa edi. Turkiston mintaqasining xalqlari shu tuproqni, Turonzaminni qadimdan oʻzlarining asl Vatani deb bilganlar.
Mustabid sovet rejimi va bolsheviklar uchun esa Turkiston oʻlkasini boʻlib tashlab, uni idora qilish qulay edi. Xususan, bu jarayon Turkistonda sovet rejimiga qarshi qurolli harakat 1924 yilda, asosan, magʻlubiyatga uchraganidan keyin oʻzining soʻnggi bosqichiga qadam qoʻydi. 1924 yil fevral-iyun oylarida SSSRdagi markaziy organlar, Turkiston, Buxoro, Xorazm kommunistik partiyalari va RKP(b) MK Oʻrta Osiyo byurosi milliy chegaralanish masalalari yuzasidan zoʻr berib ish olib borishdi. Turkiston va Buxoro Kompartiyalari MKlari huzurida maxsus, keyinchalik hududiy va boshqalar maxsus komissiyalar tuzildi.
1924 yil 12-iyunda RKP(b)MK Siyosiy byurosi Oʻrta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish toʻgʻrisida maxsus qaror qabul qilgach, 15-iyulda RKP(b)MK Oʻrta Osiyo byurosi yangi tashkil etiladigan milliy respublikalar va oblastlarning muvaqqat byurosini tashkil etdi. Hududiy komissiya tarkibiga F.Xoʻjayev, A. Rahimboyev, S. Xoʻjanov, Q.Otaboyev, R.Islomov, N.Aytoqov, keyinchalik Abdurahmonov, I. Aydarbekov, I. Vareykis, D.Manjara, I.Mejlauk, X.Saxat Muratov va boshqalar siyosiy arboblar kirgan edi.
1924 yil 16-sentyabrda Turkiston ASSR ning navbatdan tashqari sessiyasi, 20-sentyabrda Butun Buxoro xalq vakillarining V qurultoyi, 2-oktyabrda Butun Xorazm xalq vakillarining V qurultoyi bu masalani koʻrib chiqib, Oʻrta Osiyoning milliy hududiy chegaralanishi toʻgʻrisida qaror qabul qildilar. Mazkur qarorlarda oʻzbek va turkman xalqlariga Oʻzbekiston SSR va Turkmaniston SSR tuzish huquqi, Turkiston ASSR ning qirgʻiz (aslida qozoq) viloyatlarini 1920 yilda tashkil qilingan Qirgʻiziston ASSR (aslida Qozogʻiston ASSR) bilan birlashtirish maqsadida qirgʻiz (aslida qozoq) xalqiga Turkiston ASSRdan chiqish huquqi, qora qirgʻiz (aslida qirgʻiz) xalqiga Turkiston ASSRdan chiqish huquqi va Qora Qirgʻiz (aslida Qirgʻiz) avtonom oblastini tashkil etish huquqi, tojik xalqiga ham Turkiston ASSRdan chiqib, Tojikiston avtonom oblastini tashkil etish huquqi berilishi kerakligi taʼkidlandi.
RSFSR (Butun Rossiya) Markaziy Ijroiya Komitetining II sessiyasi (1924 yil 14-oktyabr) Oʻrta Osiyodagi Turkiston ASSR, Buxoro va Xorazm respublikalari oʻrnida Oʻzbekiston SSR (OʻzSSR) va Turkmaniston SSR, shuningdek, Tojikiston ASSR (Oʻz SSRtarkibida), Qoraqalpoq va QoraQirgʻiz (Qirgʻiz) avtonom oblastlari tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.
1924 yil 18-noyabrda Turkiston ASSR, Buxoro SSR va Xorazm SSR MIKlari maxsus qoʻshma qaror qabul qildilar va shu qarorga binoan oʻz vakolatlarini Oʻzbekiston SSR sovetlarining taʼsis qurultoyiga qadar ish koʻruvchi F.Xoʻjayev raisligida 31-oktyabrda tashkil qilingan. Oʻzbekiston SSR Muvaqqat inqilobiy komitetiga topshirdilar. Bu komitet Oʻzbekiston SSR tuzilishini boshqarib bordi.
Xalqlarni milliy chegaralash g'oyalarini amalga oshirish bolsheviklarning taktik ustamonligi bilan muvaffaqiyatli ro'yobga chiqarildi, Avvalo, bu g'oyaning dastlabki vazifasi hal etildi - turkiylar birligj raafkurasiga va amaliyotiga sezilarli zarba berildi. Milliy tuzilmalar tashkil etilishi, ularga «milliy davlatchilik» maqomi berilishi bilan Markaz mintaqa xalqlarining diqqatini tashqi dushmandan (ular uchun tashqi dushman Markazning o'zi edi) ichki muammolarga yo'naltirishga muvaffaq bo'ldi.
Lekin bu eng asosiysi bo'lib, bolsheviklar bu harakat bilan o'zlarining strategik niyatlarida ham muhim yutuqlarni qo'lga kiritdilar. RSFSRning Turkiston Avtonom Respublikasi bilan bir qatorda milliy-hududiy chegaralanishiga huquqiy jihatdan mustaqil Buxoro va Xorazra respublikalarining ham jalb qilinishi, ularning qismlarga bo'linishi va uiar asosida yangi milliy tuzilmalarning tashkil topishi, ularning SSSR tarkibiga kiritilishi natijasida O'rta Osiyoning bu ikki qadimgi davlati dunyoning siyosiy xaritasidan butunlay yo'q qilindi.
Shu davrdan boshlab qadimiy Turkiston hududi bolsheviklar davlatining ikki g'ildirakli aravasiga mustahkam bog'lab qo'yildi.
O'rta Osiyo davlatchiligining ming yillik rivojlanish tarixiga putur yetkazikli. Hukmron sulolalarning tez-tez almashishiga, makon-hudud mezonlarining o'zgarishiga qaramay, O'rta Osiyo davlatchiligining asosini tashkil qilgan muhit - uning aholisi tarixan turli etnik guruhlardan tashkil topganligi va uning tarqoq holda joylashganligi, uning o'ziga xos bo'lgan xo'jalik, maishiy, diniy, ma'naviy-madaniy hayotining mushtarakligi o'zgarmay qolaverardi. Har bir etnik guruh o'zining muayyan joyiga ega bo'lgani holda bu mushtaraklikning tarkibiy, o'zgarmas teng qiymatga ega bo'lgan qismi bo'lib turaverardi. Endi esa, ittifoqdosh, muxtor respublikalar va viloyatlarning tashkil topishi bilan millatlarni farqlash, tabaqalash joriy etildi.
Shunday qilib, millatning bir qismi o'z ota-bobolari yerida yashab, mehnat qilsada, rasmiy ta'rifga ko'ra, «oz sonli millat»ga aylanib qolgan edi, bu esa ularning ongiga ta'sir qilmasdan qolmasdi, o'z huquqlarining qandaydir poymol qilinganligida deb tushunardilar.
Aslida, bolsheviklar andozasidagi milliy-hududiy chegaralanish O'rtOsiyo xalqlari o'rtasidagi bo'lajak millatlararo munosabatlar jarayonlafl ostiga ma'lum vaqtda portlaydigan mina qo'yish degan gap edi, ular favqulodda vaziyatlarda portlab, turli nizolar va keskin holatlar keltirib chiqarishi muqarrar edi.
Shu bilan birga, yangi tuzilmalarni O'rta Osiyo xalqlarining «milliy (javlatchiligi» tashkil etilganligi sifatida baholash ham to'g'ri bo'lmasa kerak. Chunki SSSR tarkibiga kirish va SSSRning tashkil topganligi haqidagi Shartnomaning imzolanishi, bu yerda RKP(b) MK O'rta Osiyo byurosining, O'rta Osiyo Iqtisodiy Kengashining va boshqa shunga o'xshash butunittifoq idoralarining saqlanib qolishi bilan davlatga xos bo'lgan hokimiyat vazifalari va vakolatlarning barchasi Markaz ixtiyorida bo'lib qoldi. O'zbekiston Respublikasi I Prezidenti I.A.Karimovning jonli iborasi bilan aytganda, O'rta Osiyoda tashkil qilingan bu tuzilmalar davlat bo'lib shakllanmagan (davlatga o'xshash) tuzilmalar edi.» Mazkur tuzilmalar suverenitet va rnustaqillikdan batamom mahrum edilar, ular aslida SSSRning ma'muriy-iqtisodiy rayonlari darajasiga tushirilgan bo'lib, tashkil etilayotgan vaqtlaridayoq ularga asosan Markazning manfatlariga xizmat qilish, xom ashyo yetishtirish kabi vazifalar aniq qilib belgilab berilgan edi.



Download 70,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish