Mavzu: O‘rta Osiyo respublikalarida o‘tkazilgan milliy-hududiy
chegaralanish va uning oqibatlari
Reja:
O'rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish o’tkazish masalasini tegishli tashkilotlarda muhokama etilishi.
Milliy-hududiy chegaralanish o’tkazishdan ko’zlangan maqsad, uning mohiyati.
O'zbekiston SSRning tashkil topishi va uning boshqaruv tizimi.
Oʻrta osiyoda milliy hududiy chegaralanish mustabid sovet rejimi tomonidan Turkiston xalqlarining "milliy davlatlarini tashkil qilish" niqobi ostida ularni ajratib tashlash maqsadida amalga oshirilgan siyosiy tadbir bo’lib, bu tadbir 1924-1925–yillarda o’tqazilgan. Turkiston mintaqasi azaldan turkiy xalqlarning yagona maskani va umumiy vatani boʻlgan. 1918—24 yillarda mavjud boʻlgan Turkiston ASSR, BXSR, XXSRning tub xalqlari asrlar davomida turmush tarzi va anʼanalari jihatidan bir-birlariga juda yaqin boʻlishgan. Turkistondagi turli davlatlarning har birida turkiy xalklar: oʻzbeklar, turkmanlar, qoraqalpoqlar, qozoqlar, qirgʻizlar, shuningdek, tojik xalqi azaldan yashaganligi tarixan tarkib topgan hodisa edi. Turkiston mintaqasining xalqlari shu tuproqni, Turonzaminni qadimdan oʻzlarining asl Vatani deb bilganlar.
Mustabid sovet rejimi va bolsheviklar uchun esa Turkiston oʻlkasini boʻlib tashlab, uni idora qilish qulay edi. Xususan, bu jarayon Turkistonda sovet rejimiga qarshi qurolli harakat 1924 yilda, asosan, magʻlubiyatga uchraganidan keyin oʻzining soʻnggi bosqichiga qadam qoʻydi. 1924 yil fevral-iyun oylarida SSSRdagi markaziy organlar, Turkiston, Buxoro, Xorazm kommunistik partiyalari va RKP(b) MK Oʻrta Osiyo byurosi milliy chegaralanish masalalari yuzasidan zoʻr berib ish olib borishdi. Turkiston va Buxoro Kompartiyalari MKlari huzurida maxsus, keyinchalik hududiy va boshqalar maxsus komissiyalar tuzildi.
1924 yil 12-iyunda RKP(b)MK Siyosiy byurosi Oʻrta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish toʻgʻrisida maxsus qaror qabul qilgach, 15-iyulda RKP(b)MK Oʻrta Osiyo byurosi yangi tashkil etiladigan milliy respublikalar va oblastlarning muvaqqat byurosini tashkil etdi. Hududiy komissiya tarkibiga F.Xoʻjayev, A. Rahimboyev, S. Xoʻjanov, Q.Otaboyev, R.Islomov, N.Aytoqov, keyinchalik Abdurahmonov, I. Aydarbekov, I. Vareykis, D.Manjara, I.Mejlauk, X.Saxat Muratov va boshqalar siyosiy arboblar kirgan edi.
1924 yil 16-sentyabrda Turkiston ASSR ning navbatdan tashqari sessiyasi, 20-sentyabrda Butun Buxoro xalq vakillarining V qurultoyi, 2-oktyabrda Butun Xorazm xalq vakillarining V qurultoyi bu masalani koʻrib chiqib, Oʻrta Osiyoning milliy hududiy chegaralanishi toʻgʻrisida qaror qabul qildilar. Mazkur qarorlarda oʻzbek va turkman xalqlariga Oʻzbekiston SSR va Turkmaniston SSR tuzish huquqi, Turkiston ASSR ning qirgʻiz (aslida qozoq) viloyatlarini 1920 yilda tashkil qilingan Qirgʻiziston ASSR (aslida Qozogʻiston ASSR) bilan birlashtirish maqsadida qirgʻiz (aslida qozoq) xalqiga Turkiston ASSRdan chiqish huquqi, qora qirgʻiz (aslida qirgʻiz) xalqiga Turkiston ASSRdan chiqish huquqi va Qora Qirgʻiz (aslida Qirgʻiz) avtonom oblastini tashkil etish huquqi, tojik xalqiga ham Turkiston ASSRdan chiqib, Tojikiston avtonom oblastini tashkil etish huquqi berilishi kerakligi taʼkidlandi.
RSFSR (Butun Rossiya) Markaziy Ijroiya Komitetining II sessiyasi (1924 yil 14-oktyabr) Oʻrta Osiyodagi Turkiston ASSR, Buxoro va Xorazm respublikalari oʻrnida Oʻzbekiston SSR (OʻzSSR) va Turkmaniston SSR, shuningdek, Tojikiston ASSR (Oʻz SSRtarkibida), Qoraqalpoq va QoraQirgʻiz (Qirgʻiz) avtonom oblastlari tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.
1924 yil 18-noyabrda Turkiston ASSR, Buxoro SSR va Xorazm SSR MIKlari maxsus qoʻshma qaror qabul qildilar va shu qarorga binoan oʻz vakolatlarini Oʻzbekiston SSR sovetlarining taʼsis qurultoyiga qadar ish koʻruvchi F.Xoʻjayev raisligida 31-oktyabrda tashkil qilingan. Oʻzbekiston SSR Muvaqqat inqilobiy komitetiga topshirdilar. Bu komitet Oʻzbekiston SSR tuzilishini boshqarib bordi.
Xalqlarni milliy chegaralash g'oyalarini amalga oshirish bolsheviklarning taktik ustamonligi bilan muvaffaqiyatli ro'yobga chiqarildi, Avvalo, bu g'oyaning dastlabki vazifasi hal etildi - turkiylar birligj raafkurasiga va amaliyotiga sezilarli zarba berildi. Milliy tuzilmalar tashkil etilishi, ularga «milliy davlatchilik» maqomi berilishi bilan Markaz mintaqa xalqlarining diqqatini tashqi dushmandan (ular uchun tashqi dushman Markazning o'zi edi) ichki muammolarga yo'naltirishga muvaffaq bo'ldi.
Lekin bu eng asosiysi bo'lib, bolsheviklar bu harakat bilan o'zlarining strategik niyatlarida ham muhim yutuqlarni qo'lga kiritdilar. RSFSRning Turkiston Avtonom Respublikasi bilan bir qatorda milliy-hududiy chegaralanishiga huquqiy jihatdan mustaqil Buxoro va Xorazra respublikalarining ham jalb qilinishi, ularning qismlarga bo'linishi va uiar asosida yangi milliy tuzilmalarning tashkil topishi, ularning SSSR tarkibiga kiritilishi natijasida O'rta Osiyoning bu ikki qadimgi davlati dunyoning siyosiy xaritasidan butunlay yo'q qilindi.
Shu davrdan boshlab qadimiy Turkiston hududi bolsheviklar davlatining ikki g'ildirakli aravasiga mustahkam bog'lab qo'yildi.
O'rta Osiyo davlatchiligining ming yillik rivojlanish tarixiga putur yetkazikli. Hukmron sulolalarning tez-tez almashishiga, makon-hudud mezonlarining o'zgarishiga qaramay, O'rta Osiyo davlatchiligining asosini tashkil qilgan muhit - uning aholisi tarixan turli etnik guruhlardan tashkil topganligi va uning tarqoq holda joylashganligi, uning o'ziga xos bo'lgan xo'jalik, maishiy, diniy, ma'naviy-madaniy hayotining mushtarakligi o'zgarmay qolaverardi. Har bir etnik guruh o'zining muayyan joyiga ega bo'lgani holda bu mushtaraklikning tarkibiy, o'zgarmas teng qiymatga ega bo'lgan qismi bo'lib turaverardi. Endi esa, ittifoqdosh, muxtor respublikalar va viloyatlarning tashkil topishi bilan millatlarni farqlash, tabaqalash joriy etildi.
Shunday qilib, millatning bir qismi o'z ota-bobolari yerida yashab, mehnat qilsada, rasmiy ta'rifga ko'ra, «oz sonli millat»ga aylanib qolgan edi, bu esa ularning ongiga ta'sir qilmasdan qolmasdi, o'z huquqlarining qandaydir poymol qilinganligida deb tushunardilar.
Aslida, bolsheviklar andozasidagi milliy-hududiy chegaralanish O'rta Osiyo xalqlari o'rtasidagi bo'lajak millatlararo munosabatlar jarayonlafl ostiga ma'lum vaqtda portlaydigan mina qo'yish degan gap edi, ular favqulodda vaziyatlarda portlab, turli nizolar va keskin holatlar keltirib chiqarishi muqarrar edi.
Shu bilan birga, yangi tuzilmalarni O'rta Osiyo xalqlarining «milliy (javlatchiligi» tashkil etilganligi sifatida baholash ham to'g'ri bo'lmasa kerak. Chunki SSSR tarkibiga kirish va SSSRning tashkil topganligi haqidagi Shartnomaning imzolanishi, bu yerda RKP(b) MK O'rta Osiyo byurosining, O'rta Osiyo Iqtisodiy Kengashining va boshqa shunga o'xshash butunittifoq idoralarining saqlanib qolishi bilan davlatga xos bo'lgan hokimiyat vazifalari va vakolatlarning barchasi Markaz ixtiyorida bo'lib qoldi. O'zbekiston Respublikasi I Prezidenti I.A.Karimovning jonli iborasi bilan aytganda, O'rta Osiyoda tashkil qilingan bu tuzilmalar davlat bo'lib shakllanmagan (davlatga o'xshash) tuzilmalar edi.» Mazkur tuzilmalar suverenitet va rnustaqillikdan batamom mahrum edilar, ular aslida SSSRning ma'muriy-iqtisodiy rayonlari darajasiga tushirilgan bo'lib, tashkil etilayotgan vaqtlaridayoq ularga asosan Markazning manfatlariga xizmat qilish, xom ashyo yetishtirish kabi vazifalar aniq qilib belgilab berilgan edi.
-III-
1924 yil 18-noyabrda Turkiston ASSR, Buxoro SSR va Xorazm SSR MIKlari maxsus qoʻshma qaror qabul qildilar va shu qarorga binoan oʻz vakolatlarini Oʻzbekiston SSR sovetlarining taʼsis qurultoyiga qadar ish koʻruvchi F.Xoʻjayev raisligida 31-oktyabrda tashkil qilingan Oʻzbekiston SSR Muvaqqat inqilobiy komitetiga topshirdilar. Bu komitet Oʻzbekiston SSR tuzilishini boshqarib bordi.
1925 yil 13-fevralda Buxoroda maxsus qurilgan Xalq uyida Oʻzbekiston SSR sovetlarining I qurultoyi ochildi. Qurultoy 17-fevralda "Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasini tashkil etish toʻgʻrisida deklaratsiya" qabul qildi. OʻzSSR oradan koʻp oʻtmay SSSR tarkibiga qabul qilingan (1925 yil 13 may). OʻzSSR tarkibida 1929 yilgacha Tojikiston ASSR ham boʻlgan.
Qoraqalpoq avtonom oblasti (1925 yil 16-fevraldan) tuzilib, u dastlab Qozogʻiston ASSR tarkibiga kirgan. Keyinchalik Qoraqalpoq avtonom oblasti (1932 yil RSFSR tarkibiga, 1936 yildan Oʻzbekiston SSR tarkibida) Qoraqalpogʻiston ASSR qilib qayta tuzildi
Oʻrta Osiyo xalqlari uchun bu chegaralanish va tashkil etilgan yangi "milliy davlatchilik" ularning bundan keyingi taraqqiyotiga yangi nozik farqlarni olib kirdi.
Oʻzbekiston SSRning tuzilishi "oʻzbek xalqining milliy davlatchiligi tashkil qilindi", degan fikrni anglatmaydi. SSSR tarkibidagi OʻzSSR amalda hech qanday suverenitet va mustaqillikka ega emas edi. OʻzSSR tashkil etilayotgan vaqtlardayoq uning oldiga, asosan, Markazning manfaatlariga xizmat qilish, SSSRning markaziy r-nlariga xom ashyo yetishtirib berish kabi vazifalar qoʻyilgan edi. SSSR inqirozga yuz tutgan va parchalangan paytgacha bu vazifalar oʻz kuchini yoʻqotmadi.
Respublikadagi dehqonlarni gʻoyaviy jihatdan birlashtirib turgan tashkilotlardan biri „Qoʻshchi“ ittifoqi boʻlgan (1920–33-yillarda faoliyat koʻrsatgan). 1924-yilda 200 ming kishini oʻziga birlashtirgan bu ittifoq ham asta-sekin bolsheviklarning qishloqdagi mustabid siyosati targʻibotchisiga aylangan. Qishloq kambagʻallarining eng qashshoq qismini oʻzida birlashtirgan bu tashkilot kollektivlashtirish (jamoalashtirish) va „quloqlashtirish“ davrida salbiy rol oʻynadi.
Oʻzbekiston SSRda bolsheviklar tomonidan amalga oshirilgan „sotsialistik tajriba“ mahalliy xalq tomonidan norozilik bilan qarshi olindi. Sovet hokimiyatining dastlabki 10 yilliklarida milliy rahbar xodimlar va ziyolilar tomonidan markazning zoʻravonligiga qarshi ochiq tanqidiy fikrlar aytilgan. Muxolifat ayrim davlat va jamoat arboblari, yozuvchilar, shoirlar, maorif xodimlari va huquqshunoslarni oʻzaro birlashtirgan edi.
1925–29-yillarda Oʻzbekistonda yer-suv islohoti amalga oshirildi. Bu islohot joylarda shart-sharoitlar va tayyorgarlik darajasiga qarab uch bosqichda oʻtkazildi. Keyinchalik qishloq xoʻjaligini kollektivlashtirish amalga oshirilib, kolxoz va sovxozlar tuzildi. Biroq shoʻrolar hokimiyati oʻziga toʻq dehqon xoʻjaliklarini “quloq” (“mushtumzoʻr”) sifatida tugatish siyosatini olib borgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |