Mavzu: Oʻrta Osiyo h


 Shayboniylar va Ashtarxoniylar davrida Buxoro xonligi



Download 45,44 Kb.
bet2/8
Sana22.05.2023
Hajmi45,44 Kb.
#942493
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
akrfIcopnUV31SZlc1ofHUZc5zEyssEUEZiKIf9F (1)

8.2. Shayboniylar va Ashtarxoniylar davrida Buxoro xonligi
Qobulni egallab turgan Bobur shoh Ismoilning madadi bilan Movarounnahr tomon yurish boshlaydi. 1511- yilda u Qunduz orqali Amudaryodan oʻtib, Puli Sangin koʻprigi yaqinida boʻlgan shiddatli jangda Shayboniylarni tor-mor qiladi. Soʻngra Samarqandga tomon yoʻl oladi. Qarshi, Samarqand va Buxoroni Shayboniylar jangsiz boʻshatib ketadilar. Bobur Movarounnahrni hech qanday qarshiliksiz egallaydi. Shu bilan bu oʻlkada Shayboniylar hukmronligi vaqtincha toʻxtaydi. Boburning qaytishi va gʻalabasini Movarounnahr aholisi xayrixohlik bilan qarshi olsa ham, ammo uning hukmronligi uzoqqa bormadi.
Shayboniyxonning jiyani Ubayd Sulton qulay fursatdan foydalanib 1512- yil bahorida Movarounnahrga yurish qilib Buxorogacha bosib boradi. Jondor tumani yaqinidagi Malik koʻli yonida Bobur lashkari Ubaydulla Sultondan yengiladi. Bobur Hisorga chekinadi. Ubaydulla Samarqandni egallab, Shayboniylar hukmronligini qayta tiklashga muvaffaq boʻladi.
Bobur garchi Movarounnahrni qaytarib olish niyatidan voz kechmagan boʻlsa-da, lekin Shayboniylar bilan bundan keyin kurash olib borish maqsadidan qaytadi. Qobulga qaytgach, u keyinchalik Shimoliy Hindistonni oʻziga boʻysundirib, bu oʻlkada Boburiylar saltanatiga asos soladi. Amudaryoning oʻng sohiligacha boʻlgan viloyatlarda yana Shayboniylar hukmronligi tiklandi.
Shayboniylar hokimiyati tepasida xon turgan. Viloyatlarni xonning oʻgʻillari, yaqin qarindoshlari (sultonlar) hamda koʻchmanchi qabila boshliqlari (biylar) idora qilgan. Jumladan, nayman qabilasi sardori Jon Vafobiy Hirot dorugʻasi etib tayinlangan (1507). Turkistonni Koʻchkunchixon (1503-1509), Toshkentni Suyunchxoʻjaxon (1503-1525) boshqargan. Buxoro va Qorakoʻl noibligi (1501-1504) Muhammad Shayboniyxonning inisi Mahmud sultonga, Samarqand va uning viloyati toʻngʻich oʻgʻli Muhammad Temur sultonga berilgan.
Buxoro xonligi (amirligi) Shayboniylar sulolasi 100 yil hukm surgan. Poytaxt dastlab Samarqand, keyinchalik Ubaydullaxon davrida 1533- yil Buxoroga koʻchirilgan. Davlat shundan soʻng Buxoro xonligi deb atala boshlagan. Ubaydullaxon xonlikni tashqi va ichki dushmanlardan himoya qilishda, uni mustahkamlashda muhim rol oʻynagan. Biroq Ubaydullaxon vafoti (1540) dan soʻng xonlik mayda mustaqil mulklarga parchalanib ketgan. Xususan, Buxoroda Ubaydullaxonning oʻgʻli Abdulazizxon (1540-1550), Samarqandda Koʻchkunchixonning oʻgʻli Abdullatifxan (1540-1551), Balxda Pirmuhammadxon (1546-1567), Toshkent va Turkistonda Baroqxon (Navroʻz Ahmadxon 1551-1556- yillarda Movarounnahr xoni), Miyonqol va Karmanada esa (1529-1561) Iskandarxon mustaqil hokim boʻlishgan.
1551-1556- yillarda Movarounnahr uchun shayboniylar oʻrtasidagi kurashda Abdullaxon II gʻolib chiqib markaziy hokimiyatni mustahkamlagan, ayirmachilik harakatlariga chek qoʻygan kuchli qoʻshin tashkil etilgan. Uning bu harakatlarini jo‘ybor shayxlari Muhammad Islom hamda uning o‘g‘li Xo‘ja Sa’dlar faol qo‘llab-quvvatlab turdi. Muhammad Islom va uning avlodlari o‘zlarining kelib chiqishini ota tomonidan Muhammad payg‘ambar avlodlariga, ona tomonidan esa Chingizxon va Jo‘jiga bog‘lar edilar. 1556-yilda Navro‘z Ahmadxon vafot etgach, Abdullaxon II darhol Karmana va Shahrisabzda o’z hukmronligini tikladi. Muhammad Islomning ko‘magi bilan esa Buxoro taxtini egalladi va uning poytaxt maqomini qayta tikladi.
Dastlab Abdullaxon II amakasi Pirmuhammad, keyinchalik otasi Iskandarxonlar nomidan davlatni boshqardi. 1561-yilda Abdullaxon II Pirmuhammad aloqalarni uzdi va otasi Iskandar Sultonni (1561-1583) xon deb e’lon qildi. Iskandar Sulton nomigagina xon bo‘lib, mamlakatni boshqaruv ishlariga deyarli aralashmas, hokimiyat amalda Abdullaxon II qo‘lida edi. 1583-yilda Iskandar Sulton vafot etgach, Abdullaxon II rasmiy xon deb e’lon etildi.
Shayboniy hukmdorlari orasida Abdullaxon II o‘zining qat’iyatliligi, yaxshi siyosati va sarkardalik qobiliyati bilan ajralib turadi. U markazlashgan shayboniylar davlatini tiklash maqsadida bebosh va o‘zlarini mustaqil hisoblaydigan amirlar, sultonlar, mulklar hukmdorlari bilan tinimsiz kurash olib borishga majbur bo‘ldi. Tinimsiz urushlar natijasida 1573-yilda Farg‘ona, 1574-yilda Shahrisabz, Qarshi, Hisor viloyatlari, 1578-yilda Samarqand, 1582-yildaToshkent, Shohruxiya, Sayram, Ohangaron, 1583-yilda Balx, 1584-yilda Badaxshon, 1588-yilda Hirot va uning atroflari, 1595-yilda Xorazm Abdullaxon II hokimiyati ostiga birlashtirildi. Tinimsiz urushlardan charchagan joylardagi mahalliy aholi ko‘p hollarda Abdullaxon II ning markazlashtirish siyosatini qo‘llab-quwatlar edi.
Abdullaxon II davrida xonlik chegarasi Qashqardan Orol va Kaspiy dengizlari sohillarigacha, Turkiston va Sayramdan Xurosonning sharqiy qismigacha boʻlgan yerlarni qamragan. Abdullaxon faol tashqi siyosat olib borgan. Buxoro xonligi Eron, Hindiston, Turkiya, Xitoy, Rossiya va b. mamlakatlar bilan keng diplomatik, iqtisodiy, savdo aloqalari olib borgan. Ichki siyosatda mamlakatda pul islohoti oʻtkazilgan, koʻplab sugʻorish inshootlari, koʻpriklar, madrasalar, masjidlar, xonaqohlar, karvonsaroylar, timlar qurilgan. Hunarmandchilik, savdo-sotiq, ilm-fan, madaniy hayot rivojlangan. Abdullaxon vafotidan soʻng taxt uchun kurashlar yana avj olgan. Abdullaxonning oʻgʻli Abdulmoʻminxonning olti oylik hukmronligidan soʻng u muxolif kuchlar tomonidan oʻldirilgan. Taxtga Pirmuhammadxon II chiqqan. Ammo uning hukmronligi ham uzoqqa bormay, 1601- yil taxtdan agʻdarilgan.
Shayboniylar sulolasidan taxtga da’vogar qolmagani tufayli Movarounnahrdagi hokimiyat Ashtarxoniylar sulolasi qoʻliga oʻtgan.
XV asming boshlarida Oltin O‘rda (Jo‘ji ulusi) zaiflashib, parchalinish xavfi kuchayadi. Natijada XV asrning 30-yillarida Volgabo‘yi yerlarida Astraxon xonligi yuzaga keladi. Ashtarxon “Astraxan”ning o‘zbek tiliga moslanganidir. Ashtarxon aslida “Hoji Tarxon” so‘zidan olingan. “Tarxon” turkiy tilli xalqlar hayotida imtiyozli unvonlardan hisoblanib, uning egasi odatda soliqlardan ozod etilgan. 1556-yilda xonlik Rossiya hukmdori Ivan IV tomonidan bosib olindi. Ashtarxon xonligi tugatilgach, xon xonadoniga mansub kishilar jon saqlash uchun turli taraflardan boshpana izlashga majbur bo‘ldilar. Shulardan biri Yormuhammadxon edi. Yormuhammadxon va uning oilasi Buxoro xonligidan boshpana topdi. U Buxoro xoni Iskandarxon (Abdullaxon II ning otasi) bilan yaqin munosabatda bo‘lgan.
Yormuhammadxon oila a’zolari va qarindosh-urug‘i bilan Buxoroga kelgach, Iskandarxon ularni izzat-ikrom bilan kutib oldi va qizi Zuhrabegimni Yormuhammadxonning o‘g‘li Jonibek Sultonga turmushga berdi. Jonibek Sulton Zuhrabegimdan uch o‘g‘il (Din Muhammad, Boqi Muhammad, Vali Muhammad) ko‘rdi. Ota-o‘g‘illar Buxoro xonligida yuksak mavqega erishdilar. Shayboniylar sulolasidan taxt vorisi qolmagach, Jonibek Sulton xonlik taxtiga eng munosib nomzod bo‘lib qoldi. Xonlikning nufuzli kishilari unga taxtni taklif etdilar. Lekin u o‘g‘li Din Muhammad foydasiga taxtdan voz kechdi. Biroq bu orada Xurosonda Eron hukmdori Shoh Abbos qo‘shini bilan yuz bergan jangda Din Muhammad halok bo‘ldi.
Boqimuhammadxon (1601-1605) mamlakat siyosiy yaxlitligini ta’minlashga e’tibor qaratdi. Chunki shayboniy Pirmuhammadxon davrida zaiflashib qolgan markaziy hokimiyat sulolalar almashuvi natijasida yanada kuchsizlanib, Marv, Xorazm, Balxdagi siyosiy kuchlaming boshboshdoqligi boshlangan edi. Boqimuhammad 1602-yilda Balx tomon yurish uyushtiradi va Balx bilan birga Anxud, Shibirg‘on, Chechaktu, Maymana, Faryob-Murg‘ob daryosigacha bo‘lgan yerlami hamda Bag‘lon, Badaxshon, Hisorni ham Buxoroga bo‘ysundiradi. O‘zining ukasi Valimuhammadxonni valiahd deb e’lon qilib, uni Balxga hukmdor etib tayinlaydi. 1603-yilda Eron safaviylarining Balxga hujum qilgan qo‘shinlarini mag‘lubiyatga uchratdi.
Boqimuhammad 1605-yilda vafot etadi, taxtga valiahd hisoblanuvchi ukasi Valimuhammad (1605-1611) o‘tiradi. Biroq qabila amirlari xon hokimiyatiga bo‘ysunmay, muxolifatchilikni kuchaytirdilar. Buxorolik amirlar xonga qarshi isyon uyushtirganligidan xabar topgan Vali Muhammad qochib ketdi. Amirlar taxtga Boqi Muhammadxonning o‘g‘li Imomqulixonni o‘tqazdilar. Abbos oldiga qochishi bilan tugaydi. Buxoro taxtiga Imomqulixon chiqadi. 1611-yilda Valimuhammadxon shoh Abbos bergan yordam natijasida Buxoro taxtini qisqa muddat davomida qayta egallashga erishadi, ammo 1611-yil oktabrda Imomqulixon bilan Samarqand atrofidagi navbatdagi to‘qnashuvda halok bo‘ladi.
Imomqulixon davrida (1611-1642) koʻchmanchi qozoqlarning Buxoro xonligi yerlariga talonchilik yurishlari kuchaygan, markaziy hokimiyatga qarshi isyonlar boʻlib oʻtgan. Masalan, Toshkentga hokim etib tayinlangan Iskandar (Imomqulixon oʻgʻli)ga qarshi shahar aholisi qoʻzgʻolon koʻtargan va uni oʻldirgan. Bunga javoban Imomqulixon qoʻzgʻolonni bostirib, Toshkentda tartib o‘rnatgan. Imomqulixon davrida markaziy davlat hokimiyati nisbatan mustahkamlandi.
Imomqulixondan keyin taxtni egallagan ukasi Nodir Muhammad (1642-1645) davrida esa siyosiy tarqoqlik kuchaydi. Bunga xonning mamlakat viloyatlarini o‘g‘illariga va yaqin qarindoshlariga mulk qi- lib taqsimlab berganligi sabab bo‘ldi. Oqibatda, davlatchilik asoslari zaiflashdi. 1645-yilda qozoqlar yana Movarounnahrga yurish qilib, Xo'jandgacha yetib keldilar. Nodir Muhammad ularga qarshi o‘g‘li Abdulaziz boshchiligidagi katta qo‘shinni safarbar etdi. Xondan norozi bo‘lgan bir guruh amirlar yurish davrida Abdulazizni xon deb e’lon qildilar va uni taxtga o‘tqazdilar. Nodir Muhammad esa Balxga chekindi va yerda ma’lum muddat hokimlik qildi (1645-1651).
Nodir Muhammad toj-u taxtni qaytarib olish maqsadida Hindiston podshohi temuriyzoda Shoh Jahondan yordam so‘radi. Shoh Jahon Balx viloyatini o‘ziga bo‘ysundirish maqsadida qo‘shin yubordi. Uning asl niyatini payqab qolgan Nodir Muhammad hind qo‘shiniga qarshi chiqdi. Biroq u jangda yengildi va Eronga qochib ketdi. Abdulazizxon Balxni ikki yildan so‘nggina qaytarib oldi. 1649-yilda otasi Nodir Muhammadni yana Balx hokimi etib tayinladi. Biroq otasining Eron yordamida o‘z mavqeyini mustahkamlashga uringanligi Abdulazizxonni tashvishga solib qo‘ydi. Endi u otasiga qarshi ukasi Subhonqulixon yetakchiligida qo‘shin yubordi. 1651-yilda Subhonqulixon Balxni egalladi. Ayni paytda, u Balx hokimi etib tayinlandi. Otasi Nodir Muhammad esa Makkaga hajga borayotib yo‘lda vafot etdi.
Abdulazizxon (1645-1681) davrida bir tomondan, ichki kurashlar va boshqa tomondan Xiva xonlarining Buxoroga hujumi kuchayib ketdi. 1681-yilda keksayib qolgan Abdulazizxon ichki ziddiyatlar va tashqi hujumlar Buxoro xonligining ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini murakkablashtirib yuborganligi va siyosiy vaziyat izdan chiqqanligi tufayli taxtdan voz kechdi. Abdulazizxondan keyin taxtga o‘tirgan Subhonqulixon (1681-1702) davrida ham ahvol o‘nglanmadi. Subhonqulixon bir tomondan o‘g‘illariga qarshi, ikkinchi tomondan viloyatlardagi amir va beklaming markaziy hokimiyatdan mustaqil bo‘lish yo'lidagi harakatlariga qarshi kurash olib borishga majbur bo‘ldi.
Subhonqulixon mamlakatni nisbatan uzoq boshqargan bo‘lsa-da, mazkur yigirma yil davomida u ham Balx masalasi bilan shug‘ullanishga majbur bo‘lgan. Balxga bir necha marotaba o‘z o‘g‘illarini tayinlagan va bir necha marotaba fitnalar tufayli shahzodalar qurbon bo‘lgan. Bu holat markaziy hokimiyatning Balxdagi mavqeyi nihoyatda zaiflashib ketganini va mahalliy siyosiy kuchlaming, xususan, yirik amirlaming nufuzi oshib borganini ko‘rsatadi. Buni 1688 -1697-yillar davomida Balx hukumatining yirik amirlaridan Mahmudbiy ixtiyorida bo‘lganligi ham isbotlaydi.
Buning ustiga, mamlakat g‘arbida ham notinchlik hukm surgan. Chunonchi, Xiva xoni Anushaxon ashtarxoniylar hududlariga hujumlar uyushtirib, talon-tarojlik qilish bilan shug‘ullangan. Masalan, 1684-yilning yozida hatto Samarqandni egallashga erishib, bu yerda o‘z nomidan xutba ham o‘qitgan. Biroq Subhonqulixon qatag‘on urug‘idan bo‘lgan Badaxshon hokimi Mahmudbiy otaliq yordamida Xiva qo‘shinlarini Samarqanddan quvib chiqarishga erishdi. U Xiva hujumiga chek qo‘yish uchun Anushaxonga qarshi fitna tayyorladi. Buning natijasida Anushaxon taxtdan tushirildi va 1688-yilda xonlikni Buxoro tasarrufiga kiritdi. Ichki nizolar oxir-oqibat mamlakat iqtisodiyotini chuqur tanazzulga uchratdi.
1702-yili Subhonqulixon vafot etdi. Taxtni o‘g‘li Ubaydullaxon II (1702-1711) egalladi. Ubaydullaxonning asosiy maqsadi siyosiy tarqoqlikni tugatishdan iborat edi. U ana shu maqsad yo‘lida goh isyonkor qabilalarga qarshi, goh bo‘ysunmas mahalliy hukmdorlarga, goh davlat sarhadlariga bostirib kirgan ko‘chmanchilarga qarshi urush olib borishga majbur bo‘ldi.
Dastlab u Balxni bo‘ysundirish yo‘lini izladi. Ma’lumki, Ubaydullaxon II ning otasi Subhonqulixon Balxni qatag‘on qabilasi boshlig‘i, Badaxshon hokimi Mahmudbiy otaliqqa alohida xizmatlari uchun tortiq qilgan edi. Ubaydullaxon davrida Mahmudbiy Balxda hokimiyatni to‘liq o‘z qo‘liga oldi va o‘zini 1706-yilda xon deb e’lon qildi. Bu Mahmudbiyga qarshi bir necha bor uyushtirilgan harbiy yurishlar natija bermagach, Ubaydullaxon uning mustaqilligini tan olishga majbur bo‘ldi.
Ubaydullaxon  II o‘tkazgan islohotlar ham muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Ubaydullaxon II davrida iqtisodiy tanazzul va ichki nizolardan tashqari jungʻorlar (qalmoqlar)ning harbiy bosqinlari vaziyatni yanada murakkablashtirgan. Ubaydullaxon II ma’muriy sohada islohotlar oʻtkazib, davlatni boshqarishga oʻrta tabaqa: hunarmandlar va savdogarlarni jalb qilgan, markaziy hokimiyatni kuchaytirish uchun yirik yer egalarining imtiyozlarini qisqartirgan. 1708-1709- yillarda oʻtkazilgan pul islohoti natijasida pul qiymati 4 marta tushib ketgan, bu esa xalq gʻalayonlariga sabab boʻlgan. Tanga tarkibida kumush foizining kamayishi do‘kondor va hunarmandlarning keskin noroziligiga sabab bo!ldi. Endi ular o‘z mahsulotlarini sotmay qo‘ydilar. Savdo ishlari susaydi va oqibatda, mamlakat iqtisodiy hayoti inqirozga yuz tutdi.
1709-yilda Farg‘ona vodiysining Buxoro xonligidan ajralib chiqishi esa siyosiy ahvolni yanada murakkablashtirdi. Va nihoyat, fitnachilar 1711-yilda Ubaydullaxonni o‘ldirdilar. Taxtga fitna ishtirokchisi, Ubaydullaxonning ukasi Abulfayzxon o'tqazildi. Ubaydullaxon tariximizda mahalliy hokimlaming o‘zboshimchaligiga chek qo‘yishga, markaziy hokimiyatni kuchaytirishga harakat qilgan so‘nggi ashtarxoniy hukmdor sifatida nom qoldirdi.
1711-yilda Buxoro taxtiga Ubaydullaxonga qarshi fitna ishtirokchisi bo‘lgan Abulfayzxon o'tqazildi. Taxtga o‘tqazilgan Abulfayzxon davrida xonning hokimiyati obro‘si tushib, xon amirlar va zodagonlar qo‘lidagi bir qo‘g‘irchoqqa aylandi. Uning farmonlari saroy ostonasidan nariga o‘tmaydigan bo‘lib qoldi. Xon hokimiyatining bu darajaga tushib qolishiga xonlikning muntazam qo‘shinga ega bo‘lmaganligi ham sabab bo‘ldi. Muntazam qo‘shin tuzishga va uni saqlashga esa mablag‘ yetishmasdi. Bunga esa xonlik iqtisodiyotining nochorligi sabab bo‘ldi. Abulfayzxon davrida o‘zbeklarning mang‘it qabilasidan chiqqan Muhammad Hakimbiy katta nufuzga ega bo‘lib oldi. U barcha shahzodalar otaliqlarining boshlig‘i deb tan olindi. Bu boshqa qabilalar aslzodalarining qat’iy noroziligiga sabab bo‘ldi. Ichki nizo va o‘zaro urushlar kuchayib ketdi.

Download 45,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish