8.6. Xonliklarning ma’muriy tuzilishi va boshqaruv tizimi
Xonliklar davridagi boshqamv tizimi masalasiga e’tibor qaratiladigan boisa, Xiva va Qoʻqon xonliklarida boshqaruvning xonlik, Buxoroda esa amirlik tizimi joriy etilgan. Xonliklarda eng oliy davlat maqomi xon, amirlikda amir hisoblangan. Bu davrda markaziy boshqaruv toialigicha dargohda, ijroiya vazifalari toʻgʻridan-toʻgʻri saroydagi u yoki bu lavozimda yoki biron-bir yirik arbob faoliyatida mujassamlashgan. Masalan, ashtarxoniy Ubaydullaxon zamonida mamlakatdagi eng nufuzli davlat maqomiga aylangan qushbegi Buxoro amirligida mangitlar davrida amirdan keyingi ikkinchi shaxsga aylangan. Bosh vazir oʻmidagi qushbegi mamlakat boshqamvi, moliya, soliq, xazina, poytaxtdagi ahvol bilan bogiiq eng muhim masalalarni nazorat qilgan.
Shuningdek, unga barcha viloyatlar boʻysungan. Muhimligi jihatidan keyingi vazifa moliya vaziri (devonbegi) hisoblanib, uni odatda quyi qushbegi deb atashgan. Sababi, qushbegi-bosh vazir arkda faoliyat koʻrsatgan boisa, moliya ishlari, asosan zakot bilan mashgʻul qushbegi idorasi arkdan pastda joylashgan. Shuning uchun ham xalq orasida bosh vazir bosh qushbegi, moliya vaziri esa quyi qushbegi deyilgan. Mangitlar davrida shayboniylar, ayniqsa, ashtarxoniylar zamonida katta mavqe kasb etib kelgan otaliq lavozimi xizmati endi asosan Samarqand va Buxoro, ya’ni amirlikning markaziy qismini sugʻorish ishlari, suv taqsimoti bilan bogiiq tadbirlarga bosh-qosh boigan.
Shuningdek, amirlikda parvonachi (oliy hukmdor yorliqlarini amaldorlar, umuman tegishli kishilarga yetkazuvchi; unga shuningdek arab millatiga mansub aholi bilan shugʻullanish ham yuklatilgan), dodxoh (jabrlanuvchilar arzini amirga yetkazish va javobini olib berishga mas’ul, ba’zan oliy hukmdor ruxsati bilan oʻzi ham da’vogarlaming talablarini qondirish mumkin boigan) kabi ilgarigi asrlardayoq joriy boigan vazifalar bor edi. Ammo mazkur davlat lavozimlarining mavqeyi endi koʻproq shu mansabdagi shaxs nufiizi bilan oichanadigan boiib qolgandi. Xuddi shunga oʻxshash holatni inoq mansabida ham koʻrish mumkin. U oʻz lavozimiga koʻra, oliy hukmdor buyruqlarini hukumatdagi oddiy xizmatchilarga yetkazish, demak, buyruqni amalga oshirishni tashkil qilish va umuman hali davlat mansabini egallamagan, lekin hokimiyat xizmatida boiganlar bilan shugʻullangan.
Inoq lavozimining bosh (katta) va kichiklari ham boigan. Yuqorida zikr etilgan vazifalar katta (bosh) inoqga tegishli. Kichik inoqlar esa chet el elchilari tomonidan taqdim qilingan hujjatlar, nomalarni qabul qilgan. Aynan unda oliy hukmdor muhri ham saqlangan.
Amirlikdagi muhim davlat mansablaridan biri toʻqsobo boigan. Asl ma’nosiga koʻra, tugʻ, ya’ni oliy hukmdor-davlat bayroqdori hisoblansa-da, u oliy marosimlarda ishonchli shaxs sifatida hukmdor oldiga taom tortish kabi mas’uliyatli tadbirlarni ham bajargan. Shu bilan birga unga biron-bir tuman ham biriktirib qoʻyilgan. Ammo XIX asrga kelib esa mazkur lavozim egasi xuddi dodxoh kabi harbiy vakil darajasiga koʻtarilgan. Harbiy ishlar boʻyicha eng yuqori darajada esa harbiy vazir turgan. Uni koʻproq lashkar toʻpchiboshisi nomi bilan ataganlar. Buxoro gamizoni boshligi lashkar boshligi sanalib, amalda harbiy vazir vazifasini oʻtagan.
Harbiy vaziming lashkar toʻpchiboshisi deb atalishi qoʻshin va undagi oʻsha davr eng zamonaviy qurollari bilan bogiangan. Shuningdek, boshqaruvda koʻkaldosh (mamlakat miqyosida xavfsizlik xizmati boshligi), bosh xoja (haram xodimlari boshligi), mehtar, qutvol (qurilish ishlariga mas’ul), bakovulboshi, kichik urogʻ (oliy hukmdor va amaldorlarning xizmatidagilami nazorat qilib turuvchi xodim), eshikogʻaboshi, miroxur, qoʻrchiboshi (qurol-aslahaga mas’ul), qorovulbegi (shahar, yoilar posboni), udaychi (urush paytida harbiylarni turiga qarab taqsimlovchi), shigʻovul (elchilar qabulini uyushtiruvchi) kabi qator lavozim va xizmatlar ham boiganki, ular oʻzlarining toʻgʻridan-toʻgʻri vazifalaridan tashqari, amirlik siyosiy hayotida tutgan shaxsiy mavqelari bilan ham qadrlanganlar.
Boshqa xonliklar singari amirlikda ham mafkuraviy munosabatlarda eng oliy daraja hisoblangan shayxulislom mansabi boʻlgan, u hatto jamiyat ma’naviy hayotida muhim oʻrin egallab, hukmdor turish-turmushiga ta’sir ham etgan. Bu lavozimga hatto qozi kalon ham boʻysungan. Oliy qoziga oʻz oʻrnida quyi tabaqa qozilari, jumladan, askar qozisi ham hisob berib turgan. Qozi kalonning vakolatiga quyidagilar kirgan: umuman sud ishlari, ijtimoiy adolat bilan bogʻliq masalalar, xususan, bozor, koʻcha-kuylardagi ahvol, madrasalardagi ta’lim, vaqf ishlari, yoʻqolgan vaqf hujjatlarini tiklash, yetim va bevalar haq-huquqini himoya qilish, karvonsaroylardagi tartib va hokazo.
Amir Shohmurod davrida qozilik tizimida qator oʻzgarishlar qilingan. Chunonchi, oliy mahkama ta’sis etilib, uning ishida 40 nafar faqih (qonunshunos) faoliyat koʻrsatgan. Sud jarayonida ayblanuvchi ham, jabrlanuvchi ham albatta ishtirok etishi kerak boʻlgan. Biron-bir tomon egallab turgan yuqori lavozimi orqasida javobgarlik, guvohlikdan bosh tortolmagan. Shuningdek, mazkur tizimda muftiy (rivoyat va fatvo bilan ta’minlovchi), rais (muhtasib), sadr (vaqf mulklari hisob-kitobi va nazorati bilan shugʻullanuvchi) kabi xizmatlar ham faoliyat koʻrsatgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |