Ilk o’rta asrlarda haykaltaroshlik, tasviriy san’at va me’morchilikning rivojlanishi. - Ilk o’rta asrlarda haykaltaroshlik san’ati keng qo’llanilgan. U dumaloq va bo’rtma tasvir shaklida me’morlik komplekslarida ishlatilgan. Bu haykallarda diniy va afsonaviy obrazlar bilan bir qatorda real hayotni aks ettiruvchi obrazlar ham uchraydiy. Haykallar maxsus tayyorlangan loydan, yog’och, albaster va toshdan ishlangan.
- Amaliy xaykaltaroshlik san’atining yorqin namunalari IV-V asrlarga oid Toharistonning Kuyavqurg’on qalaqo’rg’onidan topiladi. Kuyavqo’rg’on haykallari ziynatli bezaklarga boy engil kiyimlardagi erkak va ayol personajlaridan iborat bo’lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |