O’rta Osiyoda rivojlangan o’rta asrlar davri madaniyati taraqqiyotining o’ziga xos xususiyatlari. - O’rta Osiyo shaharlari o’rta asrlarning rivojlangan davrida juda jo’shqin taraqqiy etadi. Manbalarga ko’ra, IX-X asrlarda shahar aholisi Movaraunnahr umum aholi sonining 25-30%ni tashkil etgan. XI asrdan shaharlarning ijtimoiy-iqtisodiy qiyofasi o’zgaradi. Ular to’la-to’kis xunarmandchilik va savdo-sotiq qiyofasini olgan. Shuningdek, shaharlarning u yoki bu hunarmandchilik tarmoqlari bo’yicha ixtisoslashuvi jadallashadi. Masalan, Qadimgi Farg’onaning poytaxt bo’lgan Axsikent, Toshkent vohasining Ohangaron daryosi havzalarida qad ko’targan qator shaharlarda Tunkent, Namudlig’, Dahketda metallurgiya sanoati jadal rivojlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |