Hujayra membranasi tashqi va ichki muhit orasidagi moddalar almashinuvini boshqaradi, turli ionlarni tanlab o`tkazadi. Hujayra sitoplazmasi membrananing ichida joylashgan, tarkibi anorganik va organik moddalardan iborat. Sitoplazma organoidlariga: mitoxondriya, ichki membrana, lizosoma, Golji apparati, ribosoma, sentrasomalar kiradi. Golji apparati hujayra bo`linishida, ribosoma oqsillar sintezida, lizosoma hujayradagi oziq moddalarni mayda zarrachaga parchalashda, mitoxondriya energiya bilan ta`minlashda, sentrasoma esa hujayra bo`linishida ishtirok etadi.
Hujayra yadrosi hujayraning barcha hayotiy jarayonlarini boshqaradi va ko`payishini ta`minlaydi. Yadro sitoplazmadan membrana orqali ajralib turadi.
Hujayra yadrosi bo`linishida ishtirok etadigan va uning ichidagi mayda maxsus bo`yoqli modda
Do'stlaringiz bilan baham: |