Tadqiqotning manbalari. Nodira nomidagi Namangan Markaziy kutubxonasi va Namangan Davlat universiteti asosiy kutubxonasida saqlanayotgan nodir asarlar, gazeta va jurnallar, turli hajmdagi ilmiy to`plamlar bitiruv malakaviy ishining manbaviy asosini boyitishga hizmat qildi.
Tadqiqot obyekti. IX-XII asrlar oralig`ida O`rta Osiyo xalqlarining bunyodkorlik faoliyati, jumladan Movarounnahrda qurilgan tarixiy obidalar tadqiqot ob`ekti sifatida belgilandi.
Tadqiqotning davriy chegarasi. Tadqqotning davriy chyegarasi sifatida IX-XII asrlar, ya'ni O`rta Osiyoda yuz bergan Uyg‘onish davri tanlab olingan.
Tadqiqotning nazariy va uslubiy asoslari. Bitiruv malakaviy ishining etakchi ilmiy kontsepsiyasi muommoga tsivilitsion yondashuv ekanligini hisobga olgan holda, mustaqil O`zbekiston Respublikasining milliy istiqlol mafkurasining ustuvor va maqsad vazifalari g`oyaviy asos qilib olindi. Bu yangi ilmiy kontsepsiyasi xalqning milliy qadiryatlari, urf- odati va turmush tarzini, to`plangan bilmlari va hayotiy falsafasi bilan uni boyitib, o`rganilayotgan muammoni barcha qirralarini yangicha baholash mezoni asosida ishlab chiqish imkonini beradi.
Bitiruv malakaviy ishida o`rganilayotgan muommoni to`g`ri hal etishda ilmiy bilishning holislik, tarixiyli, qiyosiy va tanqidiy o`rganish, tizimlilik tamoyillariga amal qilindi. Tadqiqotning metadalogik asosini ishlab chiqishda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning asarlari, maruza va nutqlarida ilgari surilgan uslubiy, ilmiy nazariy ko`rsatmalari muhim ro`l o`ynadi.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Nazariy jihatdan olib qaraganda, Bitiruv malakaviy ishida berilgan xulosalardan, takliflardan
qoraxoniylar davlatining tashkil topishi, uning ijtimoiy siyosiy hayoti, etnik munosabatlarda qarluq, chigil, yag`mo qabilalarining tutgan o`rni bilan bog`liq muammolarni o`rganishda, O`zbekiston tarixida arab xalifaligidan mustaqil bo`lgan ilk markazlashgan turkiy davlatlarning tarixidan yoshlarning ma`naviy boyishida foydalanishda foydalanish mumkin.
Bundan tashqari, BMI materiallaridan mustaqil O`zbekistonning o`rta asrlar davri tarixi bo`yicha umumlashtiruvchi tusga ega tadqiqotlarni tayyorlashda, O`rta Osiyo xalqlarining etnik tarixi, madaniy hayoti bilan bog`liq tadqiqotlariga bag`ishlangan monografik ishlarni yaratishda, oliy va o`rta maxsus o`quv yurtlari tizimida ma`ruza-seminar mashg`ulotlarini uyushtirish va o`tkazishda hamda maxsus kurslarni olib borishda foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |