Gigienik shart-sharoitlar - Pedagogik nuqtai nazardan gimnastika organizmga nafis ta’sir etish yoki uning alohida tizim va funksiyalarini rivojlantirish imkoniyatini beradi. Gimnastikaning asosiy, gigiyenik, sportga oid, badiiy, ishlab chiqarishga doir, tibbiy turlari mavjud. O‘yin bolaning jismoniy kuchini, qo’llarining qattiqligini, qaddi-qomatining tikligini, ishonchli ko‘zlarni rivojlantirishga xizmat qilib, unda o'tkir zehn, topqirlik, tashabbuskorlik kabi sifatlarni tarbiyalaydi. O'yinning tarbiyaviy ahamiyati katta bo‘lib, bolalarda g‘amxo‘rlik, o‘z jamoasi uchun qayg‘urish, birgalikdagi harakatlanishdan quvonish, do‘stlik va o‘rtoqlik hissini kuchaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |