- Kiyinish ham gigienik omil sifatida bolaning jismoniy rivojlanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Kiyim har doim bolani o‘rab turgan havo temperaturasiga mos kelishi kerak. U yengil materialdan tayyorlanib, havoni, issiqlikni yaxshi o'tkazadigan bo'lishi, oson yuviladigan, yaxshi ho‘llanadigan, namni shimadigan, elastik va badanni bezovta qilmaydigan bo'lishi lozim. Bolalaming ovqatlanishi (nonushta, tushki ovqat, kech tushki ovqat va kechki ovqat) osoyishta vaziyalda o'tishi kerak. Bola stol atrofiga yaxshi ishtaha bilan o'tirsa, uning organizmida ovqatning yaxshi hazm bo'lishiga yordam beruvchi shart-sharoit hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |