Mehnat faoliyatining asosiy turlari quyidagilardir:
O‘quv mehnati o‘quvchilarning ilmiy bilimlar hamda turli fanlar asoslarini o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan faoliyati turidir.
Ijtimoiy-foydali mehnat shaxsni har tomonlama kamol to’tirish hamda uning muayyan ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan hamda ijtimoiy mehnat xarakteridagi faoliyati turidir.
Hozirgi davrda ta’lim muassasalarida o‘z-o‘ziga xizmat keng yo‘lga qo‘yilmoqda. O‘z-o‘ziga xizmat o‘quvchilarning ijtimoiy va o‘quv ehtiyojlarini qondirish maqsadida ularning o‘zlari tomonidan amalga oshiriluvchi mehnat faoliyati turidir. O‘quvchilarning navbatchiligi o‘z-o‘ziga xizmat qilishni tarkib to’tirishning muhim shaklidir.
Ishlab chiqarish mehnati turlari xilma-xildir. Masalan, o‘quvchilarning mehnat haftaligi, chorvaga em-xashak tayyorlash va shirkat xo‘jaliklarida faoliyat yuritish va boshqalar. Unumli mehnat o‘quvchilar mehnatining eng ommaviy shakli sanaladi.
Mehnat tarbiyasini tashkil etish shakllari: mehnat bayrami, o‘quvchilar yasagan buyumlar ko‘rgazmasi; hasharlar uyushtirish; qarovchisi yo‘q, bemor, keksa va nogiron kishilarga ko‘rsatiluvchi inson’arvarlik yordami; ko‘kalamzorlashtirish; ta’mirlash (maktab binosini); «Mohir qo‘llar» to‘garagi faoliyati.
2. Jismoniy tarbiyaning vazifalari. Jismoniy tarbiya deganda organizmning morfologik va funksional rivojlanishini jamiyat talablari darajasida amalga oshirish, jismoniy sifatlarni, qobiliyatlarni rivojlantirish, jismoniy madaniyat va sport sohasiga taalluqli maxsus bilimlarni o‘zlashtirib olish tushuniladi.
Jismoniy tarbiya - tarbiyalanuvchilarning jismoniy va sportga oid faoliyatlarini maqsadga yo‘naltirilgan, aniq tashkil etiladigan va rejali tarzda amalga oshirish tizimi.
Jismoniy tarbiyaning vazifalari xilma-xil bo‘lib, pedagogikada qator tasniflar yaratilgan. Jumladan, V.A.Slastenin, I.F.Isaev, E.N.Shiyanovlar jismoniy tarbiyaning quyidagi vazifalarini ajratib ko‘rsatishadi:
bolalarning jismoniy to‘g‘ri rivojlanishiga yordam berish - organizmning morfologik va funksional rivojlanishini ta’minlovchi ishchanlik qobiliyatini oshirish, uning tashqi muhitning noqulay vaziyatlariga barqaror qarshi tura olishini mustahkamlash;
asosiy harakatlantiruvchi sifatlarni rivojlantirish - bolaning xilma-xil harakatga doir faoliyatga qobiliyatliligi uning barcha jismoniy sifatlari - kuchlilik, chidamlilik, chaqqonlik va e’chillikni yuksak uyg‘unlikda rivojlanishini ta’minlaydi;
hayotiy muhim harakatga oid ko‘nikma va malakalarni shakllantirish - bolada maxsus harakatga doir bilim, ko‘nikma va malakalarni tarkib to’tirish. Harakatga doir tasavvurlarga tayangan holda bola turli sharoitlarda o‘z xatti-harakatlarini boshqara olish imkoniyatiga ega bo‘ladi;
jismoniy madaniyatning tizimli mashg‘ulotlariga barqaror qiziqish va ehtiyojlarni tarbiyalash. Sog‘lom turmush tarzning asosida bolaning doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismonan rivojlantirishga ichki tayyorligi yotadi. U muntazam jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish va bolalarning jismoniy mashg‘ulotlarga faol munosabati natijasida yuzaga keladi;
5) jismoniy madaniyat va sport, tibbiy va gigiena sohalariga oid minimum nazariy bilimlarni egallash zarurligi. Bolalar kun tartibi va shaxsiy gigiena haqida, jismoniy madaniyat va sportning salomatlikni mustahkamlashdagi ahamiyati aniq tasavvurlarga ega bo‘lishi zarur.
B.T.Lixachev jismoniy tarbiyaning quyidagi vazifalarini ajratib ko‘rsatadi:
rivojlantiruvchi - bolalarning jismoniy kuchini va nerv tizimini takomillashtirish, o‘ zgaruvchan vaziyatlarga moslashuvini ta’ minlash;
tarbiyaviy - bolalarda ma’naviy-axloqiy sifatlarning tarkibiy to’ishiga erishish. Boshqacha aytganda, «Sog‘lom tanda - sog‘ aql»;
ta’limiy - bolalarning jismoniy madaniyatning nazariy asoslari bilan tanishtirish, uning inson hayotidagi ahamiyatini tushunib etish;
sog‘lomlashtiruvchi - bolalarda harakatga doir sifatlarni tarkib to’tirish, ularning baquvvat va tetiklashuviga ko‘maklashish;
umummadaniy - bo‘sh vaqtni mazmunli va foydali o‘tkazish.
I.P.Podlasiy tomonidan taklif etilgan jismoniy tarbiyaning vazifalari V.A.Slastenin, I.F.Isaev, E.N.Shiyanovlar tasnifiga mos kelib, shu bilan birga jismoniy tarbiyaning yana ikkita funktsiyasi alohida ajratib ko‘rsatilgan: 1) tarbiyalanuvchilarda estetik sifatlarni tarbiyalash; 2) tarbiyalanuvchilarda axloqiy sifatlarni tarbiyalash.
Do'stlaringiz bilan baham: |