2.Axborot iste’moli madaniyati mazmuni va moxiyati
Bugungi kunda yoshlarimiz nafaqat o’quv dargohlarida,balki radiotelevideniya, matbuot, internet kabi vositalar orqali ham rang-barang axborot ma’lumotlarni olmoqda.
Jahon axborot maydoni tobora kengayib borayotgan shunday bir sharoitda bolalarimizning ongini to’gri axborot bilan boyitish, ularda axborot iste’moli madaniyatini shakllantirish asosiy vazifalarimizdan biridir.
Bu o’rinda badiiy adabiyot, kitob mutolaasi katta yordam beradi. Badiiy adabiyotning inson ma’naviy dunyosiga ta’siri benihoyat katta.
Inson qancha ko’p kitob o’qisa, uning fikr doirasi tiniqlashib, silliqlashib boradi.
Zamonaviy sharoitda axborot kommunikatsiya texnalogiyalarining jadal taraqqiy etishi va internet tarmog’idan ma’lumotlar olish, imkoniyatining kengayishi bolalarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishda katta ahamiyat kasb etishi bilan birga, ta’lim-tarbiya jarayoniga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi ayrim muammolarni yuzaga keltirmoqda;
1.Internet tarmog’dan noto’g’ri foydalanish, turli to’g’ri-noto’g’ri ma’lumotlarni o’qish ,unga ishonish;
Salbiy muammolar
2. Bugun axborot iste’molchilarining kattagina qismini o’ziga og’dirib ulgirgan ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlar, ko’pincha ma’lum guruhlar yoki foydalanuvchilar tomonidan joylashtirilishi.
Bunday axborotlarning shakli, mazmuni, hajmi turlicha bo’lish bilan birga ko’pincha manba tekshirilmasdan tarmoqqa qo’yilishi.
Ushbu holatni rasmiy saytlar misolida ko’rganimizda, ularda birinchi axborot manbalaridan ko’ra havola(link)li xabarlar ko’pligiga guvoh bo’ldik.
3. Global tarmoq texnologiyalarining iste’molga kirib kelishi tushunchasi va uni taqdim etish haqidagi ming yillik tasavvurlarni butunlay o’zgartirib yuborilishi. Avvallari keng jamoatchilik asosiy axborotni faqat OAV orqali qabul qilgan bo’lsa, bugun auditoriyaning o’zi ham axborot yetkazuvchi “xabarchi”larga aylanishi;
4. Jurnalistika olamida hamma davrlarda ham noto’g’ri axborot xolis, ob’yektiv, sifatli axborot bilan yonma-yon yashashi. Ayniqsa, bugungi kundagi noto’g’ri axborotning salmoqli qismi internet hissasiga to’g’ri kelishi. Ayni paytda milliy jurnalistikada virtual axborot oqimini tartibga soluvchi huquqiy asosning yo’qligi va tegishli qonunchilik hujjatlari hali bu sohani yetarlicha qamrab olmagani noto’g’ri axborotning tarqalishiga yaxshigina zamin yaratishi;
Bunda diniy-ekstremistik oqimlar o‘z maqsadlarini amalga oshirish uchun zamonaviy axborot kommunikatsiyalaridan keng foydalanish, internet orqali turli tillarda targ‘ibot olib borish va puxta ishlangan strategiya asosida virtual jamoatlar tuzish asosiy vazifaga aylangan.
Masalan, bugungi kunda bir necha yirik terrorchi tashkilotlar o‘z saflariga faol tarzda ijtimoiy tarmoqlar orqali asosan 17-35 yosh oralig‘ida bo‘lgan kishilarni yollamoqda.
Bunda psixologik ta’sir samaradorligini yanada oshirish maqsadida ijtimoiy tarmoq a’zolarining sahifalari, qo‘yilayotgan rasmlar, sharh va izohlar hamda olib borilayotgan suhbat mavzularini puxta o‘rganadi va shu asosda «nishon»ga olingan shaxsga mavzuga oid materiallar internetning Facebook, Odnoklassniki, VKontakte, Telegram, Twitter, WhatsApp kabi keng auditoriyaga ega bo‘lgan ijtimoiy tarmoqlar orqali (yozma xabar, matn, fotosurat, stiker rasmlar, audio-video rolik) jo‘natiladi va o‘zaro aloqa yo‘lga qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |