Jismoniy tarbiyaning vazifalari xilma-xil bo‘lib, pedagogikada qator tasniflar mavjud. Jumladan,
B.T.Lixachev jismoniy tarbiyaning quyidagi vazifalarini ajratib ko‘rsatadi:
1) rivojlantiruvchi - bolalarning jismoniy kuchini va nerv tizimini takomillashtirish, o‘zgaruvchan vaziyatlarga moslashuvini ta’minlash,
2) tarbiyaviy - bolalarda ma’naviy-axloqiy sifatlarni tarkib topishiga erishish. Boshqacha aytganda, «Sog‘lom tanda, - sog‘ aql»;
3) ta’limiy - bolalarning jismoniy madaniyatning nazariy asoslari bilan tanishtirish, uning inson hayotidagi ahamiyatini tushunib yetish;
4) sog’lomlashtiruvchi - bolalarda harakatga doir sifatlarni tarkib toptirish, ularning baquwat va tetikiashuviga ko‘maklashisb;
5) umummadaniy - bo‘sh vaqtni mazmunli va foydali o‘tkazish.
Jismoniy tarbiya vositalari. Jismoniy tarbiyani amalga oshirish vositalari xilma-xil bo‘lib, ularni umumlashgan tarzda uch guruhga ajratish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |