Mavzu: O`quvchilarga yengil sanoat ishlab chiqarish asoslarini o`rgatish



Download 1,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/39
Sana28.09.2021
Hajmi1,07 Mb.
#187425
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   39
Bog'liq
tikuvchilik korxonalari faoliyatini boshqarishni oquvchilarga amaliy mashgulotda urgatish

Baxtsiz  xodisa  (jarohatlanish,  kuyish,  elyektr  tokidan  shikastlanish)  ro‘y 

byerganda  kishi  hayotini  saqlab  qolish  va  yomon  asorat  qoldirmaslik  uchun 

myeditsina xodimi yetib kyelguncha birinchi yordam ko‘rsatiladi.  

Jarohatlanish  –  to‘qimalarning  shikastlanishidan  iborat  bo‘ladi.  Jarohatning 

xavfli tomoni unga mikrob tushushidir. Mikroblar yiring paydo qiladi.  



Kuyish – yuqori tyempyeratura, ximiyaviy moddalar, elyektr toki va radiaktiv 

nurlardan to‘qimalarning shikastlanishidan  iborat.  

Misol tariqasida quyidagi tashkilot haqida informatsiya keltiramiz. 

O‘tgan  asrning  o‘ttizinchi  yillarida    «TURVO»  deb  nomlangan  korxona, 

harbiy okrugning  buyumlar ta‘mirlash bo‘yicha ustaxonalari asosida   tashkil 

qilingan.  1987  yilda  bu  ustaxonalar  «TURVO»  ning    buyumlar  ta‘mirlash 

bo‘yicha «Toshkent shahri kombinati» deb nomlangan. 

1997 yil 6 yanvarda  O‘rta Osiyo Mudofa Vazirligining   buyrug‘i asosida 

MRIR « buyumlar tikish va ta‘mirlash» korxonasi tashkil topgan. Korxonaning  

asosiy vazifasi harbiy kuchlarga  buyumlar tikish va ta‘mirlashdir. 

 Buyumlar  quyidagilardir:  turli  xil  jiletlar,  ko‘rpa-to‘shak,  choyshablar, 

sport  kiyimlari,  gospital  kiyimlari,  chexollar,  bronjiletni  ta‘mirlash,  paxtali 

to‘shaklar,  yostiqlar,  askarlar  kiyimi,  palatkani  ta‘mirlash,  yo‘l  xaltalari, 

ro‘molchalar va boshqalar.  

Korxonada  umumiy  ishchilar  soni  74  kishini  tashkil  etadi, ulardan  ishbay 

ishchilar 56 kishi, vaqtbay ishchilar 9 kishidan iborat. 

Korxonalarning maydonida quyidagi bino va inshoatlar joylashgan: 



- bichish sexi; 

- tikish sexi; 

- ma‘muriy bino va boshqa inshoatlar. 

Ishlab chiqarish sexlari quyidagi asbob-uskunalar bilan jihozlangan: 

- tikish mashinalari: 1022 sinf, 322 sinf. 1988-1999 yillarda qo‘llanilgan; 

- bichish jihozlari: EZM-3, RS-1000 - 1970-1980 yillarda ishlab chiqilgan. 

- tola titish stanoklari va kashta tikish mashinalari. 

Hozirgi  vaqtda  to‘qimachilik  mahsulotlariga  talab  oshib  borayotganligi 

sababli    MRIR  bazasida    to‘qimachilik    ishlab  chiqarishda  ishlab  chiqarishi 

mumkin  bo‘gan  ko‘ylakli  mato,  bo‘z,  brezent  mahsulotlari  ishlab  chiqarishni 

tashkil  qilish  zaruriyati  tuzildi.  Korxonani  zamon  talablarga  javob  beradigan 

yangi  texnologik  mashinalar  va  to‘quv  jihozlari  bilan  jihozlash  uchun  ishlab 

chiqarish binolarini rekonstruksiya qilish ishlari rejalashtirilgan. 

Korxonada  ishlab  chiqariladigan  mahsulotlarning  turlari  hilma-xil  bo‘lib, 

o‘z  navbatida  har  xil  texnologiyalardan  foydalanishni  taqozo  qiladi.  Bunday 

sharoitda  ishchilarning  mehnat  unumdorligini  yuqori  darajada  o‘stirish  o‘ta 

murakkab  bo‘lib,  lekin  korxonada  aniq    chora-tadbirlar  o‘tkazish  asosida 

mehnat unumdorligini o‘sishiga erishilmoqda.  

  Jadval  №  1  da      MPUP  korxonasining  mehnat  unumdorligi  va  uning 

o‘zgarishlariga ta‘sir ko‘rsatuvchi omillarning tahlili keltirilgan: 

Jadvaldagi  ma‘lumotlardan ko‘rinib turibdiki, hisobot    yilda tovar  mahsuloti 

bo‘yicha bitta xodimga to‘g‘ri keluvchi haqiqatdagi o‘rtacha yillik ish unumi 2008 

yilga nisbatan 615,6 ming so‘mga ortgan. Shuningdek, bir ishchiga to‘g‘ri keluvchi 

o‘rtacha  yillik,  kunlik  va  soatlik  ish  unumlarining  o‘sish  sur‘atlari  mutanosib 

ravishda 838,4; 1940,6; 259,3; so‘mga o‘zgargan.  

  Ma‘lumki    mahsulot  ishlab  chiqarish  hajmini  xodimlar  sonini  ko‘paytirish 

yo‘li bilan yoki har bir xodimning mehnat unumdorligini oshirish orqali o‘stirish 

mumkin.  Hozirgi  sharoitda  ularning  ikkalasi  ham  hal  qiluvchi  yo‘ldir,  zero 

ishlovchilarning  sonini ko‘paytirish imkoniyati g‘oyat cheklangan. 

Demak, mahsulot ishlab chiqarish hajmiga ikki omil ta‘sir ko‘rsatadi: 




 

Xodimlar sonining o‘zgarishi; 



 

Bir ishlovchiga to‘g‘ri keluvchi o‘rtacha yillik ish unumi; 



Ishlab    chiqarish  hajmini  o‘zgarishiga  bir  qancha  omillar  ta‘sir  ko‘rsatib 

ularning o‘zgarishi jadval №  2 da  tahlil qilingan. 

Mehnat unumdorligi ko‘rsatkichlarining darajasi  dinamikasini tahlili.  

Jadval № 1 

Ko‘rsatkichlar 

20

08 yil 



2009 

yil 


Farqi 

Abs. 


%% 

1.Mahsulot 

hajmi, 

ming 


so‘m 

2. 


Sanoat 

ishlab 


chiqarishdagi 

xodimlarning 

ro‘yxatidagi soni, kishi: 

 Jumladan:  ishchilar  soni, 

kishi 

3.  Yil  davomida  ishlangan 



ish kunlari 

4.  Bir  ishchining  bir  yilda 

ishlagan kishi soati 

5.  Bir  xodimga  to‘g‘ri 

keladigan 

yillik 


mehnat 

unumdorligi, ming so‘m 

6.  Bir  ishchiga  to‘g‘ri 

keladigan  o‘rtacha  yillik  mehnat 

unumdorligi, ming so‘m 

44

0802 



 

 

 



74 

 

 



30 

 

 



16

0,2 


 

 

20



87,15 

 

 



 

59

56,79 



 

 

 



 

14

693,4 



-

389154 


 

 

 



75 

 

 



29 

 

 



153,

 



 

2008


,01 

 

 



 

5188


,72 

 

 



 

 

1341



9,1 

-

51648 



 

 

 



 

 



-1 

 

 



-6,7 

 

 



-

79,14 


 

 

 



-

768,07 


 

 

 



 

1274


,3 

698 


 

 

 



 

 



 

 



-4,18 

 

 



-66,7 

 

 



 

-

12,09 



 

 

 



 

-8,67 


Mehnat  unumdorligi o‘zgarishiga ta‘sir qiluvchi omillar hisob-kitobi shuni 

ko‘rsatadiki,  bir  yil  ichida  mahsulot  hajmi  51648  ming  so‘mga  kamaygan. 

Birinchi omilning ta‘sirini hisoblash uchun xodimlar sonida bo‘lgan farq o‘tgan 

yildagi bitta xodimga to‘g‘ri keluvchi o‘rtacha yillik ish unumiga ko‘paytiriladi. 

Xodimlar sonining 1 kishiga o‘sishi bilan mahsulot hajmi o‘sish o‘rniga 51648 



so‘mga  kamaygan.  Bunga  asosan  ishlab  chiqarish  hajmini  natura  birligida 

kamayishi va material narxlarining oshishi sabab bo‘lgan.   

Mehnat unumdorligini tahlili    

                                                                                                    Jadval №  2 

Ko‘rsatkichlar  

2008 


yilda 

2009 yilda  

Farqi (+,-) 

O‘zgarish

lar sur‘ati,  

1. 



Mahsulot 

hajmi, ming so‘m 

 

440802 


 

389154 


 

-51648 


 

88,28 


2. Xodimlar soni, 

kishi 


 

74 


 

75 


 

+1 


 

135 


3. 

Mehnat 


unumdorligi, 

ming 


so‘m (1k:2k) 

 

5956,78 



 

5188,72 


 

768,06 


 

87,10 


Ikkinchi omilning ta‘sirini hisoblash uchun bir ishlovchiga  to‘g‘ri keladigan 

o‘rtacha ish unumida bo‘lgan farq joriy yildagi ishlovchilarning haqiqatdagi soniga 

ko‘paytirish  orqali  aniqlanadi.  Joriy  yilda  bir  ishchiga  to‘g‘ri  keladigan  mehnat 

unumdorligi    768,06  ming  so‘mga  kamaygan  bo‘lib,  uni  oshirish  yo‘llari  bitiruv 

malaka ishining keyingi bo‘limlarida tahlil qilingan.   

            Ishlab  chiqarish  jarayoni  va  uni  vaqt  oralig‘ida  tashkil  etish.  Ishlab 

chiqarish  jarayoni  tavsifi.  Ishlab  chiqarish  jarayoni  korxonaning    murakab  va  kup 

qirrali faoldiyati asosida tashkil topgan bulib, uning asosiys vazifasi dastlabki xom-

ashyoni tayyor mahsulotga aylantirishdir. Shaxs ishlab chiqarish jarayonida  mehnat 

vositalari  (  mashinalar,  moslamalar  va  boshqalar)  yordamida    mehnat  predmetlari 

shaklini  uzgartiradi  va  natijada  tayyor  mahsulot  yaratiladi.  Ishlab  chiqarish 

elementlariga mehnat predmeti, mehnat va mehnat vositalari kiradi. 

Mehnat predmeti – mahsulot ishlab chiqarish maqsadida  kishilarning  mehnat 

vositalari  yordamida  ishlab  chiqarish  jarayonida  ta‘sir  qiladigan    xom  –  ashyo  va 

shu  kabilardir.  Mehnat  bu  kishilarning  turli  xil  faoliyatlarida  mehnat  vositalari 

yordamida  mehnat  predmetlarining  shakli  va  mazmunini  uzgartirishda  ruy 

beradigan  jarayondir.  Mehnat  vositasi  –  kishi  tomonidan    mehnat  predmedlariga  



ta‘sir qilishda yordam beradigan  ishchi va kuch mashinalari, priborlar, moslamalar, 

nazorat qiluvchi asbob-uskunalar va shu kabilardir. 

Ishlab  chiqarish  jarayoni    paxta  tozalash  sanoatida  ikki  pog‘onadan  iborat. 

Birinchi  pog‘onada    paxta  xom-ashyosini  qabul  qilish,  saqlash,  uni  asosiy  ishlab 

chiqarishga  yetkazib  berishni  uz  ichiga  olsa,  ikkinchi  pog‘ona    -  qayta  ishlash 

pog‘onasida    xom  ashyo  ketma-ket  qayta  ishlash  jarayonlaridan  utib,  tayyor 

mahsulotga aylanadi. 

Mehnat  samaradorligi  va ish sifati   korxonaning korxonaning texnik  jihatidan 

qurollanganlik  darajasiga  va  mehnat  sharoitiga  bog‘liqdir.  Asosiy  ishlab 

chiqarishning  barcha  elementlari  doimo  rivojlanishda  buladi.  Paxta  xom-

ashyosining  sifat  kursatgichlari,  turim  turi,  hattoki  asbob  uskunalar  tarkibi  ezgarib 

turadi.  Masalan,paxta  xom  ashyosini‖Mehnat‖  rusumli  tozalovchi  bateriyasi  RX, 

IXP,  YXK  tozalagichlar  bilan,ZXDD    rusumli  jinlar  DP-130  rusumli  jinlar  bilan 

almashtirildi. 

Mehnatning 

uzi 


ham 

takomillashtirilmoqda. 

mexanizatsiyalashtirilmoqda va avtomatlashtirilmoqda. 



                 Ishlab chiqarish jarayonlarining turlanishi. Ishlab chiqarishni tashkil 

etishda  funksional,  makon  va  zamondagi  bulaklarga  ajratish  farqlanadi.  Ishlab 

chiqarishning tashkil qilishning funksional elementli bulagi ishlab chiqarishning bir 

butun  jarayonida  texnika,  texnologiya,  mehnat  predmeti  va  mehnat  uzining  ham 

tartiblashtirilishini  nazarda  tutadi.    Alohida  ishlab  chiqarish  jarayonlarining 

(quritish,  tozalash  va  hokozo)  uzaro  birlashishi  ishlab  chiqarishning  makon  va 

zamonda  tashkil  etilishini  ta‘minlaydi.  Tayyor  mahsulotni  ishlab  chiqarish  kuplab 

alohida jarayonlar yig‘indisidan iboratdir. 

Umuman  ishlab  chiqarish  asosiy,  yordamchi  va  xizmat  kursatuvchi  kabilarga 

bulinadi. 

Asosiy  ishlab  chiqarish  jarayonida    qayta  ishlov  berilishi  natijasida  xom 

ashyoning geometrik andozalari, ulchovlari va  fizikaviy xususiyatlari uzgaradi  va u 

tayyor  mahsulotga  aylanadi.  Paxta  tozalash  korxonalarida    bunday  jarayonlarga 

paxta  xom  ashyosini  quritish  va  tozalash,  jinlash  va  linterlash,  tola,  momiq  va 

chigitni tozalash, preslashlar kiradi. 



Xom  ashyoning  tayyor  mahsulotga  aylanishida  uzluksiz  ishlab  chiqarishni 

ta‘minlashda  zaruriy  imkoniyat  yaratidigan  jarayon    -  jarayondir.  Paxta  tozalash 

korxonalarida  yordamchi  jarayonlarga  quyidagilar  kiradi,  asbob  uskunalarni 

ta‘mirlash,jin  va  linter  uskunalaridagi  arrani  almashtirish,  elektroenergiya  va 

moylash materiallari bilan ta‘minlash. 

Xizmat  kursatuvchi    jarayonlar  –  ham  asosiy  ham  yordamchi    jarayonlarga 

xizmat kursatuvchi jarayondir. 

Har  qanday  ishlab  chiqarish  jarayonlari  operasiyalardan  tashkil  topgan  bulib, 

ish  joylari  bulishligini  talab  etadi.  Texnologiya  qismining  asosiy  jarayoni 

operasiyadir.  Operasiya  deganda,  mehnat  predmeti  bilan    ishchilar  tomonidan    bir 

ish joyida jihozlarni qayta sozlash va ish joyini uzgartirmasdan amalga oshiriladigan  

ishlab  chiqarish  jarayoni  tushuniladi.  Operasiya  texnologik  jarayonlarni 

rejalashtirishning tuzib chiqishning va mehnatni meyorlashtirishning asosini tashkil 

qiladi.  Chunki  jihozlarning  bir  butunligidan  tula  foydalanish,  ularning  tuxtovsiz 

ishlashiga erishmoq uchun  va bu jihozlarda  qancha ishchi ishlash  kerakligin bilish 

uchun  operasiyani  bajarish  uchun  ketadigan  vaqtni  hisoblash  chiqish kerak  buladi. 

Operasiyalar  fazalarga  bulinadi,  fazalar  esa  mayda  harakatlarga  bulinadi. 

Operasiyalarni    mehnat  jihatidan    bunday  elementlarga  bulish    ishlab  chiqarish 

jarayonini  tahlil qilish uchun xizmat qiladi. Paxta tozalash korxonalarida  har bir ish 

joyi  uzidan  oldingi  va  keyingi    ish  joylari  bilan    bevosita  texnologik  bog‘liqdir. 

Shuning uchun  ham  paxta  tozalash  korxonalarida   ish  joyini  tashkil  etishda o‘zaro 

bog‘lanish omillariga e‘tibor berish shartidir. 

 Ishlab chiqarish tamoillarini tashkil etish tamoillari. Istemolchilarning doimiy 

usib boruvchi talabini  tularoq qondirish maqsadida  mahsulot ishlab chiqarishning 

keng qamrovli jarayonini takomillashtirib borishni talab qiladi. Korxonalarda ishlab 

chiqarishning samarali tashkil etishning  ta‘minlaydigan  tamoillari quyidagilardir, 

ixtisoslashtirish, proporsionallik, tug‘ri chiziqliylik, uzluksizlik, bir maromdalik. 

Ixtisoslashtirish tamoili  shuni anglatadiki, har bir ish joyi, bulimi, sexi, oqimga  

qa‘tiy  chegaralangan  nomenkluaturadagi    ish  yoki  jarayon  (bir  turdagi  mahsulot 

ishlab  chiqaruvchi)  biriktirilgan  buladi.  Qa‘ttiy  belgilangan  jarayonlar  katta 




preslovchi  preslovchi, jinchi va shu kabilar  ish joylarida bajariladi. Ushbu tamoilni 

qullanilishi    jarayonlarni  mexanizasiyalash,  avtomatlashtirish,  rabotlashtirish, 

keyingi texnologiyani  jarayonini bajarish uchun  mehnat predmetini bir ish joyidan 

boshqasiga  kuchirish,  maxsus  uskuna    va  moslamalarni  qullash,  ish  og‘irligini 

pasaytirish,  ishlab  chiqarish  maydonlaridan  yanada  oqilona  foydalanish  imkonini 

beradi. 


Proporsionallik  tamoili  –  ishlab  chiqarish  jarayoni,  bulimlar  va  ish  joylarida 

vaqt  birligida      ishlab  chiqarish  unumdorligini    bir  xilda  bulishligidir. 

Proporsionallik  buzilganda    ishlab  chiqarishda  uzluksizlik  va  bir  maromdalik 

ta‘minlanmaydi va ish joyida ortiqcha materiallar tuplanib qolishiga olib keladi. 

Ishlab chiqarish proporsionalligi  ayrim bulimlarning ortiqcha yuklanishiga va 

boshqa  bulimlarning  quvvatidan  tuliq  foydalanmaslikka  (  masalan,  linterlarda)  yul 

quymaydi hamda paxta tozalash korxonasining  uzluksiz bir maromda ishlashining  

manbasi  hisoblanadi. 

Tug‘ri chiziqliylik tamoil talabi -  mehnat predmetlari( xom ashyo, materiallar 

va  hokozo)  ishlab  chiqarish  jarayonida  to‘g‘ri  oqimda    joylashtirilishi  va  natijada 

qisqa masofodan utishlari kerak. 

Uzluksizlik  tamoili  barcha  tanafuslarni  imkoni  boricha  qisqartirishni  kuzda 

tutadi. 

Bir maromdalik (ritm) tamoili teng vaqt oralig‘ida bir xil  hajmdagi mahsulot 

ishlab  chiqarishni kuzda  tutadi.  Oqim  ritmi  deb  oqim  yullarida mahsulotning  birin 

ketin tayyor bulish davridagi bir-birlari oasidagi vaqt oralig‘iga aytiladi. 

Bu  interval  mahsulot  ishlab  chiqarish  topshirig‘ini  bajarish  uchun  sarflangan 

ish vaqtini ( smena, sutka) mahsulot hajmiga taqsimlash yuli bilan aniqlanadi. 

Ishlab  chiqarishni  bir  maromdaligini  ta‘minlash    ishlab  chiqarish  jarayonini 

tashkil  etishning    samara  beradigan  omillaridan  biri  hisoblanadi.  Ishlab 

chiqarishning bir maromdaligi asbob uskunalarning tula yuklanishini, ulardan tug‘ri 

foydalanishni,  zuriqmaslikni,  mavjud  barcha  resurslardan    oqilona  foydalanishga 

imkon beradi. 



  Ishlab  chiqarish  jarayonlarining  tashkil  etish  usullari.  Sanoatda  ishlab 

chiqarish  jarayonin  tashkil  etish  quyidagi  usullarda  amalga  oishiriladi,    yakka, 

oqimli,  partiyali. Ishlab chiqarishning tashkil etishning yakka usuli  juda murrakab 

texnikani  ishlab  chiqarishda,  shuningdek  tajriba  ishlab  chiqaruvida,tikuv  sanoatida 

alohida  buyumni  tikishda  qullaniladi.  Ishlab  chiqarishning  bu  turiga  atelelar  va 

yakka tartibda buyu tikuvchi ustaxonalar misol buladi. 

Ishlab  chiqarishning  tashkil  etishning  partiyali  usuli  mahsulotning    seriyali 

ishlab  chiqarishni  razarda  tutadi.  Ish  jarayonida  maxsus  va  universal  asbob 

uskunalardan  foydalaniladi.  Ushbu  asbob  uskunalar  chiziqli  va  guruhli 

joylashtirilgan buladi. Ishlab chiqarishning tashkil etishning partiyali usuli  seriyali 

va  kichik  seriyali  ishlab  chiqarishlarda  keng  tarqalgan  buladi.  Masalan, 

mashinasozlik  korxonalarida  detallarni  tayyorlash  jarayonida,  paxta  tozalash 

korxonalarida esa arra  xujaligida ushbu usul qullapniladi. 

Ishlab chiqarish va mehnatni ilmiy tashkil etishning  kompleks tizimida  oqimli 

ishlab chiqarish muhim urin egallaydi.U o‘zida ishlab chiqarish jarayoning  shunday 

tuzilmasini  mujasam  etadiki,  unda  xom  ashyo  va  materiallar    tayyor  mahsulotga 

aylanishida    belgilangan  uslubda  uzluksiz,  texnologik  ketma-ketlikda  va  barcha 

operasiyalar bir vaqtda qayta ishlanadi. 

Oqimli  ishlab  chiqarishda  texnologik  jarayon  bir  xil  taktda  operasiyalarga 

bulinadi.  Operasiyalar  taktlarining  tug‘rilash  jarayoning  proporsional  bulishligi 

uchun    hamda  operasiyalar  oralig‘ida    zahiralarni  kamaytirish  yoki    umuman 

bulmasligi  taminlash uchun zarur buladi. 

Oqimli  ishlab  chiqarishni  tashkil  etish    bir  qancha  tayyorgarlik  ishlarni    olib 

borishni  talab  etadi.  Bu  tadbirlar  birinchi  navbatda    oqimli  ishlab  chiqarish  uchun  

mahsulot  turini  aniqlash  va  ularni  turlash,  asosiy  muomola  texnologik  jarayonlar 

tartibini 

ishlab 

chiqish, 

ish 

joylarini 



rejalashtirish, 

ishlab 


chiqarishni 

takomillashtirish,  transport  jarayonlarini  mexanizasiyalashtirish,  avtomatlashtirish 

va  tabiy  jarayonlarni  tezlashtirish  kerak.  Ishlab  chiqarish  oqimini  tashkil  etishni 

loyihalashda  quyidagi asosiy kursatgichlarini hisobga olish kerak. 

- hyer bir ish joyida oqim ritmini ta‘minlanishi, 



- ishning tezlik darajasi. 

- Yetakchi mashinalarni ish bilan band qilish darajasini yaxshilash. 

- Oqim  yullaridagi  mashinalar  sonini  ish  joylaridagi  ishchilar  soniga  

moslashtirish, 

              -    Ish joylariga qarab topshiriqlarni belgilash, 

- Mehnat buyumlarining harakat marshrutlarini tug‘ri tashkil etish. 

    Mehnat  predmetlarining  bir  agregatdan  boshqasiga  utilishi  maxsus 

jarayonlar  aro    transportlar( tasmali,shnekli  yoki  pnevmatik)  yordamida  amalga 

oshiriladi.  Oqimli ishlab chiqarish chegaralangan nomenklaturadagi mahsulotlar 

ishlab chiqarishida va ommaviy tusda tashkil etilishi bilan ajralib turadi. 

Paxtachilik  ishlab  chiqarishi  oqimli  ishlab  chikarish  sanaladi.  Ushbu  jarayonda 

har  bir  agregat  o‘ziga  xos  aloxida  vazifasini  bajaradi.  Kuritish  barabanlari  paxta 

xom-ashyosini  quritib,  undan  namlikni  ajratadi;  tozalagichlar  -  mayda  va  yirik 

iflosliklardan  tozalaydi;  jinlar  toladan  chigitni  ajratadi,  linterlar  chigitdagi  kalta 

tolalarni  ajratib  oladi  va  hokazo.  Barcha  asbob-  uskunalar  bir-birlari  bilan 

pnevmotransport  yoki  boshka  turdagi  mexanik  transportyorlar  yordamida 

bog‘langan. 

Paxta  tozalash  korxonalarida  chegaralangan  nomenklaturadagi  mahsulotlar 

(tola,chigit,momiq)  ishlab  chiqarilganligi bois, oqimli ishlab  chiqarish  tashkil  etilgan 

bo‘lib, ish joylariga maxsus asbob-uskunalar biriktirilgan. 

Paxtachilik  ishlab  chikarishi  uzluksiz  oqimli  ishlab  chikarish  sanalib,  unda 

barcha  jarayonlar  davomiyligi  nuktai  nazaridan  tent  yoki  takrorlanuvchidir. Ushbu 

jarayonda uzluksizlilik darajasi juda yuqoridir. Okimli ishlab chikarishning oliy shakli 

-  avtomatik  okim  bo‘lib,  bunda  bir  butun  majmuada  texnologik  asbob-uskunalar, 

transport  uskunalari  markaziy  avtomatik  nazorat  tizimi  hamda  mexnat  predmetlariga 

qayta  ishlov  berish  va  ular  harakati  jarayonlarini  boshqarish  birlashtiriladi.  So‘nggi 

yillarda  paxta  tozalash  sanoatida  keng  miqyosda  ixcham  texnologiyalar 

qo‘llanilmokda.  Paxta  xom-ashyosining  dastlabki  sifat  ko‘rsatkichlariga  (ifloslik  va 

namlik  darajasiga)  karab  uni  kuritish  va  tozalashda  ixcham  texnologiya 

qo‘llanilmokda,  ya‘ni  ifloslik  darajasi  past  bo‘lgan  hollarda  paxta  barcha  tozalash 




mashinalardan emas, balki kam mashinalardan o‘tkazib, shu orqali ortiqcha mexanik 

urilishlarning  oldini  olish  natijasida  tola  sifatini  saqlab  qolishga  erishiladi.    Oqimli 

ishlab chiqarish kompleks mexanizasiyalashtirish va avtomatlashtirish uchun keng yo‘l 

ochib  beradigan  nisbatan  ilg‘or  va  istiqbolli  ishlab  chikarishni  tashkil  etish  usuli 

hisoblanadi. 

Yuqori  hajmdagi  ishlab  chiqarishda  ixtisoslashtirish  darajasining  yuksakligi, 

mehnatni  tashkil  etishning  ilg‘orligi  mexdat  unumdorligi  yuqori  bo‘lishligini 

ta‘minlaydi. 

Oqimli  ishlab  chiqarishning  iktisodiy  samaradorligi  mahsulot  tannarxi 

pasayishida  ham  ro‘y  beradi.  Transport  jarayonlari  davomiyligi  kamaytirilishi 

oqibatida  ishlab  chikarish  siklining  kamayishi,  ishlab  chiqarish  maydonlari 

qisqartirilishi,  omborlar  sonining  kaytirilishi  okibatida  mahsulot  ishlab  chiqarish 

xrajatlari  sezilarli  pasaytiriladi  va  natijada  korxona  foydadorlik  darajasi  oshishi 

ta‘minlanadi. 




Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish