Psixokorreksiya
“ Baxtiyor damlar” mashqi
Maqsad: asab tizimini tinchlantirish, tushkunlikka tushgan odamlarni psixologik qo’llab-quvvatlash.
O’tkazish tartibi:
Sokin musiqa qo’yiladi, ishtirokchilar o’zlarini bo’sh qo’yib, ko’zlarini yumgan holda trener tomonidan aytilgan narsalarni tasavvur qiladilar.
Trener so’zi:
O’zingizni baxtiyor, xursand his etgan damni eslang, o’shanda qayerda, kimlar bilan ekanligingizni yodga oling, hozir ham o’zingizni xuddi o’sha joyda deb tasavvur kiling. Siz buni yodga oldingiz va hozir ham xuddi shunday narsalarni xis etyapsiz, siz o’sha paytdagi holatingizni qanday atardingiz:
shodlik, xursandchilik, bemalollik, betashvishlik, quvonch, baxt...
O’sha baxtiyor damlaringiz o’tmishda qolgan bo’lishi mumkin, ammo undagi xursandchilk, kayfiyat doimo siz bilan qoladi. O’sha paytdagi tuyg’ularingizni xis qilgan holda hozirgi holatingizga qayting.
Trener so’zini tugatgach ishtirokchilar ko’zlarini ochadilar. Hohlagan o’quvchi his qilgan kayfiyat haqida gapirib berishi mumkin.
“Men o’zimni tahlil qilaman” individual ishlash
Ishtirokchilarga quyosh, bulut va yomg’ir tomchilari tasvirlangan qog’oz varaqlari tarqatiladi.
Ko’rsatma: Ko’rib turganingizdek, Sizning qo’lingizda quyosh, bulut va yomg’ir tomchilari tasvirlangan varaqlar. Har bir insonning ijobiy va salbiy sifatlari mavjud. Ijobiy sifatlar bizga yashashga, maqsadga erishiga, rivojlanishga yordam bersa, salbiy sifatlar ko’pincha haytda to’siq, to’g’anoq bo’lib xizmat qiladi. Keling, quyoshning nurlari ichiga o’zimiznig ijobiy siyaatlarimizni yozib chiqamiz. Agar istasangiz, quyoshning o’rtasiga o’z avtoportretingizni ham ifodalashingiz mumkin.
Endi mana bu ikkita bulutda esa Siz uchun kaatta to’siq bo’layotgan, muvaffaqiyatga, maqsadshga erishishingizda to’g’anoq bo’layotgan ikkita salbiy sifatni yozing. Yomg’ir tomchilariga esa kundalik hayotingizdagi Sizga ma’qul kelmaydigan, Siz kamchilik deb hisoblaydigan sifatlar salbiy sifatlarni yozing. Balki ular Sizga yashash uchun unchalik ham halaqit bermayotganldir?
Hohlagan o’quvchi o’z yozganlarini o’qib berishi mumkin.
Endi siz bu savolga umuman boshqa tarzda javob berasiz, chunki xamma narsaga boshqa nuqtai-nazardan qarayapsiz, asosiysi, baxtga boshqa insonlarga yaxshilik qilish, ularga baxt ulashish orqali ham erishish mumkinligiga mashg’ulot davomida ishonch xosil qildik. Shuning uchun har bir kuningiz kutilmagan xushxabar va yangiliklarga boy bo’lishini istab qolamiz. Mashg’ulotimizni bir rivoyat bilan yakunlamoqchiman.
RIVOYAT
Qadim zamonda bir badavlat odam bo’lgan ekan. U bir kuni tush ko’ribdi. Tushida bozorda yurgan emish. Bir do’konning ichiga kiribdi. Sotuvchi chol unga peshvoz chiqib, nima kerakligini so’rabdi. Haligi odam:
Men boy –badavlat odamman, xech narsaga xojatim yo’q, shunchaki aylanib yuribman, - deb javob beribdi.
Sotuvchi esa:
Ey o’g’lim, bu dunyoda hamma narsasi bor odam bo’lmaydi, hatto badavlat odamlarga ham nimadir yetishmaydi:- debdi.
Haligi odam o’ylab turib:
To’g’ri aytasiz, otaxon, lekin menga kerak narsalar bozorda sotilmaydi-da, men ularni narxini ham bilmayman, - debdi.
U narsalar nima ekan, balki mening do’konimda bordir? – so’rabdi sotuvchi chol.
Otaxon, ular do’stlik, muhabbat va oqibat, - debdi haligi odam. Shunda sotuvchi chol:
O’g’lim, bu narsalar juda arzon, lekin shunga qaramasdan o’ta kamyobdir. Buni qarangki, do’konimga kirib adashmabsiz, bizda bu narsalar bor, sizga berishim mumkin, -debdi.
Rostdanmi, qani bir ko’raychi! – debdi.
Chol peshtaxta ostidan bir quticha olibdi va o’sha odamning oldiga qo’yibdi.
Shumi?! – hayron bo’libdi odam va qutichani ochib qarabdi. Uning ichida uch dona urug’ bor ekan.
Bu urug’larku, ularni nima qilaman? – so’rabdi odam.
Ha, bular mehr-oqibat va muhabbat urug’lari, ularni har bir odam o’zi uchun o’zi ekishi va parvarish qilishi kerak. Axir, siz do’st-yor va qarindoshlarning birovniki emas, o’zingizniki bo’lishini xoxlaysizku, to’g’rimi? – deb so’rabdi chol.
To’g’ri , lekin men ularni qayerga ekishni va qanday parvarish qilishni bilmaymanku! – debdi odam.
Gap shundaki, siz ularni yerga ekmaysiz, bir qultum suv bilan yutib yuborasiz, qanday parvarish qilishni esa qalbingiz o’rgatadi, faqat siz unga quloq solsangiz bo’ldi, ishni orqaga surmay, hozirdan boshlayvering, - deb chol piyolada suv uzatibdi. Haligi odam suv bilan urug’larni yutib yuboribdi va shu payt cho’chib uyg’onib ketibdi, ko’rgan tushi haqida o’ylay boshlabdi. O’sha on birdan qo’ziga qari onasi ko’ringanday bo’libdi, uni anchadan beri ziyorat qilmaganini eslab, shu bugunoq borishni jazm qilib o’rnidan turibdi.
XULOSA: Ey farzand, bilginki, beg’araz hurmat talab qilinmaydi, balki qozoniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |