Mavzu: O’quv ustaxonalarida o’qitish. (2 soat)



Download 93,5 Kb.
Sana14.02.2021
Hajmi93,5 Kb.
#58799
Bog'liq
Abduraxmon akaga


Ĺ

Mavzu: O’quv ustaxonalarida o’qitish. (2 soat)

O’quv moduli birliklari:

O’quvchilarning ish o’rinlarini tashkil qilish

Kasb-hunar, mutaxassislik,malaka, malaka kasblarining guruhlanishi

Kasb-hunar kollejlaridagi ishlab chiqarish ta’limi ustasining vazifasi va uning tutgan o’rni

O’quv ustasining hisoboti

Kasb-hunar kollejlaridagi ishlab chiqarish ta’limi ustasining vazifalari va burchlari

Ishlab chiqarish ta’limi sistemasi

Ishlab chiqarish ta’limining moddiy – texnika bazasi yaxshi tashkil etilgan takdirdagina sifat jixatidan kungildagiday malakali ishchilar tayyorlash imkoniyati tugiladi.

Ishlab chiqarish sharoitlarida o’qitishning boshlanғich davri uchun juda muhim o’isoblangan ustaning o’quvchilar guruxi bilan bir vaqtda ishlarni ta’minlovchi me’yorli o’quv jarayonini tashkil etish juda kiyin, ba’zan esa ikoniyat ham bo’lmaydi.

KXKlarning o’zida ham korxona sexlarida, jamoa xujaliklarida ham yaxshi jixozlangan ustaxona, o’quv maydonchalar va o’quv dalalari albatta tashkil qilinishi nazarda tutiladi. O’quvchilar bu erda ish urnini tashkil kila bilish malakalarini egallaydilar, ishni bajarish uchun zarur bo’ladigan mexanizmlar, jixozlar, asbob – uskunalar bilan tanishadilar, operasiyalar va ishlar majmuasi texnologik tartibda bajarishning mehnat usullarini ishlab chiqarishmadaniyatini egallaydilar, o’quv vaqtidan unumli foydalanishni, xavfsizlik texnikasi, ishlab chiqarish va texnologik intizom talablariga rioya qilishni o’rganadilar.

O’quv ustaxonalarini mavjudligi o’quvchilarni frontal o’qitish uchun zarur sharoitlar yaratadi, nazariy mashғulotlarni ishlab chiqarish ta’limi bilan rasional ravishda almashlab turish imkonini beradi, materiallarni dasturga muvofiq izchil o’rganishni ta’minlaydi.

O’quv ustaxonalari, maydonchalari, bo’limlari o’quv dalasini rejalashtirish, jixozlash nuqtai nazaridan ta’lim – tarbiya maqsadlariga, ishlab – chiqarish ta’limi forma hamda metodlariga muvofiq bo’lishi ishlab chiqarish ta’limi ustasi va o’quvchilarni ishlashlari uchunkulay sharoit yaratishga, ta’lim – tarbiyaviy ish jarayonida usta va o’quvchilar juda kam vaqt sarflaganlari holda eng yukori samaradorlikka erishishlariga, halk xujaligi uchun malakali ishchilar tayyorlash sifatini yanada yaxshilashga imkon beradi.

O’quv ustaxonalari o’quv maydonchalarini tashkil qilish, ularni jixozlash va rejani to’zish o’quv maskanini to’zish o’quv maskanining turi, tayyolanadigan kasblarning tavsifi va ishlab chiqarishning xususiyatlariga muvofiq holda amalga oshiriladi.

Ishlab chiqarish ta’limi maqsadlariga foydalaniladigan o’quv ustaxonalari va yordamchi xizmat binolari puxta uylab joylash-tirilishi hamda o’quv va texnologik talablarga to’la javob berishi kerak, o’quv ishlab chiqarish ustaxonalarining guruxi hamda maydoni sanoat, qurilish, kishlok xujaligi, transport, aloqa, savdo va kommunal – maishiy xizmat ko’rsatishning tegishli sohala-rini loyihalashtirishning texnologik me’yorlariga shuningdek, qurilish, me’yor va qoidalariga javob berishi kerak.

Ustaxonalar odatda birinchi qavatda joylashtiriladi. Ustaxona uchun ajratiladigan maydon kelajakda ustaxona kengayishi mumkinligi nazarda tutilgan holda rejalashtiriladi. SHovkin beradigan jixozlar aloxida nazariy bilim berish joyidan uzoqroqqa joylashtirish kerak.

O’quv ustaxonalaridagi xavoning harorati qishda 150–160 past bo’lmasligi yozda 200 oshmasligi kerak. Bunday harorat ishlash uchun yaxshi imkoniyatni ta’minlaydi.

Ustaxonani sun’iy xavo almashtirgich orqali xavo bilan ta’minlanadi. Ustaxona poli ilik, yuzasi tozalash uchun kulay, sirpanmaydigan bo’ladi. Devorlari sillik bo’lishi kerak. Devorlar ochiq rangga, ship esa binoni yaxshi yoritish uchun ok rangga buyaladi.

O’quv ishlab chiqarish ustaxonalari va bo’limlarining maydon hamda sanitariya texnika me’yorlari o’quv maskanida o’rgatiladigan kasb (tokorlar, chilangarlar, mexanizatorlar va x.k.z) ga qarab me’yorlar bilan belgilanadi. O’quv ustaxonalarini rejasini tuzishda qo’yiladigan umumiy talablar quyidagilardan iborat:

O’quv ustaxonalari mashғulotlarni ishlab chiqarish ta’limi dasturiga muvofiq o’tkazishga moslashtirilgan va operasion komplnks tizimga muvofiq bo’lishi kerak.

Har bir bo’lim maydoni va asbob uskunalari mikdoriga ko’ra hamda beriladigan kasbga muvofiq 25 – 30 yoki 12 – 15 kishilik o’quvchilarni bir vaqtda o’qitishga munjallanadi.

Ustaxonalar umumgurux (frontal) o’qitishga moslangan bo’lishi kerak.

Uchastkalarni bir – biridan to’siqlar bilan ajratish kerak

Kasblarga xos bo’lgan asbob va materiallar saqlanadigan omborxona, mexaniqa bo’limi va xokazolar tashkil qilinadi.

Bir – biriga boғliq ish bajaradigan bo’limlar bir – biriga yaqin joylashtiriladi.

Silliklaydigan, jilvirlaydigan va charxlaydigan stanoklar aloxida binolarga o’rnatiladi, buni imkoni bo’lmasa xavoni almashtirish uchun xavo tozalagich o’rnatiladi.

Ish vaqtida gaz, chang yoki kuchli shovkin chiqadigan, travmatizm xavfi bo’lgan bo’limlar (temirchilik quymakorlik, qoliplash, payvandlash, yoғochga ishlov beradigan, kuch qurilmalari va xokazo) to’liq (izolyasiya) ajratiladi.

O’quv ishlab chiqarish ishlarining ro’yxati bilan ko’rsatmali harita, davlat andozasi GOSTlar bilan ta’minlanadi.

Devorning bir tomoniga o’rnak ko’rsatgan o’quvchilar familiyalari va suratlari o’rnatiladi.

Ustaxonani ko’rinadigan joyiga birinchi yordam ko’rsatish uchun dori solingan aptechka va qaynatib sovutilgan suvli bak qo’yiladi.

O’quvchilar ish o’rinlarida aloxida asboblar komplekti va tozalash uchun supurgi, ko’rak, ilgaqlar bo’lishi kerak.

YOnginga karshi zaruriy jixozlar bo’lishi shart.

O’quv ustaxonalarini jixozlash. O’quv ustaxonalari o’quvchilar ishlab chiqarish ta’limi dasturi talablariga muvofiq topshiriqlarni bajarishlari uchun zarur bo’ladigan, mehnatni muxofaza qilish va xavfsizlik texnikasi talablariga javob beradigan yakka va ommaviy foydalanishga muldallangan asosiy hamda yordamchi o’quv ishlab chiqarish asbob – uskunalari bilan jixozlanadi.

O’quvchilarning yakka tartibda foydalanadigan asosiy o’quv ishlab chiqarish asbob – uskunalari quyidagilardir: xizmat ko’rsatish, tekshirish ustaxonalari uchun yonilgi nasoslarini tekshirish stendi, forsunkalarni tekshirish stendi va boshqalar, chilangarlik ustaxonalari uchun chilangarlik tiskisi o’rnatilgan dastgox va shu kabilar.

Umumiy foydalanishga muljallangan yordamchi o’quv ishlab chiqarish asbob – uskunalari, parmalash va charxlash stanoklari, rejalash va to’ғrilash plitkalaridan iborat.

O’quv ishlab chiqarish asbob – uskunalari, shuningdek mexanizasiya vositalari hozirgi zamon texnikasi talablariga javob berishi va o’quvchilarga o’quv dasturidagi barcha mavzularni o’rganish imkoniyatini yaratishi kerak.

YAkka tartibda foydalanishga muljallangan asosiy o’quv ishlab chiqarish asbob – uskunalarining mikdori o’quvchilarning ko’pi bilan ikki smenada ishlashlarini nazarda tutib belgilanadi. Har bir kasb uchun aloxida, keraqli asbob – uskunalar bilan jixozlangan ish urni bo’lishi shart.

SHunday qilib ishlab chiqarish bilan nazariy o’qitish kun ora almashinib turganda bir smenali ish kunida bir o’quvchi o’rnida ikki o’quvchi ishlashi mumkin.

Umumiy foydalanishga muljallangan asbob – uskunalarning turi va tarkibi o’quv dasto’rining talabi hamda o’quv ustaxonalarida bajariladigan ishning harakteriga ko’ra aniqlanadi.

Jixozlarni o’quv ustaxonalariga joylashtirish. Jihozlarni o’quv ustaxonalariga joylashtirish quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:

Ustaga o’z ish o’rnida turib o’quvchilar guruxiga yo’l yo’riq berish imkoniyatini.

O’quvchilarning ishlashlari uchun eng kulay va xavfsiz sharoitni.

O’quv rejada ishlab chiqarish ta’limiga ajratiladigan o’quv vaqtini yarim yilliklar va xaftalar bo’yicha taksimlash muljallanadi. Ixtisoslik tavsifnomasi talablari asosida tuzilgan o’quv dasturida o’rganilishi lozim bo’lgan o’quv materialining xajmi, uning mavzulari bo’yicha taksimlanishi va har bir mavzuni o’rganish vaqti belgilab olinadi.

Dasturning har bir mavzusida o’quvchilarga mehnat qilishning qaysi yo’l va usullarini, qanday texnologik operasiyalarni o’rgatish lozimligi ko’rsatilgan.

Usta tayyorgarlikni yangi o’quv yili boshlanmasdan oldin boshlaydi. Tabiiyki tayyorgarlikni mazmuni tajribali va endigina o’qituvchilik kila boshlagan o’qituvchilar uchun turlicha bo’ladi. Ammo ishning bu qiluvchi tajribasidan qat’iy nazar har bir usta uchun majburiydir.

Ustaning mashғulotlarga tayyorgarlik kurishi quyidagi bosqichlani o’z ichiga oladi:

O’quv yiliga (yarim yillikka) tayyorgarlik.

O’quv dasto’rini navbatdagi mavzusini o’rganishga tayyorgarlik.

Navbatdagi mashғulotlarga tayyorgarlik.

O’quv ustasi o’quv yiliga (yarim yillikka) tayyorlanayotganda mutaxasislik tavsifnomasini ishlab chiqarish ta’limi o’quv rejalari va dasturlarini, mahsus texnologiyani yoki muayyan mo’taxasislikka doir ishlab chiqarish asoslari texnologiyasini o’rganadi, boshqa fanlar (umumiy ta’lim, materialshunoslik, materiallar texnologiyasi, chizmachilik, elektrotexnika va boshqalar) dasturlari bilan tanishib chiqadi.

KXKning tajribali ustalari butun bir yilga munjallab umumiy ta’lim rejasini to’zadilar. Bu rejada quyidagilar nazarda tutiladi: ya’ni texnikaga doir adabiyotlarni, qo’llanmalarni, ixtisosga oid ilғor tajribani yorituvchi axborot varakalarini o’rganish, yangi darsliklar, metodik qo’llanmalar bilan o’quvchilarga ta’lim va tarbiya berish, ishlab chiqarish ilғorlari ish metodlari bilan amalda tanishish, zarur o’quv moddiy baza tayyorlash va xokazo. Ustani dasturdagi navbatdagi mavzuni o’rganishga tayyorgarlik kurishi quyidagilardan iborat: usta o’quv mavzu materialining mazmunini tahlil qiladi, uni darslar bo’yicha taksimlab chiqadi va har bir darsga qo’yiladigan vazifalarni belgilab oladi; mavzuni o’rganish paytida o’quvchilar bajarishi lozim bo’lgan o’quv ishlarini mazmuni hamda mikdorini belgilab qo’yadi; o’quv guruxining muayyan mavzularga doir ishlarni bajarish uchun o’quv–moddiy baza tayyorlaydi.

O’quv dasto’rining ko’pchilik mavzularni bir qanchasini o’z ichiga oladi. Bunday hollarda o’quv materiali mavzusi mavzuchalarga bo’lib chiqiladi.

O’quv mashғulotlariga tayyorgarlik kurish ustaning butun tayyorgarlik ishining yakunlovchi va hal qiluvchi bosqichdir.

Darsning asosiy qoidalari: guruxdagi o’quvchilarni bir hilligi va doimiyligi; ayni bir vaqtda ta’lim berilishi; o’rganiladigan o’quv materiali xajmini belgilashdagi aniqlik; dars jadvalining bir hil davom etishi hamda barkarorligi; o’quv–ishlab chiqarish jarayonida ustaning raxbarlik roli.

Dars yuksak ғoyaviy, siyosiy va ilmiy–pedagogik saviyada o’tkazilishi lozi; ta’lim tarbiyaviy ishlarning mazmuni va uni amalga oshirish metodlarining organiq birligi; o’qishdan ko’zlargan aniq maqsad bo’lishi; asosiy maqsad va vazifalarga mos ravishda qurilishi, o’quvchilarning oldingi darslarda egallagan bilim va ko’nikmalarga asoslanishi; mashғulot ongli, intizomli o’tkazilishi lozim; o’qitishni turli metodlarini qo’llanilishininazarda to’tishi zarur.

5 – Rasm. Mashғulotga tayyorlanish sxemasi.

Ustaning darsga tayyorgarlik ko’rishi darsning maqsad va mazmunini aniqlab olishdan, moddiy texnika bazasi hozirlash va metodik tayyorgarlik ko’rishdan iborat.

6 – rasm. O’quv ustasining navbatdagi darsga tayyorgarlik kurish sxemasi.

Darsning maqsad va mazmunini aniqlash vaqtida usta quyidagi ishlarni qiladi:

yo’l qo’yilgan kamchiliklarni aniqlash va ularni to’zatish uchun oldingi mashғulotlarnitahlil qiladi;

oldingi dars vazifalari kay darajada hal etilganini, kamchiliklarning sabablarini aniqlaydi va shu asosda navbatdagi darsni olib borish paytida qanday o’zgarishlar kiritish lozimligini belgilab oladi;

oldingi mashғulotlar natijalarini tahlil qilish asosida darsning ta’lim va tarbiyaviy maqsadini hamda dars uchun o’quv dasturidan kelib chiqadigan vazifalarni belgilab qo’yadi;

dars strukturasi va darsning har bir qismi uchun zarur bo’lgan vaqtni qanday taksimlanishini hamda dars davomida o’quvchilar bajarishi mumkin bo’lgan o’quv ishlab–chiqarish ishlarini aniqlaydi; (o’quvchilar darsda o’zlashtirib olishlari lozim bo’lgan ish usullarini aniqlaydi)

Odatda, dars rejasida quyidagilar nazarda tutiladi: o’quvchilarning o’quv o’rinlarini ishga tayyorlash; o’quvchilarni ish o’rinlariga joylashtirish, o’quvchilar guruxiga kirish berish; o’quvchilar mustaqil ishlayotgan paytlarida ularga kundalik, frontal yoki yakka tarzda yo’l–yo’riqlar berish (har bir aylanish rejalashtirilib chiqiladi); butun guruxga yakunlovchi yo’l–yo’riq berish; navbatdagi mashғulotlarga moddiy jixatidan tayyorgarlik kurish.

Moddiy texnika bazasi tayyorlash paytida master omborda zarur materiallar, asbob uskunalar, moslamalar, mexanizmlarning bor yukligini tekshiradi va etishmayotgan narsalar bilan ta’minlash choralarini ko’radi.

Tegishli talabnomalar to’zadi: mavzuni o’rganish vaqtida foydalaniladigan moslamalar, mexanizmlar, qurilmalar tayyorlaydi hamda ularni tekshiradi. Zarurat tugilgan paytlarda ta’mir qilish va sozlash choralarini ko’radi; o’quv texnika xujjatlarini, chizmalarni, ma’lumot jadvallarini, ko’rsatmali, texnologik haritalarni ajratib oladi; mashғulotlarda foydalanish uchun o’quv–ko’rsatma qurollar; ma’lumotnomalar (spravochniklar), plakatlar, xakikiy va xajmli qo’llanmalar, etalonlar, tayyor maxsulotlar va xokazolarni tayyorlaydi.

O’quvchilarning ishlab chiqarish korxonalaridagi o’qishlari

Ishlab

Mazkur davrda kollejning rivojlanishiga salbiy ta’sir etuvchi tashki va ichki faktorlarga karshi ta’sir etuvchi choralarni ishlab chiqarish;



Ta’lim tarbiya jarayonida vujudga keluvchi barcha yangi, ilғor usullarni topa bilishi va ularni amalda tadbik qilishni rejalashtirish, yo’lga kuyish, boshqarish hamda nazorat qilish.

Kollejni ilmiy asosda boshqarishga o’tishning muhim shartlaridan biri – kollej raxbarining butun ta’lim – tarbiyaviy ishni pedagogik tahlil qilishlari, kollej vazifalarini bilishlari va tushuntirishlaridan iboratdir. Bu quyidagi faktorlardan aniqlanadi:

Ta’lim – tarbiyaviy jarayon haqidagi yaxshi tashkil qilingan ma’qul axborotlar okimi;

Bu axborotni chukur va fikr yuritib tahlil qilish natijasida amaliy faoliyat uchun xulosalar chiqara bilish;

Axborot tahlilidan kelib chiquvchi xulosalar asosida jamoa ishini tashkil kila bilish.

KXKda raxbarlik qilish. O’ZBEKISTON Respublikasi Oliy va O’rta mahsus ta’lim vazirligi tomonidan belgilangan malakali ishchilarni tayyorlash davlat rejasiga muvofiq tashkil qilinadi, qayta tuziladi va bekor qilinadi.

KXKning barcha faoliyatiga kallej buysinuvchi kasb-ta’limi organi tomonidan tashkilotchilik kobilyatiga, kollejning ixti-sosiga muvofiq keluvchi oliy ma’lumotga ishlab chiqarish va pedagogik tajribaga ega bo’lgan hozirgi zamon talabi bo’yicha ilmiy darajasi bo’lgan shaxslardan tayinlanuvchi deroktor raxbarlik qiladi. Kollej direktori o’quvchilarning ta’lim-tarbiyaviy ishlariga, kasb-talimi tayyorgarliklarini tashkil qilish sifatiga, ularning sogliklari va jismoniy rivojlanishiga shuningdek unga ishonib topshirilgan bilm maskanini xujalik moliyasi va shu kabilarga javobgardir. Direktorning zimmasiga: O’quvchilarni qabul qilish, malakali ishchilarni etishtirib chiqarish rejalari-ning bajarilishi;

Pedagogik jamoa KXK direktori bilan birga o’quv ishlab chiqarish va ta’lim tarbiyaviy ishlar bo’yicha o’rinbosar, ilmiy mudir hamda katta usta raxbarlik qiladi. Boshqarish sa’nati shundan iboratki,unda kallejning barcha raxbarlari,jamoani yagona maqsadini egallashga yo’llashlari, bir – birining faolyatlarini takrorlamasliklari,ayniqsa har bir raxbar o’z vazifasini aniq bilishi kerak. Kallej direktori va o’rinbosarlarining ishida bir biriga aloqador, ba’zan esa umumiy vazifaga ega bo’lgan ishlar uchraydi. SHuning uchun bu vazifalarning aniq sharoitlarda taksimlanishi juda muhimdir, bu esa ish jarayonida takrorlashning oldi oladi va bilim yurtidabiron bo’limlarni nazoratsiz qolishiga yo’l qo’yilmaydi. Ko’pincha kollej direktorlari noto’ғri yo’l to’tadilar ular pedagogik jamoa ishga raxbarlik qilishning barcha vazifalarini o’rinbosarlari o’rtasida taksimlaydilar o’zlariga umumiy raxbarlikya’niy xech bir tayini yuk nazorat qilib bo’lmaydigan vazifani qoldiradilar. Tajribaning kursa-tishiga bunday hollarda o’rinbosarlarning kalbaki harakat erkinligiga raxbarlik diapozonining kengligiga qaramay kallej direktorlari kallejdagi ishlarning axvoli haqida etarlicha axborotga ega bo’lmaydilar va ularga sezilarli darajada ta’sir etmaydilar. Umumiy ishlarning ma’lum qismini emas balki o’zlari haqida qabul qilingan nizomga muvofiq o’qish jarayoniga raxbarlik qilishning aniq vazifalarini o’z zimmalariga olgan kollej direktorlarining amalyoti o’zini oklagan. Direktorning kollejda o’qish jarayoniga raxbarlik qilish vazifalari qanday taksimlan-masin direktor faolyatidagi asosiy narsa barcha xodimlarning kollej ta’limi sistemasi oldiga qo’yilgan maqsadlarga erishish-lari koordinasiya qilishdir. Direktorning tashkilotchilik faoliyati kollej ishlarini bevosita o’rganishni o’rinbosarlaridan pedogogika kollektivining ishlari haqida tezrok axborotni o’z ichiga oladi. Kollej direktori bunday axborotlarni umumlash-tirib va kelgusida ta’lim-tarbiyaviy jarayonni yanada takomillash-tirish uchun tezrok tadbir va cholralarni qabul qiladi. Pedagogik jamoa faolyatiga muvoffokiyatli raxbarlik qilish uchun direktor va uning o’rinbosarlari ish vaqtini to’ғri taxsimlashlari muhim ahamyatga ega.

Kollej raxbarlari mashғulotlarga kirishdan quyidagi maqsadlar nazarida tutiladi dars mazmunining o’quv rejasida muvofiqligini aniqlash o’rganilayotgan materiallarning ilmiy darajasini va uning ғoyaviy yunalishini aniqlash: darslarda didatika asosiy tamoillariga rioya qilinayotganligini kantrol qilish; Dars tipi o’qitishnining metod va tamoillarini to’ғri tanlaganligini tekshirish; Darsning tarbiyaviy ahamiyatini tekshirish; O’qituvchining shu predmetdan dars berishga va maskur darsni olib borishga tayyorgarligini tekshirish;

Darsni to’ғri tashkil qilinganligini baholash; Maqsadga ko’ra nazorat quydagi turlarga bulinadi; Kundalik umumiy tekshirish; Nazoratning amalda eng ko’p tarqalgan turi o’isoblangan (tematik kontrol) mavzuviy nazorat bu usta yoki uktuvchining ish tizimini o’rganishdir.

Ma’lumotlarni mavzuviy ko’zatish o’quv jarayoning aloxida pedagogik qiziqishga ega bo’lgan tomonlarning holatini aniqlash uchun o’tkaziladi. Fanni o’tishning ilmiy – nazariy darajasini o’rganish darslarda tarbiyaviy vazifalarni hal qilish, o’qituvchining o’quv materialini bayon qilish sifatini tekshirish, o’qituvchi foydalanayotgan metodtk vosita va usullarni o’rganish darslarda ishning jamoa va yakka tartibli shakllarini qo’shib olib borishi o’quvchilar bilimini tekshirish tizimi o’qitishda ko’rgazmali yoki texnikaviy vositalarni qo’llash o’quvchilarning darslardagi mustaqil ishlari utilgan o’quv materiallarini takrorlash va mustaxkamlashni tashkil qilish o’quvchilarga mehnatning ilғor metodlarini o’rgatish, kirish, joriy, yakuniy yo’l yo’riqlar o’tkazish metodikasi, ustaning mehnat usullarini ko’rsatish metodikasi, ishlab chiqarish ta’limi bilan nazariy kurs o’rtasidagi aloqa, o’quvchilarning mustaqillagini tarbiyalashda yozma yo’l – yo’riqning roli;

Usta va o’qituvchilarning pedagogik ish tizimlarini o’rgatishda e’tibor faqat o’quv materialini berish metodiga emas, balki o’qitish jarayonida o’quvchilarning tarbiyalash qanday amalga oshirilayotganligiga, o’quvchilar ishi qanday tashkil etilganligiga va uning natijalari qanday ekanligiga ham qaratiladi.

Mazkur holatda kollej raxbarlarining asosiy vazifasi usta yoki o’qituvchining pedagogik xususiyat hamda kobiliyatlarini, o’z fanlarining materiallarini o’qitish metodikasini qanchalik bilishlarini aniqlash va baholashdan iboratdir.

Kollej raxbarlarining nazariy o’qitish darslari va ishla chiqarish mashғulotlariga kirishlari puxta uylangan reja bo’yicha olib boriladi.

Pedagogik nazoratni to’ғri tashkil qilishning zaruriy sharti uni maqsadga yunalganlik tavsifini, kollej raxbarlari ishning (korrinasiyasi) va birligini ta’minlovchi rejalashtirishdir.

Nazoratning rejalashtirishning yagona tizimi bo’lmaganligi uchun u ko’pgina ta’lim – tarbiyaviy jarayonning barcha tomonlarini qamrab olmaydi, keraqli maqsadga yunalmaydi, tasodifiy harakter kasb etadi. Rejalashtirilgan nazorat o’z vaqtida xatolarning oldini olish va o’qitishda aniqlangan kiyinchiliklarni bartaraf qilish imkonini beradi.

Ba’zi kollejlarda raxbar xodimlar o’quv mashғulotlariga direktorning o’quv ishlab chiqarish ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari tomonidan har bir oy uchun tuzilgan grafik bo’yicha kiradilar. Bu grafikda kelgusi oyda raxbarlardan qaysi biri, kachon va qaysi mashғulotlarga kirishi ko’rsatiladi.

Kollej raxbarlari tmonidan qilingan pedagogik nazorat-ning saviyasi va ta’sirchanligi avvalo ularning tayyorlanish darajalariga boғliqdir. Darslarni to’ғri analiz qilish uchun raxbarlar ta’lim – tarbiya viy ishning mazmuni va tashkil qilini-shini, o’quvchilarni o’qitish hamda tarbiyalashning metod va formalarini, o’quv hamda yigma mavzuviy reja va dasturlarni, tushuntirish xatlari va kvalifikasiya talablarini yaxshi bilishlari, hozirgi zamon ilmiy texnika, pedagogika, metodikaga doir va boshqa adabiyotlarni ko’zatib borishlari kerak. Darsga kirishdan oldin raxbar kirishining maqsadini aniqlaydi; kirish muljallangan darsda o’rganiladigan o’quv materialining mazmu-nini bilib oladi; mazkur predmet bo’yicha dastur talablari va shunga muvofiq darslik, metodik adabiyotlar bilan tanishadi; sinf jurnalini kurib chiqadi, o’quvchilarning joriy o’zlashtirishlarini analiz qilib, utilgan materialning sinf jurnalida kayd qilinishi, mavzuviy rejaga muvofiq kelish kelmasligini hamda bo’lajak darsda o’rganiladigan mavzuni aniqlaydi; avval darslarda yozilgan yozuvlar bilan tanishadi, darsni analiz qilish va darsda o’z ko’zatishlarini yozshning taxminiy rejasini uylab qo’yadi.

Nazariy o’qitish darslarini tekshirishni boshlashdan oldin tekshiruvchiga sinf binosining holati, o’quv – ko’rgazmali qo’llanmalarning belgilangan normativlarga muvofiq bor – yukligi, ularning holati va sifati, yangi texnika va mehnatning ilғor metodlari hamda ko’rsatmali qurollar bilan ta’minlan-ganligi bilan tanishib chiqish tavsiya qilinadi.

Darsga kirish, uni o’qitishni analiz qilish – ta’lim tarbiyaviy jarayonni teshshirishni asosi o’isoblanadi. Kollej raxbarlarining darslarga kirishlari ularga o’quvchilarni o’qitish va tarbiyalashning xakikiy axvoli, pedogog xodimlarning muvafakkiyat va kamchiliklari bilan tanishish imkonini beradi, bu esa o’z navbatida kollejda ta’lim – tarbiyaviy ishlarni yaxshilashga yordam beradi.

Nazariy o’qitish darslari ga kirishda sinf dars boshlashidan oldin yoki o’quvchilar bilan birga kirish tavisya qilinadi, mashғulotlar haqida to’liq tasavvurga ega bo’lish uchun darsning boshidan oxirigacha bo’lishi kerak.

Agar o’qituvchi yoki ustaning o’quv ishini joriy tekshirish muljallansa, mashғulotlarga kirish oldindan ogoxlantirib kuyish maqsadga muvofiq bo’lmaydi. Agar asosiy maqsad o’quv mashғulotlarini mavzuviy o’rganish, yo’llanma berish, o’qituvchi yoki ustaning malakasini oshirish bulsa, bu mashғulotlarga mahsus tayyorgarlik kurishlari uchun ularni oldindan ogoxlantirib kuyish maqsadga muvofiqdir.

Ayrim hollarda etarlicha tajribaga ega bo’lmagan usta yoki o’qituvchining o’quv mashғulotiga kirishdan oldin u bilan birgalikda mazkur mashғulotlarga qo’yiladigan talablarni analiz qilish, uning ba’zi metodik masalalarni ijodiy hal qilishiga yordam berish tavsiya qilinadi. Bilim yurtining raxbarlari o’quv mashғulotiga kirgan vaqtlarida usta yoki o’qituvchiga berilgan ko’rsatmalarni amalga oshirish kobiliyatlariga ishonch hosil qiladilar.

Darsni tekshirish haqidagi yozuvlarni vertikal chizik bilan uch bo’lakka ajratilgan kogoz varagiga yozish kulaydir. Ularni biriga dars jarayonida aniqlangan va o’tkazib yuborilgan xato, kamchiliklar ikkinchisiga ijobiy momentlar, o’rinli metodik usullar, uchinchisiga darsni olib borayotgan usta yoki o’qituvchiga aytiishi kerak bo’lgan maslaxat va tavsiyalar yozib boriladi.

Tekshiruvchi darsdan so’ng kiska yozuvlar asosida dars haqida to’ғri xulosa to’za olishi yoki batafsil analiz kila olishi uchun ko’zatuvchan, dikkatli bo’lishi, ko’rgan va eshitganlarini yodda saqlay bilishi kerak.

Ishlab chiqarish ta’limi ustasining ishini tahlil qilishda tekshiruvchi o’quv ishlab chiqarish ustaxonalari yoki o’quv uchastkalarining axvoli bilan oldindan tanishib chiqadi; jixozlarning axvoli va ulardan foydalanishning to’ғriligini, o’quvchilarning asbob, moslama bilan ta’minlanganligini, o’quvchilar va usta ish urnining holatini tekshiradi. Xavfsizlik qoidasi va o’quvchilar mehnati gigienasi tadbirlarining bajarilishiga alloxida e’tibor berish lozim.

Ishlab chiqarish mashғulotlarini tekshirish ning boshlashdan avval guruxdagi o’quvchilarning o’quv ishlarini kayd qilish, guruxdagi o’quv ishlarini holatini, ishlab chiqarish buyurtmalarining bajarish rejasini o’rganish, o’zlashtirishni baholash jurnali, texnik va o’quvchilar ishlaydigan boshqa xujjatlar bilan tanishib chiqish muhim ahamiyatga ega.

Usta ishini tahlil qilish jarayonida uning e’tiborini vazifalarni bajarish vaqtida kamroq chalғitish kerak. SHu bilan birga dasturni o’tish, ba’zi o’quvchilarning ishlari va shu kabilarga boғliq bo’lgan holatlarni aniqlash maqsadida ustaga savollar berish mumkin.

O’quvchilarning bajargan ishlarini kurish mazkur ishga qo’yilgan texnikaviy talablar qanday bajarilayotganligini, qanday hollarda brakka yo’l qo’yilayotganligini tekshirish ishlab chiqarish mashғulotlarini o’rganish metodlaridan biri o’isoblanadi.

Tekshirish vaqtida asosan dikkatni usta o’quvchilarga nimalarni va qanday o’rgatganligiga, ular o’rganganlarini qanday o’zlashtirganliklariga ya’ni xakikiy bilimlarni aniqlashga qaratilishi kerak. Bunday tekshirish turli ko’rinishlarda o’tkaziladi.

Ba’zi qo’shimcha ma’lumotlar olish, o’tkazilgan ko’zatishlarni analiz qilish va o’quv ishini yaxshilash usullari haqidagi ko’rsatmalarni aytish uchun tahlil oxirida usta bilan suhbat o’tkaziladi.

Kollejlardagi o’quv ishlab chiqarish mashғulotlarini mufassal tahlili quyidagi taxminiy reja asosida qilish mumkin.

Vaqti

O’quv guruxi nomeri



O’quv yili

Ustaning familiyasi, ismi, otasining ismi

O’quv dasto’rining mavzusi

O’quv guruxining kiskacha o’zlashtirish harakteristikasi.

Madaniy tarbiyaviy ishni tekshirish vaqtida: guruxda qanday madaniy tarbiyaviy ish amalga oshirilayotganligi, o’quvchilarning kollejning o’quv – ishlab chiqarish, ijtimoiy – siyosiy, madaniy – tarbiyaviy faoliyatida aktiv ishtirok etishlari etishlari uchun qanday individual va kollektiv ish olib borilayotganligi;

Ishning individual va jamoa formalari qanday qo’shib olib borilayotganligi, ular mazmunining bilim yurtining ta’lim – tarbiyaviy vazifalariga, o’quvchilarning bo’lajak kablarga muvofiqligi;

O’quvchilarning sinfdan tashkari tarbiyaviy, ijtimoiy ishda ishtirok etish darajalari; jamoat topshiriqlarini o’quvchilarning yosh xususiyatlariga, qiziqilariga mosligi;

O’quvchilarning qanday tashkilotlari kollejdagi muhim masalalarni hal qilishga jalb qilinadi, ularning aktivlik, mustaqillik, javobgarlik darajalari;

O’quvchilar jamoasi tomonidan jamoatchilik asosida bajarilgan ijtimoiy – foydali ish, ularning tarbiyaviy roli hamda iktisodiy qimmati.

Ta’lim – tarbiyaviy jarayon yuzasidan tahlil o’tkazilganda kollej ishlab chiqarish ta’limi ustalari, o’qituvchilari va boshqa xodimlari ishidagi yutuk va kamchiliklarni harakterlovchi ko’p mikdordagi fakt, ma’lumot, dalillar to’planadi. Bu faktga asoslangan material qimmatga ega, shuning uchun unga tegishli ishlov berib, sistemaga solingandan keyin pedagogik jamoa bilan ishlashda foydalanish kerak.

O’quvchilarning bilimlari, ko’nikma va malakalarini tekshirish darsining tuzilishi.

Darsning maqsadi : ishlab chiqarish – texnikaviy bilimlarga, ko’nikma va malakalarga qo’yiladigan talablarni o’isobga olgan holda o’qitish muayyan bir davrda (yarim yillik, yillikda yoki kiska vaqt ichida o’quvchilarning tayyorgarlik darajasini aniqlash).

Darsning mazmuni: vaqt normalarini, bajarish aniqligiga qo’yiladigan talablar va ish sharoitini o’isobga olgan holda berilgan materialidan nazorat namunalar tayyorlash.

Dars olib borishning asosiy metodlari: o’quvchilarnig nazorat ishining maqsadi, mazmuni va shartlari bilan kiskacha tanishtirish; ustaning o’quvchilar ishlarini ko’zatish, har bir o’quvchining yo’l kuygan ayrim kamchiliklari va hal etgan ijobiy echimlarini aniqlash.

Dars tuzilishi: tashkiliy qism, kirish, yo’l – yo’riq, o’quvchilarning mustaqil ishlari, yakunlovchi yo’l – yo’riq ish o’rinlarini tartibga solish.

Darsning tashkiliy elementlari 5% gacha.

Kirish va yakunlovchi yo’l – yo’riqlarga - 5%.

O’quvchilarning ishlashi (ustaning nazorati ostida) – 90% gacha.

Tayanch so’z va iboralar:

O’quvchilarning ishlab chiqarish korxonalaridagi

o’qishlari

Ishlab chiqarish amaliyotlarini tashkil etish

Korxonalarda o’qitish vazifalari

Korxonalarda o’qitishga rahbarlik qilish

O’quv mashg’ulotlarini tekshirish va tahlil etish

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

I. A. Karimov. «Barkamol avlod orzusi». T. 1999 y.

I. A. Karimov. «Barkamol avlod Uzbekiston tarakkiyotining poydevori». T. 1997 y.

O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini isloh qilish buyicha me’yoriy hujjatlar I-kism, Toshkent, 1998 yil

O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini isloh qilish buyicha me’yoriy hujjatlar II-kism, Toshkent, 1998 yil

V. A. Skakun. «Ishlab chiqarish ta’limi ustozi uchun kullanma». Toshkent «O’qituvchi» 1992 y.

N.N.Azizxo’jaeva «Pedagogik texnologiya va pedagogik mahoart». Toshkent, Nizomiy nomidagi TDPU, 2003 y

R. X. Djuraev. «Teoriya i praktika intensifikasii professionalnoy podgogtovki uchahixsya proftexuchilih». Toshkent. «FAN» 1992 y.

S. A. Akmalova. «Ta’lim nazariyasi didaktika masalalari bo’yicha o’quv kullanma». Namangan 1993 y.

K. J. Mirsaidov. «Maxsus fanlarni o’qitish va ishlab chiqarish ta’limi». Toshkent «O’qituvchi» 1996 y.

M U N D A R I J A

So’z boshi

3

1-ma’ruza



Kirish.Fanning maqsadi va vazifalari

3

2-ma’ruza



O’quv rejasi va dasturlari

4

3-ma’ruza



Nazariy ta’lim. Dars va uning turlari

6

4-ma’ruza



Nazariy ta’lim tizimlarini o’rganish. O’qitish metodlari

8

5-ma’ruza



Bilim , ko’nikma va malakalarni tekshirish usullari. Kasb-hunar kollejlarida o’quv rejalashtirish xujjatlari

12

6-ma’ruza



Ixtisoslik fanlarini kasb-hunar kolleji o’quvchilari shaxsini shakllantirishdagi roli

15

7-ma’ruza



Mavzuning o’qitish metodikasini ishlab chiqish.

O’qitishning tashkiliy shakllari

17

8- ma’ruza



O’quv materiallarini bildirishining metod va metodik usullarini tanlash

21

9- ma’ruza



O’qituvchining o’quv materialini og’zaKi bayon etish metodikasi.

25

10-ma’ruza



O’qituvchi nutqining texnikasi. O’quvchilarni yangi bilimlarni suhbat metodida bayon etish.

28

11-ma’ruza



O’qitishda ko’rsatmali qo’llanmalar va texnika vositalaridan foydalanish

34

12-ma’ruza



O’quvchilarning kitob bilan ishlashi. O’quv materialini bayon etishni muammoli qilib tuzish

37

13-ma’ruza



Bilim, o’quv hamda malakalarni baholashning reyting tizimi

41

14-ma’ruza



Ishlab chiqarish ta’limi. Umumiy metodik ko’rsatmalar.

44

15-ma’ruza



Ishlab chiqarish amaliyotini tashkil qilish va o’tkazish

50

16-ma’ruza



Bitiruv oldi amaliyotini tashkil qilish va o’tkazish

55

17-ma’ruza



O’quv ustaxonalarida o’qitish

58

18-ma’ruza



Ta’lim-tarbiya jarayonlarini boshqarish

64

Foydalanilgan adabiyotlar



70

1 2 3 4 5 6

Обсудить данную работу

Похожие:


O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi andijon muhandislik-iqtisodiyot instituti

Navoiy davlat pedagogika instituti

O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti

...


O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti

Е s m u r g I ya. Bog’lamlar haqida tushuncha. Bosh va bo'yin sohasiga bog’lam qo’yish

Документы

1. /Pedagogika teoriyasi ha`m tariyxi (Pedagogika)J.Isakov.doc

Namangan viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi Namangan shahar xtbga qarashli 11-umumta’lim maktabining

«Detallarga o'lcham qo'yish». Mustaqil ishni oldin bajargan o'quvchilar baholanadi. O'tilgan mavzuga oid test, tarqatmalar tarqatiladi...

Namangan viloyati xalq ta’limi boshqarmasi Namangan shashar xalq ta’limi muassasalarini metodik ta’minlash va tashkil etish bo’limi

Navoiy Davlat Pedagogika Instituti Boshlang’ich ta’lim uslubiyoti fakulteti Psixologiya kafedrasi katta o’qituvchisi

Тафаккур инсоннинг аклий фаолиятининг юкори шакли,реал оламни акс эттиришнинг умумлашган на бевосита усули булиб, объектлар орасидаги...

Xalq ta’limi vazirligi muqimiy nomidagi qo’qon davlat pedagogika instituti musiqiy ta’lim kafedrasi

Агар шу муаммони ечолмасак, тоат-ибодатларимиз бир пул; тараққиёт ҳам, келажак ҳам фаровон ҳаёт ҳам бўлмайди, шундай экан мустақил...

O’zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi Vazirligi Namangan viloyati xalq ta’limi boshqarmasi Namangan shahar xalq ta’limi bo’limiga qarashli

«A» sinfda jami 34 nafar o`quvchi bo`lib, shulardan 20 nafari qiz, bugungi 34 nafar o`quvchilarning hammasi kеlgan

Kengashda Toshkent Davlat pedagogika universiteti professori A. T. Gafurovning "Biologiya darsligiga kiritilgan yangi mavzularni o`qitish metodikasi" mavzusida, Toshkent Davlat pedagogika universiteti professori J. O

Erinchoq bo'lganlarga parhez! 4 haftada -23 kg! ...

Врачи назвали злейшего врага сахарного диабета

Растение из СССР способно вернуть зрение даже в 75 лет! ...

Steepto


Разместите кнопку на своём сайте:

Документы

Документы

База данных защищена авторским правом ©uz.denemetr.com 2000-2015

При копировании материала укажите ссылку.

обратиться к администрации

Доклады

Лекции


Справочники

Методички

Erinchoq bo'lganlarga parhez! 4 haftada -23 kg! ...

Растение из СССР способно вернуть зрение даже в 75 лет! ...



Этот способ поможет вывести подкожный жир. В день сжигает 1 ...

Восстановить зрение до 99% за 7 дней без операции
Download 93,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish