Mavzu: O`quv muassasalarini boshqarishda kompyuterdan foydalanish


O’quv jarayonini samarali tashkil etishda elektron ta’lim portali va uning imkoniyatlaridan foydalanish



Download 1,05 Mb.
bet2/5
Sana31.12.2021
Hajmi1,05 Mb.
#249920
1   2   3   4   5
Bog'liq
zamonaviy A.Sardorbek

2.1.O’quv jarayonini samarali tashkil etishda elektron ta’lim portali va uning imkoniyatlaridan foydalanish



Malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimida masofali o’qitish jarayonini samarali tashkil qilishda turli elektron axborot ta’lim resurslar jumladan, elektron o’quv adabiyotlarini yaratishga alohida ahamiyat berish talab etiladi. Chunki, masofali o’qitish asosan ta’lim oluvchining mustaqil o’rganishiga asoslangan o’quv faoliyati hisoblanadi.

Masofali o’qitish - axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ilmiy asoslangan o’qitish usullarini qo’llab ta’lim olish shaklidir. o’qitishning bu shaklida malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimi tinlovchilariga mos o’quv kurslarini erkin tanlash, o’qituvchi bilan muloqat qilish sharoitlarini ta’minlaydigan an’anaviy, zamonaviy axborot-telekommunikatsiya texnologiyalariga asoslanadigan, o’qitish jarayonida tinglovchining qayerdaligi va vaqtga bog’liq bo’lmagan holda amalga oshiriladi.

Masofali o’qitishni tashkil qilish va unda ta’lim xizmatlari samaradorligini oshirishda axborot makonining o’rni juda katta. Ta’lim muassasalarida fanlardan axborot makonini yaratish internet va intranet tarmoqlarida ta’lim portallari tashkil qilish orqali amalga oshiriladi.

Ta’lim portalida masofali o’qitishni tashkil qilishda umumlashtirilgan o’qitish texnologiyalari va tizimlari yaratish muhim ahamiyatga ega. Umumlashtirilgan o’qitish texnologiyalari va tizimlariga ta’lim portalida joylashtirilgan o’quv dasturlari, rejalar, darsliklar, o’quv va metodik qo’llanmalar, seminar, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari mazmuni, test tizimlari majmuasini keltirish mumkin.

Ta’lim portali masofali o’qitishning rivojlanishiga, shu bilan birga uning asosiy vositasi hisoblanib, masofali ta’limning tashkiliy-uslubiy va me’yoriy-huquqiy bazasining rivojlanishiga, ta’lim oluvchilar va pedagoglarni mutlaqo yangi vositalar bilan ta’minlashga, pedagogik tadqiqotlarni rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

Ta’lim portali o’z ichiga trenajyorlar, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari uchun vazifalar, test topshiriqlari, bir vaqtning o’zida bilim berish va ularni o’zlashtirish jarayonini nazorat qiluvchi dasturiy ta’minotlarni qamrab oladi. boshqacha aytganda u o’quv predmetlarining asosiy axborotli qismini bayon etuvchi, olingan bilimlarni mustahkamlashga mo’ljallangan mashqlar, o’quvchilarning bilimlarini baholash imkoniyatini beradigan test texnologiyalaridan tashkil topadi.

Ta’lim portalidagi mustaqil ta’lim mashg’ulotlari uchun yaratilgan elektron o’quv-uslubiy materiallar avtomatlashtirilgan dasturiy vositalar yordamida faoliyat olib boradi. Avtomatlashtirilgan o’quv-uslubiy materiallar ta’lim oluvchilarga kerakli mavzular bo’yicha ma’lumotlarni tavsiya etadi va bilimlarni nazorat qiladi. Bilimlarning nazorati natijasiga qarab ta’lim oluvchilarga turli saviyadagi topshiriqlar tavsiya qilinadi. Avtomatlashtirilgan o’quv-uslubiy ta’lim vositalari yordamida ta’lim oluvchilar o’qituvchining yordamisiz ham o’z bilimlarini oshirib takomillashtirib borishi mumkin.

Masofali o’qitish uchun yaratiladigan o’quv-uslubiy materiallarga quyidagi talablar qo’yiladi:

- fan mazmuni davlat ta’lim standartlari va o’quv maqsadlariga mos kelishi;

- mustaqil ta’lim olishni ta’minlashi;

- fan bo’yicha yetarli miqdorda ma’lumotlarni o’zida jamlashi;

- fan bo’yicha mashq va masalalar bilan ta’minlashi;

- boshqa fanlar bilan o’zaro bog’lanishi;

- o’z-o’zini baholash va nazorat qilish va boshqalar.

Masofali o’qitish uchun o’quv-uslubiy materiallar yaratish murakkab jarayon bo’lib, ularni yaratishga bir qancha turli yo’nalishdagi mutaxassislar jalb qilinadi. Ularga fan o’qituvchilari, psixologlar, dasturchilar, dizaynerlar, kompyuter grafikasi ustalari kabilarni keltirish mumkin. Shuningdek, o’quv-uslubiy materiallarni yaratishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning yutuqlaridan foydalaniladi.

Internet tarmog‘ida Respublikamizda ta’lim oluvchilar uchun bir qancha axborot ta’lim resurslari mavjud bo‘lib, ularga quyidagilarni keltirish mumkin:



www.edu.uz – O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy sayti. Ushbu sayt orqali O‘zbekiston Respublikasining Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tarkibi, faoliyati va ta’lim muassasalari haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

www.edu.fan.uz – O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining rasmiy sayti. Ushbu sayt orqali O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tarkibi, faoliyati va ta’lim muassasalari haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

www.natlib.uz – Alisher Navoyi nomli O‘zbekiston Milliy kutubxonasi sayti. Ushbu sayt orqali Milliy kutubxonada mavjud axborot resurslar haqida ma’lumotga ega bo‘lish mumkin. Unda elektron katalog bo‘lib, kerakli adabiyotlar haqida qisqacha izohli ma’lumotlarni olishingiz mumkin.

www.istedod.uz – Respublika Prezidenti huzuridagi “Iste’dod” jamg‘armasi portali. Uning tarkibida 5 ta masofali o‘qitish kurslari mavjud. Ular “Innovatsion texnologiyalar”, “Axborot texnologiyalari va masofali o‘qitish”, “Ma’naviyat va ma’rifat”, “Tarbiyaviy ishlarni tashkil etish” va “Boshqaruv faoliyatini tashkil etish” deb nomlangan.

www.pedagog.uz - Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshida tashkil qilingan ta’lim portali. Bunda TDPU faoliyati bilan tanishish bilan birga, universitetda tashkil qilingan axborot resurs makonida joylashgan ma’lumotlar (pedagogikaga doir o‘quv adabiyotlari va me’yoriy hujjatlar) bilan tanishishingiz mumkin.

www.e-darslar.net - O‘zbek Internet foydalanuvchilari uchun onlayn, elektron darslar portali. Bu portalga kirsangiz, sizga portaldan foydalanish uchun maxsus login va parol beradi. Bu portalda turli xil elektron o‘quv adabiyotlar mavjud.

www.ref.uz – Respublikamiz talaba yoshlari uchun fanlardan mustaqil shug‘ullanishlari uchun referatlar sayti. Referatlar saytida o‘quvchilar va talabalar uchun turli xil o‘quv predmetlaridan turli xil mavzular bo‘yicha referatlar to‘plami joylashtirilgan.

www.ziyonet.uz - O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining axborot ta’lim portali. Bu portal Respublikamiz bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilar tomonidan tayyorlangan darslik, o‘quv qo‘llanma va metodik qo‘llanmalari joylashtirilgan.

Ziyonet axborot ta’lim tarmog’i O’zbekiston Respublikasi 1-Prezidenti I.Karimovning 2005 -yil 28- sentyabrdagi “O’zbekiston Respublikasining jamoat ta’lim axborot tarmog’ini tashkil etish to’g’risida” gi Qarori asosida tashkil etilgan. Ziyonet axborot ta’lim tarmog’ining asosiy vazifasi ta’lim portali sifatida faoliyat ko’rsatib, Respublikamiz o’quvchilari va talaba yoshlarini axborot resurslari bilan ta’minlashdan iborat.

Ziyonet axborot ta’lim portali quyidagi bo’limlardan iborat: Bosh sahifa, Publikatsiyalar, Katalog, Kutubxona, Tanlovlar, Arboblar, Ma’lumotnoma, Forum.

Portalni ishga tushirish uchun brouzer dasturi (Internet Exploler, Opera yoki boshqa dasturlar) ishga tushirilib, adreslar qatoriga http://www.ziyonet.uz ko’rinishdagi buyruq beriladi. Natijada ekranda portalning bosh sahifasi hosil bo’ladi.





Ziyonet axborot ta’lim portali bosh sahifasi.

Bosh sahifadan kerakli menyu bo’limlari tanlanadi. Masalan, portalning kutubxona fondiga kirmoqchi bo’lsak, “Biblioteka” bo’limi ishga tushiriladi. “Biblioteka” bo’limidan kerakli fan sohasi tanlanib olinadi. Masalan “Informatika” bo’limi tanlab olinsa, shu sohaga oid o’quv adabiyotlari ro’yxati ekranga chiqariladi. Har bir o’quv adabiyotining mazmunini chiqarish uchun adabiyot nomi gipermurojaatlar yordamida amalga oshiriladi. Bu jarayonlar quyidagi rasmlarda keltirilgan:



Ziyonet axborot ta’lim portali “Biblioteka” sahifasi.



Ziyonet axborot ta’lim portali “Biblioteka” sahifasi bo’yicha tanlangan resurslar ro’yxati.

Ro’yxatdagi gipermatnlar ishga tushirilsa mos o’quv adabiyotlari mazmuni va avtorlari ekranga qisqacha e’lon qilinadi.

Ziyonet axborot ta’lim portali “Biblioteka” sahifasi bo’yicha tanlangan resurs haqida qisqacha ma’lumot.

O’quv adabiyotini to’liq ko’rish yoki o’zingizning kompyuteringizga ko’chirib olish uchun “Skachat” bo’yrug’ini bajarish kerak.

Ziyonet axborot ta’lim portalidan tanlangan resursni ko’chirib olish.



Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish