2-Seminar mashg‘uloti.
Mavzu: O‘quv-metodik ta’minot va uni tashkil etish
1. Fanni o’qitishda o’quv materiallar ta’minoti(darslik va o’quv qo’llanmalar).
2. O’qitishda metodik ta’minot.
3. O ’qitishda interfaol metodlar.
1. O’quv-uslubiy ta‟minot o'quv dasturlari, darsliklar, о’quv va uslubiy qо’llanmalarni о’z ichiga oladi. Bunda asosiy о’rin darslik va о’quv qо’llanmalariga ajratilgan. qolgan о’quv-uslubiy ta’minot asosiy darslik bilan yaqindan bog’langan bо’lib, darslikdagi g’oyalarni tushuntirish va rivojlantirishga xizmat qilishi lozim. О’quv-uslubiy ta’minot tarkibiga davriy nashrlardagi, oliy va о’rta maxsus ta’lim va xalq ta’limi vazirliklar nashrlaridagi uslubiy materiallarni va meyoriy hujjatlarni kiritish mumkin. О’quv-uslubiy ta’minotning hozirgi davrdagi muhim komponenti bu, elektron о’quv-uslubiy materiallardir. O’zbekiston Respublikasida о’quv jarayonida elektron darsliklar keng qо’llanilmoqda.
О’quv-uslubiy adabiyotlarning yangi avlodini yaratish konsepsiyasi, an’anaviy materiallardan foydalanishdan tashqari, quyidagi elektron о’quv-uslubiy materiallarni ishlab chiqishni nazarda tutadi.
elektron ma’lumotnomalar;
elektron о’quv qо’llanmalar;
elektron darsliklar;
elektron ensiklopediyalar;
elektron plakatlar
elektron laboratoriya ishlari va hokazo.
2. Ba‟zi didaktik metodistlar ta‟lim metodlarini o„quvchilarni bilmaslikdan bilishga borish yo„li, ayrim olimlar esa, ularni o„qituvchi va o„quvchi faoliyatini o„zaro bog„lovchi metodlar, deb qarashadi. Ta‟lim metodlarini o„quv ishlari majmui, shuningdek, ta‟lim mazmuni shaklida qarash g„oyasi ham bor. Bu qarashlarning qay biri asosida ta‟lim metodlarining mohiyati, o„quv-tarbiya jarayonidagi funksiyalarini batafsilroq tasavvur etish mumkin? Didaktikada hali ham keng munozarali muammolardan biri ta‟lim metodlari tasnifi masalasidir. Ularni ta‟lim manbalari, didaktik vazifalar, mantiqiy fikrlash shakllariga qarab tasnif etish moyilligi mavjud. Ta‟lim metodlarini tasnif etishda shu yo„nalishlardan qay biri ma‟qul? Yoki ta‟lim metodlarini tasnif etishning boshqa mezonlari ham mavjudmi? Adabiyotlarda «o„qitish metodlari», «o„qish metodlari» kabi terminlar qo„llanadi. Shunday bo„lgach, «ta‟lim metodlari» iborasini ishlatishga ehtiyoj bormi? “Metod” termini yunonchadan tarjima qilinganda ma‟lum bir maqsadga erishish yo„li, faoliyat usuli ma‟nolarini anglatadi. Ta‟lim metodi deganda ta‟lim jarayonida o„qituvchi va o„quvchilarning kutilgan maqsadga erishishga qaratilgan hamkorlikdagi faoliyat usullari tushuniladi. Ularga ko„ra ta‟lim mazmunini o„zlashtirishga mos faoliyat tanlanadi. Ta‟lim metodlari o„quv-tarbiya jarayonining tarkibiy qismi bo„lib, ularsiz ta‟lim maqsadi, vazifalarini amalga oshirish, o„quv materiallari mazmunini o„zlashtirish mumkin emas. Ta‟lim metodlari ham o„quv materiali mazmuniga, binobarin, bolalarning ma‟lumoti, taraqqiyoti, tarbiyasiga, shuningdek, o„qitish, o„qish faoliyatlarining bir-biriga kirishuvi va shu asosda o„zaro ta‟sirning yuzaga chiqishiga yo„nalgan. Ta‟lim metodi vositasida o„qituvchi va o„quvchining faoliyati o„zaro muvofiqlashadi. Ta‟lim metodi-o„qituvchi va o„quvchilarning ma‟lumot mazmuniga yo„nalgan faoliyatini tartibga solish yo„lidir. Ta‟lim metodlari tarkiban o„qitish metodlari va o„qish metodlaridan iborat.
3. O„nlab yillar o„tkazilgan tadqiqotlar natijasi shuni ko„rsatadiki, an‟anaviy dars o„tish ta‟limning o„ziga xos modellaridan biri bo„lib qolmoqda. An‟anaviy dars – muayyan muddatga mo„ljallangan, ta‟lim jarayoni ko„proq o„qituvchi shaxsiga qaratilgan, mavzuga kirish, yoritish, mustahkamlash va yakunlash bosqichlaridan iborat ta‟lim modelidir. O„quv materiali yangi va ancha murakkab bo„lganda, an‟anaviy dars – ko„p hollarda ta‟lim jarayonining birdan-bir metodi bo„lib qolmoqda. Ma‟lumki, an‟anaviy darsda ta‟lim jarayonining markazida o„qituvchi turadi. Shu bois ba‟zida an‟anaviy darsning markazida o„qituvchi turgan o„qitish usuli deb ham atashadi. Markazda o„quvchi bo„lgan o„quv jarayonining, darsning maqsadi va uning ijobiy jihatlari quyida keltirilgan asoslarga tayanadi: O‛quvchining o„qishga bo„lgan ishtiyoqini oshirib borish; Ilgari egallagan bilimlarni ham inobatga olish; O„qish jarayoni tezligini muvofiqlashtirish; O„quvchi tashabbusi va majburiyatini qo„llab-quvvatlash; Amaliyot orqali o„rganish; Ikki tomonlama fikr-mulohazalar bilan ta‟minlash; O„qish jarayonini to„g„ri yo„lga qo„yish; O„qituvchi-o„quvchilar uchun o„quv jarayonini engilashtiruvchi shaxs; O„quv jarayonini baholash. An‟anaviy dars o„tish modelida ko„proq ma‟ruza, savol-javob, amaliy mashq kabi metodlardan foydalaniladi. Shu sabab, bu hollarda an‟anaviy dars samaradorligi ancha past bo„lib, o„quvchilar ta‟lim jarayonining passiv ishtirokchilariga aylanib qoladilar. Tadqiqotlar shuni ko„rsatadiki, an‟anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda, unga turli–tuman o„quvchilar faoliyatini faollashtiradigan metodlar bilan boyitish o„quvchilarning o„zlashtirish darajasini ko„tarilishiga olib kelar ekan. Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi o„qituvchi tomonidan o„quvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta‟lim jarayonida faolligi muttasil rag„batlantirilib turilishi, o„quv materialini kichik-kichik bo„laklarga bo„lib, ularning mazmunini ochishda bahs, munozara, aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash tadqiqot rolli o„yinlar metodlarini qo„llash, rang-barang qiziqtiruvchi misollarning keltirilishi, o„quvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash, rang-barang baholash usullaridan foydalanish ta‟lim vositalaridan joyida va vaqtida foydalanish talab etiladi. Darslik bilan ishlash metodi Ta‟lim tizimida darslik bilan ishlash metodi asosiy o„rinlardan birini egallaydi. Binobarin, darslikdan foydalanmay biror fan, texnika yoki san‟at sohasini egallab bo„lmaydi. Darslik bilan ishlash – birinchi tomondan ta‟lim jarayonida o„qish-o„qitish ishlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun yordam bersa, ikkinchi tomondan, o„quvchilarning kelajakdagi faoliyati uchun zarur bo„lgan ilmiy va ilmiy-ommabop adabiyotlarni mustaqil o„qib-o„rganish madaniyatini tarkib toptirish bilan birga u bolalarni ko„nikma va malakalar bilan qurollantirishda katta ahamiyatga ega. O„quv adabiyoti bilan ishlash murakkab psixik jarayonni o„z ichiga oladi. O„qish jarayoni o„qituvchi tomonidan bayon qilinayotgan bilimlarni o„quvchilarning eshitib, o„qishlarinigina emas, balki o„quv materiallarini (ma‟lumotlarni) kitob matnidan ko„rib, ongli idrok qilish faoliyatini ham taraqqiy ettirishni nazarda tutadi. Darslik bilan ishlash metodi ikki shaklda olib boriladi: dars jarayonida darslik va o„quv adabiyoti bilan ishlash; darslik va o„quv adabiyotlari bilan sinfdan va maktabdan tashqari mustaqil ishlash. Kitob bilan ishlashning har ikkala shakli o„quv fanlari bo„yicha deyarli hamma sinflarda qo„llanishi mumkin. O„quvchilarni darslik va boshqa o„quv ma‟lumotlari bilan birga qo„shimcha adabiyot, ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar, shuningdek gazeta, jurnallardan foydalanishga ham o„rgatish kerak. Uzluksiz ta‟lim tizimi uchun o„quv adabiyotlarining yangi avlodlarini yaratish kontsepsiyasida ularning ta‟rifi va shakllari ko„rsatilgan. O‘quv adabiyotlari – muayyan ta‟lim turi (yo„nalishi yoki mutaxassisligi) o„quv rejasida qayd etilgan fanlar bo„yicha tegishli o„quv dasturlari asosida zarur bilimlar majmuasi keltirilgan, o„zlashtirish uslublari va didaktikasi yoritilgan (shu jumladan, xorijiy tarjimalar) manbaa bo„lib, 2 xil shaklda tayyorlanadi. 1) An‟anaviy (bosma) o„quv adabiyotlari – ta‟lim oluvchining yoshi va psixofiziologik xususiyatlari, ma‟lumotlar hajmi, shriftlari, qog„oz sifati, muqova turi va boshqa ko„rsatkichlarni hisobga olgan holda qog„ozda chop etilgan manba. 2) Elektron o„quv adabiyotlari – zamonaviy axborot texnologiyalari asosida ma‟lumotlarni jamlash, tasvirlash, yangilash, saqlash, bilimlarni muloqot usulida taqdim etish va nazorat qilish imkoniyatlariga ega bo„lgan manba. Kompyuterlarning ta‟lim jarayoniga kirib kelishi natijasida talabalarga kompyuterlardan darsda, o„quv-amaliyotda va mustaqil ravishda foydalanish imkoniyati yaratildi. Talabalar kompyuterlar yordamida bilim olish, olgan bilimlarini tekshirish, o„zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatlariga ega bo„ldilar. Bu imkoniyatlarni esa bizga kompyuterlar orqali dars o„tish tizimlari-masofadan turib talim berish (Distatsion talim) va elektron darsliklar yaratib beradi. Umumiy holda esa elektron qo„llanmalarga quyidagicha ta‟rif berish mumkin: Elektron qo„llanma - birinchi navbatda talabalarga yangi ma‟lumotlarni taqdim etish, ma‟lumotlarni bosmaga chiqarish, mustaqil, yakka tartibda (individual) ta‟lim olish, olingan bilimlarni tekshirish va shu kabi ishlarni amalga oshirish uchun mo„ljallangan kompyuterda yaratilgan pedagogik dastur bo„lib, bu dasturni ishlatish jarayonida multimedia vositalaridan unumli foydalaniladi. Bundan tashqari, elektron qo„llanmada faqatgina matnli ma‟lumotlar bilangina cheklanib qolmasdan, axborotli texnologiyaning hamma imkoniyatlaridan foydalaniladi. Endi, elektron qo„llanmaning oddiy qo„llanmadan farqli tomonlari bilan tanishib o„tsak: - Elektron qo„llanmada matnli ma‟lumotlar kamroq berilishi kerak. Chunki, matn qanchalik ko„p bo„lsa, uni o„qish va tushunib olish murakkablashadi va o„quvchini zeriktirib qo„yadi. - Bunday qo„llanmalarda juda ko„p tasviriy, ko„rgazmali (illyustrativ) materiallardan foydalanish kerak. Chunki, darsda qanchalik ko„p ko„rgazmalardan foydalanilsa bu darsning samaradorligi shunchalik ko„p bo„lishi hammamizga ayon. - Qo„llanmada har xil videoko„rinishlardan foydalanilsa, darslikka talabaning e‟tibori va qiziqishi ortadi va dars sifati yanada ko„tariladi. - Elektron qo„llanma nafaqat matnli va ko„rgazmali balki, ovozli ham bo„lishi kerak. Bunda talaba darsni faqatgina ko„rish emas, ko„rish bilan birgalikda ovozini eshitish orqali o„zlashtiradi. Tajribalardan ma‟lumki, matnni o„qish orqali talaba 12%, ko„rgazmali bo„lsa 25% atrofida, matnli, ko„rgazmali va ovozli bo„lsa 65% va undan yuqori darajada o„zlashtiradi. - Elektron qo„llanmada foydalanilgan adabiyotlar va tavsiya etiladigan adabiyotlar ro„yhati keltirilishi kerak. Bulardan tashqari tarmoqdagi yoki Internetdagi ma‟lumotlarga murojatnomalar bo„lsa, bu darslikning samaradorlik darajasini orttiradi. - Elektron qo„llanmada shu fanga o„z hissasini qo„shgan buyuk olimlar hayoti va ijodi haqida ma‟lumotlar kiritilishi mumkin. Darslik bilan tanishayotgan o„quvchi fanni o„zlashtirish bilan birgalikda, ma‟naviy ongini shakllantirib boradi. Qo„llanma nafaqat, matnli va grafikli ma‟lumotlarni yana qo„shimcha ravishda, ovozli va videoko„rinishli ma‟lumotlarni o„zida jamlar ekan, u ta‟lim berish jarayonini mustaqillashtiradi. Elektron darslik orqali dars berishda o„qituvchi-o„quvchi munosabati emas balki, o„quvchi–kompyuter munosabati o„rnatiladi va talaba bilan kompyuter o„rtasida interaktiv aloqa o„rnatiladi. Talaba darsni mustaqil o„zi o„zlashtiradi, o„qituvchi esa nazoratchi vazifasini bajaradi. Zamonaviy pedagogik texnologiyaning maqsadi ham shu. Elektron qo„llanmaga quyidagicha talablar qo„yish mumkin: Ana‟naviy qo„llanmadan elektron qo„llanmning afzalligi uning «intellektual» kuchga ega bo„lishi bilan bir qatorda, ma‟lumotlarni o„z vaqtida va kerakli joyda taqdim etish imkoniyatiga ega ekanligidadir. Elektron darslik ma‟lum bir predmet bo„yicha barcha tegishli o„quv materiallarini o„zida ifoda etgan bo„lishi kerak. Uning intellektual darajada bo„lishi esa o„z navbatida oddiy darslikka nisbatan bir qator afzalliklarni tug„diradi. Masalan, ma‟lumotlarni tez izlab topish, mavzularni o„zlashtirish darajasini multimedia va grafika elementlari yordamida amalga oshirish va hakazo
Do'stlaringiz bilan baham: |