3 – bosqich. Taqdimot
|
Guruh a’zolari birgalikda bajargan ish natijalarini ko‘rgazmali vositalar yordamida taqdimot etadilar.
Boshqalar ushbu material qismini o‘zlashtirilganligini aniqlash maqsadida o‘zaro tekshiru savollarini beradilar.
|
Joriy baxolar amaliy, labaratoriya va seminar mashg‘ulotlari uchun qo‘yiladi. Oraliq baxolar nazariy bilim uchun malum bir yoki bir necha mavzular tugallangandan keyin qo‘yiladi. YAkuniy baxolar yanni to‘liq o‘tib bo‘lgandan keyin ko‘yiladi. Baholash 100 % yoki 100 ballik tizimdan kelib chiqib amalga oshiriladi.
Konchilik korxonalarida o‘tiladigan amaliyotlar quyida keltiriladigan tartibda tashkil qilinadi. Amaliyotni o‘tkazish uchun har bir o‘quv yilining boshida konchilik korxonalari bilan ikki nusxada ikki tomonlama shartnoma tuziladi.
SHartnomada talim yunalishining yoki mutahassisligining shifri va nomlanishi, amaliyotning turi va muddati, hamda talabalarning soni ko‘rsatiladi. SHu bilan birga shartnoma tuzayotgan tomonlar va ularning majburiyatlari hamda umumiy qoidalar keltiriladi. SHartnoma ikki tomonlama imzolanib muhrlanadiyu
Ushbu shartnomaga asosan amaliyotlarni o‘tash uchun ToshDTU bo‘yicha buyruq chiqariladi. Buyruqda guruhlar, amaliyot turi, talabalarning ismi, shariflari va soni, amaliyotlar o‘tiladigan konchilik korxonalari, tayyorlangan amaliyot rahbarlari va rahbarlik muddatlari keltiriladi.
Amaliyot boshlanishidan oldin talabalar tibbiy ko‘rikdan o‘tib sog‘liklari to‘g‘risida malumotnoma oladilar. YAna talabalarga amaliyotni o‘tish to‘g‘risida yo‘l – yo‘riq berish suxbati o‘tkaziladi, bunda xayot faoliyati xavsizligiga amal qilish lozimligiga katta ahamiyat beriladi. Talabalarga amaliyotga borib ishga joylashishi, amaliyotni o‘tish va xisobot yo‘zish uchun amaliyotga
yo‘llanma, kundalik hamda amaliyot o‘tish dasturi bu uslubiy ko‘rsatmalar beriladi. Amaliyot rahbari talabalarni konchilik korhonalariga amaliyotga olib borib ishga joylashtiradilar, amaliyot o‘tilishini nazorat qiladilar, maslahatlar beradilar, muammolar kelib chiqsa hal qilishga yordam beradilar. SHu bilan birga amaliyotga rahbarlik qilish uchun kon korhonasi tomonidan tegishli buyruq bilan masul shaxs tayinlanadi. Bu rahbar talabalarning amaliyotdagi faoliyatlarini nazorat qiladilar, ish o‘rgatadilar, maslahatlar beradilar, xisobga malumotlar to‘plashda kelib chiqadigan muammolarni xal qilishda yordam beradilar. Amaliyotlarning boshlanishida talabalarga xayot faoliyati xavsizligi bo‘yicha darslar o‘tiladi va ular sinovdan o‘tadilar. Amaliyotda talabalar berilgan topshiriqlarni bajarish bilan birga OTMda olgan nazariy bilimlarini mustahkamlaydilar, kundalikni to‘ldirib boradilar va dasturga muvofiq xisobot uchun malumotlar to‘playdilar. Amaliyotning oxirida xisobotni rasmiylashtiradilar. Korxonadagi amaliyot razbari xisobotni ko‘rib chiqib qabul qiladi. Xisobotni va to‘ldirilgan kundalikni imzolaydi va bularga korxonaning muxri bosiladi. Talabalar amaliyotdan fakultetga belgilangan vaqtga qaytaradilar. Kafedraga machsus tuzilgan hayat azolari talabalardan amaliyoti xisobotini qabul qiladilar va baxo qo‘yadilar. O‘tilgan amaliyot bo‘yicha kafedrada hisobot tuziladi va ToshDTU ning amaliyot bo‘limiga topshiriladi.
Kurs ishi va loyixasini bajarish uchun tegishli fan o‘qituvchisi kafedra mudiri tomonidan tasdiqlangan topshiriq beradi. Talaba kafedraga tuzilgan kurs ishi yoki loyixasi izox yozuvi va chizmalardan iborat bo‘ladi va belgilangan jalval bo‘yicha tegishla bilimlari tayyorlanib boradi. Tegishli fan o‘qituvchisi raxbar hisoblanadi va belgilangan vaqtlarda maslahatlar beradi va ishning bajarilishini nazorat qiladi. Maxsus tuzilgan hayat azolari talabalarning ishlarini qabul qiladilar va baxo qo‘yadilar.
Bituruv malakaviy ishlarini va magistrlik dissertatsiyalarini tayyorlash uchun talabalar mavzular tanlaydilar. Bu mavzular va raxbarlar ToshDTU bo‘yicha buyruq bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu ishlarni bajarish uchun raxbar tomonidan kafedrada tasdiqlangan topshiriq beriladi. Topshiriqqa muvofiq ishni bajarish dasturi tuzib beriladi. Ishlarni bajarish uchun talabalarga alohida honalar ajratiladi. Bu honaga ishlarni bajarish jadvallar va boshqa kerakli malumotlar osib qo‘yiladi. Topshiriq va dastur asosida talabalar jadvalga muvofiq ishlarni tayyorlab boradtlar. Bahbarlar talabalarning faoliyatlarini nazorat qiladilar, tegishli maslahatlar beradilar. Kafedra majlislarida belgilangan vaqtlarda talabalar tomonidan bajarilgan ishlar hajmlari ishlab chiqiladi.
Bituruv malakaviy ishi va magistrlik dissertatsiyasi tayyor bo‘lgandan keyin, talab qilinadigan shaklda zasmiylashtiriladi. Bajarilgan ishlarga rahbar taqriz yozadi. SHu bilan birga tegishli mutuxassislardan tashqi taqriz xam olinadi.
Bu ishlarni himoya qilish uchun Davlat attestatsiya xayatlari azolari oldida bajargan ishlarini himoya qiladilar va baho oladilar.
Kaedra tomonidan bituruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalarning ximoyalari bo‘yicha xisobot yoziladi va o‘quv bo‘limiga topshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |