Talabalarning jamoat ishlaridagi faoliyatlari. Kafedra “Komolot” xarakati, kasaba uyushmasi tashkiloti tomonlaridan tashkil qilinadi. Talabalar o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida ko‘rik – tanlovlarda, ilmiy anjumanlarda, sport musobaqalarida, obodonchilik ishlarida va hasharlarda qatnashadilar.
Talabalarning ilmiy – tadqiqot ishlari mutaxssislarni tayyorlashning sifatini oshirish uchun qo‘llaniladigan yuqori ahamiyatli vositalardan biri hisoblanadi. Talabalarning ilmiy ishlariga jalb qilish, ularning ijodiy va faoliyat imkoniyatlaridan xalq xo‘jaligidagi dolzarb masalalarini echishda foydalanish imkoniyatini yaratadi. Talabalarning ilmiy – tadqiqot ishlarida ilmiy va texnikaviy masalalarni mustaqil ravishda echishda qo‘llaniladigan uslub va vositalarni, ilmiy jamoalarda ishlash kshnikmalarini o‘rganish, asosiy maqsad xisoblanadi. Ishlashni tashkil qilish usullari bilan tanishtirish asosiy maqsad hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |