Mavzu: Oʻquv jarayonida axborot texnologiyalarning asosiy yoʻnallishlari va uni tadbiq etish. Reja: I. Kirish


Oʻquv talim jarayoni texnologiya printsiplari va ularning qollanilishi



Download 422,5 Kb.
bet4/5
Sana18.01.2022
Hajmi422,5 Kb.
#391024
1   2   3   4   5
Bog'liq
Sitora TAT

Oʻquv talim jarayoni texnologiya printsiplari va ularning qollanilishi.

Ta’lim jarayoni oʻziga xos tizim bo`lib, uning tarkibiy qismlari sifatida biz yuqorida ko`rib oʻtgan ta’lim maqsadi (resp. Oʻquv predmeti maqsadi), ta’lim mazmuni (oʻquv materiali), ta’lim usuli, ta’lim vositalari, shuningdek, oʻquvchi ~ ustoz munosabatilarini oʻz ichiga oladi, didaktik qonuniyatlarga boʻysunadi. Didaktik qonuniyatlar esa, oʻz navbatida, ijtimoiy qonunlarning bir ko`rinishidir. "Ijtimoiy qonunlar tabiat qonunlari kabi haqqoniy va mutlaqdir. Ular inson ixtiyori va irodasiga bo`ysunmaydi, lekin ularni uqish, taraqqiyot yo`nalishida borib, ulardan amaliy foydalanish, ya’ni qonuniyatlarga bo`ysunish orqaligina ularni inson manfaatlariga bo`ysundirish, boshqarish insoniyatga ulkan imkoniyatlar bersa, zid harakat, qarshi borish, odatda, katta zararlar, inkor etish esa, tasavvur qilib bo`lmas fojialar keltiradi. Ijtimoiy qonunlarning ham, tabiat qonunlarining ham pirovard natijasi ma’lum turdagi samaradorlikdir. Chunonchi, ma’lum bir turdagi hosil olish uchun saralangan urug` tanlab, ishlov berilgach, yerga qadalsa, rivojlanish qonuniyatlariga uyg`un ravishda o`z vaqtida parvarish qilinsa, albatta, ko`p hosil–samara olinadi. Lekin bu jarayonning biror bosqichida tabiiy qonuniyatlardan atigi biri buzilsa, unga rioya qilinmasa, barcha mehnat barbod bo`ladi. Tabiat qonunlariga bo`ysunish hamma uchun tushunarli; lekin ijtimoiy qonunlarga bo`ysunish yoki bo`ysunmaslik oqibatlarini ko`rish ancha murakkab, buning uchun juda ko`p hollarda uzoq yillar kerak…"1 Haqqoniy va mutlaq tabiatli didaktik qonunlarga ko`ra, davr talablari (ijtimoiy talablar va ijtimoiy taraqqiyotning mutlaq qonunlari bilan uyg`un bo`lgan) ta’lim maqsadi bilan ta’lim mazmuni, usuli va vositalari uyg`un bo`lgan taqdirdagina o`quvchi~ustoz munosabatilari unga uyg`un bo`la oladi va tizim tugallikka ega bo`ladi, o`z maqsadiga erishishi mumkin. Aks holda, chunonchi, o`simlikni yetishtirish davrida istagan bir bo`g`inda uzilish butun mehnatni zoye ketkizganidek, ta’lim mazmuni yoki usuli va vositalarida, o`quvchi~ustoz munosabatlarida ta’lim maqsadiga nomuvofiqlik butun didaktik jarayonni barbod qilishi muqarrar. Shuning uchun maqsad mustaqil fikrlovchi ijodiy tafakkur sohibini tayyorlash bo`lgach, ta’lim mazmuni (o`quv materiali, o`zlashtirilishi zarur sanalgan bilimlar tizimi) pragmatik ahamiyatli, tatbiqiy, o`quvchi kundalik faoliyatida amalda qo`llay oladigan, ta’lim usuli o`quvchini fikrlash, izlash va topishga undaydigan, ta’lim vositalari darslik bilan cheklanib qolmay, o`quvchini axborot manbalari bilan ishlashga undaydigan, ustoz esa o`quvchining o`ta murakkab kuzatish, izlanish, topish, fikrlash va qo`llash jarayonining mohirona boshqara oladigan bo`lmog`i shart – didaktik tizimning barcha bo`g`inlari bir-biriga muvofiq bo`lib, biri ikkinchisini to`ldirib borishi zarur.

Yuqorida bir necha marta takrorlaganimizdek, bu juda murakkab va ancha vaqt-u mehnatni talab qilidigan jarayondir. Xususan, maqsad~mazmun~usul~ vosita~ustoz~o`quvchi munosabatlari tizimning 4- va 5-bo`g`inlari – bu birinchi navbatda ko`p ming kishilik o`qituvchilar jamoasining ko`nikmalarini, ish usullarini tubdan yangilash bilan uzviy bog`liqdir. DTSlari, ularning asosida yangi dastur tasdiqlanib, bu dastur asosida yangi darslik tuzilib, amalga joriy etilgach, qiziq bir voqeaning guvohi bo`ldik. Bir necha maktab jamoasidan yangi darsliklarning yaroqsizligi, ulardan amaliy foydalanishning imkoniyati yo`qligi haqida xabarlar olindi. Masalani atroflicha o`rganish maqsadida shunday xabar tashkilotchilaridan bo`lgan bir maktab jamoasi bilan darslik mualliflari, ta’lim boshqarmasi mutasaddilari va metodistlar uchrashuvi o`tkazildi. Bu maktabdan kelgan norozilik xati tajribali, obro`li o`qituvchilar va ota-onalar tomonidan imzolangan edi. Masalani o`rganish shuni ko`rsatdiki, norozilik va janjal 5-sinf “Ona tili” darsligi “Fonetika”bo`limida berilgan mashqni bajarishdan boshlangan. Sinfda o`quvchilar bilan o`tkazilgan suhbatdan ma’lum bo`ldiki, darslikda berilgan topshiriq bilan ustoz (sinfda fan o`qituvchisi) bergan topshiriq bir-biriga muvofiq kelmagan. Darslik kir~qir, kul~qul, bor~bar kabi so`z juftliklarini berib, ularning talaffuzini kuzatish topshirig`ini bergan. Fan o`qituvchisi o`quvchilarga berilgan so`zlarni qo`llab gap tuzib kelish topshirig`ini bergan. Natijada, kir, qir, kul, qul, bor, bar kabi omonim so`zlarni qo`llab gap tuzishda chalkashlik va anglashilmovchilik yuz bergan, ona-onalarning ham noroziligiga sabab bo`lgan. Sinf fan o`qituvchisining ko`p yillik odatiy ko`nikmalariga tamoman yot bo`lgan, tamoman boshqacha ishlashni talab etadigan darslik norozilik xatiga asos bo`lgan. Darslik topshirig`i bilan sinf o`qituvchisining bergan topshirig`i to`la mos kelishi, albatta, shart emas, lekin ustoz topshirig`i o`ylanmagan, tasodifiy ham bo`lmasligi kerak.

Yana bir misol: Yuqorida ta’lim maqsadi va mazmuni orasidagi mutanosiblik ko`pincha o`quv dasturlari va darslik mualliflari tomonidan hisobga olinmayapti deb ta’kidladik. Fikrimizni dalillash uchun e`tiborni umumiy o`rta ta’lim maktablarining 5-sinflari uchun mo`ljallangan "Ona tili" o`quv darsligi1ga qaratamiz. Avvalo ta’kidlash joizki, mazkur darslik mustaqillik sharofati bilan yaratilgan hozirgi kunda umumta’lim maktablarining V-IX sinflari uchun "Ona tili"dan yangi tipdagi – ijodiy tafakkur sohibini yetishtirish maqsadli dastur asosida yaratilgan yangi darsliklarning ikkinchi avlodidan biri bo`lib, undan respublikamizning ko`p ming sonli farzandlari foydalanmoqda. Darslikdagi mavzularning joylashishi, og`zaki nutqni rivojlantirishga qaratilgan mashqlar miqdorining ancha yuqoriligi, mavzularni mustahkamlash uchun berilgan savol va topshiriqlarning keng qamrovliligi, darslik oxirida test namunalari, qisqacha izohli lug`at berilishi uning qimmatini oshiradi.

Bizga ma’lumki, ta’lim maqsadi bilimdon, barkamol shaxsni yetishtirishni nazarda tutsa, bunda retroskopik usullar, deduktiv ta’lim yetakchilik qilishi shubhasizdir, chunki ta’lim maqsadi shuni taqozo qiladi. Ta’lim ijodiy tafakkur sohibi, tadbirkor shaxsni tarbiyalashni o`z oldiga maqsad qilib qo`ygan bo`lsa, unda bunday maqsadni amalga oshirish uchun muammoli va tadqiqotchilik usullari, induktiv ta’lim yetakchilik qilishi lozim. Ta’lim usuli bilim, shu asosdagi ko`nikma, malakani o`quvchida qanday usul bilan hosil qilish o`qituvchi-o`quvchining o`zaro subekt-subekt munosabatga kirishishini taqozo qiladi. Shuningdek, ta’lim vositasi hisoblangan o`quv darsligi ham shunga mos bo`lmog`i zarur, chunki bu ta’lim maqsadi va mazmuni orasidagi mutanosiblikni ta’minlashda asosiy o`rinlardan birida turadi. Bizning kuzatishlarimiz shuni ko`rsatadiki, 5-sinflari uchun mo`ljallangan "Ona tili" o`quv dasturi zamirida jamiyatga ijodiy tafakkur sohibini yetishtirib berish maqsadi yotadi, biroq shu dastur asosida tuzilgan darslikda esa mavzularning aksariyati retroskopik usullar asosida darsni tashkil etishga mo`ljallangan. Darslikda bir yuzu to`qsonga yaqin "Eslab qoling", "Bilib oling" tarzidagi qoidalarning berilishi ham fikrimizni dalillaydi. Yoki birgina "Fonetika. Grafika" bo`limining o`zida ellikdan ortiq qoidalarning berilishi ham bola uchun, bizningcha, "tayyor osh" demakdir.

Xalqimizda "Chaynab bergan osh bo`lmas" degan maqol bor. O`zbek pedagogikasi, didaktikasi va psixologiyasida bixeoviristik nazariyaga asoslangan hamda XIX asr oxiri XX asrning boshlaridagi ijtimoiy-iqtisodiy talablarga javob beradigan retroskopik-retseptiv usulda bilimdon ijrochini yetishtirishga qaratilgan ta’lim tizimi o`z vazifasini o`tab bo`lganligini, yangi davr – tugal bozor iqtisodi davri tamoman boshqa shaxsga – mustaqil ijodiy tafakkurga qodir tadbirkor shaxsga muhtoj ekanligi masalasi muhokamasi qariyb yigirma yil oldin kun tartibiga qo`yganligini hisobga olsak, endi farzandlarimizga mavzularni "tayyor osh" sifatida berishimiz ta’lim maqsadi va mazmuni orasidagi mutanosiblikning ta’minlanishiga to`sqinlik qiladi.

Bugungi kunda ta’lim maqsadi asosida uning mazmunini muntazam yangilash, uning shaxsga yo`naltirilgan demokratik modelini belgilab berish zaruriyati asosida barcha o`quv predmetlaridan, ayniqsa, "Ona tili"dan axborot banklarining yaratilayotganligi ham, o`quv-biluv jarayoni mazmunida bir qator o`zgarishlarning amalga oshirilayotganligi - o`quv topshiriqlarining muntazam yangilanayotganligi ham quvonarlidir. Bu pedagogik tadbir ta’lim maqsadining ro`yobi bilan bog`liq tarzda amalga oshirilmoqda.

Xulosa

Milliy istiqlol davrning ilk qadamlaridanoq ta’limni, jumladan, ona tili ta’limining maqsadi, mazmuni, usuli va vositalarini tubdan yangilashga jiddiy kirishildi. Jahonning ilg`or didaktikasi, ta’lim psixologiyasi, milliy an’analarimiz va qadriyatlarimiz asosida ona tili ta’limining ongli kognitiv-pragmatik (induktiv) ta’lim usuli, shu maqsad va usulga mos ta’lim mazmuni ishlab chiqildi hamda amalga joriy etildi. Bu usulning mohiyatini nutqni o`z-o`zidan emas, balki ona tili imkoniyatlari orqali ta’lim oluvchida mustaqil fikrlash va ijodiy tafakkur ko`nikmalarini shakllantirish, tafakkurning voqelanish shakli sifatida nutqni rivojlantirish tashkil etadi. Ilk tajriba-sinov ishlari bu usulning sersamara va istiqbolli ekanligini ko`rsatmoqda. Hozir bu maqsadni to`la voqelantirish uchun to`siq bo`layotgan narsa o`quvchilarning ona tili darslarida keng foydalanishlarini ko`zlab tuzilgan ona tili imkoniyatlarini o`zida mujassamlashtiruvchi axborot bankining turli shakl va ko`rinishlari − xilma-xil maqsadli lug`at, qomus, ma’lumotnoma, ko`rgazmali qurollar, ularning elektron variantlari, kompyuter dasturlari v.h.larning juda ozligidir. Bunday qo`shimcha vositalarsiz bu ta’lim usuli o`z maqsadiga to`la erisha olmaydi. Ta’lim usulining bosh talablaridan biri − ta’lim oluvchi o`quv materialining darslik bilan cheklanmasligidir. Buni esa ona tili imkoniyatlari axborot bankigina ta’lim oluvchiga yetkaza oladi.




Download 422,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish