(Savol:Kompyuter grafikasida ishlash imkoniyatlari?
2.Rastrli, vektorli va frontal grafikalar vazifalari?
3.Matn tahrirlagichini ishga tushirish jarayoni?)
Vektorli grafika. Vektorli grafikada tasvirning asosiy elementi sifatida chiziq karaladi. Chiziq sifatida to’g’ri chiziq yoki egri chiziq bo’lishi mumkin. Rastrli grafikada bunday chiziqlar no’qtalar (piksellar) yordamida yaratilsa vektorli grafikada esa tasvirlar no’qtaga nisbatan umumiyroq bo’lgan chiziqlardan foydalaniladi vash uni hisobiga tasvirlar aniqroq bo’ladi.
Rastrli grafikaning afzallik tomoni tasvirning xotirada kamroq joy olishidir, chunki bu holda xotirada joy chiziq o’lchoviga bog’liqsiz ravishda bo’ladi. Buning sababi chiziq formula yordamida yoki parametrlar yordamida berilishidir. Vektor grafikaning ixtiyoriy tasviri chiziqlardan tashkil topadi va oddiy chiziqlardan murakkablari hosil qilinadi. Ko’pincha vektorli garfikani obe'ktga mo’ljallangan grafika deyish mumkin. Chunki bunda masalan uchburchak hosil qilish uchun 3ta chiziq (kesmadan) foydalanilsa, prizma hosil qilish uchun uchburchakdan foydalanibgina qolish mumkin. Vektorli grafika hisoblanadigan grafika deb ham ataladi. Chunki tasvirni ( ob'yektni) ekranga chiqarishdan avval uning koordinatalari hisoblanadi vam os no’qtalar hosil qilinadi.
Vektorli grafikaning matematik asosini geometrik shakllarning xossalarini o’rganish tashkil qiladi. Ma'lumki, no’qta tekislikka 2 ta koordinata (x,u) bilan, to’g’ri chiziq uning kanonik ko’rinishi uqkxQv ( bunda a va v ixtiyoriy sonlar) ko’rinishida, kesma esa mos ravishda boshlang’ich va oxirgi no’qtasini bilish bilan tasvirlanadi.
Egri chiziqlar ham mos ravishda o’z tenglamalariga ega.
Vektorli grafika asosan ilmostratsiyalar yaratish uchun yunaltirilgan. Vektorli grafika reklama agentliklarida, loyihalash byurolarida, nashrlarda va boshqa joylarda keng qo’llaniladi.
Vektorli grafika bilan ishlaydigan dasturlar misoli sifatida Adobe Illustratr 7.0 Macromedia Freehand 8.0 va Corel Draw 5.0 larni keltirish mumkin.
Macromedia Freehand 8.0 vektorli muharriri- buj uda qulay bo’lgan vektorli muharrir, boshqa tizimlar bilan Yangi urganuvchilarga juda qulay hisoblanadi. Boshqarish tizimining soddagina qaramay Macromedia Freehand instrumental vositasi murakkab hujjatlarni tayyorlash uchun yetarli, lekin Adobe Illustratr Corel Draw Larga nisbatan imkoniyatlari chegaralangan.
Corel Draw vektorli grafikaning Windows amaliyot tizimida ishlaydigan tahrirlovchi dasturlardir. Uning yordamida turli grafik ko’rinishlarini loyihalash, fotomatn yordamida turli grafik ko’rinishdagi kompozitsiyalarni tahrirlash bilan bog’liq amallarni bajarish mumkin. Corel Draw muharirini ishga tushirish uchun Corel Draw ning belgisiga borib sichqonchani yoki Enter tugmasini bosish kerak. Corel Draw boshqa grafik muharrirlariga nisbatan matnlar bilan yaxshi ishlaydi, ya'ni nashriyot tizimlarida, masalan, yumoristik yoki boshqacha kitoblarni har xil turli o’lchamdagi harflar bilan yozish mumkin. Siz o’zingizning pasportdagi rasmingizni skanerdan utkazib va Corel Draw yordamida shu rasmingizni chiroyli portretga aylantirishingiz mumkin. O’z- o’zidan ma'lumki bunday professional murakkab grafik muharrirlarda, ya'ni Corel Draw ning boy asboblari va ranglaridan foydalanib biz o’zimiz rasm chizishimiz mumkin. Corel Draw muharririda fayllarning kengaytmasi file . cdr ko’rinishida bo’ladi. Fayllarni import va eksport qilish eng yaxshi qulayliklaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, kompakt diskdan fayllarni import qilishda Ko’p qo’llaniladi.
Fraktal grafika ham hisoblanuvchi grafika bo’lib, uni vektor grafikadan farqi hech qanday ob'yektlar kompyuter xotirasida saqlanmaydi. Chunki tasvirlar tenglamalar yoki ularni sistemalari hosil qilinadi. Shuning uchun ham xotirada bunday tenglamalarnigina saqlanadi. Tenglamalarga oid parametrlar (koyeffitsiyentlar) o’zgartirib tasvirlar hosil qilinadi. Frontal grpafika matematik hisoblashlar asosida tasvirlarni avtomatik yaratish uchun qo’llaniladi. Shuning uchun ham uning asosini rassom, shakl, tasvir hosil qilishning dasturlash usuli tanlangan. Bu grafika odatda turli jarayonlarni modellashtirish, taxlil qilish, turli qiziqtiruvchi dasturlar yaratishda ko’proq qo’llaniladi.
Elektron resurslarni yaratishda grafik ob’ektlarga ishlov berish vositalaridan biri Infografika elementlaridir. Infografika tushunchasi bu axborotlarni turli rasmlar, detallar, kartinkalar orqali ifodalash tushuniladi.
Infografika lotincha informatio so’zidan olingan bo’lib tushuntirmoq, bayon qilish ma’nolarini anglatadi, grekcha γραφικός γράφω so’zlaridan olingan bo’lib tushuntirmoq, ozma, yozish ma’nolarini anglatadi.
Infografika – axborotni grafik uzatish va murakkab axborotlarni aniq va tez etkazish usulidir. Axborot dizayn ko’rinishlaridan biridir.
Infografikani qo’llanish sohasi juda keng bo’lib, geografiya, jurnalistika, ta’lim, statistika, texnik tizimlarda qo’llaniladi. Infografika katta hajmli axborotlarni ko’rsatishni tashkil qilish bila birga, ularni, predmetlar va faktlar orasidagi munosabatlarni ko’rgazmal ko’rsatadi. Ma’lumotlarn fazoda vaqt bo’ycha o’zgarishlarini ko’rsatish, demonstatsiya qilishi mumkin.
Til o‘qitishda infografika vositalaridan foydalanishni tashkil qilish uni yanada tushunarli va ko’rgazmali qilishi imkonini beradi.
«Adobe PhotoShop» rasm tahrirlagichi
«Adobe PhotoShop» Windows muhitida ishlovchi Macintosh IBM PC kompyuterlari uchun mo’ljallangan elektron ko’rinishdagi foto tasvirlarni tahrirlovchi dasturdir.
David Watson and Helen Williams Computer Science//IGCSE is the registered trademark of Cambridge International Ehaminations. Buyuk Britaniya/Hodder Education. An Hachette UK Company London NW1 3BH 2014, 278p.
«Adobe PhotoShop» tasvir tahrirlagichi yordamida fotoso’ratlarga qo’shimchalar kiritish, fotoso’ratdagi doglarni o’chirish va eski rasmlarni qayta ishlash va tiklash, rasmlarga matn kiritish, qo’shimcha maxsus samaralar Bilan boyitish, bir fotoso’ratdagi elementlarni ikkinchi fotoso’ratga olib o’tish, so’ratdagi ranglarni o’zgartirish, almashtirish mumkin. «Adobe PhotoShop» imkoniyatlari keng qamrovli bo’lib, u gazeta va jurnallarni turli-tuman rasmlar Bilan boyitishga juda katta qulayliklar yaratadi. «Adobe PhotoShop» ayniqsa jurnalistlarning, rassomlarning ijodiy imkoniyatlarini tula amalga oshirishlarida yordam beradi. Jurnalistika va bevosita matbuot yoki nashriyot sohasiga aloqador bo’lgan shaxslarning mazkur dastur bilan ishlashni bilishi ular uchun qo’shimcha imkoniyatlarni yaratib beradi.
«Adobe PhotoShop» tasvir tahrirlagichi juda murakkab dasturdir. Foydalanuvchilar uning asosiy imkoniyatlaridangina foydalanadilar holos.
Adobe PhotoShop dasturini ish jarayoniga tayyorlash
«Adobe PhotoShop» dasturi qo’yidagi tartibda ishga tushiriladi: « Adobe PhotoShop» ni yo’qlash va undan chiqish.
1. «Adobe PhotoShop» dasturini ishga tushirish uchun sichqoncha PhotoShop belgisida ikki marta bosiladi.
2. Ekrandagi mavjud «Adobe PhotoShop» uchun maxsus belgida sichqonchaning chap tugmasi ikki marta bosiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |