Kompyuter grafikasi – bu avvalo keng tarqalib borayotgan dastur ta'minotidir, ya'ni kompyuter grafikasi mavjud va yangi yaratilayotgan dasturlarga tayanadi. U hatto dasturlarning o’ziga zeb berishda ham juda keng qo’llaniladi. Uning rivojlanishi jarayonlarning real uch o’lchovli fazoda qanday kechishini aniq tasvirlash (hatto haraktdagi) imkoniyatini yaratdi. Shuning uchun hozirda shunday amaliy dasturlar paketlari mavjudki, ular yordamida ko’rilayotgan masalaning asosiy parametrinigina bergan holda uning yechimi natijasi grafik shaklida olinishi mumkin. Bu holda, biz natijalarni Ko’plab jadvallar shaklida olishdan ko’tilamiz va bo’nga intilish kerak.
Kompyuter grafikasi nafaqat ilmiy xodimlar, balki rassomlar, turli soha loyixachilari, reklama bilan shugullanadigan mutaxasislar, Internet sahifalarini yaratish, o’qitish jarayoni uchun va boshqa sohalarda muhim rol uynamoqda. Uning ayniqsa poligrafiya sohasida qo’llanilishi keyingi paytlarda rang- barang, so’ratli adabiyotlar, o’quv qo’llanmalari, badiy asarlarning paydo bo’lishida yo’qsak bezash texnikasidan foydalanishni takozo qilmoqda. Diqqatni o’ziga jalb qiluvchi videoroliklar, Internet saxifalarini yaratishni kompyuter grafikasisiz tasavvur qilish qiyin bo’lib qoldi…
Kompyuter grafikasi uch turga bulinadi: rastrli grafika, vektorli grafika va frontal grafika. Ular bir-biridan monitor ekranida tasvirlanishi va kogozda bosib chiqarilishi Bilan farqlanadi.
RASTRLI GRAFIKA. Rastrli grafika no’qtalar yordamida (kogozda), piksellar (no’qtalar ekranda shunday deb ataladi) hosil qilinadi. Tabiiyki, no’qtalar soni soni muham rol uynaydi va u ekranning hal qilish imkoniyati deyiladi.
Odatda bunday ko’rsatgich 64x480, 800x600, 1024x768 yoki bulardan yo’qori piksellarda beriladi. Tasvir o’lchovi hal qilish kobiliyati bilan bog’liqdir. Bu parametr dpi (dots per inch-no’qtalar soni zichligi) Bilan ulchanadi. 15 dyuymli (1 dyuymq2.54 sm) monitorda ekranda tasvir o’lchovi 28x21 sm ni tashkil qiladi. Buni hisobga olsak, kompyuter xotirasida rangli tasvir Ko’p joy olishini tushunish qiyin emas. Misol uchun 10x15 sm li rasm taxminan 1000x1500 piksellardan iborat bo’ladi.
Agar har bir rangli no’qtani tasvirlash uchun 3 bayt ketsa, bita rasmning o’zi xotirada taxminan 4 mln. bayt joyni egallaydi. Bunday ma'lumot xususan Internet saxifalarini yaratishda e'tiborga olinishi zarur. Shuning uchun ham hozirda yaxshi multimedia dasturla rini, videoroliklarni yaratish uchun 128 Mbaytdan kam bo’lmagan va mos ravishda tezligi katta bo’lgan kompyuterlardan foydalanish zarur. Shuning uchun ham hozirda yaxshi multimedia dasturlarini, videorolikni yaratish uchun 128 Mbaytdan kam bo’lmagan va mos ravishda tezligi katta bo’lgan kompyuterlardan foydalanish lozim. Demak, rastrli grafika Bilan ishlash uchun yo’qori unumli kompyuter talab qilinadi.
Rastrli grafikaning kamchiligi sifatida shuni aytish mumkinki, tasvirni masshtablashtirish (kattalashtirish, kichiqlashtirish ) jarayoni natijasida no’qtalar o’lchovi kattalashishi bilan tasvir aniqligi yomonlashishi mumkin va hatto tasvir tanib bo’lmaydigan darajaga borishi mumkin.
Rastrli grafika elektron (multimedia) va poligrafik nashrlarda keng qo’llaniladi. Nashrlardan turli illyustratsiyalarni yaratishda odatda skaner orqali olingan raqamli foto yoki videoqamera (hozirda bunday fotoapparat va videoqameralar keng tarqalmoqda, ammo ularning baholari hozircha ancha kimmat) yoki rassom, loyixachi tomonidan tayyorlangan tasvirlardan foydalaniladi. Shuning uchun ham rastrli grafikada tahrirlovchi dastur vositalridan keng foydalaniladi. Bu dasturlaro odatda tasvirlarni aniqroq ko’rinishda bo’lishini ta'minlaydi.
Ma'lumki, Internet da rastrli grafika keng tarqalgan bo’lib, u bilan ishlash esa Ko’pincha Adobe PhotoShop dasturidan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |