samaradorligi ko‘p jihatdan metodik xizmat ko‘rsatish tizimining izchil yo‘lga
qo‘yilishiga bog‘liq. Bu jarayonda metodistning, xususan, ular orqali amalga
6
oshiriladigan metodik xizmat ko‘rsatish tizimining o‘ziga xos o‘rni, mas’uliyati
bor.
Uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatishdan maqsad ta’lim muassasalariga
metodik xizmatni tashkil etish va muvofiqlashtirib borish, ularni metodik
adabiyotlar bilan ta’minlanish ahvolini o‘rganish va tahlil qilish, takliflar
tayyorlash, ilg‘or texnologiyalarini dars jarayonida qo‘llayotgan pedagoglarning
ish tajribalarini o‘rganish, ommalashtirish hamda ta’lim-tarbiya sifat-
samaradorligini oshirish yo‘nalishidagi metodik tadbirlarni tashkil etish, metodik
yordam ko‘rsatishni belgilab berishdir.
Uzluksiz metodik xizmatning asosiy maksadi-Ta’lim tizimidagi muassasalar
pedagoglarini kasbiy mahoratini oshirish, bilimlarini oshirish uchun takliflarini
asoslash, monitoring o‘tkazish, natijalarini tahlil qilish va muammolarni bartaraf
etish,metodik maxsulotlar bilan ta’minlash, amaliy-metodik yordam ko‘rsatish
ta’lim mazmunini takomillashtirish va samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan
ilmiy-amaliy anjumanlar, o‘quv seminarlari, ijodiy uchrashuvlar tashkil etish,
ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish va ommalashtirish hamda ularni boshqarish.
2002 yil 8 iyulda «Uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatish tizimini
takomillashtirish to‘g‘risida»gi 109-sonli buyrug‘i qabul qilindi. Mazkur buyruq
bilan Respublika ta’lim muassasalariga uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatish
bo‘yicha 9 ta Nizom qabul qilinib, metodik xizmat ko‘rsatishning markazlashgan,
tizimiga asos solindi Ushbu Nizomolar takomillashtirilib, XTV 2009 yil 11
sentyabrda 253-sonli buyruq bilan tasdiqlandi va amaliyotga joriy etildi.Bugungu
kunda ushbu tizim Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tizimda uzluksiz metodik
xizmat ko‘rsatish ishlarini yanada rivojlantirish to‘g‘risida 2020 yil 13 avgustda
qabul qilindi 183-son buyruq asosida faoliyat yuritadi. Xalq ta’limi vazirligi
tomonidan tizimda uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatish ishlarini yanada
rivojlantirish to‘g‘risida 2020 yil 13 avgust sanasi bilan 183-son buyruq qabul
qilindi. Unga ko‘ra, 2020-2021 o‘quv yilidan:
-xalq ta’limi tizimidagi 9 ta uslubiy organlardan samarasiz bo‘lgan 4 ta
uslubiy organlar faoliyati yakunlandi;
-umumiy
o‘rta ta’lim maktablaridagi fan yo‘nalishlari bo‘yicha
metodbirlashmalarning hujjatlari soni 6 tadan 3 taga qisqartirildi;
- fan metodistlarining amaldagi 24 ta me’yoriy hujjatlari 6 taga tushirildi;
- o‘rta ta’lim maktablarida o‘tkaziladigan fan oyliklari va o‘qituvchilarning
metod kunlari qayta ko‘rib chiqilib, belgilandi;
-umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilariga uzluksiz metodik xizmat
ko‘rsatish tartibi belgilandi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi uslubiy-boshqaruv organlar soni 3
tadan 2 taga kamaytirildi.
Endilikda, 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab, umumiy o‘rta ta’lim
maktablarida faqatgina fan metodbirlashmalari va pedagogika kengashi faoliyat
ko‘rsatadi. Xalq ta’limi vazirligi tomonidan 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab,
umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi fanlar bo‘yicha metodbirlashma hujjatlari soni
6 tadan 3 ta etib belgilandi.
Bular: yillik ish reja; yig‘ilish bayonnomasi; yillik hisoboti.
7
Xalq ta’limi tizimidagi faoliyat uyritayotgan uslubiy organlar- Umumiy o‘rta
ta’lim maktablarining metodika birlashmalari, Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining
pedagogic kengashi, tuman xalq ta’limi bo’limu xuzuridagi Metodik kengash,
hududiy
xalq
ta’limi
boshqarmalaei
xuzuridagi
O'quv-metodik
kengash,Respublika ta’lim markazi huzuridagi ilmiy-metodik kengashlari
rahbarlari, kengash a’zolari va metodistlari Ta’lim muassasalarida metodik ishlar
tizimini boshqarishqaradi va ularning ishlarini muvaffiqlashtirib boradilar.
Xalq ta’limi tizimidagi uzluksiz metodik xizmat oz ichiga quyidagilarni
qamrab oladi:
1.Umumiy o‘rta ta’Iim maktabining Metodbirlashmalar.
2. pedagogika kengashi pedagogika kengashi.
3. Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari huzuridagi Metodik kengash.
4. Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi
boshqarmalari huzuridagi O‘quv-metodika kengash.
5.Respublika ta’lim markazi huzuridagi ilmiy-metodik kengash.
Do'stlaringiz bilan baham: