Mavzu: O’qituvchi psixologiyasi O’qituvchiga qo’yiladigan talablar


O’z-o’zini ishontirish tarbiyaviy maqsadlarda qo’llash faqat yetarli darajada rivojlangan shaxsda qo’llash mumkin



Download 192,74 Kb.
bet6/11
Sana13.07.2022
Hajmi192,74 Kb.
#792399
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Mavzu O’qituvchi psixologiyasi O’qituvchiga qo’yiladigan talabl

O’z-o’zini ishontirish tarbiyaviy maqsadlarda qo’llash faqat yetarli darajada rivojlangan shaxsda qo’llash mumkin.
Ishonuvchanlik - bu kishining o’z xulqini boshqa kishi yoki kishilar guruhi talabi bilan o’ zgarishi.
Ishonuvchanlik - nerv sistemasining normal holati. Lekin uning aks etishi turli hollarda turlicha. U yoshga (yoshroqda yuqoriroq), jinsga (ayollarda ishonuvchanlik), intellektga (ma’lumot oshishi bilan inonuvchanlik pasayadi), sog’liq holatiga (charchaganda, kasallikdan so’ng ishonuvchanlik yuqori bo’ladi) va boshqa omillarga bog’liq. Bundan tashqari ishontiruvchi shaxsning roli ham muhim.
Yosh o‘qituvchi pedagogik mahoratida mujassamlashgan nutqning jozibadorligi, bilim saviyasining va tafakkurining kengligi, o‘tkir dunyoqarashi, ma’naviy madaniyat darajasi, pedagogik qobiliyati, ta’lim-tarbiyaviy maqsadlarning mutanosibligi har qanday dars va darsdan tashqari ta’lim-tarbiyaviy tadbirning muvaffaqiyatini ta’minlovchi hamda o'qituvchi jonli muloqotini tashkil etuvchi omillardir. O‘qituvchi kasbiy faoliyatidagi jonli muloqot qobiliyatini takomillashtirish uchun o‘z oldiga doimo quyidagi savollarni qo'yib, unga mustaqil fikr-mulohazasi asosida javob bera olishi kerak:

  1. Nimaga o‘rgatish:

  1. oquvchilarni organilayotgan mavzu boyicha ilmiy yangiliklardan xabardor etish, fan terminlarini tushuntirish, o'quv predmetini toliq ozlashtirish;

  2. o‘quvchilarda shaxs erkinligini, mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirish;

v) o‘quvchilaming o'rganilayotgan fan bo‘yicha qobiliyatlarini, ko'nikma va malakalarini shakllantirish;
g) yangi mavzuni fanlararo aloqadorlik asosida tushuntirish;

  1. dars jarayonini pedagogik va axborot texnologiyalarining qiziqarli metodlari asosida tashkil etish.

  1. Kimni o‘rgatish:

  1. kelajakda mamlakat taraqqiyoti uchun masul, davlat siyosatining ustuvor sohasi bolmish barkamol insonga talim-tarbiya berish;

  2. o'quvchilarni bilim olish va tarbiyalanishi jarayonida duch keladigan muammolar va qiyinchiliklarni mustaqil bartaraf etishga orgatish;

v) o‘quvchilarda mustaqil fikr yuritish ko'nikmalarini hosil qilish;
g) dars va darsdan tashqari ta’lim-tarbiya jarayonini o'quvchilar fikrlarini inobatga olgan holda tashkil etish;

  1. yosh va murg‘ak qalb egasi bo‘lmish o'quvchilarning psixologik o'zgarishlari va rivojlanishlarini inobatga olish;

  2. iqtidorli o'quvchilar bilan yakka holda pedagogik faoliyat olib borish.

  1. Qanday o‘rgatish:

  1. o'qituvchi oz faoliyati davomida toplagan pedagogik tajribalari asosida kompyuter, axborot va innovatsion texnologiyalarni qo'llagan holda talim berishi;

  2. yuksak pedagogik mahorat bilan dars va darsdan tashqari vaziyatlarda tarbiyaviy jarayonni milliy mafkura, anana va qadriyatlar asosida tashkil etish;

v) oquvchilarni bilim olishgaqiziqishini oshirish maqsadida pedagogik tasir korsatishning turli usullaridan foydalanish;
g) ta'lim-tarbiyaviy faoliyatda belgilangan maqsadga erishish uchun, mahalla faollari, ota-onalar bilan o'zaro hamkorlikni mustahkamlash.
O'qituvchining o'quvchilar hamda o'qituvchilar jamoasi bilan uzviy aloqada bo'lishi, uning jonli muloqotni to'g'ri tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Oquvchilar bilan jonli muloqotga kirishib, ularning hurmat-etiboriga sazovor bolish birdaniga sodir bo'ladigan va talim-tarbiya sohasida yutuqlarga darhol yetaklaydigan jarayon emas. Buning uchun o'qituvchi yillar davomida tayyorlanadi, pedagogik mahorat sirlarini egallaydi, tajribali ustoz oqituvchilaming yutuqlaridan foydaianadi. Yosh o'qituvchilar uchun jonli muloqotni yaratishda quyidagi vazifalarga etibor berish talab qilinadi:

  • o'quvchilarning individual xususiyatlarini, psixik holatini chuqur o'rganish, sinf jamoasining rasmiy va norasmiy liderlari faoliyati bilan tanishish, ularga nisbatan adolatli munosabatda bo'lish;

  • jonli muloqot asosida mustaqil fikrlovchi, o'zining qadr-qimmatini anglaydigan, irodasi baquvvat, iymoni butun, hayotda aniq maqsadga intiluvchi erkin shaxsga ta’lim- tarbiya berishi shartligini unutmaslik;

  • jonli muloqotning pirovard natijasi o'quvchilarni o'z aqli, o'z tafakkuri, o'z mehnati bilan mas’uliyatni his etishini ta’minlashi, ularni ongli ravishda ozod va hur fikrlovchi inson bo'lib tarbiyalanishini ta’minlash;

-jonli muloqot tufayli o'quvchilarning yuksak darajadagi intellektual salohiyatlarini, aql-zakovati qudratini yuzaga chiqarishga erishish.
Pedagogikada jonli muloqotning muhim jihatlaridan biri uning vositalaridir. Vositalar tashkilotchilik qobiliyati, baho beruvchi, intizomga undovchi bo'lishi mumkin. Ilmiy adabiyotlarda o'qituvchi o'z ishining mohir ustasi bo'lishi uchun tashkilotchilik qobiliyati asosida ta’sir ko'rsatishga ko'proq yondashishi lozimligi ta’kidlanadi.

Download 192,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish