KOMMUNIKATSIYA (lot. communicatio — umumlashtiraman, bogʻlayman) — 1) kibernetikada — informatsiya (axborot)larni almashish jarayoni. Jismoniy va ijtimoiy nuqtayi nazardan yondoshiladigan Kommunikatsiyalar mavjud. Jismoniy nuqtayi nazardan yondoshiladigan Kommunikatsiyani aloqa ham deb ataladi. Aloqa faza joylashgan nuqtalar, qurilmalar yoki kishilar oʻrtasida mos aloqa kanalы boʻyicha axborotlarni uzatish jarayonlarini oʻz ichiga oladi. Inson yaratgan texnikaviy tizimlarda quyidagi 4 ta asosiy Kommunikatsiya turi bor: «inson-inson», «inson-mashina», «mashina-inson», «mashina-mashina». Texnikaviy darajadagi Kommunikatsiya jarayonlarida turli xil sunʼiy tillar (mas, algol, kobol va axborotlarni avtomatik qayta ishlash uchun moʻljallangan boshqa tillar)dan foydalaniladi. Ijtimoiy nuqtayi nazardan yondoshiladigan Kommunikatsiya guruh yoki tashqilot ichidagi, butun jamoa ichidagi alohida shaxslar oʻrtasida axborot almashish jarayonini oʻz ichiga oladi. Bunday turdagi Kommunikatsiya, asosan, tabiiy til yordamida amalga oshiriladi. Yakka Kommunikatsiyada inson axborotni aniqlashi va idrok etishi (oʻzlashtirishi) katta ahamiyatga ega. Guruh yoki tashqilot ichidagi Kommunikatsiya uchun shu guruh yoki tashqilot aʼzolari orasida munosabatlarning taqsimlanishi, qabul qilingan Kommunikatsiya qoidalarining xususiyatlari ahamiyatli;
2) transport, aloqa yoʻllari va shahar xoʻjaligi yer osti tarmoqlari.
O'zaro ta'sir - bu birgalikdagi maqsadlar va natijalarga erishish uchun muvofiqlashtirilgan faoliyat, ishtirokchilarning fikriga ko'ra, ular uchun muhim bo'lgan muammolar va vazifalarni hal qilishda, uning mohiyati ta'lim jarayonida kattalar va bolaning hamkorligidir.
Pedagogik o'zaro ta'sir, hamkorlik har bir ishtirokchi uchun rivojlantiruvchi rol o'ynaydi. Bir tomondan, o'qituvchi bolalarning rivojlanishiga yordam beradi (aqliy, axloqiy, hissiy, jismoniy va boshqalar), ikkinchi tomondan, bolalar o'qituvchining kasbiy, pedagogik va insoniy fazilatlarida o'z-o'zini takomillashtirishni rag'batlantiradilar.
Pedagogik o'zaro ta'sirni amalga oshirayotgan o'qituvchi ta'lim faoliyatining turli shakllarida amalga oshiriladigan uning mohiyati, maqsadlari, tamoyillari va mazmunini anglashi, unga qo'yilgan pedagogik vazifalarni hal qilishning mumkin bo'lgan usullarini tanlashi kerak. Buning uchun u pedagogik ta'sir ko'rsatish usullari, usullari, vositalarining butun arsenalini o'zlashtirishi kerak.
Muloqot - yunoncha so'z boiib, suhbatlashuv, shaxslararo suhbat va o'zaro fikr alraashuv ma'nosini bildiradi hamda ikki yoki undan ortiq kishilarning so'zlashuvida paydo bo'ladi. Inson muloqot jarayonida ijti-moiy tajriba, ta'lim-tarbiya, turli munosabatlar, axloqiy me'yorlar g'oya va mafkura omillari ta'sirida yashab ijtimoiylashadi va shaxs sifatida ka-molotga yetadi. Kishilar o'rtasidagi o'zaro muloqot pedagogik-psixo-logik fanlarning asosiy kategoriyalaridan bin hisoblanib, u o;z ichiga shaxslararo munosabatning eng muhim mexanizmlarini qamrab oladi.
Psixologiya fanida muomala kategoriyasi keng ma'noda tushuniladi hamda hamkorlik faoliyatining ichki aloqasini mujassamlashtirib, o'zaro ta'sir va o'zaro munosabatni aks ettiradi va ijtimoiy protsessual faoliyatni ifodalaydi.
Pedagogikada muloqot o'qituvchi va o'quvchilar jamoasining o'zaro ta'sir malakasi, usuli va tizimini anglatib uning mohiyati, o'zaro axborot almashishida, ta'lim va tarbiyaviy ta'sir o'tkazishida, o'zaro bir-birlarini tushunishga erishishlarida namoyon bo'ladi hamda quyidagi xususiyatlarga ega:
O'qituvchining o'z-o'zini anglash holati (umumiy madaniy va kasbiy bilim; axborot faoliyati qadriyatlarini tushunish va qabul qilish; kasbiy pozitsiyani aks ettirish; o'z-o'zini tarbiyalash uchun ta'lim axborot resurslaridan foydalanish; real faoliyatning qadriyatlar bilan muvofiqligi.
jodiy faollik va mustaqillik (loyiha faoliyatida ishtirok etish, o'z axborot mahsulotlarini yaratish; mualliflik pozitsiyasining mavjudligi (uslubiy); tanlov qilish va kerakli axborot resurslarini jalb qilish qobiliyati);
Yosh o‘qituvchi pedagogik mahoratida mujassamlashgan nutqning jozibadorligi, bilim saviyasining va tafakkurining kengligi, o‘tkir dunyoqarashi, ma’naviy madaniyat darajasi, pedagogik qobiliyati, ta’lim-tarbiyaviy maqsadlarning mutanosibligi har qanday dars va darsdan tashqari ta’lim-tarbiyaviy tadbirning muvaffaqiyatini ta’minlovchi hamda o‘qituvchi jonli muloqotini tashkil etuvchi omillardir. O‘qituvchi kasbiy faoliyatidagi jonli muloqot qobiliyatini takomillashtirish uchun o‘z oldiga doimo quyidagi savollarni qo‘yib, unga mustaqil fikr-mulohazasi asosida javob bera olishi kerak:
O‘qituvchining o‘quvchilar hamda o‘qituvchilar jamoasi bilan uzviy aloqada bo‘lishi, uning jonli muloqotni to‘g‘ri tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi. O‘quvchilar bilan jonli muloqotga kirishib, ularning hurmat e’tiboriga sazovor bo‘lish birdaniga sodir bo‘ladigan va ta’lim-tarbiya sohasida yutuqlarga darhol yetaklaydigan jarayon emas. Buning uchun o‘qituvchi yillar davomida tayyorlanadi, pedagogik mahorat sirlarini egallaydi, tajribali ustoz o‘qituvchilarning yutuqlaridan foydalanadi. Yosh o‘qituvchilar uchun jonli muloqotni yaratishda quyidagi vazifalarga e’tibor berish talab qilinadi:
- o‘quvchilarning individual xususiyatlarini, psixik holatini chuqur o‘rganish, sinf jamoasining rasmiy va norasmiy liderlari faoliyati bilan tanishish, ularga nisbatan adolatli munosabatda bo‘lish;
- jonli muloqot asosida mustaqil fikrlovchi, o‘zining qadr-qimmatini anglaydigan, irodasi baquvvat, iymoni butun, hayotda aniq maqsadga intiluvchi erkin shaxsga ta’lim-tarbiya berishi shartligini unutmaslik;
- jonli muloqotning pirovard natijasi o‘quvchilarni o‘z aqli, o‘z tafakkuri, o‘z mehnati bilan mas’uliyatni his etishini ta’minlashi, ularni ongli ravishda ozod va hur fikrlovchi inson bo‘lib tarbiyalanishini ta’minlash;
- jonli muloqot tufayli o‘quvchilarning yuksak darajadagi intellektual salohiyatlarini, aql zakovati qudratini yuzaga chiqarishga erishish.
Adabiyotlar:
1. Xodjayev B.X.Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. Darslik-T.:SANO_STANDART,2017.
2. Xodjayev B.X., Choriyev A., Saliyeva Z.T. Pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi. Darslik.-T.: IQTISODIYOT DUNYOSI, 2018.
3. Ro’ziyeva D.I.,Tolipov O’.Q. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat.-T.:INNOVATSIYA-ZIYO,2019.
4. Yo’ldoshev O’.J.Umumiy pedagogika.O’quv qo’llanma-T.:Fan va texnologiya, 2017.
5.Hasanboyev J., To’raqulov X., Ilqarov I., Usmonov N. Umumiy pedagogika. Darslik-Noshir,2011
6.Roziqov O., Adizov B., Najmiddinova G.Pedagogika. O’quv qo’llanma- B.: Durdona,2012.
http://hozir.org
Do'stlaringiz bilan baham: |