Mavzu; Operatsiyalarni tadqiq qilish masalalari. Reja



Download 78,5 Kb.
bet1/4
Sana25.01.2022
Hajmi78,5 Kb.
#410161
  1   2   3   4
Bog'liq
Refarat o\'yinlar nazaryasi tayyor (1)


Mavzu; Operatsiyalarni tadqiq qilish masalalari.

Reja;

1Operatsiyalarning tadqiq qilishning asosiy tushunchalari

2Operatsiyalarni tadqiq qilishning asosiy bosqichlari.

3Operatsiyalarni tadqiqotining matematik modeli, modelga qo’yiladigan asosiy talablar.



Operasiya deb qandaydir maqsadni ko’zlab qilinayotgan va shu maqsadga erishish uchun birlashtirilgan harakatlar tizimiga aytiladi.

Operasiya namunalari sifatida sanoat korxonasining ishlab chiqarish rejasini bajarishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimi; texnikaviy qurilmaning buzilgan joyini axtarishni tashkil qilish; shahar transporti harakatining marshrutlarini ishlab chiqish kabilarni ko’rsatish mumkin.Operasiya hamma vaqt boshqariladigan harakatdir, ya’ni operasiyaning parametrlarini tanlash bizga boqliq.Operasiya parametrlarini tanlash qaror tushunchasiga boqliq. Agar qarorlar ichida birortasi boshqalariga qaraganda qandaydir maqsadga erishishda eng yaxshi, eng qulay, eng keraklisi bo’lsa, bunday qarorga optimal qaror deyiladi.Qo’yilgan maqsadga erishishga intiluvchi va operasiyalarni o’tkazishga mutasaddi shaxslar, qurilmalar, avtomatlar majmuini operasiyani o’tkazuvchi tomon deb aytamiz

Operasiyani o’tkazuvchi tomon o’z ixtiyorida ma’lum resurslar zahirasiga ega bo’ladi va ulardan foydalanib, ularni sarflab ko’zlangan maqsadga erishishga intiladi. Bunday resurslar - aktiv vositalar, ulardan foydalanish, ularni sarflash usullari esa - operasiyani o’tkazuvchi tomon strategiyalari deb ataladi.Operasiyani o’tkazuvchi tomon o’z ixtiyorida ma’lum resurslar zahirasiga ega bo’ladi va ulardan foydalanib, ularni sarflab ko’zlangan maqsadga erishishga intiladi. Bunday resurslar - aktiv vositalar, ulardan foydalanish, ularni sarflash usullari esa - operasiyani o’tkazuvchi tomon strategiyalari deb ataladi.

Optimal strategiya deb qandaydir mulohazalarga ko’ra boshqalardan afzalroq bo’lgan strategiyalarga aytiladi.

Strategiyalarni tanlash operasiyani o’tkazuvchi tomonga boqlik. Operasiyaning na-tijasi operasiyani o’tkazuvchi tomon ixiyorida mavjud bo’lgan omillarga boqliqdir. Bu omillrlar (parametrlar) nazorat qilinadigan omillar (parametrlar) deb ataladi.

Biroq operasiyaning natijasiga operasiyani o’tkazuvchi tomon ixtiyorida bo’lmagan omillarga ham ta’sir qiladi - bular nazorat qilib bo’lmaydigan omillar deb ataladi.

Ular operasiyani o’tkazish muhitini belgilaydi. Masalan, qishloq xo’jaligida hosildorlikni rivojlantirishda ob-havodek nazorat qilib bo’lmaydigan omilni hisobga olish zarur bo’ladi.

Jarayonlarni tadqiq qilishning asosiy masalasi – operasiyalarni o’tkazish muhitini hisobga olgan holda optimal strategiyalarni tanlash va ularni miqdoriy asoslab berishdan iborat. Bu masalalar bilan operasiyani tekshiruvchi – operasiyani o’tkazuvchi tomon ixtiyoridagi shaxs yoki shaxslar guruhi shuqullanadi. Operasiyani tekshiruvchi faqat operasiyani tahlil qiladi, o’zi esa operasiyani boshqarish bo’yicha qaror qabul qilmaydi.

Optimal strategiyalarni izlash va ularni asoslab berish jarayonida operasiyalarni tekshiruvchi topilgan yechimlarning sezuvchanligini tahlil qilishga, ya’ni optimal yechimdan chekinishlarning operasiya natijasiga ta’siri darajasini tekshirishga to’qri keladi. Bu masalaning yechimi, ayniqsa, jarayonlarni tadqiq qilishga sistemaviy yondashilganda, ya’ni operasiyaga o’zaro boqlangan operasiyalar tizimining tarkibiy bo’limi deb qaralsa juda muhimdir. O’zaro boqlangan bir necha operasiyani hamma vaqt bitta murakkabrok operasiyaga birlashtirish mumkin, lekin unda tekshirish prosessi ham murakkablashadi. Shu sababli, amalda qator hollarda tekshiruvchi operasiyani maydaroq bo’laklarga bo’lishi qulayroqdir.

Operasiyalarni tekshiruvchi operasiyaning har xil strategiyalarga mos keluvchi natijalari samarasini baholash imkoniga ega bo’lishi kerak.

Natijani baholash uchun samaradorlik mezonidan (adabiyotlarda «effektivlik kriteriysi», «sifat kriteriysi», «optimallik kriteriysi», «samaradorlik ko’rsatkichi» kabi boshqa iboralar ham qo’llaniladi) foydalaniladi. Samaradorlik mezoni operasiya maqsadining matematik ekvivalenti bo’lib, shu maqsadga erishganlik darajasini miqdoriy baholash imkonini beradi. Operasiyaning har bir muayan maqsadiga o’zining samaradorlik mezoni to’qri keladi.

Masalan:

a) Sanoat korxonasida ishlab chiqarish resurslarini tejash bo’yicha chora- tadbirlar tizimi tashkil qilinmoqda. Samaradorlik mezoni – tejalgan resurslar jami.

b) Texnik qurilmaning mustahkamligini oshirishga qaratilgan chora – tadbirlar tizimi tashkil qilinmoqda. Samaradorlik mezoni – qurilmaning ishdan chiqish ehtimoli.

d) Ta’minlovchilardan iste’molchilarga yuk tashib yetkazishni tashkil kilish kerak. Samadorlik mezoni - yuklarni tashish bilan boqlik jami harakatlar.

Samaradorlik mezonini () ba’zi masalalarda maksimumga, boshqalarida esa – minimumga aylantirish kerak. Biroq, ni maksimallashtirish masalasini minimallashtirish masalasiga (va aksincha) keltirish qiyin emas (buning uchun, masalan, ni –1 ga ko’paytirish kifoya).

Samaradorlik mezoni bir qator xossalarga ega bo’lish kerak: soddalik (tahlil qilishni qiyinlashtiruvchi ko’p ikkinchi darajali boqlanish va omillarni uz ichiga olmasligi), vakolatlilik (operasiyaning asosiy, ya’ni ikkinchi darajali bo’lmagan maqsadini aks ettirishi), kritiklik (u yoki bu strategiyani tanlashni xarakterlovchi parametrlar o’zgarganda yetarli darajada sezilarli o’zgarishi), yagonalik (har bir operasiyaga bittagina samaradorlik mezoni mos kelishi kerak).Operasiyalar maqsadini ikki turga va mos ravishda, samaradorlk mezonini ikki turga ajratish mumkin.


Sifatiy maqsadlar. Ularning mohiyati shundan iboratki, ularga erishish yo mumkin, yoki mumkin emas. Bu holda samaradorlik mezoni faqat maqsadga erishilganlik yoki erishilmaganlik faktinigina ifodalaydi.

Matematik tarzda sifatiy – maqsadga mos samaradorlik mezoni quyidagicha yozilishi mumkin: , agar maksadga erishilsa; , agar maksadga erishilmasa (yoki , agar maqsadga erishish albatta shart ekanligini ta’kidlash kerak bo’lsa).Masalan, do’l yoqdiruvchi bulutlarga qarshi kurash chora–tadbirlarning tizimi tashkil qilinayotgan bo’lsin. Bu holda samaradorlik mezonini quyidagicha yozish mumkin: Ushbu operasiyada maqsadga erishtirmaydigan har qanday chora–tadbir samarasiz hisoblanadi.



Miqdoriy maqsadlar – bu shunday maqsadlarki, ularning mohiyati maqsadga erishganlik darajasini ifodalovchi strategiya va nazorat qilib bo’lmaydigan omillarga boqliq bo’lgan qandaydir ko’rsatkichni oshirish yoki kamaytirishga intilishdan iborat, ya’ni operasiya maqsadga erishganlik darajasining miqdoriy mezoni bo’lgan ayni shu ko’rsatkich samaradorlik mezoni vazifasini bajaradi. Samaradorlikning miqdo-riy mezoniga misol qilib yuqoridagi a), b), d) mezonlardan istalgan birini olish mumkin.Tekshirishning miqdoriy usullarini qo’llash uchun operasiyaning matematik modeli tuziladi.

Matematik model – bu o’rganilayotgan hodisalarning muayyan xossalarini aks ettiruvchi nisbiy haqiqatdir. Moiseyev N.N. fikricha matematik model jarayonni tavsiflash usuligina bo’lib, uni matematik usullar yordamida tahlil qilish imkonini beradi.Operasiyani tekshiruvchi model yordamida operasiyaning xususiyatlarini o’rganishi, operasiyani optimal boshqarish masalalarini yechishi mumkin. Yaratilayotgan modelga qo’yiladigan talablar o’ta ziddiyatlidir. Bir tomondan modelning yetarlicha sodda bo’lishi maqsadga muvofiqdir, chunki bu uni tahlil qilishni ancha osonlashtiradi. Boshqa tomondan, modellashtirish qandaydir darajada to’la bo’lmoqi kerak, ya’ni unda operasiyaning borishiga va natijasiga eng ko’p ta’sir ko’rsatadigan hamma muhim omillar hisobga olingan bo’lishi kerak.



Download 78,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish