Mavzu: Operatsiyadan keyingi davrda bemorlarni davolash. Operatsiyadan keyingi davrni saqlash


-§. Voyaga yetmaganlar va yoshlar orasida ekstremistik g‘oyalar tarqalishining oldini olish



Download 4,71 Mb.
bet61/69
Sana01.07.2022
Hajmi4,71 Mb.
#721866
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   69
Bog'liq
1-kurs referat (Автосохраненный)

2-§. Voyaga yetmaganlar va yoshlar orasida ekstremistik g‘oyalar tarqalishining oldini olish
Ko‘p yillik tajribalar ko‘rsatmoqdaki, yoshlar muhiti, shu jumladan voyaga yetmaganlar o‘zining ijtimoiy himoyalanmaganligi va o‘ta ta’sirchanligi tufayli, ekstremizm va terrorizmning tajovuzkor mafkurasi oldida eng zaif qatlam bo‘lib qolyapti, bu esa asossiz ravishda norozilik kayfiyatidagilarning ortib borishiga olib kelmoqda.
XXRning Sindao shahrida 2018-yil 10-iyunida bo‘lib o‘tgan ShHT mamlakatlari Davlat rahbarlari kengashining 18-sessiyasi yakuni bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan ShHT davlat rahbarlarining yoshlarga qo‘shma murojaati va uni amalga oshirish bo‘yicha Harakatlar dasturi Yoshlar o‘rtasida ekstremizm va terrorizm mafkurasiga qarshi barqaror immunitetni shakllantirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-avgustdagi PQ-3907-son qarori asosida mamlakatda Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismonan barkamol etib tarbiyalash va o‘qitish tizimini yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi amalga oshirilmoqda.
O‘zbekistonda Yoshlar ishlari agentligi va yoshlarning nodavlat notijorat tashkiloti — O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashkil etilgan.
Bugungi kunda ular tomonidan yoshlarning qonuniy manfaatlari, huquq va erkinliklariga rioya etilishini ta’minlash, ularga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish va huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Mamlakatda ekstremizm va terrorizmning har qanday ko‘rinishda namoyon bo‘lishiga nisbatan murosasizlik muhitini yaratish, buzg‘unchi mafkuralarga qarshi immunitetni shakllantirish, huquqiy savodxonlik va ijtimoiy javobgarlik hissini oshirish maqsadida NNT, OAV, kinoindustriya, madaniyat va san’at arboblarini jalb qilgan holda keng qamrovli kompleks ma’rifiy tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Yoshlar muhitida ekstremistik va terroristik holatlarining paydo bo‘lishi va tarqalishining asosiy sabablari quyidagilardan iborat:
a) yoshlar muhitida ijtimoiy taranglikning kuchayishi (ta’lim darajasi va sifatidagi muammolar, ish o‘rinlarining yetishmasligi, ish haqining pastligi, korrupsiya va boshqalarni o‘z ichiga jamlagan kompleks ijtimoiy muammolar bilan tavsiflanadi);
b) qadriyat yo‘nalishlarining o‘zgarishi (ekstremizm va terrorizm, dunyoviy me’yorlar va ijtimoiy qadriyatlarni rad etuvchi g‘oyalarni singdiruvchi diniy tashkilotlar va mazhablar jiddiy xavf tug‘diradi);
v) buzg‘unchi maqsadlarda psixologik omilni qo‘llash (yoshlar psixologiyasiga xos bo‘lgan nigilizm va maksimalizmdan ekstremizm va terrorizmning mafkuraviy rahnamolari tomonidan faol foydalaniladi);
g) Internet jahon axborot tarmog‘idan noqonuniy maqsadlarda foydalanish (radikal tashkilotlarga keng auditoriyadan foydalanish va o‘z faoliyatini targ‘ib qilish, o‘z niyatlari va rejalashtirilayotgan harakatlariga oid ma’lumotlarni joylashtirish imkoniyatini beradi);
d) yoshlarning xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan ekstremistik va terrorchilik tashkilotlari vakillari va emissarlarining ta’siriga tushib qolishi.
Yoshlar, shu jumladan voyaga yetmaganlar o‘rtasida ekstremistik va terrorchilik g‘oyalari tarqalishining oldini olish uchun ta’lim va yoshlar siyosati sohasida quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur:
a) o‘sib kelayotgan avlodda qonunga hurmat, huquqiy savodxonlik, konfessiyalararo va millatlararo bag‘rikenglik, mamlakatimiz xalqlarining tarixi, madaniyati, ma’naviy merosi va urf-odatlariga qiziqishni shakllantirish;
b) to‘garaklar faoliyatini jadallashtirish orqali yoshlar, shu jumladan bolalar va o‘smirlarning bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish, aholining madaniy, sport va dam olish maskanlaridan foydalanishi uchun shart-sharoit va qulayliklarni yaratish;
v) yoshlarni an’anaviy, ma’naviy, axloqiy va vatanparvarlik qadriyatlari asosida tarbiyalash tizimini davlat tomonidan uzluksiz qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rish;
g) ta’lim tashkilotlarida vatanparvarlik, bag‘rikenglikni tarbiyalash, ekstremistik va terrorchilik faoliyatiga jalb etilishining oldini olish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazish;
d) pedagogik xodimlarning kasbiy mahoratini oshirish, ekstremizm va terrorizm g‘oyalariga qarshi kurashishga qaratilgan yangi ta’lim standartlari hamda pedagogik uslubiyotlar ishlab chiqish va joriy etish;
e) ekstremistik va terrorchilik mafkuraning tarqalishiga olib keladigan omillarni aniqlash maqsadida yoshlar o‘rtasida bandlik, ijtimoiy va iqtisodiy farovonlik, yoshlar submadaniyatlari faoliyatiga oid tahlillar o‘tkazishga qaratilgan ijtimoiy/sotsiologik tadqiqotlarni o‘tkazish;
j) yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda mustahkam fuqarolik pozitsiyasi va o‘zlikni shakllantirishga qaratilgan faoliyatda davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining rolini kuchaytirish;
z) ekstremizm va terrorizm g‘oyalari tarqalishining oldini olish va profilaktika qilish maqsadida yoshlar jamoat birlashmalari bilan o‘zaro hamkorlik qilish;
i) yoshlar o‘rtasida fuqarolik pozitsiyasi va huquqiy savodxonlikni rag‘batlantiruvchi maxsus forum va uchrashuvlarni tashkil etish;
k) o‘zlarining ish uslublarini tubdan o‘zgartirilishi lozim bo‘lgan Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, “Ma’naviyat va ma’rifat” markazlari faoliyatini jonlantirish hamda ularning faoliyatini yoshlar o‘rtasida eng ko‘p ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa muammolar mavjud bo‘lgan hududlarga manzilli yo‘naltirish.

Download 4,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish