O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI
RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Fan:
Ochiq kodli operatsion tizim xavfsizligi
Mustaqil ish
Mavzu: Operatsion tizm xavfsizligi tushunchasi
Guruh : 716-18
Bajardi: Nortojiyev Olimjon
Tekshirdi: Sayfullayev Sherzod
TOSHKENT – 2021
Mavzu: Operatsion tizim xavfsizligi haqida tushuncha.
Reja:
I.Kirish.
II.Asosiy qism:
1.Operatsion tizim nima?
2.Operatsion tizim turlari
3. Opеratsion tizim xavfsizligini ta’minlash masalalari
III. Xulosa.
IV. Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish
Birinchi shaxsiy kompyuterlar OT ga ega emas edilar. Kompyuter tarmoqqa
ulanishi bilan prosessor doimiy xotiraga murojaat etar edi. Ularda murakkab
bo’lmagan dasturlash tili, masalan, Beysik yoki shunga o’xshash tilni
qo’llovchi, ya'ni uni tushunib, unda yozilgan dastur bilan ishlay oluvchi
maxsus dastur yozilgan bo’lar edi. Ushbu til buyruqlarini o’rganish uchun
bir necha soat kifoyaqilar, so’ngra kompyuterga uncha murakkab bo’lmagan
dasturlarni kiritish va ularbilan ishlash mumkin bo’lar edi. Kompyuterga
magnitofon ulangach, chet dasturni ham yuklash imkoniyati yaratildi. Buning
uchun bitta, LOAD buyrug’i kifoya edi, xolos. Kompyuterga disk yurituvchilar
ulanishi bilan OTga bo’lgan zaruriyat paydo bo’ldi. Disk yurituvchi
magnitofondan shunisi bilan farq qiladiki, bu qurilmaga erkin murojaat etish
mumkin. Diskdagi dasturlarni faqat nomi orqali yuklash imkonini
beruvchi operatsion tizim ishlab chiqildi va u disk operatsion sistemasi (DOS)
deb nom oldi. DOS nafaqat diskdagi fayllarni yuklash, balki xotiradagi
fayllarni diskka yozish, ikkita faylni bitta sektorga tushishining oldini olish,
kerak bo’lgan paytda fayllarni o’chirib tashlash, fayllarni bir diskdan
ikkinchisiga ko’chirish (nusxa o l i s h ) k a b i ishlarni x a m b a j a r a o l a d i .
U m u m a n olganda, DOS foydalanuvchini alohida qog’ozlarda ko’plab
yozuvlarni saqlashdan xalos etdi,d i s k yurituvchilar bilan ishlashni
soddalashtirdi va xatolar sonini sezilarli darajada kamaytirdi.
Operatsion tizim nima?
Operatsion tizim – kompyuter yoqilganida yuklanadigan dasturdir.
U foydalanuvchi bilan muloqotga kirishadi, kompyuterning resurslari (tezkor
xotira,disklardagi joylar va hokazolar)ni boshqarishni amalga oshiradi, boshqa
dasturlarni bajarish uchun ishga tushiradi. Operatsion tizimi
foydalanuvchiga va amaliy d a s t u r l a r g a k o m p y u t e r n i n g u s k u n a l a r i
b i l a n a l o q a q i l i s h n i n g q u l a y u s u l i (interfeys)ni ta’minlaydi. Operatsion
tizimining zarurligining asosiy sabablari, kompyuter vositalari bilan
ishlash va resurslarini boshqarish uchun eng sodda amallar - bu eng quyi
darajadagi amallardir, shuning uchun foydalanuvchiga va amaliy dasturlarga
zarur bo‘lgan harakatlar bir necha yuzlab yoki minglab shunday
amallardan iboratbo‘ladi. Masalan, magnit disklardagi axborot to‘plovchi
diskovodning dvigatelini qanday qilib yoqish, o‘chirishni, ma’lum silindrga
o‘quvchi boshchani o‘rnatish, ma’lum o‘quvchi boshchani tanlash,
kompyuterdagi diskning yo‘lakchasidagi axborotni o‘qish va hokazo
kabi amallarni "tushunadi".
OT lar tizimli dasturiy ta’minot asosi hisoblanadi. Operatsion tizimsiz kompyuter
apparaturasi va dasturlari bilan bog‘lanish mumkin emas. Hamma apparat va dastur
vositalari bilan faqat «dallol» dasturi — operatsion tizim yordamida bog‘lanish mumkin
Foydalanuvchining kompyuter apparat va dasturiy vositalari bilan bog‘lanishi.
OT ning asosiy funksiyalari quyidagilardir:
dasturlarni operativ xotiraga yuklash va ularning bajarilishini
boshqarish;
tashqi qurilmalar va bajarilayotgan dasturlar orasida ma’lu- motlarni
almashish amallarini ta’minlash;
dasturlar bajarilishi vaqtida nostandart holatlarga xizmat qilish;
bajarilib bo‘lingan dasturlarni operativ xotiradan olib tashlash va yangi
dasturlarni yuklash uchun joy bo‘shatish;
dasturlar va ma’lumotlarni tashqi qurilmalarda qidirish va saqlashni
tashkil etish;
foydalanuvchi va operatsion tizim o‘zaro bog‘lanishini tashkil etish —
foydalanuvchi buyruqlarini qabul qilish va bajarish;
bir disk qurilmasidan boshqasiga nusxa olish, disk qurilmalarini formatlash va
boshqa turli yordamchi (servis-xizmat- chi) funksiyalarni bajarish.
Operatsion tizimning kiritish-chiqarish asosiy tarkibiy qismi, odatda, kompyuter
doimiy xotirasiga yoziladi, qolgan qismlari esa lazer, vinchester diski yoki yumshoq
diskda joylashtiriladi, u shuning uchun ham tizimli disk deb ataladi. Tizimli disksiz
kompyuter prinsip jihatdan ishlamaydi.
Operatsion tizim kompyuter ishlash jarayonida doimo ishchi holatda bo‘ladi. OT
ishi kompyuter yoqilganda boshlanadi va u o‘chirilganda tugaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |