Mavzu: Operatsion leveridj tahlili. Reja



Download 378,27 Kb.
bet1/2
Sana11.11.2022
Hajmi378,27 Kb.
#864208
  1   2
Bog'liq
Operatsion leveridj tahlili.


Mavzu:Operatsion leveridj tahlili.
Reja:

  1. Korxona faoliyati turlari: operatsion, investitsion,moliyaviy faoliyat.

  2. Operatsion leveridj tahlili.

  3. Operatsion risklar va ularni boshqarish.

Kirish
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoyitda O’zbekiston Respublikasida mamlakat taraqqiyotining barcha sohalarida, shu qatorda eng avvalo tadbirkorlik sohasida islohatlarni yanada rivojlantirish va erkinlashtirish borasidagi aniq dasturlar ishlab chiqilgan va ularni hozirgi kunda yanada takomillashtirish chralari ko’rib kelinmoqda. Hozirgi kunda mamlakatimizda tadbirkorlarga keng eshiklar ochilgan, mamlakatimizning har bir fuqorosi tadbirkorlik bilan shug’ullanish huquqiga egadirlar. Bunga yaqqol misol sifatida hozirgi kunda banklarimizning tadbirkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida berilayotgan eng kam foiz stavkalarda belgilangan kreditlarni misol qilishimiz mumkin. Shunday ekan bu imkoniyatlardan foyalangan xolda mamlakatimizning iqtisodiyotiga xissa qo’shish yoshlar hamda umuman barcha fuqorolarning eng oily burchlaridan biri sifatida qarasak mubolag’a bo’lmaydi.
Birinchi prezidentimiz Islom Abdug’anevich Karimov: “Oldimizda turgan birinchi va asosiy vazifa – bu izchil iqtisodiy o’sish, chuqur tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, ishlab chiqarishni mukammallashtirish va ilg’or texnologiyalar bilan qayta qurollantirishning bosh sharti bo’lgan makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikka erishish muammosidir”deb takidlagan edilar.Bundan tashqari prezidentimiz Shavkat Mirziyoev “Bizning yana bir muhim vazifamiz – kichik biznis va tadbirkorlik sohasini qo’llab – quvvatlash va rag’batlantirish, mamlakatimiz iqtisodiy qudratini, yurtimizda tinchlik va barqarorlik, ijtimoiy totuvlikni mustahkamlashdan, bu soha ulushini yanada oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berishdan iborat. Nega deganda,tadbirkor nafaqat o’zini va oilasini, balki xalqini ham, davlatini ham boqadi. Men takror bo’lsa ham, aytishdan hech qachon charchamayman, ya’ni “Xalq boy bo’lsa,davlat ham boy va qudratli bo’ladi” deb takidlagan edilar.

Korxona faoliyatining turlari: operatsion, investitsion, moliyaviy faoliyat
Operatsiya – (lotincha “Operatsion” – so‘zidan olingan bo‘lib) muayyan maqsadga erishish uchun amalga oshiriladigan harakatlarni anglatadi.Faoliyat – maqsadga erishish yo‘lida muayyan vositalardan foydalanishning rag‘batlantiruvchi jarayoni.Operatsion faoliyat – xo‘jalik yurituvchi subyektning daromad keltiruvchi asosiy faoliyati, shuningdek‚ subyektning investitsiya va moliyaviy faoliyatiga oid bo‘lmagan o‘zga xo‘jalik faoliyatidir.Operatsion faoliyat-mahsulotlar (ish, xizmat)larni ishlab chiqarishga xarajatlarni amalga oshirish va ularni sotishdan daromadlar olishga qaratilgan. Faoliyat turlariga mos ravishda tahlil ham operatsion, investitsion va moliyaviy faoliyattahlili turlariga tarkiblanadi
Korxonlarning asosiy qismi ishlab chiqarish va savdo faoliyati bilan shug‘ullanadilar. Agar korxonalar qo‘shimcha faoliyatni amalga oshirsalar, ular ikkinchi darajali faoliyat hisoblanadi. Bunday faoliyat turlariga investitsion va moliyaviy faoliyatlar kirishi mumkin. Bunday faoliyat turlari korxonani qo‘llabquvvatlashning qo‘shimcha qatorlariga kiradi. Opreratsion faoliyatning ustuvorligi shundaki‚ bunday faoliyat to‘liq mijozga yo‘naltirilgan bo‘ladi.Operatsion faoliyat asosiy faoliyat yoki biznesga nisbatan, pul tushumlariga nisbatan eng ko‘p ishlatiladigan tushuncha hisoblanadi. Operatsion faoliyat bo‘yicha pul oqimlari asosan tadbirkorlik subyektining asosiy daromad keltiruvchi faoliyatidan keladi. Binobarin, ular asosan foyda yoki zararni aniqlashda ishtirok etadigan operatsiyalar yoki boshqa hodisalar natijasida kelib chiqadi.
Operatsion faoliyat tahlili yuzasidan quyidagi axborotlarga tayaniladi: - Aylanma mablag‘lar miqdori; - resurslarni safarbar qilish yo‘llari; - moliyaviy mablag‘lardan samarali foydalanish usullari; - sarf-xarajatlarni optimallashtirish; - asbob-uskunalarni ijaraga olish yoki sotib olish; - tovarlarni ishlab chiqarish uchun sarflangan qiymat bilan sotish qiymati o‘rtasidagi ijobiy farqlanish; - sotish hajmi va rentabellikning o‘sishi haqidagi ma’lumotlar.
Operatsion leveridj tahlili
Har bir korxona tashkil topganidan keyin, foyda olish maqsadida, albatta moliyalashtirish bilan shug‘ullanadi. Foydani ko‘paytirishga yo‘naltirilgan aktivlarni boshqarish jarayoni moliyaviy menejmentda leveridj kategoriyasi bilan harakatlanadLie. veridj b–utom ma’noda og‘ir narsalarni o‘zgartira oladigan ma’lum bir kuch (yelka) bo‘lib, uning yordamida nisbatan og‘ir yuklarni joyida ko‘chirish mumkin. Iqtisodiyotga tatbiq qilganda u uncha katta bo‘lmagan o‘zgarish natijaviy ko‘rsatkichning sezilarli darajada o‘zgarishiga olib keluvchi omil sifatida qaraladi. Mahsulottannarxining asosiy elementlari o‘zgaruvchan xarajatlar hisoblanadi. Bunda ular orasidagi farq har xil bo‘lishi mumkin.Bu farq korxonaning texnika va texnologiya siyosati bilan bevosita bog‘liqdir. Mahsulottannarxining o‘zgarishi umumiy soha daromadni o‘zgartirishga olib keladi.Asosiy vositalarni moliyalashtirish, doimiy harakatlarni o‘sishiga va o‘z vositalarni xarajatlarni kamayishiga olib keladi. Biroq bu o‘zgaruvchanlik to‘g‘ri chiziq orqali ifodalanmaydi. Shuning uchun ham doimiy va o‘zgaruvchan harakatlarning optimal nuqtasini talab etiladi. Ushbu bog‘lanish ishlab chiqarish leveridjini tashkil etadi.Operatsion leveridj – bu mahsulot tannarxi va ishlab chiqarish hajmini tuzilmalarini o‘zgarishi natijasida yalpi foydaga ta’sir ko‘rsatishning potensial imkoniyatidir.Operatsion leveridj ko‘pincha ishlab chiqarish leveridji deb ham yuritiladi.Qiymat bo‘yicha operatsion leveridj quyidagi formula orqali hisob kitob-qilinadi:
Or=V/P;
Or=(F+Xo‘+Xd)/F=1+Xo‘/F+Xd/F. Bu yerda: Or-operatsion richag;Fsotishdan foyda;Xo‘-o‘zgaruvchan xarajat;Xd-doimiy xarajat.Natura shaklidagi operatsion richag quyidagi bog‘lanishda topiladi:Or=T-Xo‘
Operatsion risklar va ularni boshqarish.
Risk (grekcha ridsicon, ridsa so’zidan olingan bo’lib, yo’kotish, skala degan ma`noni anglatadi) -bu bashorat kilinayotgan loyihani amalga oshirishda xakikiy sharoitlardan ozgina chekinilganda daromadlarni ololmaslik yoki zararlarning paydo bo’lib kolish extimolidir.
iqtisodiy kategoriya sifatida risk – bu bo’lishi mumkin bo’lgan yoki bo’lmaydigan xodisa. Agar bu xodisa bo’lsa ijobiy (foyda, daromad yoki boshqa tushum) va salbiy (xarajatlar, zarar, yo’kotish) natija bo’lishi yoki xech kanday natija bo’lmasligi mumkin.

Ishlab chiqarish leveridji faqatgina bir xil ishlab chiqarishningzaxiraviy darajasiga ega bo‘lgan korxona uchun ahamiyatlidir. Bu ko‘rsatkichning ko‘proq ahamiyati yuqori texnika-texnologiya bilan qurollangan korxonalar uchun xarakterlidir. Aniqroq qilib aytganda, korxonaning o‘zgaruvchan xarajatlariga qaraganda qanchalik doimiy xarajatlarning yuqori bo‘lishi, ishlab chiqarish leveridjining yuqoriligidan dalolat beradi. Shunday qilib, o‘zgaruvchan xarajatlarni kamaytirish maqsadida o‘zining texnika-texnologiya bilan qurollanganlik darajasini yaxshilashda, korxonada texnika-texnologiya ishlab chiqarish leveridjini o‘sishiga olib keladi. Yuqori darajadagi tijoriy leveridjga ega bo‘lgan korxona ishlab chiqarish nuqtayi nazaridan ko‘proq tavakkalchilikka (riskka) ega bo‘ladi. Bu risk-umumiy foydani to‘liq ola olmaslikni ifodalaydi.Shu sababli, bugungi kunda risklarni aniqlash va ularni boshqarish yuzasidan aniq metodika ishlab chiqilmagan va u har bitta korxonaning faoliyat, boshqaruv funksiyalari ijrosidan kelib chiqqan holda u yoki bu darajada yuritilmoqda.Risklarni modellashtirish yuzasidan turli modellari ishlab chiqilgan. Ularning tarixiy qiymatga bog‘langan, statistik tahlil, tajriba modellarini tarkiblash mumkin.


Operatsion risklarni boshqarish yuzasidan quyidagi usullardan foydalaniladi:
Operatsion risklar bo‘yicha axborotlarni yig‘ish va tahlil qilish; - risklarning muhim indikatorlari monitoringi; - baholash; - biznes jarayonlar reglamenti;
Qonunchilik normalariga amal etilishi nazorati; - informatsion texnologiyalarning risk nazorati; - xodimlarni o‘qitish, rag‘batlantirish va motivlashni takomillashtirish; - biznes jarayonlarni avtomatlashtirish;
Operatsion risklar bo‘yicha ichki hisobotni tartibi; - faoliyat uzluksizligini ta’minlash rejalarini tuzib chiqish; - operatsion risklar sug‘urtasi; - alohida funksiyalarning autsorsingi.
Operatsion boshqarish - korxona va uning faoliyati mahsulot va ishlab chiqarish bo'yicha faoliyatni boshqarish bilan bog'liq; Bu kompaniyaning darhol ishlashi bilan bog'liq har qanday holatda o'z ichiga olgan biznesni boshqarish uchun sarflanadi. Ular to'g'ridan-to'g'ri ishlab chiqarish bilan bog'liq bo'lmagan hisobot davrining xavfsizligini tartibga soladilar. FAS «Harajatlar» ma'lum iqtisodiy jarayonlar bo'yicha ishlab chiqarishning samaradorligini tashkil qiladi.
- mehnat haqi;
- amortizatsiya - ishlab chiqarish korxonalari yoki transport vositalari kabi aktivlar asta-sekin eskirib qolgan taqdirda paydo bo'ladigan farq, chunki veb-sayt bozor nazorati qiymatidan biroz pastroq bo'lishi uchun operatsyon bilan bog'liq bo'ladi) Faoliyat);
Ijtimoiy faoliyat uchun foyda mablag'larni;
- yukni mehnatga haq to'lash qobiliyati - operatsyonning eng katta vaznni egallaydi;
- boshqa operatsyonka - marketing, reklama, litsenziyalar va yuridik saqlash to'lovi, ish yuritish, kommunal to'lovlar, zarur xom ashyoni sotib olish uchun sarf-xarajatlar, ilmiy va ilmiy tadqiqotlari.
Xulosa
Operatsion faoliyat – xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy daromad olib keluvchi faoliyat turidir.Operatsion faoliyat tahlilida xo‘jalik yurituvchi subyekt asosiy faoliyatining muhim obyektlari: mehnat vositalari, predmetlari va mehnat resurlarining ta’minoti, ishlab chiqarish, sotish va natijaga ega bo‘lishdagi kompleks tizim o‘rganiladi.Xo’jalik yurituvchi subektlarda operatsion faoliyat daromadlari samaradorligini oshirish xalqaro standartlar tizimi asosini tashkil qilish asoslari ko’rib chiqildi. Buxgalteriya hisobi milliy standartlarining jaxon amaliyotida qabulqilingan uslubiy tamoyillari uyg’unligini taminlash, bu bevosita xorijiy investorlarni jalb qilishda muhim zamin bo’lib xo’jalik yurituvchi subektlar salohiyatin yanada oshirishga olib keladi.Biznesni harakatga keltiruvchi kuch faoliyatning (esubektlar ko‘rinishdagi harakatlar) yakunida erishiladigan foyda hisoblanadi. Shu sababli, foyda mulk shaklidan qat’i nazar barcha korxonalarning faoliyatini baholashning yagona ko‘rsatkichi sifatida qaraladi. Shuningdek, foyda bu – maqsadli harakatning rag‘bati hamdir. Tijorat faoliyati va uning davomiyligi ko‘pincha ushbu unsurning hajmiga, to‘g‘ri taqsimotiga va ishlatilishiga bog‘liq. Foyda o‘z-o‘zidan iqtisodiy aktivlarni oldingi harakatlarining mutanosibligidan kelib chiqadi.

Download 378,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish