Mavzu: ontologiya, gnoseologiya va ong falsafasi



Download 358,71 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana20.03.2022
Hajmi358,71 Kb.
#503484
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-мавзу маъруза материали

Aqlish bilish
– 
tushuncha, hukm, xulosa
dan iborat. 
Tushuncha
abstrakt tafakkur shakli (yoki turi) sifatida ba’zi narsalarni umumlashtirish 
va shu narsalar uchun umumiy bo‘lgan belgilar yig‘indisini fikran ajratish natijasidir. 
Tushunchalarda ob’ektlarning muhim va nomuhim, zaruriy va tasodifiy, sifatiy va mikdoriy 
belgilari aks etgan bo‘lishi mumkin. Namoyon bo‘lish darajasiga ko‘ra turlicha, ya’ni unchalik 
umumiy bo‘lmagan, umumiyroq, eng umumiy tushunchalar bor. Tushunchalarning o‘zi 



umumlashishi ham mumkin. Ilmiy bilishda xususiy, umumiy va eng umumiy tushunchalar 
borligi e’tirof etilgan. 
Hukm 
— fikrning shunday shakliki, uning yordamida tushunchalarning haqiqatga 
mosligi tasdikdanadi yoki inkor etiladi. Hukmlarni aytayotib biz tushunchalardan foydalanamiz. 
Ular hukmlarning elementlari hisoblanadi. Narsalarning mohiyatini bilish asosida ular 
to‘g‘risidagi tushunchalar paydo bo‘ladi, yagona hukmga birlashishi mumkin bo‘lgan yakka 
hukm yoki hukmlar majmuasi shakllanadi. Narsalarni anglashda erishilgan bu hukm ham 
tushuncha o‘rnida qabul qilinadi. Bilimlar chuqurlashib borishi bilan ularni umumlashtirish 
asoslari ham o‘zgaradi. Bir tushunchalardan boshqasiga, yanada chuqurroq va aniqroq 
tushunchalarga o‘tishning mohiyati ana shunda. Psixologiya kursida hukmga bir oz 
boshqacharoq ta’rif berilishini ta’kidlash kerak: “Hukm” borliqning narsalari va hodisalari 
o‘rtasidagi yoki ularning xossalari va belgilari o‘rtasidagi aloqalarni aks etirishdir. Bunday 
tushunishda hukmlar tushunchalar bilan boglik bo‘lishi shart emas deb qaraladi. 
Xulosa. Tushunchalar va hukmlar asosida xulosa shakllanadi. Xulosa shunday muhokama 
yuritishki, uning yordamida mantiqan yangi xukm hosil qilinadi,. 
4-masala.
Ongning tabiatini anglash masalasi — eng qadimiy falsafiy masalalardan biri, 
deyish mumkin. Garchand ong va uning turli xususiyatlari insonga xos hodisa sifatida 
psixologiya, adabiyot, sotsiologiya kabi fanlarning tadqiqot mavzui doirasiga kirgan bo‘lsa-da, 
ongning mohiyati, uning turli ko‘rinishlari o‘rtasidagi munosabat kabi masalalarni o‘rganish 
bilan aynan falsafa shug‘ullanadi. 
Ong tarixi insonning inson bo‘lib shaklng tarixi dana boshlashi tarixi bilan bog‘liqdir. 
Uzoq vaqt davomida inson, uning ongi planetar, ya’ni Yer shari doirasidagi hodisa sifatida qarab 
kelindi. Xozirgi zamon fani masalaga kengroqdoirada yondashish zarurligini ko‘rsatmoqda. 
Chunki fan dalillari inson paydo bo‘lishini faqat Yerda kechgan jarayonlar bilan cheklab qo‘yish 
to‘g‘ri emasligini, u koinot evolyusiyasining tabiiy hosilasi ekanligini tobora 
chuqurroqisbotlamokda. Inson biologik va ijtimoiy harakatning tashuvchisi ekan, harakat 
shakllari o‘rtasidagi uzviy aloqadorlikni, uning yuqori shakllari kuyi shakllariga bog‘liqligini, 
tayanishini, ulardan o‘sib chiqishini unutmaslik lozim. Boshqacha aytganda, ular o‘rtasida uzviy 
aloqadorlik mavjud. Ong tarixi Quyosh sistemasi va unda millionlab yillar davomida sodir 
bo‘lgan o‘zgarishlardan ham ayricha olib qaralishi mumkin emas. Aynan mana shu jihatdan 
olganda, ongning shakllanishini kosmik hodisa sifatida qarash ham mumkin. 
Ong in’ikosning oliy shaklidir. Xo‘sh, in’ikos deganda nima tushuniladi. In’ikos 
muayyan ta’sir natijasida paydo bo‘ladi..Buning uchun esa, hech bo‘lmaganda, ikkita ob’ekt va 
ular o‘rtasida o‘zaro ta’sir bo‘lishi lozim. Eng umumiy ma’noda, har qanday narsalarning u bilan 
munosabatda bo‘lgan boshqa narsalar ta’sirini muayyan tarzda aks ettirish xossasiga in’ikos 
deyiladi. Shu ma’noda in’ikos hamma joyda mavjud. Ayni paytda har bir holatda u o‘ziga xos 
xususiyatga egadir. Chunonchi, notirik tabiatdagi in’ikos bilan tirik tabiatdagi in’ikos bir-biridan 
tubdan farq qiladi. Notirik tabiatda in’ikos oddiyligi bilan ajralib tursa, tirik tabiatda u murakkab 
xarakter kasb etadi. Inson ongi juda murakkab va ko‘p qirrali hodisadir./U haqdagi qarash va 
tasavvurlar kishilarning turli hayot tajribalariga tayanib yondashuvi hamda talqin etishlariga 
bog‘likdir. X)ngning mohiyati va mazmunining namoyon bo‘lish qirralarini tushunishda milliy-
madaniy an’analar, diniy, ijtimoiy qadriyat va mo‘ljallarning ta’siri katta.. Shu bilan birga, 
notirik tabiatda in’ikos passivligi, tirik tabiatda esa faolligi bilan ajralib turadi. Tirik tabiatda 
in’ikos tashqi ta’sir natijalaridan faol foydalanishni keltirib chiqaruvchi axborotli in’ikos shaklini 
oladi.*Ongning falsafiy talqini inson ma’naviy va ruhiy hayoti namoyon bo‘lishining barcha 
shakllarini birlikda va yaxlitlikda olib tahlil qilish imkonini beradi.»Shuningdek, ularning 
voqelik bilan munosabatlari (aloqadorlik holati)ni nazorat qilish, tartibga solish va boshqarish 
usullarini o‘rganish tamoyillarini yaratadi. Ayni paytda axborotli in’ikosning o‘zi tirik tabiatning 
har bir darajasida yanada murakkablashib, o‘ziga xoslik kasb etadi. Mana shunday 
murakkablashuv jarayoni psixik in’ikosning shakllanishiga zamin yaratdi. Aynan psixik in’ikos 



darajasida voqelikka faol munosabat ham shakllanadi, in’ikosning ilgarilab borishidan esa, o‘z 
navbatida, uning o‘ziga xos, yuqori shakli bo‘lgan ongning paydo bo‘lishiga imkoniyat yaraldi. 
Inson miyasi nozik, murakkab tuzilishga ega bulgan tizimdir. Aynan uning murakkabligi 
ong paydo bo‘lishi mumkinligining asosiy shartidir. Bunday holat ham uzoq davom etgan 
evolyusiyaning tabiiy hosilasidir. Ammo yuksak darajada tashkil topgan miyaning o‘zi ham hali 
ong paydo bo‘lishi uchun yetarli emasligini unutmaslik lozim. Bu miya normal funksional 
faoliyat ko‘rsatishi zarur. Va nihoyat, normal funksional faoliyat ko‘rsatuvchi miya sohibi 
ijtimoiy munosabatlarga tortilgan bo‘lishi shart. 
Ongning mohiyatini anglashda uni ijtimoiy hodisa sifatida olib qarash muhim ahamiyatga 
ega. Insonni hayvonot olamidan ajralib chiqishida va biologik mavjudotdan ijtimoiy mavjudotga 
aylanishida muhim rol o‘ynagan omillar ongni ham shakllanishida zamin bulib xizmat 
qilgan.^Bu omillar sifatida uzoq ajdodlarimizning birlikda hayot kechirishlari, o‘zaro axborot 
uzatishga bulgan ehtiyoj, atrof-muhit sharoitiga «sun’iy» ravishda moslashishga bulgan moyilligi 
va nihoyat, «mehnat» qilishga o‘rgana borishini ko‘rsatish mumkin. Ana shu omillar ta’sirida 
oxir-oqibat insonning tashqi muhitni o‘zgartiruvchi faolligi namoyon bo‘lib borgan.
Ong
psixik in’ikosning o‘ziga xos, yuksak ing va ruhiyat shaklidir. Ammo, bu psixika va 
ong tushunchalarini aynanlashtirish uchun asos bo‘la olmaydi. Negaki, psixika hayvonlarga ham 
xosdir.Jan inson psixikasi haqida ketganda ham, u ong tushunchasiga nisbatan keng qamrovlilik 
kasb etishini unutmaslik lozim.,3. Freyd fikricha, psixika ongsizlik, ong osti hodisalarini va 
ongning o‘zidan iborat uch qatlamdan tashkil topgan. Inson hayoti, faoliyatida ong bilan bir 
qatorda ongsizlik va ong osti hodisalari ham muhim ahamiyatga ega. 

Download 358,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish