- Ilk bolalik yoshidagi bolaning xayoli predmetlar bilan qilinadigan harakatlarga bog‘liqligi bilan farqlanadi. Bu Yoshdagi bolalarda nutq va tafakkur xususiyatlari o‘z hayotining birinchi yilida sodda assotsiatsiya, ya’ni har xil tasavvurlarni bir-biri bilan bog‘lash qobiliyatiga ega bo‘ladi. Masalan, u sutli shishani ko‘rishi bilan xursand bo‘ladi. Bola bir Yoshga to‘lay deganda, onasining ko‘chaga kiyadigan kiyimini olib kelayotganini ko‘rib, xursand bo‘ladi. Vrachning tekshirishidan yomon ta’sirlangan bolalar xalatli odamlardan qo‘rqa boshlaydilar.
- Ilk bolalik davrining boshlariga kelib, bolada birinchi tafakkur operatsiyalari yuzaga keladi. Buni bola biror predmetni olishga harakat qila olganidan so‘ng, uni sinchiklab o‘rganishida ko‘rishimiz mumkin. Ularning tafakkurlari, asosan, ko‘rgazmali-harakatli bo‘lib, u atrof olamdagi turli bog‘liqliklarni o‘rganishga xizmat qiladi.
- Bola ikki Yoshlarga borib, amaliy tafakkurdan birinchi marta foydalana oladi, uchinchi Yoshida esa ba’zi tanish harakatlardan qonkret masalalarni hal qilishda mustaqil foydalana boshlaydi. Masalan, bu Yoshdagi bola vazadagi tugmachani qo‘li bilan solib, ololmasa, u vazachani to‘ntarib olaveradi. Tafakkurning bu boshlang‘ich shaklini ba’zan «qo‘l tafakkuri» ham deyiladi
Maktabgacha уoshdagi bolalarning pisixik taraqqiyoti
Ontogenezda 3 dan 7 yoshgacha bo‘lgan davr bog‘cha yoshi davri yoki maktabgacha yosh davri hisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasida juda tez sifat o‘zgarishlari bo‘lishini inobatga olgan holda 3 davrga: (3-4 yosh) kichik maktabgacha davr, (kichik bog‘cha yoshi), (4-5 yosh) o‘rta maktabgacha davr, (o‘rta bog‘cha yoshi) , (6-7 yosh) katta maktabgacha davr (katta bog‘cha yoshi)ga ajratish mumkin. Bola rivojlanish jarayonida kishilik avlodi tomonidan yaratilgan predmet va hodisalar olami bilan munosabatga kirishadi.
“2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risi”dagi PQ-2707-sonli qarori(29.12.2016y.)”Nodavlat ta’lim xizmatlari ko’rsatish faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risi”dagi PQ-3276-sonli qarori (15.09.2017y.)”Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora tadbirlar to’g’risida”gi PQ-3261-sonli qarori (09.09.2017y)”O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to’risida”gi PQ-3505-sonli qarori (30.09.2017y.) “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora –tadbirlari to’g’risida”PF5891-sonli Farmoni (30.09.2017y)qabul qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |