Mavzu: Online telefon savdo do’konini ma’lumotlar bazasini yaratish. Mundarija



Download 2,57 Mb.
bet4/7
Sana20.07.2022
Hajmi2,57 Mb.
#825818
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ne\'matjonov M 613-16(1)

1.3 MBBT tillari haqida ma’lumot.

MBBT misoli sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:


DBASEdasturi;
Microsoft Access;
Microsoft For Pro For DOS;
Microsoft For Pro For WINDOWS;
Paradox for DOS;
Paradox for WINDOWS.
MB bilan ishlashga kirishishdan oldin ma’lumotlarni tasvirlash modelini tanlab olish kerak. U quyidagi talablarga javob berishi lozim:

  • axborotni ko’rgazmali tasvirlash;

  • axborotni kiritishda soddalash;

  • axborotni izlash va tanlashda qulaylik;

  • boshqa omborga kiritilgan ma’lumotdan foydalanish imkoniyatining mavjudligi;

MBning ochiqligini ta’minlash (yangi ma’lumotlar va maydonlar qo’shish, ularni olib tashlash imkoniyatlari va xokazo).
MB bitta yoki bir necha modellarga asoslangan bo’lishi mumkin. Xar qanday modelga o’zining xossalari (parametrlari) bilan tavsiflanuvchi ob’ekt sifatida qarash mumkin. Shunday ob’ekt ustida biror amal (ish) bajarsa bo’ladi.
Ma'lumki, MBBT dasturiy va til vositalarining to`plamidan iborat bo`lib, ular yordamida MB ni hosil qilish, yuritish, tahrirlash va boshqa vazifalarni bajarish mumkin. Bunday tizim yordamida operatsiya tizimining ma'lumotlarini boshqarish bo`yicha imkoniyatlari kengayadi.
MBBTni turkumlashda mantiqiy tuzilish asos qilib olingan. Shuning uchun ham tarmoqli, pog`onali va relyatsion MBBTlari mavjud. Relyatsion MBBT lari keng tarqalgan bo`lib, ular jumlasiga dBase III Plus, FoxBase, Fox Pro, Clipper, dBase IV, Paradox va boshqalar kiradi.
MBBT ikki tartibda: interpretatar va kompilyator tartibda ishlashi mumkin.
Interpretator tartibda dasturlarning buyruqlari bosqichma-bosqich, birin-ketin bajariladi. Unda har bir buyruq nazorat qilinadi, so`ngra mashinina tiliga aylantirib, bajariladi. Tegishli amallar bajarilgandan keyin, ular xotiradan o`chiriladi, tizim qayta ishlash bosqichiga o`tadi va keyingi buyruqni bajarishaga kirishadi.Interpritator tartibida «Exe» kengaytirmali fayl hosil qilinmaydi.. bunday faylini hosil qilish uchun kapilyator tartibida foydalaniladi. Kompilyator tartibida buyruqlar bevosita bajarilmaydi, balki ular «exe» faylga yoziladi. Exe faylni hosil qilish jarayoni ikki bosqichdan iborat bo`ladi: boshlang`ich dasturni nazorat qilish va uni obj turga aylantirish; matn muharriri yordamida dasturni exe faylga aylantirish. Exe faylning bajarilishi uchun MBBT ning mavjud bo`lishi shart emas, Interpretator tartibida ishlaydigan MBBT ga dBase III Plus, FoxBase va Karat kiradi, kompilyator tartibida Clipper, panel tartibida esa Clario ishlaydi.
MBBT foydalanuvchi bilan ma'lumotlar bazasi o`rtasidagi aloqani ta'minlovchi dastur sifatida ishtirok etadi. Uning funksiyalari menyu va dasturlar ko`rinishida namoyon bo`ladi.
Menyu tartibi MBBTning funksiyalari ekranda tasvirlanadi. Foydalanuvchi kursorni harakatlantirish orqali tegishli funksiyani aniqlashi va bajarishga chaqirishi lozim. Tizim aniqlangan funksiyalarni bajarib bo`lgandan so`ng yana menyu holatiga qaytadi.
Dasturiy tartibda tegishli buyruqlar kiritiladi, dasturlar qayta ishlanadi va bajarishga chaqiriladi. Bu holda MBBT interpretator tartibida ishlaydi va foydalanuvchidan dasturlash tillarini bilish talab qilinadi.
MBBT da foydalaniladigan dasturlash tillariga umumiy talablar bilan bir qatorda quyidagilar ham qo’yiladi:
tilning to’liq bo’lishi;
vazifalarni bajarish uchun tegishli vositalarning bo’lishi;
aniqlangan ma’lumotlarni to’liq qayta ishlash va boshqalar.
Dasturlash tillari bir qator belgilarga ko’ra turkumlarga ajratiladi.
o’zgaruvchanlik;
jarayonlilik;
foydalanilayotgan matematik apparat va boshqalar.
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari arxitekturasi. Eng avvalo umumlashgan holda formal bo’lmagan tavsifga ega ma’lumotlar bazasi tuziladi. Bu ma’lumotlar bazasini tuzish har bir foydalanuvchilardan so’rovlar natijasida olingan tasavvurlarni birlashtirilib amalga oshiriladi. Bu insonlarga tushinarli bo’lgan ta’biiy til, matematik formulalar, jadvallar, grafiklar va boshqalar yordamida bajarilgan tavsiv ma’lumotlar bazasini loyihalashda ma’lumotlarning infologik modeli deyiladi.
MBBT kerakli ma’lumotlarni tashqi eslab qolish qurilmasidan ma’lumotlarning fizik modeli bo’yicha izlaydi.
Demak, kerakli ma’lumotlardan foydalanishga ruxsat aniq bir MBBT yordamida bajariladi. Shuning uchun, ma’lumotlar modeli ushbu MBBT ma’lumotlarni tavsivlash tilida tavsivlanishi kerak bo’ladi.
Ma’lumotlarning infologik model bo’yicha yaratiladigan bunday tavsivga ma’lumotlarning datalogik modeli deyiladi.
Bu uch darajali arxitektura ma’lumotlarning saqlanishi unga ishlatiladigan dasturdan bog’liqmasligini ta’minlaydi.
Ma’lumotlar bazasini yaratishda turli hil usullardan foydalanish mumkin. Bazani tashkil qilish bajariladigan amal yoki qanday ma’lumotlar jamlanmasi ekanligiga bog’liq .
MySQL haqida qisqacha ma’lumot. Hozirgi paytgacha biz MySQLdagi ma'lumotlar bazasiga " root" foydalanuvchisi bilan ulanib, ishlab keldik. Bu foydalanuvchi yordamida jadval va tizimga oid barcha amallarni bajarish mumkin, shuning uchun " root" dan foydalanish tavsiya qilinmaydi, adashib ma'lumotlar bazasini buzib qo'yish mumkin. Bu foydalanuvchidan proffessonallar, shunda hamvaziyatga qarab foydalanishadi. Odatda, har bir ma'lumotlarbazasi bilan ishlovchi foydalanuvchiga, o'ziga alohida ma'lumotlar bazasi bilan ishlash uchun mysqlda foydalanuvchi yaratib beriladi. Bu yaratilgan foydalanuvchiga, bajaradigan vazifasidan kelib chiqgan holda, ma'lum bir ruxsatlar(prava, priviligiya) beriladi(jadvallar yaratish, ularnio'chirish,...). Shunda, ma'lum hisobda ma'lumotlar bazasini muhofaza qilish mumkin bo'ladi. Foydalanuvchilarga beriladigan ruxsatlar haqida ma’lumot berilgan. MySQLda 3 xil guruhga ajratilgan ruxsatlar mavjud:axborotlar bilan bog'liq ruxsatlar, struktura bilan bog'liq ruxsatlar va ma'murlash(administrirovaniye) bilan bog'liq ruxsatlar. Keling har biri bilan tanishib chiqamiz. Axborotlar bilan bog'liq bo'lgan ruxsatlar, bevosita ma'lumotlar bazasidagi axborotlar bilanishlash uchun mo'ljallangan, bu guruhga quyidagi ruxsatlar kiradi.
SELECT - bu ruxsat, ma'lumotlar bazasidagi axborotlarni chiqaribolish uchun beriladigan ruxsatdir, ya'ni jadvallarga "select" orqali so'rovni amalga oshirish mumkin.
INSERT - jadvalga yangima'lumotlarni kiritishga ruxsat.
UPDATE – jadvaldagi axborotlarni o'zgartirish xuquqini beradigan ruxsat.
DELETE – jadvaldagi axborotlarni o'chirish xuquqiniberadi.
FILE - so'rov asosida olingan axborotlarni faylga yozish vafayldan o'qish xuquqini beradi.Endi, ma'lumotlar bazasi va jadvallar strukturalarini o'zgartirish xuquqini beradigan ruxsatlar bilan tanishib chiqamiz, bu guruhga quyidagilar kiradi:
CREATE - yangi ma'lumotlar bazasi, shu bilan birga bazada yangi jadvallar yaratish xuquqini beradigan ruxsat.
ALTER - jadvalni o'zgartirish xuquqini beradi(jadval nominio'zgartirish, qatorlarni olibtashlash,...).
INDEX - jadvalga indekslar yaratish va o'chirib tashlash xuquqini beradi.
DROP - butun boshli bazani yoki jadvalni o'chirish xuquqi.
CREATE TEMPORARY TABLES -vaqtinchalik maqomiga egajadvallar yaratish xuquqi, bu jadvallar seans tugatilganda o'chib ketadi. Oxirgi guruh ma'lumotlar bazasini ma'murlash(administrirovaniye)ga oiddir, buguruhga quyidagi ruhsatlar kiradi:
GRANT – yangi foydalanuvchilar yaratish va o'zida mavjud bo'lgan(!) ruxsatlarni boshqalarga berish xuquqlariga ega.
SUPER - oqimlarni o'chirish(kill) xuquqiga ega, oqimlar boshqa bir foydalanuvchining ma'lumotlar bazasiga ulanishi, ya'ni foydalanuvchi ulanishini uzish xuquqiga ega.
PROCESS – processlist buyrug’ini berish xuquqiga ega, bu buyruq barcha ulanishlarni ko'rish uchun beriladi.
RELOAD - jurnal fayllarini ochish va yopish xuquqiga ega.



  1. Download 2,57 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish