Mavzu: Online telefon savdo do’konini ma’lumotlar bazasini yaratish. Mundarija


Nazariy qism. MBBT haqida umumiy tushuncha



Download 2,57 Mb.
bet2/7
Sana20.07.2022
Hajmi2,57 Mb.
#825818
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ne\'matjonov M 613-16(1)

Nazariy qism.



    1. MBBT haqida umumiy tushuncha.

Ma’lumotlarni boshqarish vositalarining rivojlanishi axborot texnologiyalari bazasiga qurilgan har qanday axborot tizimining asosi hisoblanadi.


Ma’lumotlar bazasi (date base) - bu EHM ning tashqi xotirasida saqlanadigan, har qanday jismoniy, ijtimoiy, statistik, tashkiliy va boshqa ob’yektlar, jarayonlar, holatlarning o‘zaro bog‘liq va tartiblashtirilgan majmuidir.
Ma’lumotlar bazasi (MB) har xil foydalanuvchilarning axborot yetishmovchiligini ta’minlash uchun mo‘ljallangan. Amaliyotda ko‘pchilik ma’lumotlar bazasi chegaralangan predmet sohasi uchun loyihalashtiriladi. Bitta EHMda bir qancha ma’lumotlar bazasi yaratiladi. Vaqti bilan turdosh vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan ba’zi bir ma’lumotlar bazasi birlashishi ham mumkin.
MB ni loyihalashtirishda asosan ikkita masala yechiladi:
predmet sohasi ob’ektlarini qanday qilib ma’lumotlar modellarining abstrakt obektlari shaklida ifodalash. Ayrim hollarda bu masalaga ma’lumotlar bazasini mantiqiy loyihalash masalasi deyiladi.
ma’lumotlar bazasiga so‘rovlarning bajarilish effektivligini qanday ta’minlash. Bu masalaga ma’lumotlar bazasini fizik loyihalash masalasi deyiladi.
Ixtiyoriy turdagi MBni loyihalashtirishning birinchi bosqichdagi predmet sohasini tahlil qilish bo‘lib, u axborot tuzilmasini (konseptual sxemalar) tuzish bilan yakunlanadi. Bu bosqichda foydalanuvchining so‘rovlari tahlil qilinadi, axborot ob’ektlari va uning xarakteristikalari tanlanadi, hamda o‘tkazilgan tahlil asosida predmet sohasi tuzilmalashtiriladi. Predmet sohasini tahlil qilishni uch bosqichga bo‘lish maqsadga muvofiqdir:
 konseptual talablar va axborot ehtiyojlarini tahlil qilish;
 axborot ob’ektlari va ular orasidagi aloqalarni aniqlash;
 predmet sohasining konseptual modelini qurish va MBni konseptual sxemasini loyihalashtirish.
Konseptual talablar va axborot extiyojlarini tahlil qilishda quyidagi masalalarni hal qilish kerak:
 foydalanuvchilarning MBga bo‘lgan talablarini tahlil qilish;
 MBdan o‘rin olishi lozim bo‘lgan axborotlarga ishlov berish bo‘yicha mavjud masalalarini aniqlash;
 kelajakda hal qilinishi lozim bo‘lgan masalalarni aniqlash;
 tahlil natijalarini hujjatlashtirish.
MBBT asosiy xususiyatlari - bu protsеduralar tarkibi bo’lib, ular faqat ma'lumotlarni kiritish va saqlashda ishlatilmasdan, ularning strukturasini ham tasvirlaydi. Ma'lumotlarni o’zida saqlab va MBBT ostida boshqariladigan fayl, oldin ma'lumotlar banki dеb atalib, kеyinchalik esa “Ma'lumotlar bazasii” dab yuritila bosladi.
Ma'lumotlarni boshqarish tizimi, quyidagi xossalarga ega:

  • fayllar to’plami mantiqiy kеlishuvni quvvatlaydi;

  • ma'lumotlar ustida ish yuritish tili bilan ta'minlaydi;

  • har xil to’xtalishlardan kеyin ma'lumotlarni qayta tiklaydi;

  • MBBT bir nеcha foydaloanuvchilarning parallеl ishlashini ta'minlaydi.

MBBT ning vazifalarini uch guruhga ajratish mumkin:
- fayllarni boshqarish; ya'ni faylni ochish, nusxa olish, nomini o`zgartirish tuzilishini o`zgartirish, qayta hosil qilish, tiklash, hisobot olish, bekitish va boshqalar;
- yozuvlarni boshqarish, ya'ni yozuvlarni o`qish, kiritish, tartiblashtirish, o`chirish va boshqalar;
- yozuv maydonlarini boshqarish.
Keng ma’noda Ma’lumotlar bazasi(MB) deganda real dunyoning konkret ob’ektlari haqidagi ma’lumotlar tuplamini tushirish mumkin. Lekin ma’lumotlar xajmi oshib borishi bilan bu masalalarni xal etish murakkablashadi. Yuzaga kelgan muommo ob’ekt va ma’lumotlarni strukturalash, ya’ni tizimga solish yuli bilan xal kilinadi. Ob’ekt - bu mavjud va farklanishi mumkin bulgan narsadir. Ob’ektlarga tegishli bir kator ma’lumotlar borki, ularning to’plami MB bula oladi. Masalan, xar bir akademik-litsey yoki kasb-xunar kolleji-bu ob’ektlar bulsa, ulardagi ukuvchilar haqidagi ma’lumotlar tuplami MBga misol bula oladi.
Xar qanday jiddiy MBning yaratilishi uning loyixasini tuzishdan boshlanadi. MB loyixalovchisining asosiy vazifasi ob’ektlar va ularni tavsiflovchi parametrlarni tanlash, ma’lumotlar orasidagi ma’lumotlarni o’rnatishdan iborat.
MBni yaratish jarayonida, foydalanuvchi ma’lumotlarni turli belgilar buyicha tartiblashga va belgilarning turli birikmalari buyicha zarur ma’lumotlarni (tanlanmani) tez topish uchun imkoniyatlar yaratilishiga xarakat kiladi. Bu ishlarni ma’lumotlar strukturalangan (tuzilmalangan) bulgandagina bajarish mumkin.
Ma’lumotlarning joylashuvi va xotira qurilmasida ularning o‘zaro aloqalari haqida gapirishdan oldin, o‘zigan xos ma’lumotlar modelini yaratgan holda, ma’lumotlar o‘zaro bog‘liqligini mantiqiy darajada keltirish lozim.
Shunday qilib, predmet sohasining barcha ob’yektlarida yozuv tarkiblari va ularning o‘zaro aloqasi aniqlandi, ya’ni predmet sohasining ma’lumotlar modeli vazifalashtirildi. Ma’lumotlar modelining asosiy vazifasi saqlash ahamiyatlari bilan bog‘liq, chalg‘itadigan detallarsiz axborot kartinasini to‘liq namoyon etish imkonini berishdan iborat. U ma’lumotlar bankida saqlanayotgan har qanday ma’lumotni olish mexanizmini ishlab chiqishda yordam beradigan asbobdir.
Modelosti amaliy programmalashda foydalaniladigan ma’lumotlarning yozilishini aniqlaydi. Yaxlit model asosida ko‘plab har xil podmodellarni tashkil etish mumkin. Ular nazariy jihatdan ma’lumotlarning umumiy modelidan kuchli farq qilishi mumkin. Ma’lumotlarning asosiy modelini qaraymiz:
- tizimli;
- merarxik;
- relyatsion;
Zamonaviy MB texnalogiyasida MBni yaratish, unga xizmat kursatish va foydalanuvchilarni MB bilan ishlashiga imkon yaratish maxsus dasturiy uskunalar yordamida amalga oshiriladi. Bunday dasturiy uskunalar yordamida amalga oshiriladi. Bunday dasturiy uskunalar majmuasi Ma’lumotlar omborini boshkarish tizimlari (MBBT) deb ataladi.
MBBT-MBni yaratish, uni dolzarb xolatda ushlab turish, kerakli axborotni topishni tashkil etish va boshka xizmat kursatish uchun zarur buladigan dasturiy va til vositalari majmuasidir.

Download 2,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish