Mavzu: Ona tili lug’at tarkibining ma’no jihatdan tafsiflanishi. Lug’at tarkibining ijtimoiy guruhlar tomonidan qo’llanilishi haqida ma’lumot. Reja



Download 171,88 Kb.
bet1/5
Sana28.02.2022
Hajmi171,88 Kb.
#474750
  1   2   3   4   5
Bog'liq
ona tili




Mavzu: Ona tili lug’at tarkibining ma’no jihatdan tafsiflanishi .Lug’at tarkibining ijtimoiy guruhlar tomonidan qo’llanilishi haqida ma’lumot.


Reja:

  1. Lug’atlarning tarkibiy faolligi jihatdan tafsiflanishi.

  2. Lug’atlarning tarkibiy nofaolligi jihatdan tafsiflanishi.

  3. Lug’at tarkibining hissiy – ta’siriy bo’yoqdorligi jihatdan tafsiflanishi.

  4. Glossariy.

  5. Mavzu yuzasidan tezkor savol va topshiriqlar.

Tayanch so’z va iboralar: Lug’atlar, lug‘atshunoslik, hissiy – ta’siriy, qomusiy, lingvistik, ko‘p tilli , atama, sheva.


T ildagi jamiki so‘zlar, ularning tarixi, izohi, imlosi kabi muhim masalalar bilan lug‘atshunoslik shug‘ullanadi. Mukammal tuzilgan lug‘at va so‘zliklar u yoki bu tilning boyligini o‘zida to‘playdi. Lug‘atlar qadimdan yaratib kelingan. Masalan, Mahmud Koshg‘ariy tomonidan XI asrda yaratilgan “Devonu-lug‘otit-turk”, XVI asrda usmonli turk tilida yaratilgan “Abushqa” lug‘atlari tarixdan bizga ma’lum.




«ABUSHQA» — izohli lug’at. Alisher Navoiy asarlaridan foydalanuvchilar uchun 16-asrda Turkiyada tuzilgan. Muallifi noma’lum. Navoiy zamondoshlarining asarlaridan ham ayrim misollar kiritilgan. «Abushqa» lug’ati Abushqa so’ziga izoh bilan boshlangani uchun shu nom bilan mashhur. Bu so’z eski o’zbek tilida keksa, qari, Nuroniy ma’nolarida ishlatilgan. «Abushqa» ni yuzaga keltirishda hirotlik tole’ Imoniy tomonidan 15 – asrda Navoiy asarlariga tuzilgan O’zbekcha-forscha «Badoe’ul-lug’at» dan keng foydalanilgan. «Abushqa» ni dastavval vengriyalik sharqshunos G. Vamberi Budapeshtda Venger tilida (1862), keyin rus sharqshunosi V. Velyaminov-Zernov «Al-lug’at un-Navoiy val-istishhodot ilchig’atoiya» («Chig’atoy tilidan shohidlik keltiruvchi Navoiy lutati») nomi bilan nashr ettirgan (1868).
Lug‘atlar ikki guruhga bo‘linadi:
1. Qomusiy lug‘atlarda mashhur shaxslar, ilmiy, siyosiy, adabiy hamda ishlab chiqarishga xos tushunchalar, borliqdagi predmetlar, hodisalar haqida ma’lumot beriladi. "O‘zbek milliy ensiklopediyasi", "Salomatlik ensiklopediyasi", "U kim, bu nima” kabi lug‘atlar shular jumlasidandir.

2. Lingvistik (tilshunoslik) lug‘atlar bir tilli va ko‘p tilli bo‘ladi. Bir tilli lug‘atlarga imlo lug‘ati(so‘zlarni to‘g‘ri yozishga yordam beradi), chappa (ters) lug‘at (so‘zlar oxirgi harfi bo‘yicha alfavit tartibida joylashtiriladi), orfoepik lug‘at (so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilishga yordam beradi), morfem lug‘at (so‘zlarni o‘zak va qo‘shimchalarga ajratishga yordam beradi), o‘zlashma so‘zlar lug‘ati (chet tillardan kirgan so‘zlarga ta’rif beriladi), frazeologik lug‘at (iboralar lug‘ati), terminologik lug‘at (ma’lum fan sohasi bo‘yicha atamalarga izoh beriladi), izohli lug‘atlar (tilda mavjud bo‘lgan so‘zlarga izoh beriladi), chastotali lug‘atlar (ma’lum asarlarda so‘zlarning qo‘llanish darajasi haqida ma’lumot beradi), paronimlar lug‘ati (tilda mavjud bo‘lgan talaffuzdosh so‘zlar haqida ma’lumot beradi).
1981 yilda yaratilgan “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” ikki jilddan iboratdir. Bu lug‘atda so‘zlarning o‘z va ko‘chma ma’nolari haqida to‘la ma’lumot beriladi.
Bunday lug‘atlar ma’lum bir ijodkor asarlari bo‘yicha ham yaratilishi mumkin. Masalan, Alisher Navoiy asarlari uchun yaratilgan 4 tomlik lug‘atda 60 000 dan ortiq so‘z berilgan.
Ko‘p tilli lug‘atlarga esa tarjima lug‘atlari kiradi. O‘zbek tilida mavjud bo‘lgan barcha so‘zlar (shu jumladan, sheva so‘zlari ham) yig‘ilsa, 100-120 ming so‘zdan oshib ketadi

Download 171,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish