Mustaqil ish. Bilan qaysi gaplarda ko‘makchi, qaysi gaplarda bog‘lovchi
vazifasida qo‘llanganligini aniqlash.
1. Tog‘ bilan tekislik orasida ham, tog‘lar orasida ham ko‘pgina shahar va
qishloqlarimiz bor. 2. Yo‘lchi o‘roqqa diqqat bilan tikilib qaradi va enkayib o‘ra
boshladi. 3. Malikov bilan Anvar boshqa brigadaga qarab yo‘l oldilar. 4.
Bepoyon Qizilqumning janubiy qismi Amudaryo qirg‘oqlari bilan tutashib ketgan.
So‘ngra bog‘lovchi vazifasida qo‘llangan yuklamali uyushiq bo‘lakli gaplar
tahlil qilinadi:
1. Poyezd kechasiyu kunduzi tinimsiz yo‘l yurib, oxiri belgilangan manzilga
yetib keldi. 2. Ozoda ilgakdagi paltosini oldi-da, ro‘moliga qo‘l uzatdi. 3. Boya
men kelgan tomondan bir gala turna shitob bilan osmonga ko‘tarildi-yu, safga
tizilmay, betartib qanot qoqib, bezovta «qure»ladi. 4. U O‘ktam ham O‘sarjonga
qarab, salmoqlanib dedi.
Uyushiq bo‘laklar o‘zaro bog‘lovchi vazifasida qo‘llangan-u (-yu), -da, ham
yuklamalari yordamida ham bog‘lana oladi.
Bog‘lovchi vazifasida qo‘llangan-u (-yu) yuklamalari o‘zidan oldingi uyushiq
bo‘lakka qo‘shilib yoziladi, -da yuklamasi esa chiziqcha orqali yoziladi. Bu
yuklamalar biriktiruv hamda zidlov bog‘lovchisi vazifasida qo‘llanishi mumkin. -
u (-yu), -da yuklamalari biriktiruv bog‘lovchisi vazifasida qo‘llansa, ulardan keyin
vergul qo‘yilmaydi. Zidlov bog‘lovchisi vazifasida qo‘llangan yuklamalardan
keyin vergul quyiladi.
Uyushiq bo‘laklar biriktiruv bog‘lovchisi vazifasida qo‘llangan ham yuklamasi
bilan bog‘lana oladi. Bunda ham o‘rnida va, hamda biriktiruv bog‘lovchilarini,
bog‘lovchi vazifasida qo‘llangan bilan ko‘makchisini qo‘llash mumkin bo‘ladi.
ham
U O‘ktam — va —— O‘sarjonga qarab, salmoqlab dedi.
hamda
bilan
Ham yuklama bo‘lib kelganda uning o‘rnida biriktiruv bog‘lovchilarini qo‘llab
bo‘lmaydi: Polizlardagi oq qirovga asralgan qirvma qovunlar ham uzildi.
Ham yuklamasi uyushiq bo‘laklardan oldin yoki takrorlanib kelishi mumkin, u
faqat uyushiq bo‘laklarning oldida kelgandagina bog‘lovchi vazifasini bajaradi:
O‘qish havasi menga naqadar xo‘rlik va hayajon keltirganini eslash ham qayg‘uli,
ham kulgilidir.
Ham uyushiq bo‘laklardan keyin takrorlanib kelganda ta’kid yuklamasi bo‘lib
keladi va uyushiq bo‘laklarni ta’kidlash uchun qo‘llanadi: Odamlar qorda ham
ayni fidokorlik bilan ishlar edilar. Gaplarni ifodali o‘qib, bog‘lovchi
vazifasida qo‘llangan yuklamali uyushiq bo‘laklarni aniqlash.
Kun issiqligidan yeru ko‘k lovillaydi. Vodoprovod jo‘mragidan jildirib
tushayotgan suv ham ilib qolgan. 2. Bolalar mening qayerlik ekanimni so‘radilar-
da jim bo‘lib chetlanib o‘tirdilar. 3. Uy ham, hovli ham, tomorqa ham juda ozoda
edi. 4. Ishchi ham, dehqon ham chorvador g‘am Vatanimiz boyligini oshirmoqda.
5.Unda tok ham, daraxtlar ham, gullar ham did va uquv bilan o‘tqizilgan. 6.
Osmon ham, havo ham atrofimizda firuza rangga kirgan qirlar ham beg‘ubor edi.
Uyushiq, bo‘laklarda son, egalik va kelishik qo‘shimchalarining qo‘llanishi.
Bu
mavzuga oid material uyushiq bo‘laklarda son, egalik va kelishik
qo‘shimchalarining ikki xil qo‘llanishiga oid til materiallarini tahlil qilish orqali
o‘zlashtiriladi.
1.Biz bundan buyon ham sayohat va ekskursiyalarimizni davom ettiramiz. 2.
Shaharlarimizda va qishloqlarimizda ko‘p qavatli binolar qurilmoqda. Uyushiq
bo‘laklarni toping. Gapning qaysi bo‘laklari uyushganligini ayting. Son, egalik va
kelishik qo‘shimchalari qo‘shilgan uyushiq bo‘laklarni ko‘rsating.
Qay birida bu qo‘shimchalar qo‘llanmagan?
O‘qituvchi javoblarni xulosalaydi: har xil gapni ( 1-gapdagi uyushiq bo‘laklarni
sanash ohangida, 2-gapdagi uyushiq bo‘laklarni sanash, ta’kidlash ohangida)
ifodali o‘qib, 1-gapda son, egalik, kelishik qo‘shimchalari uyushiq bo‘laklarning
oxirgisiga (ekskursiya)qo‘shilib, oldingi uyushiq bo‘lakka (sayohat) ham
taalluqliligini, 2-gapda son, egalik, kelishik qo‘shimchalari bo‘laklarning har
biriga qo‘shilganligini aytib quyidagi xulosani bayon qiladi.
Son, egalik, kelishik qo‘shimchalari, odatda uyushiq bo‘laklarni oxirgisiga
qo‘shilib, ularning hammasiga taalluqli bo‘ladi. Agar uyushiq bo‘laklarning har
birini ta’kidlash zarur bo‘lsa, son, egalik, kelishik qo‘shimchalari uyushiq
bo‘laklarning har biriga qo‘shiladi.
Yana misollar keltirib, uyushiq bo‘laklar va ularga qo‘shilgan qo‘shimchalar
tahlil qilinib, tagiga chizdiriladi.
1. Maktab kutubxonasi uchun yangi gazeta va jurnallar olib kelindi. 2. Sherali
lola va tog‘ gullaridan katta chiroyli guldasta yasadi. 3. Burgutlar va lochinlar
ilonga o‘ch bo‘lishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |