Mavzu: Ona tili darslarida Uyushiq bo‘lakli gaplarni o‘quvchilarga o‘rgatish



Download 0,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/12
Sana16.01.2022
Hajmi0,7 Mb.
#375848
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
ona tili darslarida uyushiq bolakli gaplarni oquvchilarga orgatish

Mustahkamlash 

Matnni  ko‘chirib,  uyushiq  bo‘lakli  gaplarni  topish,  gapning  qaysi    bo‘laklari   

uyushganligini aniqlash. Buning uchun quyidagi matndan foydalanish mumkin. 

Kumushdek  tong  tog‘  cho‘qqilariga  zeb  berdi.  Osmon  tiniq,  ko‘m-ko‘k, 

beg‘ubor.  Tog‘  yon  bag‘rilarida  tizilgan  taroq  yaproqli  archalar,  yong‘oqzorlar, 



 

 

cho‘qqilar  va  soylar  qoyalarga  tirmashib  chiqayotgan  quyosh  nurida  zardek 



tovlanib  ketdi.  Qishloq nurga g‘arq  bo‘ldi.  Uzoqdan sigir, qo‘y  va  buzoqlarning 

ma’ragani eshitilardi. 

Gaplarni uyushiq bo‘lakli gaplarga aylantirib ko‘chirish. 

1.  Quyosh  ulug‘vorlik  bilan  yorqin  nurlarini  sochmoqda.  Keng  dalalardan 

bahor    nafasi  ufurmoqda.  2.  Sinf  rahbari  o‘quvchilarning  o‘qishi  haqida  batafsil 

gapirib berdi. 

( Quyidagicha gaplar tuzilishi mumkin: 1. Quyosh ulug‘vorlik bilan yorqin va 

hayotbaxsh  nurlarini  sochmoqda.  2.  Keng  dalalardan,  bog‘lardan    bahor    nafasi 

ufurmoqda.  3.  Sinf  rahbari o‘quvchilarning  o‘qishi, o‘zlashtirishi haqida batafsil 

gapirib  berdi.)  O‘zingiz  mustaqil  holda  namunadan  foydalanib    uyushiq  bo‘lakli 

gaplar tuzing. 

Uyushiq,  bo‘laklarning  o‘zaro  bog‘lanishi.

  O‘quvchilar  bu  mavzuni  uyushiq 

bo‘laklar,  teng  bog‘lovchilar,  ularning  turlari,  bilan  ko‘makchisi  va  yuklamalar 

haqida hosil qilgan bilimlari asosida amaliy ravishda o‘zlashtirishlari mumkin. 

1.  Havo  kuzni  oladigan  darajada  tiniq  va  yorqin.    2.  Bogimizdagi  olmalar 

hamda  shaftolilar  gulladi.  3.  Hamma  yoqda  yerning  chirik,  lekin  baquvvat 

isi anqirdi. 4. Goh futbol, goh voleybol o‘ynaymiz, vaqti bilan meva terishda yoki 

uzum  uzishda  ota-onalarimizga  yordam  beramiz.  5.  Vodiyda,  bo‘glarda,  elning 

uyida oftob mehri bilan hayot boshlanur.  

 Gaplarni o’qing. Uyushiq bo‘laklarni toping. 

Qaysi  gaplarda  uyushiq  bo‘laklar  o‘zaro  teng  bog‘lovchilar  yordamida 

bog‘langan?  Bu  bog‘lovchilarning  turini  ayting.  Qaysi  gaplarda  bog‘lovchisiz 

bog‘langan? 

Uyushiq  bo‘laklar  orasida  vergul  qo‘yilgan  va  qo‘yilmagan  o‘rinlarga  diqqat 

qiling. Qaysi bog‘lovchi yordamida bog‘langan uyushiq bo‘laklar orasiga vergul 

qo‘yilmagan? Qaysilarida qo‘yilgan? 

Javoblar xulosalanadi: 

Gapning  uyushiq  bo‘laklari  o‘zaro  teng  bog‘lovchilar—  biriktiruv,  zidlov, 

ayiruv bog‘lovchilari yoki bog‘lovchisiz bog‘lanadi. 



 

 

O‘zaro biriktiruv bog‘lovchilari yordami bilan bog‘langan  uyushiq  bo‘laklar  



orasiga  vergul  qo‘yilmaydi. 

Uyushiq  bo‘laklar  zidlov  bog‘lovchilari  yordami  bilan  bog‘lansa, 

bog‘lovchilardan oldin vergul qo‘yiladi. 

Takrorlanib  qo‘llangan  ayiruv  bog‘lovchilari  bilan  bog‘langan  uyushiq 

bo‘laklar orasiga vergul qo‘yiladi. 

yo,  yoki,  yoxud  ayiruv  bog‘lovchilari  takrorlanib  qo’llanmasa,  uyushiq 

bo‘laklar orasiga vergul quyilmaydi. 

O‘zaro  bog‘lovchisiz,  ohang  yordamida  bog‘langan  uyushiq  bo‘laklar  orasiga 

vergul quyiladi. 

1. Moskvani ko‘rish, unda yashash, o‘qish, ijod qilish ulug‘dir. 

2. Maqsadimiz- tinch yashash, o‘qish, ishlash va qurish.                                           

3. Maktabimiz bog‘ida olma, o’rik, nok, uzum va bodomlar bor. 

4.  Shamol  yomg‘ir  tomchilarini  dam  tomga,  dam  vagon  devoriga  shopirib 

o‘ynardi.  

O‘qituvchi keltirilgan gaplarni ifodali o‘qib, quyidagilarni bayon qiladi: 

Bog‘lovchisiz uyushiq bo‘laklar sanash tugamaganligini  (1-gap), va biriktiruv   

bog‘lovchisi  uyushiq        bo‘laklarning  oxirgisidan  oldin  qo‘llanib,  uyushiq 

bo‘laklarni sanash tugaganligini (2- va 3- gap), takrorlanib qo‘llangan bog‘lovchi 

esa (4-gap) uyushiq bo‘laklarning har biri ta’kidlanishini bildiradi. 

O‘quvchilar  bu gaplarni  tegishli ohangga rioya  qilib ovoz chiqarib o‘qiydilar. 

Yana misollar keltiriladi. 

Esayotgan  mayin  shabada  bog‘larda,  dalalarda  o‘sibyotgan  gullarning  iforini 

uzoq-uzoqlarga olib ketdi. 

Malika  odamlar  bilan  suhbat  qilishni,  hayot  to‘g‘risida  ularning  so‘zlarini 

eshitishni yaxshi ko‘rardi. 

  3. Matematikada oluv, qo‘shuv, ayiruv  va boshqa hodisalar o‘rganiladi. 

O‘quvchilardan so‘raladi: 



 

 

1. Qaysi gaplarga uyushiq bo‘laklar qo‘shish mumkin? Nima uchun? (1- va 2-



gapga. 

Chunki 


uyushiq 

bo‘laklar 

bog‘lovchisiz 

bog‘lanib, 

sanash    

tugamaganligini bildiryapti.) 

1.  Qaysi  gapga  uyushiq  bo‘lak  qo‘shib  bo‘lmaydi?  Nima  uchun?  (3-gapga. 

Chunki uyushiq bo‘laklarning oxirgisidan oldin va bog‘lovchisi qo‘llanib, uyushiq 

bo‘laklarni sanash tugaganligini bildiryapti.) 

Matnni  o‘qib,  biriktiruv  bog‘lovchilari  yordamida  bog‘langan  uyushiq 

bo‘laklarni topish. 

1.  Inson  turmushining  birinchi  asosi  mehnatdir.  Mehnat  insonning  mavjud 

bo‘lishini,  yashashini  ta’minlaydi.  Ishlab  chiqarish  qurollarining  tinmay 

yaxshilanishi,  mehnat  unumdorligining  oshishi,  yuksak  texnika  va  yanada 

takomillashgan  texnologiyaning  yaratilishi  odamlarning  atrofdagi  dunyoga  ongli 

hamda maqsadga muvofiq ta’sir imkoniyatlarini kengaytirdi. 

2.  Mahmud    bog‘  va  ekinzorda  ishlashdan  hech  vaqt  zerikmas  hamda 

dangasalik qilmas edi. U gulxonaga gul ko‘chatlarini, pushtalarga esa  karam  va  

pomidor    ko‘chatlarini    o‘tqizishda    bizga    yordamlashar  edi.  Bizning 

ekinzorimizda kartoshka, pomidor, piyoz, bodring, rediska va karam o‘sardi.  




Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish