Yerqoʻrgʻon — qadimgi shahar harobasi (mil. av. IX-VIII asrlar — mil. VI asr). Qarshi shahridan 10 km shimolda joylashgan. Tarixiy manbalarda Baxl, Bolo, Valaam, Nashebolo deb tilga olingan. Yerqo’rg’onda dastlab Turkiston arxeologiya havaskorlari toʻgaragi aʼzolari (L. I. Zimin, I. Kastanye), keyinchalik arxeologlar A. I. Terenojkin (1946), Kabanov (1946—72 tanaffus b-n), Ya. Gʻulomov (1959—64), M. Ye. Masson (1963—64) tekshirishlar olib borgan. 1973 yildan Oʻzbekiston FA Arxeologiya institutining Qashqadaryo ekspeditsiya qazish ishlari olib boradi. Yerqo’rg’on harobasi qalʼa va shahristondan iborat boʻlib, umumiy maydoni 150 ga, burjlar bilan mustahkamlangan 2 qator mudofaa devori bilan oʻralgan. Ichki devori (bal. 8 m gacha) beshburchak tarxli boʻlib, taxminan 40 ga maydonni uragan atrofi xandaq boʻlgan. Unda qalʼa, saroy majmuasi, ibodatxona, kulollar mahallasi, turar joylar va b. joylashgan. Kulollar mahallasidan bir necha xona, ustaxona qazib ochilgan.
Uzunqir — shahar xarobasi. Zarafshon tizmasidan bosh olgan Shoʻrobsoy boʻyida (Kitob tumani) joylashgan. 1981 yilda ToshDU Oʻrta Osiyo arxeologiya kafedrasi ekspeditsiyasi xodimlari tomonidan topib tekshirilgan. Uzunqir oʻrnida mil. av. VIII-VII asrlarda qadimgi manzilgoh boʻlgan. Mil. av. VII_VI asrlarda 70 ga maydonni egallagan. Uzunqir Kitob— Shaxrisabz vohasining iqtisodiy va maʼmuriy markaziga aylangan. Yodgorlikning janubiy-g’arbiy tomonida uzunligi 450 m mudofaa devorining xarobalari saqlanib qolgan. Devor xom gʻishtdan qurilgan toʻgʻri burchakli burjlarga, burjli xonalarga va jangovar shinaklarga ega. Uzunqir — Oʻzbekiston hududida ilk shaharsozlik tuzilmasining shakllanishi namunasi. Uning yirik oʻtroq dehqonchilik vohasining markazi sifatida qoʻrgʻon qarorgohi, Arxeologlar Kitob Shahrisabz vohasiga, umuman Qashqadaryo viloyatining togʻ oldi sharqiy qismiga "Avesto"da keltirilgan Gava, Gau, Gava Sugʻdda (sugʻdiylar yashaydigan makon, "Sugʻd makoni") tushunchasi tegishli boʻlganligini taxmin qiladilar. Ushbu soʻzning oʻzi Qashqadaryoning sharqiy qismidagi koʻpgina zamonaviy atamalarda saklanib qolgan. Mil. av. 7—6-asrlarda Gava Sugʻdi viloyati Navtaka deb atalgan. Navtaka viloyati Zarafshon tizmasidan boshlanib Oʻradaryo vohasigacha boʻlgan yerlarni oʻz ichiga olgan. Viloyat markazi. Uzunqir qalʼasi boʻlgan.
Ko`zaliqir, Jonbosqal'a, Qo'yqirilganqal'a va Tuproqqal'a Xorazmning qadimiy shaharlaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |