Mil. avv. IV ming yillikka kelib qadimgi Misr xo’jaligida sun’iy sug’orishga
asoslangan dehqonchilik katta yutug’larga erishadi. Ko’p tarmoqli bo’lgan
hunarmandchilik dehqonchilikdan ajralib chiqadi. Savdo-sotiq keng miqyosda
rivojlanib boradi. Aynan mana shu davrda jamiyatning ijtimoiy hayotida ham
tubdan o’zgarishlar bo’lib o’tdi. Aholi orasida tabaqalanish ro’y berib, jamiyat
uchta - hukmron qatlam (qabila oqsoqollari, kohinlar, boy jamoachilar),
dehqonchilik jamoasi a’zolari (Qad. Misr jamiyatdagi moddiy ishlab
chiqaruvchilar) va qullar qatlamlariga bo’linadi.
Mil. avv. IV ming yillikning ikkinchi yarmida Qadimgi Misrda shahar markazi
atrofidagi bir nechta qishloqlarni birlashtirgan unchalik katta bo’lmagan
viloyatlar (nomlar) doirasida dastlabki davlatlar paydo bo’ladi. Markaziy
shaharlar markazida hukmdor qarorgohi va bosh xudo ibodatxonasi joylashgan.
Bu davrda Quyi Misrda 22 ta nom, Yuqori Misrda 20 ta nom bo’lgani ma’lum.
Mil. avv. IV ming yillik oxirlariga kelib barcha nomlar birlashtirilib Quyi va
Yuqori podsholiliklar tashkil topadi. Quyi Misr podsholigi poytaxti Enxab (Nexen)
shahri, Yuqori Misr podsholigi poytaxti esa Buto shahri edi. Qadimgi Misrning
rivojlanishi O’rta, Yangi va So’nggi podsholiklar davrlariga bo’linadi.
Mil. avv. V ming yillikka kelib, qadimgi Mesopotamiya aholisi hayotida Xalaf
madaniyati (Tal-Xalaf qishlog’i nomidan) ma’lum ahamiyatga ega bo’lgan bo’lsa-
da, bu hududlarda jamiyatning tabaqalashuvi va davlatchilikning paydo bo’lishi
hamda SHumer tsivilizatsiyasining asoslari Uruk (IV ming yillikning ikkinchi
yarmi) madaniyati bilan bog’liqdir.
Bu davrda Mesopotamiya xo’jaligining asosini sug’orma dehqonchilik tashkil
etardi. Asta-sekinlik bilan dehqonchilikdan hunarmandchilik xo’jaliklari ajralib
chiqib, ular jamiyat rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo’lgan tarmoqlarga
aylana boshlaydi. Ichki va tashqi almashinuv rivojlanadi. Qo’shni viloyatlardan
mis, oltin, qurilish mollari, qimmatbaho toshlar keltirila boshlanadi. Manzilgohlar
o’lchamlari kengayib, ular madaniy, ma’muriy, siyosiy va diniy markazlarga
aylanib boradi.
Mil. avv. IV ming yillikka kelib ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi
natijasida ishlab chiqarish munosabatlari ham taraqqiy etadi. Natijada
Mesopotamiya jamiyatda mulkiy tengsizlik va ijtimoiy tabaqalanish ro’y beradi.
Mil. avv. III yillikning boshlari Mesopotamiyaning (Tigr va Yevfrat daryolari
vodiysi) janubida SHumer, O’rta qismida esa Akkad kabi davlatlar Eredu, Ur,
Larsa, Uruk, Umma, Lagas kabi bir nechta shahar-davlatlar mavjud edi. O’sha
davr Mesopotamiya rivojlanishining asosini sug’orma dehqonchilik tashkil etardi.
2-masala
Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, ilk shaharlarning paydo bo’lishi
dastlabki davlatchilik shakllanishida eng muhim va asosiy omil bo’lib, bu ikkala
jarayon uzviy bog’liq holda kechgan.
Ma’lumki, mil. avv. II ming yillikka kelib qadimgi O’zbekistonning
dehqonchilik vohalarida o’troq qabilalar rivojlanib, aholining alohida joylashuv
tizimi shakllanadi. Aholining alohida joylashuv manzilgohlaridagi ijtimoiy-
iqtisodiy o’zgarishlar-o’troq dehqonchilikning rivojlanishi, aholi zichligining
Do'stlaringiz bilan baham: |