Nazorat savollari:
Kasbiy kompetentlik nima?
Psixologik kompetentlikning mohiyati nimadan iborat?
Kasbiy kompetentlik negizida qanday sifatlar aks etadi?
Pedagogik kompetentlik nima?
Pedagogik faoliyatda kommunikativ kompetentlik qanday ahamiyat kasb etadi?
Diagnostik bilim nima?
O'qituvchining prognostik bilishiga misol keltiring?
O'qituvchining konstruktiv bilishini tariflab bering?
O'qituvchining kommunikativligini yoritib bering?
10. O'qituvchining tashkilotchilik qobilaytiga nimalar kiradi?
Nazorat savollari javoblari:
Kasbiy kompetentlik – mutaxassis tomonidan kasbiy faoliyatni
amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarning
egallanishi va ularni amalda yuqori darajada qo‘llay olinishi
psixologik kompetentlik – pedagogik jarayonda sog‘lom
psixologik muhitni yarata olish, talabalar va ta’lim jarayonining boshqa
ishtirokchilari bilan ijobiy muloqotni tashkil etish, turli salbiy
psixologik ziddiyatlarni o‘z vaqtida anglay olish va bartaraf eta olish;
ijtimoiy, maxsus, kreativ, pedagogic va hk
Kasbiy-pedagogik kompetentlikka ega bo‘lishda o‘z ustida ishlash,
o‘z-o‘zini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. O‘z-o‘zini
rivojlantirish vazifalari o‘zini o‘zi tahlil qilish va o‘zini o‘zi
baholash orqali aniqlanadi.
kommunikativ kompetentlik – ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilari jumladan, talabalar bilan samimiy muloqotda bo‘lish, ularni tinglay bilish, ularga ijobiy ta’sir ko‘rsata olish
Diagnostik bilim. Talabalarning bilim, koʼnikma, tajriba va kompetentsiyasi tizimida dastlabki, oʼrta va yakuniy darajasini aniqlab berish, talabalar guruhida pedagogik vaziyatlarni aniqlash, talabaning umumadaniy va tarbiya darajasini aniqlash va boshqalar.
Oʼqituvchining prognostik bilishi. Oldindan aytib berishi, talabalar oʼqishi va kasbiy tarbiya natijalarini oldindan aytib berish, biron-bir pedagogik vazifani aniq belgilab olib, uni yechish shakllarini aniqlash, talabalar uchun oʼquv-metodologik (tarbiyaviy) ishlarning rejalarini tuzib olish, oʼquv jarayonida talabalar uchun yuzaga keladigan qiyinchiliklar va xatolarni oldindan bilish va boshqalar.
Oʼqituvchining konstruktiv bilishi. Taʼlim jarayonlarini ilmiy asosda qurish, tashkil etish, samarador oʼquv va kasbiy tarbiya texnologiyalari, metodlari, shakllari, usullari va vositalirini tanlash hamda qoʼllash, oʼquv-amaliy ishlarini tashkil qilish va boshqarish, talabalarning oʼqishi va ijodiy ishlarini faollashtirish va boshqalar.
Oʼqituvchining kommunikativligi. Talabalar bilan maqsadga muvofiq munosabatlar oʼrnatish, ular bilan munosabatlarda individual va oʼziga xos yondoshuvlarni topish, dars davomida ijobiy-ruhiy muhitni tashkil qilish, talabalar hulq-atvorini boshqara bilish, oʼzini hayolan talaba oʼrniga qoʼyib koʼra bilish, talabalarni ezgu ishlarga qiziqtirish, pedagogik texnologiyalarning eng yaxshi shakllarini izlab topish.
10. Oʼqituvchining tashkilotchilik qobiliyati. Talabalar oʼquv faoliyatini tashkil etish, oʼzining oʼqituvchilik va tarbiyaviy faoliyatini tashkil etish, talabalar bilan ishlashda kasbga yoʼnaltirilgan tadbirlarni tashkil etish va boshqalar.
Mavzu yuzasidan test topshiriqlari:
O‘zbekistonda pedagogning kasbiy kompetentligi, uning o‘ziga xos jihatlari o‘ranilgan bo‘lib, ular
Do'stlaringiz bilan baham: |