Mavzu: Olifenlarning kreking jarayoni. Kirish. I. Adabiyotlar tahlili. I. 1 Olifenlarning umumiy tavsifi


I.2 Gaz holidagi olifenlarni qo’llash



Download 3,92 Mb.
bet3/7
Sana13.07.2022
Hajmi3,92 Mb.
#793476
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ANVAR 302

I.2 Gaz holidagi olifenlarni qo’llash.

Neftkimyo sanoati uchun gaz holidagi olefin uglevodorodlar eng ko‘p ahamiyat kasb etadi. Neftkimyo sintezi uchun olefin uglevodorodlar qanchalik zarurligini АQSH davlatining olefinlarga bo‘lgan talabidan ko‘rish mumkin (1–jadval) .
АQSH neftkimyosi uchun olefinlarni ishlatish o‘sish ko‘rsatkichlari, mln.t/y.
Y i l l a r

1971

1975

1980

2000

13,2

20,5

37,5

60,0


Gaz holidagi olefin uglevodorodlar qatoriga etilen, propilen, butilenlar (butilen–1; butilen–2, izobutilen) kiradi. Ushbu uglevodorodlarni olish uchun xomashyo sifatida tabiiy va yo‘ldosh gazlar hamda suyuq neft mahsulotlaridan foydalaniladi.
Gaz holidagi olefin uglevodorodlarni olish usullari.
Gaz holidagi olefin uglevodorodlarni olish usullarini 2 asosiy turga bo‘lish mumkin.
А. Termik va katalitik kreking usuli bo‘lib, bunda olefin neftni
destruktiv qayta ishlash natijasida hosil bo‘lgan gazlardan ajratib olinadi. Ushbu jarayonlarda gaz yonaki mahsulotdir.
B. Ishlab chiqarishning maxsus usullarida esa gaz holidagi parafin uglevodorodlarni degidrogenlash, gaz holidagi va suyuq neft mahsulotlarini piroliz qilish orqali olefin uglevoddorodlar ajratib olinadi. Ushbu jarayonlarda olefinlar ajratib olish maqsadga muvofiqdir.
Neftni destruktiv qayta ishlash jarayonlari.
Neftni destruktiv qayta ishlash jarayonlari kreking va reforming nomi bilan ataladi. Krekingning 2 xil – termik va katalitik turi mavjud. Destruktiv qayta ishlashga berilayotgan dastlabki xomashyoga va jarayonni olib borish sharoitiga qarab gazning miqdori va tarkibi keng doirada o‘zgarib turishi mumkin.
Termik kreking «xom» neft fraksiyasi faqat termik yo‘l bilan destruktsiya qilinadi, bunda xomashyo sifatida ko‘pincha gazoil deb ataladigan 200–400ºC fraktsiya ishlatiladi. Bunga ikki yo‘l bilan: bug‘ fazada (t=580–650ºC, P=5–10 atmosfera) kreking yo‘li bilan va aralash fazada (t=350–500ºC, P=25–70 atmosfera) kreking bilan erishish mumkin. Birinchi holida olefinlarga boy bo‘lgan xomashyoga nisbatan 30% gacha gaz hosil bo‘ladi; ikkinchi holida gazning salmog‘i xomashyoga nisbatan kamroq 10–12%, u 15% kamroq olefinlardan iborat bo‘ladi.
Termik krekingning boshqa bir ko‘rinishi bo‘lgan va benzinlarni antidetonatsion xususiyatlarini yaxshilashga yo‘naltirilgan yuqori qaynovchi benzin fraksiyalarini termik riformingidir. Uni 550–600 ºC haroratda va 40 atmosfera bosimda olib boriladi. Gazlar termik riformingda (boshlang‘ich xomashyoga nisbatan) ancha ko‘p
miqdorda, o‘rtacha 16–17% og‘irlikda hosil bo‘ladi. Termik kreking o‘z o‘rnini yuqoriroq oktan sonli benzin olib beruvchi katalitik krekingga bo‘shatib bermoqda. Jarayon t=450ºC haroratda va 1–15 atmosfera bosimda alyumosilikat katalizatorlari (Al2O3∙SiO2) ishtirokida olib boriladi. Katalitik kreking gazlarida ayrim hollarda termik krekingdagiga nisbatan ancha ko‘p olefin uglevodorodlar mavjud bo‘ladi. Katalitik krekingda C3 va C4 uglevodorodlar va izotuzilishga ega bo‘lgan uglevodorodlar ko‘proq bo‘ladi. Katalitik krekingning boshqa bir ko‘rinishi bo‘lgan katalitik riforming gazlari asosan vodorod (90% gacha) va to‘yingan uglevodorodlardan iborat, shu sababli u gaz holidagi olefinlar olish manbai bo‘lib xizmat qila olmaydi. Ushbu jarayon benzinlarni antidetonatsion xususiyatlarini yaxshilashga va aromatik uglevodorodlarni olishga yo‘naltirilgan. Shunday qilib, neftni destruktiv qayta ishlash jarayonlari gaz holidagi olefin uglevodorodlarni olish uchun xizmat qilishi mumkin, biroq gazlardagi etilen miqdori kam bo‘lganligi bois neftni destruktiv qayta ishlash gazlaridan etilen ajratib olish maqsadga muvofiq emas. Оlefin uglevodorodlar olishning maxsus usullari neft kimyo uchun ko‘proq ahamiyat kasb etadi.


Download 3,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish