2. Sovet tuzumi davrida oilaviy munosabatlar borasida milliy va diniy an’analarimizga bildirilgan salbiy fikrlar.
Sovetlar davrida oila va oilaviy munosabatlardagi milliy va diniy an’analar xuravat sifatida, koralandi. Bunday munosabat oila va oilaviy munosabatlarning hayotiy ildizlarini ancha zaiflashtirdi. Bular oila xuquqi, ayolning oiladagi mavqei, bola tarbiyasiga oid an’analarga qarab talqin etishda ko`zga tashlanadi.
Ayol kishilarning obru-e’tiborini, oilaviy munosabatlarning jamiyat xayotidagi taraqqiyotidagi o`rni masalasidagi islomiy aqidalar o`z davri uchun nixoyatda ahamiyatli edi. Hozir ham ularning aksariyati ahamiyatini yo`qotgani yo`q. Islom davrida oilaviy munosabatlarning adolat va insonparvarlik bilan bog`langan mezonlarini yaratdi, oldin ayollarning hak- xukuklari cheklangan darajada kamsitish, yosh qizlarni gudakligidayok ko`mib yuborishgan, urf-odatlarga chek qo`ydi. Arab kabilalari o`rtasida keng tarqalgan bunday odatlar qoralandi. Ularga amal kilish katta gunoh sifatida qoralandi.
Fitrat "Oila" asaridagi ko`p xotinlilik ma’lum ijtimoiy va tabiiy extiyojlar bilan bog`lik ekanligini ko`rsatadi. Uning salbiy va ijobiy tomonlarini ham ochib beradi. Ko`p xotinlilik ya’ni ikkita xotinga uylanish, deb yozadi u bevafolik fasadu zulm va insofsizlikka olib kelishi ma’lum.
Bu shariat xukmiga ham, aql va vijdon hukmiga ham to`g`ri kelmaydi. Lekin hayot murakkab, bizlarga boglik emas, biz uylaganday bo`lavermaydi. Ba’zan urush ko`plab erkaklarning qirilib ketishiga, bolalarning etim kolishiga, beva ayollarning ko`payishiga sabab bo`ladi. Ayollarning ham muayyan ehtiyojlari bor. U ayollar ma’naviyatiga kuchli ta’sir etadi. Bundan tashkari inson o`zidan keyin nasl qoldirishi kerak.
3. O`zbekiston mustaqillikka erishgach, dinga bo`lgan munosabatning o`zgarishi.
O`zbekiston mustakillikka erishgach, dinga bo`lgan munosabatni tubdan o`zgardi. Sobiq sho`rolar davridagi dinga munosabat inkor etildi. Dinning haqiqiy mohiyatidan kelib chiqib mustaqil O`zbekistonda dinga mutlaqo yangicha yondoshildi. Mustaqillik davrida «Jamiyatning diniy-ruhiy asoslarini, xalqimizning ming yillik ma’naviy-ahloqiy tajribasini o`zida jamlagan islom madaniyatini tiklash, o`z taqdirini o`zi belgilash, tarixiy xotiraga, madaniy-tarixiy birlikka ega bo`lish yo`lidagi g`oyat muhim qadam bo`ldi».
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (18-modda) vijdon erkinligi va diniy e’tiqod normasini mustahkamladi. Hayotda ushbu konstitutsiyaviy normani amalga oshirish maqsadida mamlakat Jinoyat kodeksiga vijdon erkinligini buzganlik uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutuvchi 145-modda kiritildi.
Vazirlar Maxkamasi huzuridagi Diniy ishlar bo`yicha qo`mita orqali amalga oshiriladigan davlatning diniy siyosati turli dinlar vakillarining ko`p asrlik boshqalardan ajratib qolish va uzoqlashib ketishning salbiy oqibatlarini bartaraf etishga asoslanadi. O`zbekistoining barcha qonunlari diniy mansublikka hamda diniy belgisiga qarab kamsitishni barham berish masalalari bilan bog`liq. «Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi» qoidalariga, BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyalariga muvofiq tuzildi.
O`zbekiston - 130 dan ortiq millat va elatlar bir oila bo`lib yashaydigan mamlakatdir. Asosiy diniy jamoa - musulmonlardan tashqari yana 15 ta konfessiyalar vakillari yonma-yon yashaydi. Bugungi kunda mamlakatimizda 2119 diniy tashkilot erkin faoliyat olib bormoqda. O`zbekiston diniy bag`rikenglik, dinlararo amaliy muloqot va davlat institutlari va diniy tashkilotlar o`rtasidagi sheriklik timsolidir.
O`zbekistonda din yuksak ahloqiy printsiplarga, ma’naviy boylikni va xalqning madaniy kadriyatlarini saqlab qolishga asoslangan dunyoqarashning asoslari shakllanishi omili sifatida qaraladi. Aynan shu sababli mamlakatimizda ham madaniy, ham ahloqiy xususiyatga ega bo`lgan diniy an’analarni tiklashga katta ahamiyat berildi. «Ota-bobolarimiz dini bo`lmish islom dinini qadrlash, uning ta’limoti va ta’siri hayotimizni. ma’naviyatimizni yangi ma’no bilan to`ldirishga xizmat qilmoqda».
YUqorida aytib o`tganimizdek, har qanday din o`zida ma’naviy-ahloqiy hodisani ifoda etadi. Hech bir din xalqning butun ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy turmushini kamrab olishga da’vo qila olmaydi. Bu O`zbekistonda davlatning dunyoviy xarakteri, uning bag`rikengligi - barcha dinlarga bag`rikengligi va teng munosabatda bo`lishi bilan izohlanadi.
O`zbekistonning 26 milliondai ortiq aholisining 90 foizdan ortig`i tarixan islom diniga mansub millatlar avlodlaridir. O`zbeklarning ijtimoiy ongida shariatga (musulmon huquqi) asoslangan musulmon huquqiy madaniyati ildiz otgan.
O`zbekiston tub aholisining an’analarida, urf-odatlarida va kundalik hayotida din, ayniqsa islom dini rolini jamoatchilik fikri orqali o`rganish maksadida o`tkazilgan sotsiologik tadqiqot natijalari belgilab berdi.
Jumladan, o`gkazilgan so`rov tadqiqotlarda respondentlarga berilgai «Siz Xudoga ishonasizmi?» degan asosiy savollardan biri bo`yicha empirik ma’lumotlarni tahlil qilinishi so`rab chiqilganlarning mutloq ko`pchiligi (97,7 foiz) ijobiy javob berganini ko`rsatdi.
O`zbekistonning tub xalqini mutloq ko`pchiligi Xudoga chin dildan ishonsalar-da, tub aholining ko`pchiligi (72,5 foiz) o`z turmush tarzini diniy deb hisoblamaydi. Faqat ularning 12,6 foizigina islomning barcha yo`l-yo`riqlarini bajarishini va qat’iy diniy hayot kechirishini bildirgan.
SHuni aytish lozimki, diniy e’tiqod va diniy amaliyot ko`p jihatdan insonning shaxsiy ishidir. Oila bu o`rinda an’anaviy diniy amallarni bajarishda asosiy baza hisoblanadi. Oila farzandni milliy va diniy qadriyatlar asosida tarbiyalashda muhim omil hisoblanadi.
Farzandlik burchi yoshlikdan bilim olib, hunar o`rganib, mehnat
qilib o`zini, oilasini, bola chaqasini, qarigan ota-onasini ta’minlashdir.
Ota- ona dunyoda abadiy yashamaydi, ota-onadan qolgan meros qancha ko`p bo`lsa ham bir umr ishlamay, tekinxurlik bilan hayot kechirishga etmaydi. Hayotda eng ko`p kadrlanadigan narsa halol mehnat bilan topilgan boylikdir.Ota-onaning hurmatini joyiga qo`yib, obro`sini baland tutish hammilliy ma’naviy kadriyatlarimizdan biridir. Axil oilada hal qiluvchi so`zni ota aytadi. Ota albatta oila a’zolarining fikrini va manfaatini e’tiborga oladi. SHu sababli ham milliy an’analarimizda ham otadan oldin yoki ota o`rnida so`zlash, so`zini bo`lish ham beodoblik hisoblangan.
Ota-ona qilgan pandu nasihatlarning faqat bitta maqsadi bor. Bu -farzandlar xaqida g`amho`rlik, ularning kelajagini o`ylashdir.
Otaning so`ziga quloq solish katta hayot maktabidir. Bu maktabda farzandlargina emas, ularning bolalari ham ta’lim oladi.
Ota-onani hurmat qilish barcha farzandlar ularning gapiga so`zsiz quloq soladi, irodasiga to`la bo`ysunish degani emas. Oilada farzadlarining ham fikr mulohazasi katta ahamiyatga ega.
O`zbeklarda "YAxshi o`g`il-jon o`rtoq, yomon o`g`il mol o`rtoq" degan hikmatli so`zlar bor. Bu ham millat ma’naviyatimizning moxiyatidan kelib chiqadi. Ota-ona umid bilan farzand tarbiyalaydi, ularni boqadi, kiyintiradi, farzandlarimga deb mol dunyo orttiradi. Milliy an’anaga ko`ra ota-ona uyiga oddiy ignasi bo`lsa ham farzandlariga beradi.
YOshlar ma’naviyatining birinchi poydevorini qo`yadigan me’mor ota-onadir, oiladagi muhit va tarbiyadir. YOshlar tarbiyasiga qarindosh urug`lar, mahalla-ko`y, qo`ni-qo`shnilar ham katta ta’sir o`tkazadi.
4. Oilada diniy qadriyatlar va musulmonchilik an’analari.
Hozirgi zamon O`zbekiston jamiyatida islom dini va oila o`rtasida uzviy aloqa mavjud. Oilada real shakllangan vaziyatni tahlil qilish umumiy tavsiflar bilan bir qatorda oilaviy hayotda er-xotin va farzandlarning ijtimoiy roli, ayollarning o`rni va rolini ko`rib chiqishni talab etayotganligini ko`rsatmoqda. Buning tasdig`i sifatida shuni aytish mumkinki, islom dini erkaklar va ayollarning bir qolipga solingan rolini taklif etadi, ular uni o`zlashtirishi va so`zsiz bajarishi kerak.
Din musulmonlarni chin yo`lga yo`naltirib, uning hayotini ikir-chikirlargacha boshqaradi. Musulmonlarning asosiy rasm-rusumlari va an’analari ko`proq oila bilan bog`langanligini ta’kidlash lozim. Musulmon kishining hayot tarzi va xulq-atvori, uning diniy dunyoqarashi Alloh kalomlarida mustahkamlangan hayotiy kadriyatlar va yo`nalishlarning yaxlit, tartibga solingan tizimini o`zida ifoda etadi.
Nikoh qurish, farzand ko`rish, o`lim va hokazolar bilan bog`liq turli rasm-rusumlar alohida ahamiyatga ega. 2006 yilda «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o`rganish markazi tomonidan «O`zbekiston: o`ziga xoslikni va jahon hamjamiyatidagi o`rnini izlash» deb nomlangan so`rovning natijalari umuman olganda O`zbekiston aholisining etnik-diniy an’analar, rasm-rusumlar va urf-odatlarga amal qilishga nisbatan ijobiy munosabatini ko`rsatdi. Respondentlarning mutloq ko`pchiligi (85,3 foiz) diniy urf-odatlarni bajaradi, so`rab chiqilganlarning qolgan qismi (14,7 foiz) esa bajarmasligini ko`rsatgan.
Ma’lumki, oilaviy munosabatlarda oila u yoki bu a’zosining o`rni va roli turlichadir. Ayon ko`rinib turgan diniy belgi bo`yicha oilani tadqiq qilish natijasida ega bo`lingan miqdoriy ma’lumotlar asosida buni ayniqsa yaxshi kuzatish mumkin.
So`rab chiqilgan 50 yosh va undan katta yoshdagilar (31,8 foiz), ayniqsa, qarilik nafaqasidagilar orasida (35,5 foiz) diniy urf-odatlarni bajaruvchilar (dindor kishilar) nisbatan ko`proqni tashkil etadi.
O`tgan yuz yillik so`ngida Turkistonda chop etilgan «Musulmonchilik bo`yicha materiallar» ma’lumotlariga muvofiq shariat kitobi umumiy ko`rinishda quyidagilardan iboratdir:
Diniy aqidalar huquqi, tahorat, duo o`qish, zakot berish, ro`za tutish va Makka shahriga hajga borishi o`z ichigaoladi.
Umumiy koidalar, majburiyatlar, turli garov qonunlari, ishonchnoma va kafolatnoma, er va mulk, erga egalik qilish va er haydash hukuqi, vakf erlar va meros huqukidan kelib chikuvchi yuridik xatti-harakatlar.
Nikoh, ajralish, ona suti tomonidan qarindosh bo`lish, vasiylik, qullik va boshka masalalarni qamrab oluvchi shaxsiy va oilaviy huquq.
Jinoyat xuquqi umumiy qoidalardan tashqari erga xiyonat qilish, qasos olish, ichkilikbozlik, o`g`rilik, e’tiqod va isyonni ko`rib chiqadi.
Davlat huquqi oliy hukumat muammolarini, odil sudlovni, harbiy harakatlar va davlatni boshqarish muammolarini o`z ichiga oladi.
SHariatda hamma narsa nazarda tutilgan va reglamentga solingan. Umuminsoniy qadriyatlardan kelib chikuvchi shariatning asosiy talablari va yo`l-yo`riqlari Quron va Hadislarda aks etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |